Authors

  • Fazliddinova Muqaddas Elyor qizi

Author Biography

  • Fazliddinova Muqaddas Elyor qizi

    Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti “Tasviriy  san’at  va muhandislik  grafikasi”  yo’nalishi  talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117136

Keywords:

Muallimi soniy axloq tarbiya jadid insonparvarlik publitsistik maqola globalizatsiya jaholat.

Abstract

Mazkur  maqola Abdulla Avloniy qalamiga mansub  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq” asarining tarbiyaviy  ahamiyati, asarda ilgari surilgan axloqiy-etik g’oyalar, yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik qarashlar bayon etilgan. Muallif tomonidan ilgari surilgan odob, halollik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi tushunchalar bugungi kun tarbiyaviy jarayonlari uchun ham dolzarb ekanini asoslab berilgan. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

100

ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”

ASARIDAGI TARBIYAVIY AHAMIYATI

Fazliddinova Muqaddas Elyor qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik

grafikasi” yo’nalishi talabasi

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqola Abdulla Avloniy qalamiga mansub

“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining tarbiyaviy ahamiyati, asarda ilgari surilgan

axloqiy-etik g’oyalar, yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan

pedagogik qarashlar bayon etilgan. Muallif tomonidan ilgari surilgan odob, halollik,

mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi tushunchalar bugungi kun tarbiyaviy jarayonlari

uchun ham dolzarb ekanini asoslab berilgan.

KALIT SO’ZI:

Muallimi soniy, axloq, tarbiya, jadid, insonparvarlik,

publitsistik maqola, globalizatsiya, jaholat.

ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ АБДУЛЛЫ

АВЛОНИ «ТУРЕЦКИЙ ГЮЛИСТАН ИЛИ НРАВСТВЕННОСТЬ»

АННОТАЦИЯ: В статье описывается воспитательное значение

произведения Абдуллы Авлони «Турецкий розовый сад или нравственность»,

выдвинутые в произведении морально-этические идеи, педагогические взгляды,

направленные на воспитание подрастающего поколения как совершенных

людей. Утверждается, что выдвинутые автором концепции, такие как

порядочность, честность, трудолюбие и стремление к знаниям, по-прежнему

актуальны для современных образовательных процессов.

КЛЮЧЕВОЕ СЛОВО: Преподаватель-социолог, мораль, образование,

современность,

гуманизм,

публицистическая

статья,

глобализация,

невежество.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

101

THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI'S

WORK "TURKISH GULISTAN OR MORALITY"

ABSTRACT: This article describes the educational significance of the work

"Turkish Rose or Morality" by Abdulla Avloni, the moral and ethical ideas put forward

in the work, and the pedagogical views aimed at educating the younger generation as

perfect human beings. It is argued that the concepts put forward by the author, such as

decency, honesty, hard work, and the pursuit of knowledge, are also relevant for

today's educational processes.

KEYWORD: The teacher is a sociologist, morals, education, modernity,

humanism, journalistic article, globalization, ignorance.

Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo

saodat – yo falokat masalasidur.

Abdulla Avloniy

Jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan sanalgan Abdulla Avloniy o’z

asarlari bilan jadid pedagogikasi va adabiyoti taraqqiy topishida beqiyoq hissa

qo’shgan. Adibning hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar tashlasak,u 1878-yil 12-iyulda

Toshkentda hunarmand oilasida tavallud topgan. Ish faoliyatini matbuotda ko’plab

publitsistik maqolalar chiqarish bilan boshlagan Abdulla Avloniy bir qancha yillik

ijodiy faoliyati davomida “Birinchi muallim” (“Muallimi avval”, 1909), ”Ikkinchi

muallim” (“Muallimi soniy”, 1912) nomli darsliklar, ”Gulistoni maktab” (1917),

”Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909-1916) kabi maktablarda o’qitilishga

mo’ljallangan qo’llanmalar yaratdi. Uning asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud

axloq” asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla

Avloniy asarni “maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug’

adabiyot muhiblariga” bag’ishlaydi. Asarning kirish qismida Avloniy uni tun-u kun

azoblayotgan millatining ahvoli xususidagi qalb qiynoqlari haqida quyidagi she’riy

misralarni keltirib o’tadi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

102

Har kun o’luram shomg’acha men g’amga giriftor,

Har shab yonaram otasha parvona kabi zor,

Hech kimsa emas bu meni ahvolima vofiq,

Men xastayam-u millatim o’lmish nega bemor?

