Authors

  • Bayjonova Gulxayo

Author Biography

  • Bayjonova Gulxayo

    Toshkent Davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti Universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117153

Keywords:

Christ Church fantastik sarguzasht mantiq geometriya Viktorian davri temir intizom jahongashta asar animatsion film ramziy obraz falsafiy asar.

Abstract

Lyuiss Keroll oʻz davrining adolatsizligini, jamiyatdagi zodagonlarini va oddiy qora xalqni  oʻzining mantiqiy-badiiy,  falsafiy usulda yozilgan bolalar uchun ertaklarida yoritib bergan. Kerollning asarlari bir qarashda bolalar uchun yozilgan oddiy bir toʻqima, uydirma ertakka oʻxshab koʻrinsa -da, aslida kattalarni oʼyga tolishga undovchi mantiqiy-falsafiy asar hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

6

“ALISA MO`JIZALAR MAMLAKATIDA”ASARINING O`ZIGA

XOSLIGI

Toshkent Davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti Universiteti talabasi

Bayjonova Gulxayo

Annotasiya: Lyuiss Keroll oʻz davrining adolatsizligini, jamiyatdagi

zodagonlarini va oddiy qora xalqni oʻzining mantiqiy-badiiy, falsafiy usulda yozilgan

bolalar uchun ertaklarida yoritib bergan. Kerollning asarlari bir qarashda bolalar

uchun yozilgan oddiy bir toʻqima, uydirma ertakka oʻxshab koʻrinsa -da, aslida

kattalarni oʼyga tolishga undovchi mantiqiy-falsafiy asar hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: Christ Church, fantastik sarguzasht, mantiq, geometriya,

Viktorian davri, temir intizom, jahongashta asar, animatsion film, ramziy obraz,

falsafiy asar.

Tarjimashunoslik sohasining asl mohiyati – ma’lum bir til qoidalari asosida

yozilgan matn yoki asarni ikkinchi bir til qoidalariga asosan qaytadan shaklantirishdan

iborat. Tarjimon bunday mukamallika ega bo'lishi uchun, asl matnni butunlay anglay

olishi hamda tarjima qilinayotgan tilda to‘laligicha ifodalab berishi kerak. Qachonki,

tarjima qilingan asarni qo‘liga olgan mushtariy asl matn yoki asardagi hissiyotlarni his

qilsa,voqealar rivojini to‘la-to‘kis tasavvur qila olsa, asliyatdagi zavqni, tarjimada ham

sezsa, ana o‘shanda eng yaxshi natijaga erishilgan bo‘ladi.Shu o‘rinda yozuvchi

Belenskiyning gaplarini eslab o'tsak. Belenskiy badiiy tarjima haqida o‘z qarashlarini

talqin qilar ekan: “Badiiy asarni tarjima qilishning bitta qoidasi bor. Tarjima

qilinayotgan asarning ruhini berishdir. Buning uchun agar, basharti, muallif rus

bo'lganda u ham asarni rus tilidan xuddi shunday yozgan bo‘lar edi:deydigan qilib

tarjima qilish kerak”,- deya ta’kidlaydi.

Til bu- millat ko‘zgusi sanaladi. Bu ko‘zguda har bir milatning o‘ziga xosligi,

qadriyati, urf-odat va an'analari, ijtimoiy hayoti yoqqol aks etadi. Til – ma’naviy

boylik tashuvchi vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Uning yordamida avloddan avlodga,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

7

ya’ni ota-bobolarimizdan o‘sib borayotgan yosh avlodga millatning ma’naviy hamda

madaniy boyliklari bekamiko‘st yetib keladi. Biz yosh avlod esa, o‘z ona tilimiz

qatorida ota-bobolarimizning ma’naviy boyliklarini ham o‘rganamiz. Har bir

milatning, xalqning ma’naviy hamda madaniy quroli-til sanaladi. Inson ruhiyatini

tarbiyalash, tafakkur olamini kengaytirishda tilning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Til

yordamida millatning qadriyatlari, ma’naviy boyliklari, o‘sha millatga tegishli bo‘lgan

ibora, maqol, matal, xalq og‘zaki ijodi o‘z holicha saqlanib qolmadi. U o‘z

foydalanuvchisining qay millatdan ekanligini ko‘rsatib beradi. Til millatlararo

madaniy, ijtimoiy - siyosiy, ma’naviy muloqotni taminlashi bilan birgalikda, o‘sha

aloqani uzil -kesil yo‘qqa chiqarishni mumkin.

