Authors

  • Poyonova Guldona Yusuf qizi
  • Normurodova Mavjuda Xurshid qizi

Author Biographies

  • Poyonova Guldona Yusuf qizi

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika

    fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 1- kurs talabasi

  • Normurodova Mavjuda Xurshid qizi

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika

    fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 1- kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117100

Keywords:

Ontogenez psixik rivojlanish bola shaxsi maktabgacha ta’lim o‘yin ota-ona munosabati.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot madaniyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida o‘yinni tanlash mohiyati yoritilgan. Bolalar bilan ishlashda o‘yin nafaqat universal, balki ularning rivojlanishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan maqbul vosita sifatida ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglar o‘yin muhitida bolalarni shaxs sifatida rivojlantirish xususiyatlarini chuqur va puxta bilishi va o‘zlarining ta’lim-tarbiya faoliyatlarida ijodiy yondashgan holda samarali qo‘llay olishlari lozimligi ta’kidlangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

215

MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA SHAXSLARARO

MUNOSABAT PSIXODIAGNOSTIKASI

Shahrisabz davlat pedogogika instituti Pedagogika

fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 1- kurs talabasi

Poyonova Guldona Yusuf qizi

Normurodova Mavjuda Xurshid qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot

madaniyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida

o‘yinni tanlash mohiyati yoritilgan. Bolalar bilan ishlashda o‘yin nafaqat universal,

balki ularning rivojlanishiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan

maqbul vosita sifatida ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-

pedagoglar o‘yin muhitida bolalarni shaxs sifatida rivojlantirish xususiyatlarini

chuqur va puxta bilishi va o‘zlarining ta’lim-tarbiya faoliyatlarida ijodiy yondashgan

holda samarali qo‘llay olishlari lozimligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: Ontogenez, psixik rivojlanish, bola

shaxsi, maktabgacha

ta’lim, o‘yin,

ota-ona munosabati.

Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy va muhim tarkibiy bosqichlaridan biri

sanalgan maktabgacha ta’lim shaxsning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga

yetishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Maktabgacha yosh davridanoq bolalarda ijtimoiy

faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish masalasi ham ayni

muddaolardan biri hisoblanadi. Respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasiga oid olib

borilayotgan islohotlar ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tashkil etishdek katta

imkoniyatlar mavjud.

Bog‘cha

tarbiyasini olgan bola bilan

bog‘chag

bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan

osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shu

munosabat bilan joriy

yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

216

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Bola

maktabga

qadam

qo‘yayotganda

qanchalik

bilimga ega ekanligi

emas, balki uning yangi bilimlarni egallshiga tayyorligi,

atrof-olamga

moslashishi ko‘nikmalari,

voqea-hodisani mustaqil ravshda

tahlil etishi va

mustaqil

harakat

qilishiga o‘rgatishgina emas, balki unda o‘z

kuchiga

ishonchni

orttirish,

o‘z g‘oyasini himoya

qilish,

mustaqil

ravishda

bir

qarorga

kelish

hamda

bolada

“Men”

konsepsiyasini shakllatrishda muhimdir. Bolalar jamoasini

shakllantirish

masalalari, bolalar

bog‘chasi guruhining

o‘ziga xos xususiyatlari

va

undagi

shaxslararo munosabatlar,

maktabgacha

ta’lim

muassasalarining bolalar individual psixologik xususiyatlarini

shakllantirishga

ta’siri masalasi: bularning barchasi tadqiqotchi psixologlarda

alohid qiziqish

uyg‘otadi. Ontogenezda 3

yoshdan

7

yoshgacha bo‘lgan

davr

bog‘cha

yoshi davri yoki maktabgacha

yosh davri hisob

lanadi.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalar

psixologiyasida

juda tez

sifat

o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3–4 yosh) kichik

maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4–5 yosh) o‘rta maktabgacha davr

(o‘rta bog‘cha

yoshi),

(6–7 yosh) katta maktabgacha

davr

(kata

bog‘cha

yoshi)ga

ajratish

mumkin.

