MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
375
ODAMLARDA JINSNI SHAKLLANISHI
Andijon Davlat Pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim
yo’nalishi 303-guruh talabasi
Xoshimjonova Gulzodaxon Shavkatbek qizi
Kalit so’zlar:
jins, gameta, jinsiy dimorfizm, gonadalar, medula, korteks,
androgen, gen, gormon, psixoseksual autoidentifikatsiya, kortikal.
Jins muammosi bilan odamzot qadimdan mashg‘ul bo‘lib kelishiga qaramay,
faqat genetika fan sifatida shakllangandan so‘ng bu muammo o‘z yechimini topdi. Jins-
organizmning gametalar hosil qilish orqali nasl qoldirish, irsiy axborotni kelgusi
avlodga uzatishni ta’minlaydigan belgi va xossalar majmuasidir. Yuksak hayvonlarda
har xil jinsli oiganizmlami farqlantimvchi belgi-xossalar birlamchi va ikkilamchi jinsiy
belgilarga ajratiladi. Birlamchi jinsiy belgilarga organizmda gametalar hosil bo‘lishi,
urug‘lanish jarayoni va organizm rivojlanishini ta’minlovchi morfofiziologik
xususiyatlar, tashqi va ichki jinsiy organlar kiradi. Ikkilamchi jinsiy belgilar erkak va
urg’ochi organizmlar gametalarini hosil qilishda, ulaming o‘zaro qo‘shilib
urug‘lanishni ta’minlashda hamda jinsiy ko‘payishda bilvosita rol o‘ynaydi.
Qushlaming, sut emizuvchi hayvonlaming erkagi gavdasining yirik, chiroyli bo‘lishi,
odamlaming erkaklarida soqol, mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi bunga
misoldir. Ular birlamchi jinsiy bezlar tomonidan ajralgan gormonlar ta’sirida
rivojlanadilar. Егкак va urg‘ochi oiganizmlar tashqi ko‘rinishidagi tafovut jinsiy
dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko‘pgina hayvonlarda, odamlarda yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Odam jinsini aniqlashda va uni rivojlanishida hozirgi davrda ikkita: biologik
va ijtimoiy (fuqarolik yoki pasportlik, psixoseksual autoidentifikatsiya) tushunchalari
farqlantiriladi. Biologik jins genetik, gonada, gormonal va somatik tushunchalar
majmuasidan iborat. Genetik jins jinsiy xromosomalar yig‘indisiga XX, XY ga qarab
belgilanadi. Bunda XX ayol jins, XY erkakjinsini ifodalaydi. Gonadalar — jinsiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
376
bezlar ayollar tanasida tuxumdon, erkaklarda urug‘don bo‘lishi bilan belgilanadi.
Gormonal jins asosan jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan gormonlar turi va darajasiga
qarab aniqlanadi. Ko‘p hollarda jinsiy organlaming tuzilishi va ikkilamchi jinsiy
belgilaming rivojlanishiga qarab jins belgilanadi. Biologik jins tarkibidagi barcha
komponentlar o‘zaro aloqador va bir-birini to‘ldiradi. Ularning har birida nuqsonlarnii
bo‘lishi jins rivojlanishini o‘zgartirishi mumkin. Aniqlanishicha odam homilasida
jinsiy xromosomalar XX, XY bo‘lishidan qat’iy nazar jinsiy hujayralar dastlabki
gonadalar selomning epiteliysidan shakllanadi. Odam boshqa sutemizuvchi hayvonlar
singari tabiatan biseksual sanaladi. 14 kunlik murtakda dastlabki jinsiy hujayralar
shakllanadi, lekin hali gonadalarda jinsiy tafovut kuzatilmaydi. Odam gonadalari olti
haftadan so‘ng jinslarga ajraladi. Bunda gormonlarni roli nihoyatda katta bo‘ladi.
