Authors

  • Ernazarova Munisxon Jo’raqulovna

Author Biography

  • Ernazarova Munisxon Jo’raqulovna

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Umumiy pedagogika  kafedrasi o‘qituvchisi

    Telefon: +998917793882

    munisхonernazarova21@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117106

Keywords:

ta’lim oliy ta’lim o‘qituvchi o‘quvchi talaba globallashuv jarayoni tarbiya jamoatchilik insonparvarlik qadriyat innovasion yondashuv.

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish masalasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga munosabatni shakllantirishda ularning kasbga nisbatan qadriyatli yondashuvini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanligi shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuv ko‘nikmasini shakllantirish muammosi pedagogik nazariya va amaliyotda dolzarb masala sifatida namoyon bo‘layotganligi haqida so‘z boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

183

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBGA QADRIYATLI YONDASHUV

KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO

Ernazarova Munisxon Jo’raqulovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Telefon: +998917793882

munisхonernazarova21@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya jarayonining oldida turgan

dolzarb vazifalardan biri Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni

shakllantirish masalasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy faoliyatga munosabatni

shakllantirishda ularning kasbga nisbatan qadriyatli yondashuvini rivojlantirish

alohida ahamiyatga ega ekanligi shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga

qadriyatli yondashuv ko‘nikmasini shakllantirish muammosi pedagogik nazariya va

amaliyotda dolzarb masala sifatida namoyon bo‘layotganligi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: ta’lim, oliy ta’lim, o‘qituvchi, o‘quvchi, talaba, globallashuv

jarayoni, tarbiya, jamoatchilik, insonparvarlik, qadriyat, innovasion yondashuv.

Annotation: "This article discusses one of the pressing tasks facing the

educational and upbringing process — the issue of developing a value-based approach

to the profession among future teachers. It emphasizes the importance of fostering a

value-based attitude toward professional activity in future teachers. Therefore, the

development of value-based professional orientation skills in future teachers is

becoming an urgent issue in pedagogical theory and practice."

Keywords: education, higher education, teacher, pupil, university student,

globalization process, upbringing, public involvement, humanism, values, innovative

approach

I. Kirish:

Jamiyat taraqqiyotida ta’lim tizimi muhim o‘rin tutadi. Ta’limning asosiy

maqsadi bilimli, ma’rifatli, faol fuqarolarni tarbiyalashdir. Bu jarayonda o‘qituvchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

184

shaxsi markaziy o‘rinda turadi. Zero, o‘qituvchi nafaqat bilim manbai, balki tarbiyachi,

ma’naviy rahnamodir. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ularda nafaqat

nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar, balki kasbga nisbatan to‘g‘ri va qadriyatli

munosabatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi globallashuv va axborot asrida ta’lim sohasi jadal o‘zgarmoqda. Yangi

pedagogik texnologiyalar, ta’lim mazmunining yangilanishi, insonparvarlik

tamoyillari ta’lim jarayonida ustuvorlik kasb etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida,

o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni ham oshirmoqda. Bunday sharoitda

bo‘lajak o‘qituvchining kasbga nisbatan shaxsiy munosabati, professional

qadriyatlarga sodiqligi, yetuk pedagogik madaniyatga ega bo‘lishi muhimdir.

Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuv

ko‘nikmasini shakllantirish muammosi zamonaviy pedagogikada dolzarb masala

sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada mazkur muammoning pedagogik

asoslari, uni hal etishdagi samarali yondashuvlar va amaliy tavsiyalar yoritiladi.

II. Asosiy qism

Kasbga qadriyatli yondashuv — bu insonning o‘z faoliyatiga, uning mazmuni

va ahamiyatiga nisbatan ongli, mas’uliyatli, axloqiy qarashlar asosida yondashuvidir.

