Authors

  • Elnoza Qudratova

Author Biography

  • Elnoza Qudratova

    ToshDO’TAU ona tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi

    3-bosqich talabasi

    elnozaqudratova@gmail.com / 930477155

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117145

Keywords:

tinglab tushunish audio kitoblar ta’lim til o‘rganish eshitish ko‘nikmasi raqamli ta’lim pedagogika.

Abstract

Mazkur maqolada tinglab tushunishda audio kitoblardan foydalanishning ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Audio kitoblarning ta’lim jarayonidagi roli, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi samaradorligi, shuningdek, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida audio kitoblarning o‘rni va kelajak istiqbollariga ham to‘xtaladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

52

TINGLAB TUSHUNISHDA AUDIO KITOBLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Elnoza Qudratova

ToshDO’TAU ona tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi

3-bosqich talabasi

elnozaqudratova@gmail.com

/ 930477155

Annotatsiya : Mazkur maqolada tinglab tushunishda audio kitoblardan

foydalanishning ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Audio kitoblarning

ta’lim jarayonidagi roli, tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi

samaradorligi, shuningdek, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.

Maqola zamonaviy ta’lim tizimida audio kitoblarning o‘rni va kelajak istiqbollariga

ham to‘xtaladi.

Kalit so'zlar: tinglab tushunish, audio kitoblar, ta’lim, til o‘rganish, eshitish

ko‘nikmasi, raqamli ta’lim, pedagogika.

Abstract: This article provides a scientific analysis of the importance of

using audiobooks in developing listening comprehension skills. It examines the role of

audiobooks in the educational process, their effectiveness, advantages, and limitations.

The article also discusses the place of audiobooks in modern education systems and

future prospects for their use.

Keywords: listening comprehension, audiobooks, education, language

learning, listening skills, digital learning, pedagogy

Аннотация: В данной статье проводится научный анализ значения

использования аудиокниг для развития навыков аудирования и понимания

услышанного. Рассматриваются роль аудиокниг в образовательном процессе,

их эффективность, а также преимущества и недостатки. Обсуждается

место аудиокниг в современной системе образования и перспективы их

использования.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

53

Ключевые слова: аудирование, аудиокниги, образование, изучение

языков, навыки слушания, цифровое обучение, педагогика.

Axborot asrida bilim va ma’lumotlarga tezkor kirish imkoniyati ta’lim

jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Raqamli texnologiyalar va internet resurslarining

kengayishi bilan ta’limda yangi usullar paydo bo‘ldi. Ulardan biri — audio kitoblar,

ya’ni nutq shaklida taqdim etilgan kitoblar. Audio kitoblar o‘quvchilarga kitoblarni

matn ko‘rinishida emas, balki tinglash orqali o‘zlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa,

tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda audio kitoblarning ahamiyati ortib

bormoqda. Ushbu maqolada audio kitoblarning tinglab tushunishga ta’siri, ularning

o‘rganish jarayonidagi roli va samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Tinglab tushunish ko‘nikmasining mohiyati va ahamiyati.

Tinglab

tushunish — nutq yoki audio ma’lumotni eshitib, uni anglash, tahlil qilish va xotirada

saqlash jarayoni. Bu ko‘nikma insonning axborotni qabul qilish va uni samarali qayta

ishlash qobiliyatini aks ettiradi. Ta’limda tinglab tushunish nutqni to‘g‘ri anglash,

ma’lumotni tez qabul qilish, diqqatni jamlash va o‘rgangan ma’lumotlarni eslab qolish

kabi ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy dunyoda ko‘plab fanlar va kasbiy

sohalarda tinglab tushunish ko‘nikmasi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, auditoriyada

ma’ruzani tinglash, radio, podkastlar orqali bilim olish, test va imtihonlarda eshitilgan

matn asosida savollarga javob berish kabi vazifalar shu ko‘nikmaga bog‘liq.

Audio kitoblarning ta’lim jarayonidagi o‘rni.