Til har bir millat ma’naviyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi.Lekin til

faqatgina ma’naviy dunyoda emas, balki tabiatda ham kuzatiladi. Dunyodagi jamiki

tillarning grammatikasida ham, leksikasida ham unli va undosh harflar , tovushlar bor.

Bu tovushlarning, harflarning ketma - ket kelishi so‘zlar zanjiri hosil qiladi. Mana shu

hodisa millatning madaniyati emas, balki tabiat qonunidir. Chunki,inson ketma - ket

keladigan unli hamda undosh tovushlardan bir boshli ma’noli nutq hosil qila olmaydi.

Nutq paydo bo‘lishi uchun tilning “ichki” tuzilishini ham bilish kerak. Demak, til

faqatgina bir millatning nutqini emas, balki o‘sha millatning qadriyatlarini, ijtimoiy -

siyosiy hayotini, yashash tarzini, kelib chiqishni, urf-odatlari va an’analarini

boshqacha aytganda o‘sha “millatning ruhiyatini” ifodalaydi.

Nemis tilshunos olimi V.Fon.Gumboldtning “tilda xalq ruhi aks etadi” fikriga

mazmunan yaqin o‘zbek tilshunos olimi Mahmudov ....... tilda xalqning urf-odati,

yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning Bor - budi, bo‘y- basti aks etadi.

Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borligini anglash demakdir. Muayyan xalq

tiining mazmun- u mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixi-yu kelajagini idrok etish

demakdir.

Jahon adabiyotida ham bolalar adabiyoti juda katta muhim ahamiyat kasb etadi.

XIX-XX asrlarda ham dunyoning eng buyuk yozuvchilari bolajonlar uchun asar

yozishgan. Demakki, bolalarni, yosh kelajak avlodni adabiyotga qiziqtirish, ularga

boʻlgan eʼtibor, ularning tafakkur doirasini kengaytirishga boʻlgan harakatlar ota-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

8

bobolarimizdan, asrlar osha, ming yillar oldin ham boʻlgan. Dastlabki bolalar adabiyoti

insoniyat bilan deyarli birga shakllangan. Bu kabi adabiyotlar ogʻzaki shaklda

boʻlib,toʻqima, uydirma va miflardan iborat boʻlgan. Lekin ularning zamirida

tarbiyaviy, axloqiy-manaviy qadriyatlarni yetkazish, hayotiy bilim va koʻnikmalarini

shakllantirish boʻlgan Lyuiss Keroll-ingliz adabiyoti yozuvchisi, matematik, fotograf

hamda mantiqshunos olim boʻlgan. Uni eng ommabop “Alisa moʻjizalar mamlakatida”

va uning davomi “Alisa koʻzguorti oʻlkasida” asarlari dunyoga tanitadigan. Adib

oʻzgacha yondashuv va dunyo qarashi bilan bolalar adabiyotiga kirib kelgan.

Asl ismi Charlz Latvidj Dodjson boʻlgan lekin Lyuiss Keroll taxallusi bilan ijod

qilib, tanilgan adib 1832-yil 27-yanvarda Angliyaning Cheshir grafligida Darsberi

qishlogʻida tavallud topgan. Adib ham boshqa bolalar singari yetti yoshida yozishni

oʻrgana boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay matematika sohasiga boʻlgan qiziqish uni

boshqalardan ajratib turgan. Shu bilan birga u adabiyot sohasiga ham katta qiziqish

bildirgan.

