MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
43
SHAXSLARDAGI INDIVIDUALLIK XUSUSIYATLARINI BARTARAF
ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Madalieva Muslima Muxammadovna
Fargʼona viloyati Dangara tumani MMTB tasarrufidagi 8-umumiy ta'limi
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Individuallik – har bir insonning o’ziga xosligi, boshqa
kishilardan farq qilishi, psixologiyada keng muhokama qilinadigan tushunchadir. Har
bir inson o’ziga xos shaxsiy xususiyatlar, qarashlar va fikrlarni o’z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: individuallik, psixologik muammolar, shaxsiy identifikatsiya, o‘z-
o‘zini anglash, xarakter, ijtimoiy munosabatlar, shaxsiy xususiyatlar, psixologik
izlanishlar, ruhiy holat,individ
KIRISH
Individuallik – har bir insonning o’ziga xosligi, boshqa kishilardan farq qilishi,
psixologiyada keng muhokama qilinadigan tushunchadir. Har bir inson o’ziga xos
shaxsiy xususiyatlar, qarashlar va fikrlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, individuallik,
odamning jamiyatda qanday o’rin tutishi, o’zligini qanchalik anglashi va atrof-muhit
bilan qanday moslashishiga ta’sir qiladi. Lekin, individuallik ba’zi holatlarda
psixologik muammolarga olib kelishi mumkin, sababi odam o’zining yagonaligi va
ijtimoiy normalarga mos kelmasligi bilan bog’liq qiyinchiliklarni boshdan kechirishga
moyil bo’ladi. Individuallikning psixologik muammo sifatida ko’rilishi ko’p
faktorlarga bog’liq. Individuallik (loticha "individuum" — "boʻlinmas") — muayyan
narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi
sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga)
qarama-qarshi qoʻyiladi.
Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va
Demokrit tomonidan muayyan mazmun va shaklga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega
boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga
xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
44
individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. I. oʻziga xos xususiyatlarni va
mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa
(mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi
tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikrmulohazalar
nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis
adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm
dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.
Hozirgi individuallik tushunchasi ilm-fanda turli maʼnolarda ishlatiladi.
Masalan, biologiyada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo boʻlgan
xususiyatlarning oʻziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fikrilashi,
sezgisi, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, kayfiyati, hissiyoti, ahvoli, xatti-
harakati, odati, mayli, qobiliyati va boshqa sifatlarini, shuningdek, mijozi va
tabiatining oʻziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda individuallik olomonga,
guruhga zid tushuncha sifatida oʻrganiladi. Adabiyotshunoslikda individuallik badiiy
obrazning oʻziga xos xususiyatlari asarda qay darajada hayotiy, haqqoniy aks
ettirilganini koʻrsatadigan mezon boʻlib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramonining
oʻziga xosligi uning milliyligi va qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligini ham belgilaydi.
Yozuvchining oʻziga xos tili va uslubiga xos belgilar ham individuallikni tashkil etadi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, individuallik ayni bir ijodkorga, balki insonga xos
shaxsiyat hisoblanadi. Maʼlum bir obyektiv fikrga oʻz subyektiv bahosini koʻrsatish.
Bu koʻpincha badiiy uslubda ishlatilganda poetik individuallik yuzaga chiqadi. Yani,
ijodkor oʻziga xos lugʻaviy birliklarni kiritishi, ulardan foydalanishi, his-
kechinmalarini ular orqali jozibali talqin qilishidir.
Birinchidan, individuallik ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklar tug’dirishi
mumkin. Ijtimoiy norma va qadriyatlar doirasida yashashga majbur bo’lgan odamlar,
o’zlarining o’ziga xosligi yoki farqlari tufayli boshqalardan ajralib turishi mumkin. Bu,
o’z navbatida, izolyatsiya, o’zini past baholash, depressiya kabi psixologik holatlarga
olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, individuallik shaxsning o’zligini tushunish, uni
qabul qilishida psixologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. O’ziga xoslik,
insonni o’zlikni anglashi odamning o’z hayotini va qarorlarini boshqarishga qodir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
45
bo’lishi uchun zarur bo’lsa-da, ba’zan bu jarayon murakkablashadi. O’ziga bo’lgan
ishonchsizlik, ijtimoiy xavotirlar yoki kelajakdagi istiqbolga bo’lgan mavhumlik kishi
o’zligini anglashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Shunday qilib, individuallik o’ziga ishonchsizlik psixologik muammolarga olib
kelishi mumkin.