Ayniqsa, pedagoglik kasbida bunday yondashuv o‘ta muhim, chunki o‘qituvchi faqat

bilim emas, qadriyatlarni ham ulashuvchi shaxsdir. Uning faoliyati, shaxsiy fazilatlari,

insoniylik tamoyillariga sodiqligi – barchasi o‘quvchilarga namuna bo‘lib xizmat

qiladi.

Kasbga qadriyatli yondashuv tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab

oladi:

• kasbga muhabbat va sadoqat;

• insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilish;

• kasbiy burchga mas’uliyat bilan yondashish;

• doimiy o‘z ustida ishlash va rivojlanish istagi;

• boshqalarga (o‘quvchi, hamkasb, jamiyat) hurmat bilan munosabatda bo‘lish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

185

Bo‘lajak o‘qituvchida ana shu xislatlar va munosabatlarni shakllantirish orqali

uning kasbiy qadriyatlar asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi. Bu esa, uzoq muddatli

pedagogik samaradorlikni kafolatlaydi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish tizimli

va maqsadli talim-tarbiya faoliyatini talab etadi. Bu jarayonda shubxasiz oliy ta’lim

muassasalari muhim rol o‘ynaydi. Bizni fikrimizcha o‘qituvchilarni tayyorlash

jarayoni faqat nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmasligi, balki kasbiy qadriyatlar,

axloqiy tamoyillar, shaxsiy pozisiyani shakllantirishga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi

zarur.

Shu nuqtai nazardan, kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish uchun

quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb

hisoblaymiz.

• Ta’lim mazmunini qayta ko‘rib chiqish: ya’ni o‘qituvchilarni tayyorlashda

faqat fanga oid bilimlar emas, balki pedagogik etika, kasbiy madaniyat, insoniylik va

ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq mavzular ham keng qamrab olinishi kerak.

• Tarbiyaviy muhitni shakllantirish: Oliy ta’lim muassasasida demokratik,

ochiq, insoniy munosabatlar ustuvor bo‘lgan muhit bo‘lishi kerak. Bunday muhit

talabalarda axloqiy pozisiya va kasbiy burch hissini rivojlantiradi.

• Namuna orqali o‘rgatish: O‘qituvchi-ustozlar o‘z shaxsiy namunasi bilan

talabalarda kasbiy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, pedagogik faoliyatdagi insoniylik, adolat, sadoqat kabi xislatlarni

ustozlar o‘z amaliyotida namoyon etishi kerak.

• Amaliy mashg‘ulotlar va pedagogik tajriba: Bo‘lajak o‘qituvchilarni maktab

muhitiga yaqinlashtiruvchi amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik amaliyot va master-

klasslar orqali ularda haqiqiy kasbiy muhitga nisbatan munosabat, mas’uliyat va

shaxsiy qadriyatlar shakllanadi.

• Fikrlashni, mulohaza qilishni rag‘batlantirish: Muhokama, debatlar, refleksiv

yozishmalar orqali talabalarning o‘z faoliyatiga tanqidiy va axloqiy nuqtai nazardan

yondashishiga imkoniyat yaratiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

186

Shu shart-sharoitlar uyg‘un tarzda tashkil etilganda, bo‘lajak o‘qituvchilar

nafaqat bilimli mutaxassis, balki kasbiga sidqidildan yondashuvchi inson sifatida

shakllanadi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli

yondashuvni shakllantirish uchun an’anaviy usullar bilan bir qatorda, zamonaviy

pedagogik texnologiyalar va innovasion yondashuvlardan samarali foydalanish muhim

ahamiyatga ega. Chunki innovasion yondashuvlar shaxsiylashtirilgan o‘qitish,

talabaning faol ishtirokiga asoslangan ta’lim va refleksiv tafakkurni rivojlantirish

imkonini beradi.