Lyuiss Kerollni dunyoga mashhur qilgan “Alisa moʻjizalar mamlakatida”

hamda uning davomi “Alisa koʻzguorti oʻlkasida” asarlari hisoblanadi. Bu asarlar

hozirgacha dunyo bolalari tomonidan sevib oʻqiladi. Adibning bu asarlari dunyoning

turli tillariga tarjima qilibgina qolmasdan, zangori ekranlarda ham taqdim qilinadi.

”1862-yil 13-noyabrda: “Alisa uchun ertak” yoza boshladim. Mavlud

ayyomigacha tugatishga umid qilaman”,- degan edi adib. Asarning yozilishi tarixiga

eʼtibor beradigan boʻlsak, asosiy qahramon Alisa ismli qiz boʻlgan. Yaʼni Lyuiss

Kerollning yaqin doʻsti, adib tahsil olgan Christ Church kolleji dekani Genri

Liddelning qizi-Alisa Liddel uchun yozilgan. Adib nafaqat Alisa Liddel bilan, balki

uning oilasi bilan ham yaqin doʻst boʻlgan. Keroll ular bilan tez-tez koʻrishib turar va

ularga turli xil ertak va hikoyalarni toʻqib, aytib berardi. Lyuiss Keroll 1862-yil 4-iyul

sanasida yaqin doʻsti-Alisa va uning opalari bilan birgalikda daryoga, qayiqda sayr

qilish uchun chiqishadi. Bu sayohat davomida yozuvchi, adib bir qizchaning

allaqandaydir moʻjizalar dunyosiga tushib qolganini va oʻsha olamda boshda

o‘tqizganlarini hikoya qilib beradi. Bu moʻjizaviy olamga boʻlgan sayohat haqida

boʻlgan toʻqima ertak Alisaga yoqadi va uni qogʻozga tushirib berishini iltimos qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

9

Adib yaqin doʻsti Alisaning iltimosini yerda qoldirmasdan, ertakni kengaytirib, turli

xil mantiqiy jumboqlar, qiziqarli qahramonlar, ajabtovur syujetlar qoʻshadi. Asar ilk

marotaba “Alisaning sarguzashtlari yer ostida” [Aliceʼs Adventures Under Ground]

nomi ostida boʻlgan. Oradan vaqt oʻtib, adib asarni yanada toʻliq shakllantirib, baʼzi

joylarini oʻzgartirib 1865-yilda hozirgi “Alisa moʻjizalar mamlakatida” nomi ostida

nashr qiladi.

Bolalarga mehr muhabbatli boʻlgan adib, Lyuiss Keroll ular bilan doimiy

suhbat qurishni, tez-tez muloqot qilishni kanda qilmagan. Oila qurmagan boʻlishiga

qaramasdan, bolalarga mehri oʻzgacha boʻlgan. Bolalar bilan doimiy muloqotga

intilgan adib, ularning dunyoqarashi oʻzgachaligini, ularning oʻz ichki dunyosi

borligini anglagan va bundan ilhomlangan holda ular uchun fantastik sarguzashtlarga

boy ertak yozadi. Bu shunchaki ertak ham emas, oʻsha davrdagi muhit singdirilgan

kitob, lekin uni hamma oddiy ertak sifatida qabul qildi.

Ham matematika, ham maʼno mantiq jamlashgan ushbu asar, kattalar uchun

ham birdek manzur boʻladi. Adib oʻz asarida matematika, mantiq, geometriya

fanlaridagi bilimlarni ham qoʻllagan.