Bola rivojlanish

jarayonida

kishilik

avlodi tomonidan yaratilgan predmet

va hodisalar olami bilan

munosabatga kirishadi. Bola insoniyat

qo‘lga

kiritgan barcha yutuqlarni

faol ravishda

o‘zlashtirib, egallab

boradi. Bunda

predmetlar olamini,

ular yordamida amalga

oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar

orasidagi

munosabatlarni

egallab olishi,

faoliyat

motivlarining

rivojlanishi, qobiliyatlarning

o‘sib borishi, katta

yoshli kishilarning bevosita

yordamida amalga

oshirilib borilmog‘I kerak. Asosan, shu davrdan boshlab

bolaning

mustaqil faoliyati kuchaya

boshlaydi. Bog‘cha

yoshdagi

bolalarga

beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarinio‘zlashtirish,

elementar gigiena, madaniy va

mehnat

malakalarini shakllantirish, nutqini

rivojlantirish

hamda

ijtimoiy

axloq va

estetik

didining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

217

dastlabki

kurtaklarini hosil qilishga

qaratilish

lozim. Mashhur rus

pedagogi

Lesgaftning fikricha,

insonning bog‘cha

yoshidagi

davr

shunday

bir

bosqichki, bu

davrda

bolalarda

xarakter xislatlarining

namunalari shakllanib, axloqiy

xarakterningasoslari yuzaga

keladi. Shuning

uchun ham bir

qator fanlar –

falsafa, sotsiologiya,

ijtimoiy psixologiya,

shaxs psixologiyasi

va pedagogikasining

kesishmasida

vujudga kelgan

shaxslararo munosabatlar

muammosi hozirgi

zamonning eng muhim

muammolaridan biridir.

Bu

muammo

yosh avlodni

tarbiyalash

nazariyasi va

amaliyoti

uchun juda muhim

bo‘lgan

“jamoaviy

munosabatlar

tizimidagi shaxs”

muammosi bilan birlashadi. Shaxslararo

munosabatlar – bu

birgalikdagi faoliyat

jarayonida odamlarning o‘zaro

ta’sir qilish tabiati va

usullarida obyektiv ravishda namoyon

bo‘ladigan,

subyektiv

ravishda

odamlar

o‘rtasidagi tajribali munosabatlar.

Bu

odamlar

bir-birini

idrok etadigan

va baholaydigan munosabatlar,

yo‘nalishlar, kutishlar, stereotiplar va boshqa moyilliklar tizimidir. Ma’lumki,

maktabgacha

ta’lim guruhlarini o‘rganish psixologiyada

o‘ziga xos

an’analarga ega. A.S.Makarenko

asarlarida

taqdim

etilgan

shaxs va

jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy qoidalariga asoslanib, bolalar

bog‘chasi guruhlarini

psixologik tadqiqotlar 30-yillarda E.A. Arkin va

A.S.Zaslujniydan boshlangan. 1950-yillardan

boshlab

rus

psixologiyasida

shaxslararo munosabatlar

muammosiga

bag‘ishlangan

ko‘plab asarlar

paydo bo‘ldi.

Ular orasida

bolalar

bog‘chasi guruhlarini

alohida

o‘rganish

bor

edi. Bu

mavzuda

Y.L. Kolo- minskiy,

L.V. Artemova

va

boshqalarning

alohida

asarlari ham mavjud. Maktabgacha tarbiya

psixologiyasi

va

pedagogikasi

bu

borada

juda ko‘p ishlarni

amalga

oshirganiga qaramay, ko‘plab masalalar

hali ham yetarlicha

o‘rganilmagan.

Ko‘pgina o‘qituvchilar, bolalar

bog‘chasi o‘qituvchilari

maktabgacha yoshdagi bolalar

guruhlarida shaxslararo munosabatlarni

rivojlantirish bo‘yicha

bilimga

ega emaslar. Bolani

shaxslararo

munosabatlar tizimida

hisobga

olgan holda, bolaning

oilada va

uning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

218

rivojlanish manbai

bo‘lgan

maktabgacha

ta’lim

muassasalari

sharoitida rivojlanishi bilan bog‘liq

masalalarni hal qilishga

e’tibor

qaratish lozim. Bu yosh davrida

bolalarda

taqlidchanlik

yuqori darajada

bo‘ladi. Maktabgacha

yoshdagi

bolalarning eng asosiy va

yetakchi

faoliyatlaridan

biri o‘yindir.

Yetakchi

faoliyat

deb bolaning

ayni

shu yoshida

tez-tez

ko‘zga

tashlanib

turadigan

xattiharakatiga

aytamiz.