Quyida ushbu jarayonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy pedagogik

texnologiyalar va usullarni keltirib o‘tamiz:

• Qiymatga yo‘naltirilgan ta’lim (value-oriented education): Ushbu yondashuv

talabalarni faqat bilim egasi sifatida emas, balki inson sifatida shakllantirishga

qaratilgan bo‘lib, shaxsning axloqiy, estetik, ma’naviy rivojiga xizmat qiladi. Bu orqali

talabalarda kasbiy burch, mas’uliyat, mehr-oqibat va sadoqat xislari shakllanadi.

• Faol ta’lim usullari (muloqotli o‘qitish, keys-stadi, klaster, debatlar): Bunday

usullar talabalarning mustaqil fikr yuritish, vaziyatli qaror qabul qilish, axloqiy

muammolarni tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Jumladan, kasbiy dilemmalarni

muhokama qilish orqali talabalar o‘z munosabatlarini shakllantiradi.

• Refleksiv o‘qitish texnologiyalari: Refleksiya orqali talabalar o‘z bilimlari va

xatti-harakatlarini baholaydi, to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlaydi, o‘z-o‘zini anglash

jarayonini boshidan kechiradi. Bu esa o‘z navbatida, kasbiy qadriyatlarni ongli

ravishda qabul qilishga xizmat qiladi.

• Interaktiv treninglar va rolli o‘yinlar: O‘qituvchi rolini bajarish, simulyasiya

qilish va hayotiy vaziyatlarda qaror qabul qilish bo‘lajak pedagoglarning hissiy

empatiyasini, mas’uliyatini, muloqot madaniyatini rivojlantiradi.

• Sifrovizatsiya va onlayn ta’lim platformalari: Zamonaviy texnologiyalar

(muvofiq onlayn kurslar, video-leksiyalar, virtual amaliy mashg‘ulotlar) yordamida

talabalarga turli ta’lim manbalari orqali individual va axloqiy qarorlar qabul qilish

imkoni yaratiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

187

Shu tariqa, innovasion yondashuvlar faqat bilim berish emas, balki

talabalarning shaxsiy qadriyatlarini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa

ularning kasbiy faoliyatida to‘laqonli shaxs sifatida faoliyat yurishishini ta’minlaydi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuvni shakllantirish

jarayonida muayyan muammolar mavjud bo‘lib, ular ta’lim mazmuni, metodik

yondashuv, tarbiyaviy muhit va amaliy faoliyatdagi kamchiliklar bilan bog‘liqdir. Bu

muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, pedagog kadrlarni

sifatli tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Mavjud asosiy muammolar esa quyidagilardan iborat:

• Nazariy bilim va amaliy faoliyat o‘rtasidagi uzilish: Ko‘p hollarda ta’lim

jarayonida nazariy ma’lumotlar ustuvor bo‘lib, talabalar amaliy tajribadan chetda

qolmoqda. Bu esa kasbga shaxsan daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usining shakllanishini

qiyinlashtiradi.

• Qadriyatli yondashuvga doir ta’lim mazmunining yetarli emasligi:

O‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik fanlarda kasbiy qadriyatlar, etika, insoniylik

mavzulariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani kuzatiladi.

• Tarbiyaviy muhitning zaifligi: Oliy ta’lim muassasalarida aksar hollarda

faqat akademik natijalarga e’tibor qaratiladi. Bu esa talabalarning shaxsiy rivoji,

ma’naviy-axloqiy kamolotini ikkinchi darajali masalaga aylantirib qo‘yadi.

• O‘qituvchi-ustozlarning shaxsiy namuna bo‘lish borasidagi kamchiliklari:

Talabalar o‘z ustozlaridan kasbiy va axloqiy nuqtai nazardan namuna ololmagan

hollarda, ularda ham befarqlik va formal yondashuv shakllanadi.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yo‘llar taklif etiladi:

1. Ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va boyitish: Pedagogika,

psixologiya, axloqshunoslik kabi fanlar mazmuniga kasbiy qadriyatlar, shaxsiy

mas’uliyat, insonparvarlik mavzularini yanada chuqurroq integratsiya qilish.