Adib yashab, ijod qilgan davr - Viktorian davriga toʻgʻri keladi. Bu davrdagi

adabiyotlarda faqatgina qatʼiy qoʻyilgan talablar, temir intizomlar, majburiy

singdirilayotgan qonun -qoidalar aks etilgandi. Bu kitoblar bolalarga axloqiy taʼlim

berishga moʻjallangan, bolalar esa ularni oʻqishga oʻrganishga majbur edilar. Bolalarni

boshqalardan koʻproq tushungan, ularning fikrlashlarini, dunyo qarashlarini anglay

oladigan Lyuiss Keroll bolalar faqatgina saboq olishi, majburan singdirilayotgan bu

qonun - qoidalarga boʻysungan holda, bolaliklarini oʻtqazib yuborishlarini istamaydi.

Ular ham erkin oʻynashga, oʻzlarining hayoliy olamida yashashga haqli, zavq olishlari

va qiziqarli sarguzashtlarga guvoh boʻlishlari mumkin. Shu sababli ham, Lyuiss Keroll

odatiy hayotdan, mantiqdan, odob-axloq qoidalaridan ajralib turuvchi “Alisa

moʻjizalar mamlakatida” asarini qoʻrqmasdan qogʻozga tushiradi. Hazil -mutoyiba,

hayoliy- fantastik detallarga boy ushbu asar bolalar tomonidan iliq kutib olinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

10

1865-yilda ilk bora dunyo yuzini koʻrgan asarni Jon Tenniel rang- barang

suratlar bilan boyitgan. Keyinchalik, oradan vaqt oʻtib, “jahongashta asar” asosida

turli kompaniyalar va rejissyorlar tomonidan film, animatsion filmlar suratga olingan.

Eng dastavval, ushbu asarni film sifatida ingliz rejissyorlari Sesil Xepvort va

Persi Stou ekranga havola qilishgan. 1903-yili ekranlarda koʻrinish bergan ushbu asar

bor - yoʻgʻi 10 daqiqalik boʻlgan.

Dunyoga mashhur animatsion kompaniya “Walt Disney” ham ushbu asarni

animatsion film sifatida jonlantirdi. Rang- barang ranglar bilan toʻyingan, turlicha

harakatlar aks etgan ushbu asar 1951-yilda suratga olingan boʻlsa ham, bugungi

kungacha ommaning eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda.

Taniqli va mashhur rejissyor Tim Burton tomonidan 2010-yilda jonli harakatli

film ommaga taqdim etildi. Ushbu filmda Mia Wasikowska- Alisa, Kallavaram (baʼzi

kitoblarda Shapkachi, Ovsar Shlyapnik deb ham yuritiladi) rolini esa Jonni Depp

mahorat bilan ijro etishgan.

Asarda ramziy obrazlardan mohirona foydalanilgan. Masalan, Alisa- oʻzligini

qidirgan insonlar, qirolicha- zulmkor davlat boshqaruvchisi, Alisaning opasi- hech

narsa bilan ishi yoʻq, adolatsizliklarni koʻrsa ham jim turuvchi insonlardir. Sud

jarayonida qonunning oʻqilishi esa, qonun bor, lekin amal qilguvchi yoʻq, boʻlsa ham

hech kim uni amalda qoʻllanamaydi. Nizoga toʻla, tartibsiz mamlakatda qonunni

baland ovozda oʻqish-behuda mashgʻulot, albatta.

Qartalar- qirolichadan “boshini tanasidan judo qiling!” degan gapni

eshitmasliklari uchun jim yashab kelayotgan oddiy xalq. Hatto tabiat yaratgan oq

atirgulni ham qizilga boʻyashga urinadi. Bu esa jinoyatlar, qotillik va oʻgʻirliklarga

hamma koʻz yumib kelayotgani, “qirolicha” ga esa faqatgina “oq” ranglarni

koʻrsatayotganing ifodasi. Badjahl, qoʻrs qirolicha esa bahona, ayb topib baribir

“boshini tanasidan judo qiling!” deydi. Oʻsha davrlarda, boring-ki, hozirgi kunda ham,

amal kursisidan ayrilishni istamay, oddiy xalqni ochiqchasiga ezgʻilagan insonlar,

adolatsizliklarga chidab, koʻz yumib kelayotgan oddiy xalq ham bor.

