MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
211
QON BOSIMI PASAYISHI (GIPOTONIYA) — SABABLARI,
ALOMATLARI, DAVOLASH, OLDINI OLISH.
Abdullayeva Zilola Gafurovna
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani
Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Annotatsiya: Qon bosimining pasayishi: sistolik bosim 100 mm simob
ustunidan past va diastolik bosim 60 mm simob ustunidan past.Ko’pincha o’smirlar
va ayollarda uchraydi.Keksa odamlarda gipotenziya tomirlar tonusining
pasaytiradigan ateroskleroz tufayli boshlanishi mumkin.
qon bosimi pasayganda hushdan ketish ham mumkin. Ko’pincha bu dimiq va
issiq xonalarda, shuningdek, jamoat transportida, ayniqsa, gipotonik tik holatda
bo’lganida yuz beradi.
Gipotoniklarga odatdagidan ko’proq uxlash talab etiladi: 6-8 emas, balki 8-12
soat. Ular ertalab qiyinchilik bilan uyg’onishadi, lekin hatto uzoq vaqt uxlashganda
ham tetiklikni his etishmaydi.
Kalit so’zlar: Zaiflik, uyquchanlik ,asabiylashish ,hissiy beqarorlik, befarqlik
xotira buzilishi ,ko’p terlash ,termoregulyatsiyaning buzilishi ,nafas qisilishi va
jismoniy mashqlar vaqtida kuchli yurak urishi ,bemor rangining oqarib ketishi ,bosh
Annotatsiya: Nizkoye arterial'noye davleniye: sistolicheskoye davleniye nizhe
100 mm rt. st. i diastolicheskoye davleniye nizhe 60 mm rt. st. Chashche vsego
vstrechayetsya u podrostkov i zhenshchin. U pozhilykh lyudey gipotoniya mozhet
vozniknut' iz-za ateroskleroza, kotoryy snizhayet tonus sosudov. Obmoroki takzhe
vozmozhny pri padenii arterial'nogo davleniya. Eto chasto proiskhodit v syrykh i
zharkikh pomeshcheniyakh, a takzhe v obshchestvennom transporte, osobenno kogda
gipotonik nakhoditsya v vertikal'nom polozhenii.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
212
Gipotonikam nuzhno bol'she sna, chem obychno: 8–12 chasov, a ne 6–8. Im
trudno prosypat'sya po utram, no dazhe posle dlitel'nogo sna oni ne chuvstvuyut sebya
otdokhnuvshimi.
Klyucheviye slova:Slabost', sonlivost', razdrazhitel'nost', emotsional'naya
neustoychivost', apatiya, ukhudsheniye pamyati, povyshennaya potlivost', narusheniya
termoregulyatsii, odyshka i uchashchennoye serdtsebiyeniye pri fizicheskoy nagruzke,
blednost' bol'nogo, golovokruzheniye, toshnota.
Abstract: Low blood pressure: systolic pressure below 100 mm Hg and
diastolicpressure below 60 mm Hg. Most often occurs in adolescents and women. In
older people, hypotension can occur due to atherosclerosis, which reduces vascular
tone.When blood pressure drops, fainting is also possible. This often happens in stuffy
and hot rooms, as well as in public transport, especially when hypotensive people are
in an upright position Hypotonics need more sleep than usual: 8-12 hours instead of
6-8. They wake up with difficulty in the morning, but even after a long sleep they do
not feel refreshed
Keywords: Weakness, drowsiness, irritability, emotional instability, apathy,
memory impairment, excessive sweating, thermoregulation disorders, shortness of
breath and rapid heartbeat during physical exertion, paleness of the patient, dizziness,
nausea.
Gipotoniya
(yunoncha gipo… va tonos – taranglik) – toʻqima, aʼzo va
sistemalarning boʻshashuvi, yaʼni tonusi (tarangligi)ning pasayishi. Yurak-tomir
sistemasining tonusi pasayganda qon bosimi past boʻladi. Gipotoniya koʻpincha qon
bosimining pasayganligini ifodalaydi (90/60 mm simob ustunidan past).
Qon bosimining normal holati yoshga, geografik mintaqaga qarab bir oz farq
qilishi mumkin (tropik va subtropik mamlakatlarda yashaydigan kishilarning qon
bosimi shimoliy hududlardagilarga nisbatan pastroq boʻladi). Sport (ayniqsa ogʻir
atletika) bilan muntazam shugʻullanadigan yigit-qizlarda, ogʻir jismoniy ish qiladigan
kishilarda, balet artistlarida Gipotoniya yillab, baʼzan esa umrbod davom etishi
mumkin. Bunday kishilar oʻzlarini yaxshi sezadilar va bemalol ishlayveradilar. Bu
fiziologik Gipotoniya boʻlib, dori-darmonning hojati yoʻq. Patologik Gipotoniya esa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
213
turli infeksion kasalliklar, zaharlanish, och yurish yoki yaxshi ovqatlanmaslik,
shuningdek, endokrin bezlar kasalligi natijasida yuzaga keladi. Gipotoniya koʻpgina
kasalliklarning boshlanish belgilaridan boʻlishi yoki vegetativ nerv sistemasi
faoliyatining izdan chiqishi sababli mustaqil kasallik sifatida avj olishi mumkin.