2. Amaliy mashg‘ulotlar va ta’lim amaliyotini kengaytirish: Pedagogik

amaliyotning mazmunli va haqiqiy maktab muhitida olib borilishi talabalarda real

faoliyatga munosabat shakllantiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

188

3. Ma’naviy-axloqiy muhitni kuchaytirish: Ustoz va talabalar o‘rtasida

samimiy, ishonchli, axloqiy munosabatlarga asoslangan muhitni shakllantirish orqali

shaxsiy tarbiyaga yordam berish.

4. O‘qituvchi-ustozlar uchun doimiy kasbiy va axloqiy qayta tayyorlash

kurslarini joriy etish: Bu ularning pedagogik faoliyatida shaxsiy namuna ko‘rsatish

qobiliyatini oshiradi.

Shu orqali, kasbiy qadriyatlarga ega, mas’uliyatli va jamiyat oldida o‘z burchini

his qiladigan o‘qituvchilarni tayyorlash imkoni yaratiladi.

III. Xulosa va takliflar

Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli

yondashuv ko‘nikmasini shakllantirish — bu faqat ta’lim sifati muammosi emas, balki

jamiyatda yetuk, mas’uliyatli, insonparvar shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq keng

qamrovli pedagogik masaladir. Ushbu jarayonda nazariy bilimlar bilan bir qatorda,

shaxsiy tarbiya, amaliy mashg‘ulotlar va namunali muhit muhim o‘rin tutadi. Ta’lim

muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, ustozlarning shaxsiy namunasi va innovasion

texnologiyalardan samarali foydalanish orqali bu muammoni hal etish mumkin.

Umumiy holatda, uzluksiz pedagogik jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri

o‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar, nazariy bilim va tushunchalar,

qoidalar tizimi o‘quv jarayoni faoliyatining asosini tashkil etadi.

Quyida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy takliflar

keltirilgan:

1. O‘qituvchilar tayyorlovchi ta’lim dasturlariga “Kasbiy qadriyatlar”ga oid

alohida fan yoki modul kiritilishi;

2. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyotini mazmunan boyitish va

uni nafaqat o‘qitish, balki tarbiyaviy ishlar bilan bog‘lash;

3. Talabalarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan interaktiv metodlar (debat,

mulohaza, refleksiya)ni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish;

4. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash,

shaxsiy o‘sishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

189

5. Ustoz-o‘qituvchilar uchun kasbiy qadriyatlarga oid malaka oshirish

kurslarini tashkil etish.

Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish orqali, biz nafaqat kasbiy yetuk, balki

insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, mas’uliyatli va haqiqiy tarbiyachi pedagoglarni

tayyorlash imkoniga ega bo‘lamiz. Bu esa ta’lim tizimining umumiy sifatini oshirishga

xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

1. Abdurahmonova, M. (2020). Pedagogik ta’lim va qiymatlar shakllanishining

zamonaviy yondashuvlari. Toshkent: Ta’lim nashriyoti.

2. Jo‘rayev, S. (2018). Ta’lim tizimida insoniy qadriyatlar va ularning ahamiyati.

Toshkent: Navoiy universiteti nashri.

3. Gulyamova, L. (2021). Kasbiy axloq va pedagogik qadriyatlar: nazariy asoslar va

amaliy yo‘nalishlar. Ta’lim va hayot jurnali.

4. Kanimetov, A. (2019). Pedagogik texnologiyalar va innovasion metodlar. Toshkent:

Oliy ta’lim nashri.

5. Murodova, R. (2022). Shaxsiy tarbiya va pedagogik muammolar. Toshkent:

Zarafshon nashri.

6. Ernazarova M.J. (2024). Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbga qadriyatli yondashuv

ko‘nikmasini shakllantirish. “Mug‘allim ham uzluksiz bilimdendiru” jurnali