Audio kitoblar matnli

kitoblarning ovozli versiyasi bo‘lib, mutaxassislar tomonidan professional tarzda

o‘qiladi. Bu format o‘quvchilarga matnni ko‘z bilan o‘qish o‘rniga eshitish orqali

o‘zlashtirish imkonini beradi. Audio kitoblarning ta’limdagi o‘rnini quyidagicha

tavsiflashimiz mumkin:

1. Multitasking va vaqtni tejash. Audio kitoblarni tinglash uyda, transportda,

jismoniy mashqlar paytida amalga oshirilishi mumkin, bu esa vaqtni samarali

ishlatishga yordam beradi.

2. Eshitish madaniyatini rivojlantirish: Eshitish ko‘nikmasi nutq madaniyati,

talaffuz, intonatsiya va ohangni to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

54

3. Til o‘rganishda qo‘llanilishi: Chet tillarni o‘rganishda audio kitoblar tilning

to‘g‘ri talaffuzi va nutq ohangini egallashda muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Vizual qobiliyat cheklangan insonlar uchun: Ko‘rish muammolari bo‘lganlar

uchun audio kitoblar bilim olishda teng imkoniyat yaratadi.

5. Diqqatni jamlash va eslab qolishni kuchaytirish: Ma’lumotni tinglab

o‘zlashtirish xotira faoliyatini kuchaytiradi, chunki audio axborot qabul qilish

boshqacha mexanizmlarga asoslanadi.

Tinglab tushunishni rivojlantirishda audio kitoblarning samaradorligi.

So‘nggi o‘n yilliklarda psixologiya, pedagogika va lingvistika sohasida

o‘tkazilgan tadqiqotlar audio kitoblarning tinglab tushunish ko‘nikmasini

shakllantirishdagi roli va samaradorligini tasdiqlaydi. Odam miyasi eshitilgan nutqni

qayta ishlashda vizual matnga qaraganda boshqacha faoliyat ko‘rsatadi. Audio

ma’lumotlarni qayta ishlash nutqni tushunish, so‘zlarni anglash va kontekstni

tushunishga asoslangan bo‘lib, bu til rivojlanishi va tinglab tushunish ko‘nikmasini

mustahkamlaydi.

Maktab va universitet o‘quvchilarida o‘tkazilgan tajribalarda audio

kitoblarni muntazam tinglash o‘quvchilarning tushunish qobiliyatini yaxshilaganligi

ko‘rsatildi. Audio kitoblar yordamida o‘quvchilar murakkab matnlarni osonroq anglab,

savol-javoblarda yuqori natijalarga erishgan. Chet tillarni o‘rganuvchilar orasida audio

kitoblar talaffuzni to‘g‘rilash, yangi so‘zlarni eshitish va ulardan foydalanishni

rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlangan.

Audio kitoblardan foydalanishda yuzaga keladigan muammolar va

ularni hal etish yo‘llari.

Har qanday texnologiya singari, audio kitoblar ham o‘zining

kamchiliklari va cheklovlariga ega. Ularni yengish uchun quyidagi omillarni hisobga

olish zarur:

I.

Diqqatning chalg‘ishi: Audio kitoblarni tinglashda ko‘pincha tashqi

muhitdan chalg‘ish xavfi mavjud. Bu esa tinglab tushunishni qiyinlashtiradi. Buni

kamaytirish uchun qulay va tinch joy tanlash muhimdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

55

II.

Ma’lumotni qayta ko‘rib chiqish qiyinligi: Matnda o‘qishda istalgan joyga

qaytib, qayta o‘qish mumkin, ammo audio kitoblarda ma’lumotni qayta eshitish biroz

qiyinroq. Shu sababli ko‘plab audio kitob platformalarida tez-tez pauza va qayta

tinglash imkoniyatlari yaratilgan.

III.

Fokus va konsentratsiyani saqlash: Ba’zida uzun audio kitoblarni tinglash

charchatishi yoki diqqatni yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Buni oldini olish uchun

tinglash vaqtini qisqa segmentlarga bo‘lish tavsiya etiladi.

Kelajakdagi istiqbollar.