Gipotoniyada bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu buzilishi, jizzakilik, qon bosimining
birday past turishi va b. kuzatiladi. Gipotoniya odatda, surunkali kechib, vaqt-vaqti
bilan, ayniqsa qish-bahorda, shuningdek, ruhiy hayajon yoki noqulay tashqi omillar
(ob-havo keskin oʻzgarganda) taʼsirida qaytalanib turadi.
Qon bosimi pasayganda nima qilish kerak..?
Bemorning qon bosimi tushib ketsa, bosh aylanishi va hushidan ketish
mumkinligini sezsa, u gorizontal holatni egallashi yoki o’tirib, boshini tizzalariga
qo’yishi kerak. Bo’yinni massaj qilish miyaga qon kelishini yaxshilashi mumkin. Qon
bosimini ko’tarish uchun alkogolli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Birinchi
yordam ko’rsatish bemroni yotqizish, unga toza havo kelishini ta’minlash, yuziga sekin
urish mumkin. Shundan so’ng darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak.
Gipotoniyani davolash va oldini olish.
Sog’lom turmush tarzi — bu qon bosimi pasayishini oldini olishning eng
yaxshi usuli. Bu ratsional ovqatlanish, jismoniy mashqlar qilish, dam olish va
tomirlarni mustahkamlovchi muolajalar (massaj, kontrast dush, gidromassaj, suzish)
olish demakdir.Stresslardan qochish kerak. Hayotdan zavq olish, o’zini hayotda va
oilada kerakli va ajralmas his qilish muhimdir. Gipotoniklar uchun salbiy his-tuyg’ular
ko’pincha qon bosimining keskin va kuchli pasayishiga sabab bo’luvchi omilga
aylanadi.Qon bosimining darajasini mustaqil nazorat qilish va kardiolog huzurida
muntazam profilaktik tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi. Shifokor qon bosimini
ko’tarish uchun dorilar (adaptogenlar, alfa-adrenomimetiklar, analeptiklar) buyurishi
mumkin.Gipotoniyaning oldini olish uchun mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirish,
dam olish kunlari yaxshi hordiq chiqarish, badan tarbiya bilan shugʻullanish,
vitaminlarga boy taomlarni kundalik ovqat ratsioniga kiritish kerak. Gipotoniya
belgilari paydo boʻlganda vrach kardiolog yoki terapivtga murojaat qilib, davolanish
lozim. Davo asosan kasallikka sabab boʻlgan omillarni bartaraf etishdan iborat. Qon
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
214
bosimini koʻtaradigan va quvvatga kirgizadigan dorilar, shuningdek, sanatoriya va
kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Jismoniy mashqlar bilan shugullanish Asosan
kardiosport(yurak kardiosi) bilan shugullanish yurak mushaklari tonusini normal
holatda ushlash, karonar qon tomirlarda uchrashi mumkin bolgan organizm uchun yod
bolgan mahsulotlar toplanishini oldini oladi, markaziy va pereferiyadagi qon tomirlarni
oʻtkazuvchanligini oshiradi. Zararli odatlardan voz kechish kerak spirtli ichimliklar
tamaki mahsulotlari va boshqalar. Kun davomida 2-3 km piyoda yurishni tavsiya
qilinadi. Bunda yurakni umuman organizmni kislorodga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi.
Bu esa oʻz navbatida organizmda uchrashi mumkin bolgan gipotoniyaga olip keluvchi
kasalliklarni oldini olgan bo’ladi.
MANBALAR
1.
„Статистический
сборник
2017
год“ (ru).
www.rosminzdrav.ru.
Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
2.
↑ Л.И. Агеева, Г.А. Александрова, Н.М. Зайченко, Г.Н. Кириллова, С.А.
Леонов, Е.В. Огрызко, И.А. Титова, Т.Л. Харькова, В.Ж. Чумарина, Е.М.
Шубочкина. Здравоохранение в России. 2017: Стат.сб./Росстат, 2017. ISBN 978-
3.
↑ „Профилактика сердечно-сосудистых заболеваний - ГУЗ "Поликлиника
№4" г.Волгограда“. poliklinika4vlg.ru. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
↑ „Четвертое универсальное определение инфаркта миокарда (Европейское
Общество Кардиологов 2018)“ (ru). cardioweb.ru. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
4.
↑ „Цереброваскулярные заболевания“. www.emcmos.ru. Qaraldi: 2019-yil
30-mart.