Individuallik, bir tomondan, insonning o’ziga xosligini aks ettirsa,
ikkinchi tomondan, jamiyat bilan moslashuvda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi
mumkin. Zamonaviy jamiyatda, o’ziga xos va boshqalardan ajralib turadigan shaxslar
“oddiy” deya hisoblanmaydi. O’z navbatida, ijtimoiy tanqidga, rad etilishiga va
shaxsiy kamchiliklarni his qilishga olib keladi. O’ziga xoslikni orzu qilgan odamlar
ko’pincha o’zlarini noto’g’ri va yoki noto’g’ri tushunilgan deb hisoblashadi, bu esa
ularning psixologik holatiga salbiy ta’sir qiladi.
Odamlarning o’ziga xoslikni qabul qilishidagi muammolar ko’pincha ijtimoiy
izolyatsiya, o’zini o’zgalar bilan taqqoslashdan kelib chiqadi. Ommaviy axborot
vositalari orqali o’zini boshqalardan ajratib ko’rsatishga bo’lgan intilish, shaxsning
o’zligini yo’qotishiga va atrofdagilarning me’yorlariga moslashishga olib kelishi
mumkin. O’ziga xoslikni qo’llab-quvvatlashda jamiyatning noxush munosabati,
insonni yakkalanishga va ichki ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Individuallikning
psixologik muammo sifatida ko’rilishi, ayrim hollarda, ruhiy kasalliklarning
rivojlanishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Masalan, o’ziga xoslikni qabul qilishda
qiyinchiliklar, depressiya, stressni kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy normalar bilan mos
kelmaslik, odamning o’zini izolyatsiya qilishiga olib kelishi va bu ham psixologik
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. O’ziga xoslikni qabul qilishni o’rganish,
shaxsning o’z-o’ziga bo’lgan ishonchini oshirish, psixologik farovonlikni yaxshilash
va stressni kamaytirish uchun muhimdir. Shuning uchun, individuallikni psixologik
nuqtai nazardan o’rganish va insonlar o’zligini topishda yordam berish
psixologiyaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
XULOSA
Individuallik, o’ziga xoslik va boshqalardan farqlanish ijtimoiy jihatdan ham
muhimdir. Biroq, har bir odam o’ziga xos bo’lib qolish jarayonida ko’plab psixologik
muammolarga duch kelishi mumkin. Ijtimoiy moslashuv, o’zligini anglash va qabul
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
46
qilish kabi jarayonlar, ba’zida psixologik stress, depressiya yoki izolyatsiyaga olib
kelishi mumkin. Bunday muammolarga qarshi kurashish va individuallikni
qo’llabquvvatlash psixologik farovonlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Odamlarning o’ziga xosligini qabul qilish va jamiyatga moslashish jarayonida qo’llab-
quvvatlash zarurati, psixologiyaning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylanishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdullaeva, X. (2011). Psixologiya asoslari. Toshkent: "O‘zbekiston" NMIU.
2.
Azimov, A. (2015). Psixologiya va uning metodlari. Toshkent: O‘zbekistan, Fan
va texnologiya.
3.
Kamilov, M. (2010). Individning psixologik rivojlanishi. Toshkent: Fan va
texnologiya.
4.
Qodirov, T. (2008). Psixologik jarayonlar va individning rivojlanishi.
Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
5.
Toshpo‘latov, R. (2017). Inson va jamiyat psixologiyasi. Toshkent:
O‘zbekiston Matbuoti.
6.
Shodiev, S. (2019). Insonning psixologik integratsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi.
7.
Internet maʼlumotlari