Yetakchi

faoliyat

shunday

faoliyatki, bu

faoliyat tufayli

bolaning

psixik jihatdan

o‘sishida

jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Boshqacha

qilib aytganda,

mana shunday

asosiy faoliyat jarayonida bolaning

barcha

psixik

jarayonlari anchagina o‘sadi. O‘yin

bola hayotida

mana

shunday

asosiy faoliyatlardan

biridir. O‘yin shu qadar universial, shu

qadar ko‘p qirrali va qudratli

faoliyatdirki, barcha

yoshdagi

bolalarni

o‘yindan

boshqa

kamolga yetkazishini

tasavvur

etish qiyin. O‘yin

faqat tashqi muhitdagi narsa va

hodisalarni bilish vositasi

bo‘libgina

qolmay

balki, qudratli tarbiya

vositasi

hamdir.

Ijodiy va

syujetli

o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi

bolalarni

barcha

psixologik

xususiyatlari shakllanadi.

Mana shu nuqtayi

nazardan

o‘yin

bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘lga

qo‘yishda markaziy o‘rinda

turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha

yoshdagi

bolaning

barcha

psixik

jarayonlari tarkib topishida

imkon

bo‘ladi.

Chunki

o‘yin faoliyatida

bolalarni

diqqat va

xotirasi,

nutqi, xayoli,

hissiyoti,

mehnatga

oid

malakalari va

qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolaning kattalar va

tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yin faoliyati

va

muloqotining

asosiy

ma’nosini bolaning

atrofdagi

voqelikni

bilishi va

“bolalar

submadaniyatini” o‘zlashtirishi,

insonning ijtimoiy mohiyatini o‘zlashtirishi

tashkil etadi Shunday

qilib, dastlab

bola o‘yin yoki mashg‘ulot uchun

tengdoshi

bilan muloqotga kirishadi,

unga qiziqarli faoliyatni rivojlantirish

uchun zarur bo‘lgan

tengdoshning fazilatlari undaydi.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarning kognitiv

qiziqishlari rivojlanadi. Bu tengdosh

bilan bog‘lanish uchun

sabab yaratadi,

bunda

bola tinglovchi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

219

biluv

chi

va

ma’lumot manbasini topadi. Maktabgacha

yoshdagi

bolalik

davrida

saqlanib

qolgan shaxsiy

motivlar

o‘zini tengdoshi

bilan solishtirish, uning qobiliyatlari va

tengdoshlari tomonidan qadrlanish

istagiga

bo‘linadi. Bola o‘z mahoratini,

bilimini

va

shaxsiy

fazilatlarini namoyish

etadi, boshqa bolalarni o‘z

qadr-qimmatini tasdiqlashga

undaydi.

Muloqot

motivi tengdoshning

ularning

biluvchisi bo‘lish

xususiyatiga muvofiq uning

o‘ziga xos fazilatlariga aylanadi.

Xulosa:

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

shaxslararo

munosabatlarni

rivojlantirish ularning ijtimoiy-psixologik shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muloqot faolligi va tashabbuskorlik qobiliyatlari aynan

shu davrda shakllanadi. Bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘yin

metodlari samarali vosita sifatida xizmat qiladi, chunki o‘yin jarayonida bola nafaqat

o‘z his-tuyg‘ularini ifodalaydi, balki atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘lishni

o‘rganadi. Tarbiyachi-pedagoglarning psixodiagnostika va psixokorrektsiya

uslublaridan ongli va ijodiy foydalanishi maktabgacha yoshdagi bolalarda

muloqotning sog‘lom shakllanishi va shaxslararo munosabatlarning ijobiy

rivojlanishiga zamin yaratadi. Shu bois, psixologik-pedagogik yondashuvda muloqot

madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish muhim vazifalardan biri bo‘lib

qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Абдукаримов А. И. Психология общения и межличностных отношений у

детей. – Т.: Фан, 2009.

2. Шимановская Н. В. Развитие коммуникативных способностей у детей

дошкольного возраста. – М.: Просвещение, 2015.

3. Мамедов А. А. Основы социальной психологии. – Баку, 2012.

4. Karimova Z. N. Psixologiya darsligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan). – Toshkent: TDPU, 2020.

5. Vygotsky L. S. Imaginative play and cognitive development. – M.: Pedagogika,

1986.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

220

6. Norboshyeva M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish

yo‘llari // TISU Ilmiy Tadqiqotlari Xabarnomasi. – 2023. – №1(2).

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ–4477-son qarori

“Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”.

8. Rajabova F. R. Bola psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.