Cheshir mushugi bilan Alisaning suhbati - bu Alisaning oʻzi bilan kechadigan

suhbat. Insonlarning ichida yana bir inson yashaydi, doim qilgan qaroringga teskari,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

11

yoki doim sen yashirgan haqiqatni ochiqchasiga aytadi. Cheshir mushugi ham aynan

oʻsha insonlarning ichidagi ovoz. Chunki, bu mushuk haqiqatni aytishdan ham,

oʻlishdan ham, boshiga musibat tushishidan ham qoʻrqmaydi, doim kulib turadi.

Asarni oʻqigan har bir mushtariy uchun bu shunchaki bolalar uchun gʻayrioddiy

sarguzashtlar bilan boyitilgan ertak tuyiladi. Aslida esa, falsafiy, mantiqiy, ramziy

obrazlarga toʻla bir asar. Asar orqali hayoliy olam hamda mantiqiy dunyo orasidagi

bogʻliqliklarni, dunyoqarashlarning ijobiy tomonga oʻzgartishini, ramziy obrazlar

orqali real hayotdagi haqiqatni tushinish mumkin.

“Alisa moʻjizalar mamlakatida” asarida mantiqqa zid boʻlgan, aslida esa,

oʻyga tolishga undovchi suhbatlarni, vaziyat va sarguzashtlarni yuqorida koʻrdik.

[Cheshir mushugi bilan suhbat, choyxoʻrlar bilan suhbat, qartalar bilan boʻlgan

vaziyatlar]. Ushbu asar maʼno - mazmunga boʻysunmaydi. Masalan, tartibsizliklar

orasida kechayotgan sud jarayonida Alisaning guvoh boʻlishi. Alisa hech qanday

oʻgʻirlikning guvohi boʻlmagani barchaga aniq. Yoki sud jarayonida noodatiy

qonunlarning oʻqilishi. Arzimas narsalar uchun ham qirolichaning “boshini tanasidan

judo qiling!” deya tinmasdan takrorlashi ham real hayotdagi adolatsizliklardan dalolat.

Alisa maʼlum bir vaqt hayoliy moʻjizalar mamlakatida boʻlgan sayohati davomida

kattalar yashayotgan real hayot tushunarsiz, qonun - qoidalar hamda majburiyatlarga

toʻla ekanini anglaydi va oʻziga “men katta boʻlsam....” jumlasi bilan boshlanuvchi

roʻyhat ham tuzadi. Bolalar oʻzlarini kattalardek tutishlari - bolalarning bolaligi sekin-

astalik bilan yoʻqolib ketayotganidan darak.

Asar qaysidir maʼnoda falsafiy asar ham hisoblanadi. Oʻzini, oʻzligini

anglashga urinayotgan, turli sarguzashtlarni boshidan kechirgan Alisa uchun

Moʻjizalar mamlakati yordam beradi. Falsafiy qatlam, mantiqiy suhbatlar, absurd

tushunchalar, inson tafakkurining cheksizligi bilan boyitilgan ushbu asarni har

oʻqiganingizda turlicha xulosa bilan, oʻzgacha maʼno - mazmun bilan, boshqacha

taassurot bilan yakunlaymiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

12

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.Lyuiss Keroll; “Alisa moʻjizalar mamlakatida” kitobi. “Yangi asr avlodi” nashriyoti.

Toshkent -2016

2. Marjona Axrorov; “Tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar”.

Tarjimashunoslar forumi-2023

3. M.Sh.Omonova; “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”. “Zebo Prints” nashriyoti.

Toshkent -2023

4. Mohira Otaboyeva “Alisa moʻjizalar mamlakatida” kitobi. Toshkent -2020

5. Q.Azizov, O.Qayumov: “Chet el adabiyoti tarixi (XVIII-XX asrlar)” pedagogika

institutlarining filologiya fakultetlari uchun darslik. “Oʻqituvchi” nashriyoti. Toshkent

-1987