Texnologiya rivojlanishi bilan audio kitoblarning

yangi shakllari paydo bo‘lmoqda: interaktiv audio kitoblar, nutqni tanib olish va qayta

ishlash texnologiyalari yordamida individual o‘quvchiga moslashtirilgan kontent

yaratish. Sun’iy intellekt yordamida tinglovchining tushunish darajasini aniqlash va

audio materiallarni moslashtirish imkoniyatlari kengaymoqda.

Bundan tashqari, audio

kitoblar ta’lim tizimiga yanada chuqurroq integratsiya qilinmoqda, jumladan onlayn

kurslar, podkastlar va interaktiv o‘quv platformalarida keng qo‘llanilmoqda.

Audio Ssenariy Kontrasti (ASC) metodi.

Metod mohiyati

. Bu metodda o‘quvchilarga bir xil syujet asosida ikki xil

tahrirdagi audio material tinglatiladi — biri rasmiy, adabiy uslubda, ikkinchisi esa

so‘zlashuv (dialektal, og‘zaki) uslubda yozilgan bo‘ladi. So‘ng ular syujet, til, ohang

va niyatdagi farqlarni tahlil qiladi va uchinchi — o‘ziga xos versiyasini yaratadi.

Metodning maqsadi:

a)

O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish;

b)

Uslublararo tafovutni eshitish orqali anglash;

d)

Tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish.

Ushbu metod olti bosqichda amalga oshiriladi.

1. Kirish bosqichi: O‘quvchilarga syujet haqida qisqacha fon ma’lumot beriladi

(masalan: bir kishi metroda qiziq voqeaga duch keladi).

2. 1-audio (rasmiy): Adabiy tilda yozilgan, xolis, faktlarga asoslangan bayon

etilgan versiyasi tinglatiladi.

3. 2-audio (so‘zlashuv): Xuddi shu voqea lekin emosional, dialoglarga boy,

og‘zaki til uslubida ifodalangan versiyada tinglatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

56

4. Taqqoslash: O‘quvchilar guruhlarda yoki yakka tartibda ikki versiyani tahlil

qiladi. Quyidagicha savollar berish mumkin:

Qaysi versiyada voqea yaqqolroq tasavvur qilindi?

Til, ohang, emotsional yuklamasi qanday farq qiladi?

Siz qaysi versiyani ko‘proq tushundingiz? Nima uchun?

5. Ijodiy bosqich: O‘quvchi o‘z tahriridagi uchinchi versiyani yozadi yoki

yozib ovozga oladi. U bu yerda o‘z tanloviga asoslanib, rasmiy yoki norasmiy uslubda,

balki ikkalasini aralashtirib yangi audio yaratadi.

6. Baholash: O‘quvchilar o‘z versiyalarini tinglatadi. Boshqalar ularni

kontekst, aniqlik, emotsionallik, tushunarlilik jihatidan baholaydi.

Bu metod nafaqat eshitish, balki tahlil va ijodkorlikni birlashtiradi. O‘quvchi

bir voqeani turli nuqtayi nazardan tushunishga majbur bo‘ladi — bu esa tanqidiy

eshitishni shakllantiradi. Bu metodda aktiv yaratuvchanlik (creative listening) asosiy

rolni o‘ynaydi — bu esa tinglab tushunishdan bir necha pog‘ona yuqorida turadi.

“Audio Ssenariy Kontrasti”(ASC) metodini amaliy qo‘llash uchun

namunaviy audio matnlar, topshiriqlar va baholash mezonlari bilan tanishib

chiqamiz.

I.

Syujet matni (asosiy voqea):

Bir yigit ertalab ishga shoshilib ketayotgan paytda yo‘l-yo‘lakay metroda

keksa ayolga yordam beradi. Ayol unga duolar qiladi. Yigit esa ishga kechikkanini

bilib, xavotirga tushadi, lekin ofisga kirganida yig‘ilish 15 daqiqaga kechikkanini

biladi. Shunda u o‘z vaqtida yordam berganidan mamnun bo‘ladi.

II.