Adib asarni fors adabiyotining shoiri shayx Muslihiddin Sa’diy

Sheroziyning “Guliston”asari ta’sirida yaratgan. Bu haqida asarning so’nggi “Bir ikki

so’z” bobida ijodkorning o’zi shunday fikrlarni bayon etadi: ”Shuning uchun ko’p

vaqtlar tajriba so’ngidan adibi muhtaram Shayx Sa’diy usulidan yozmoqni, garchi

og’ir ish bo’lsa ham, o’zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan

ko’tarmakni munosib ko’rdim. Va shul maqsadga mabni har bir so’zning oxiriga, ikki-

uch band she’r ham yozdim va bu yozgan she’rimning orasida ba’zi arabiy, forsiy

she’rlarning tarjima va mazmuni ham ko’rilur”. Adib asarni Hijron taxallusi bilan

Toshkentda yozadi.

«Turkiy guliston yohud axloq»asarining birinchi sahifasidan to so’nggi

sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g‘oyalari ifodalangan. U hammadan burun

xalq manfaatini ko‘zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi

deb biladi. Uning nazarida kishilar g‘amini yemagan, xalqdan uzoq turgan ig‘vogar,

g‘iybatchi inson emas. Muallif chaqimchilik, g‘iybat, hasad, munofiqlik,

yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik haqida to‘xtalib, ularning insonlar hayotiga zararini

atroflicha ko‘rsatib beradi. Asar nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham

dolzarbligini yo‘qotmagan. Bugungi globalizatsiya va axborot xurujlari zamonida

yoshlar ongini to‘g‘ri shakllantirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun

Avloniy kabi ma’rifatparvarlarning qarashlari muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda

Avloniy - fikr kishisi, teran tafakkur, keng fitrat va o’tkir zehn sohibidir.

“Turkiy Guliston yoxud axloq” pandnomasidagi mulohazalar shunday deyishimiz

uchun to’la asos beradi. Asarda farzand tarbiyasi, ta’limning tarbiya bilan bevosita

bog’liqligi, ilm-fan insoni jaholat botqog’idan qutqaruvchi qudratli kuch ekani juda

ishonchli yoritilgan. Asar muallifi hech bir masalada biryoqlamalikka berilmaydi, gap

kelajak avlodning tarbiyasi xususida ketar ekan, yozuvchining gumanist – insonparvar

qiyofasi kitobda bo’y ko’rsatib turaveradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

103

Ma’lumki, axloq, avvalo, insonlarni yaxshilikka undab, yomonlikdan

tiyilishga o’rgatuvchi ma’naviy fazilatdir. Abdulla Avloniy axloqning mana shu

kuchini yanada bo’rttirishga harakat qiladi va go’zal axloq sohibi bo’lish haqiqat

uchun kurashib yashash ekanini yozadi: “Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon

xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’on kitobni axloq deyilur.”

Yozuvchi e’tirofga ko’ra, haqiqiy axloq egasi, ya’ni o’z aybini bilib, uni tuzatmoqqa

harakat qilgan kishi chinakam bahodir va pahlavondir. Asar muallifi millatning barcha

farzandlarida ana shu xislatni ko’rishni orzu qiladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Avloniy tarbiyani juda keng

ma’noda tushunadi. Shu sababli bolalarni aqliy rivojlantirish bilan birga, jismoniy

sog’lig’i xususida ham ko’p o’rinlarda to’xtalib o’tadi. Yurt ravnaqi, avvalo, uning

farzandlariga, ularning manaviy va jismoniy kamolotiga bog’liqdir. Shu bois Abdulla

Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar egallashga, kitob mutolaasiga undaydi. Tarbiyali

va mushohadali yoshlar vatan kelajagidir. Abdulla Avloniy o‘z asari orqali bir necha

avlodlarning tarbiyasiga beqiyos hissa qo‘shdi. “Turkiy Guliston yoxud axloq” – bu

nafaqat axloqiy qo‘llanma, balki xalqimizning ma’naviy yo‘lchi yulduzidir. Uni

o‘rganish va targ‘ib etish har bir pedagogning burchidir.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent. 2018.

2. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. Toshkent. 2008.

3. Begali Qosimov. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. Toshkent. Ma’naviyat.

2024.

4. S. Mirzayev. O’zbek adiblari. Toshkent. 2002.

5. K. Xoshimov, S. Nishonova. Pedagogika tarixi. Toshkent. 2005.