Audio versiya 1 (rasmiy, adabiy tilda

) — matn namunasi:

"Ertalabki soat sakkizda metro bekatiga shoshayotgan yigit bekat oldida

yiqilib ketgan keksani ko‘rib darhol yordamga oshiqdi. U ayolni o‘rnatib, yuklarini

ko‘tarishga yordamlashdi. Shu sababli u ishga ozgina kech qoldi. Ammo ofisga

kirganida yig‘ilish hali boshlanmaganini ko‘rib, mamnuniyat bilan chuqur nafas oldi.”

III.

Audio versiya 2 (og‘zaki, dialogli, hissiy tilda)

— matn namunasi:

“Ana, kech qolaman deb yugurib ketyapman, metroga sal qoldi deganda,

qarasam bir kampir yiqilib yotipti. O‘zimni o‘ylamay yordam berdim, turishga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

57

yordamlashdim. “Bolam, duo qilaman!” dedi. Yugur-yugur bilan ishga keldim —

hayriyat! Yig‘ilish hali boshlanmagan ekan. O‘zimni zo‘r his qildim o‘sha payt.”

IV.

Topshiriqlar (tinglashdan so‘ng):

1.

Farqlarni toping (guruh ishi yoki individual):

2.

Til uslubi qanday farq qiladi?

3.

Qaysi versiyada voqea yaqqolroq tasvirlangan?

4.

Emotsionallik darajasini baholang.

5.

Qaysi versiyada yigitning ichki holati yaxshi ifodalangan?

“Uchinchi versiyani yarat” topshirig‘i.

Sizga ko‘proq ta’sir qilgan versiyaga

asoslanib, syujetga o‘zingizcha yangilik kiriting.

Nutq uslubini tanlang (ruxsat etiladi:

hazil, sarguzasht, fantastika).

Matnni yozing va audio shaklida yozib oling (telefon

orqali ham bo‘ladi).

Guruhda bir-biringizni tinglang va fikr bildiring.

V.

Baholash:

Ko‘rsatkich

Baholash mezoni

Ball

Tinglab tushunish

Mazmunni

to‘liq

anglagan

10

Uslubiy tafovutni anglash

Til va ohangdagi farqlarni

topgan

10

Yaratilgan

versiya

ijodiyligi

Yangicha

yondashuv,

emotsionallik

10

Talaffuz va ohang

Yangicha

yondashuv,

emotsionallik

10

Fikr bildirish ishtiroki

Faol muhokama va tahlil

10

Jami

50 ball

Tinglab tushunish — faqat eshitish emas, balki eshitilgan ma’lumotni tahlil

qilish, umumlashtirish va fikr yuritish qobiliyatidir. Ushbu ko‘nikmani rivojlantirish

uchun o‘quvchilarning faol ishtirokini talab qiladigan ushbu interaktiv metod samarali

natija beradi.Tinglab tushunishda audio kitoblardan foydalanish ta’lim jarayonida

samarali o‘rganish usuli sifatida o‘z o‘rniga ega. Ular o‘quvchilarning eshitish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

58

qobiliyatini rivojlantirish, vaqtni tejash va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlarga

bilim olish imkonini berish kabi afzalliklarni taqdim etadi. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, audio kitoblarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi tinglab tushunish

ko‘nikmasini sezilarli darajada oshiradi va ta’lim sifatini yaxshilaydi. Shu bois, audio

kitoblardan foydalanishni yanada kengaytirish va ularni ta’lim tizimida samarali

qo‘llash lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. K.A. Kiliova "Chet tili darslarida tinglashni o‘rgatish texnikasi. Ingliz tili darslarida

tinglashni o‘rgatish metodikasi". – Toshkent, 2020.

2. Saidov M. O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni

rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nomz.

diss. avtoref. TDPU. – Toshkent, 2000.

3. Alavuddinova N. Ona tili darslarida ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish

metodikasi: ped. fan. nomz. diss. avtoref. TDPU. – Toshkent, 2008.

4. Makhmudov K. (2020). "Ways of Forming Intercultural Communication in Foreign

Language Teaching". Science and Education.