Bunga misol qilib 19- xromosomada joylashgan MIS (mullerian inhibiting substance)
genini olish mumkin. Homilaning 10-12 haftasi oralig‘ida ana shu gen ta’sirida sertoli
hujayralaridan ajraladigan gormon erkak jinsning tashqi jinsiy organini
rivojlantirishiga sababchi bo‘ladi. X xromosoma soniga qaramay gonosit hujayrada Y
xromosomani bo‘lishi jins tabaqalanishini, moyak, binobarin erkak jinsi tomon
rivojlanishini ta’minlaydi. Jinsiy bezlar rivojlanishining buzilishi yoki bo‘lmasligi
jinsiy xromosomalar to‘plami qanday bo‘lmasin rivojlanishni ayol jinsi tomon
yo‘naltiradi. Aniqlanishicha Y xromosoma yelkasida joylashgan SRY geni erkak jinsni
belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qayd etilgan gen jinsiy jihatdan hali
tabaqalashmagan gonadalami moyak tomon rivojlanishini ta’minlaydi, ular esa o‘z
navbatida erkak genotipiga xos gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi. Murtak jinsiy
bezlarida Y xromosoma bo‘lmasligida tuxumdon rivojlanadi va qiz tug’iladi. Agar
hujayrada Y xromosomaning faqat uzun yelkasi bor boisa ayol, faqat kalta yelkasi bor
boisa erkak organizm hosil boiadi. Bundan tashqari jins belgilanishida va
rivojlanishida X xromosoma va autosomalaming maium joyida joylashgan genlar ham
ta’sir ko‘rsatadi. Homilaning 12-20-haftasi oraligida androgenlar maium darajada
boigandagina tashqi jinsiy organlar erkaklik tomon rivojlanishi mumkin. Bu davrda
androgenlar yetarli boimasa, u holda genetik yoki gonada jinsidan qatiy nazar tashqi
jinsiy organlari ayollik tomon rivojlanadi yoki erkaklik yo‘nalishidagi rivojlanishda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
377
kamchiliklar ro‘y beradi. Androgenlaming manbai bo‘lib umg‘don va buyrak usti
bezlari hisoblanadi. Androgenlar (testosteron, ayniqsa digidrotestosteron) tashqi
genital organlarni hosil etuvchi hujayralarni belgilaydi. Androgenlar reseptorlarini va
5a
reduktaza
fermentini
kodlovchi
genlaming
mutatsiyasi
erkak
soxta
germofroditligini hosil etadi. Oqibatda genetik, gonada va gormonal егкак jinsda
patologik buzilish ro‘y beradi. Tashqi erkak organi rivojlanishi tugallanmay ayol jinsiy
organi rivojlanmay qolgan tipi ro‘yobga chiqadi. Gonadalarni jinslarga ajralishida
faqat jinsiy xromosomalargina emas, balki X va Y xromosomalardagi hamda
autosomalardagi genlar ishtirokida sintezlangan oqsillar, gormonlar muhim rol
o‘ynaydi. Masalan Y xromosomada joydalashgan gen SRY (sex determining region)
va unga qardosh 17 xromosomadagi 30 ga yaqin genlardan iborat SOX moyak rivojiga
ta’sir ko‘rsatadi. Y xromosomaning uzun yelkasidagi AZF geni spermatogenezni
normal boiishiga ta’sir qiladi. Y xromosomaning uzun yelkasida joylashgan SFI (stero-
idogenic faktor I) geni jinsiy organlaming erkaklik tomon rivojlanishini ta’minlab,
testosterada gormonini sintez qilishda qatnashadi. Y xromosomaning uzun yelkasidagi
AZF (azoospermia faktor) spermatogenezni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Uning
mutatsiyasi natijasida spermatogenezni faolligi susayadi yo tamomila to‘xtaydi. MIS
(mullerian inhibiting substance) geni bo‘lmagan holatda bachadon rivojlanadi.
Homilada jinsiy xromosomalar XXY holatda boisa erkaklik jinsiy organlar
yetarli darajada rivojlanmaydi, ayollik tana tuzilishi ro‘y beradi. Jinsiy organlaming
shakllanishi, rivojlanishi va funksiyasiga juda ko‘p genlar ishtirok etishi ma’lum
bo’lgan. Xususan erkak jinsiy organi shakllanishi, tuzilishi, rivojlanishi prostata bezini
rivojiga 120, tuxumdon rivojiga 500, bachadon shakllanishi va rivoji, funksiyasiga
1800 gen qatnashishi aniqlangan. Bu genlar o‘zaro bog‘liq va aloqador holda jinsiy
organ shakllanishi, tuzilishi, fiinksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Odamning Y xromosomasi
gaploid genomdagi DNK ning 1,6 % ni tashkil etsada uni erkak tomon rivojlanishini
ta’minlaydigan 92 geni bor. Ularning ayrimlarining tuzilishi va fiinksiyasi o‘rganilgan.
Masalan Y xromosomaning kalta yelkasidagi SRY geni ming nukleotidlar juftligidan
iborat. Uning ekspressiyasi zigotada ro‘y beradi. Murtakni rivojlanishi mobaynida
SRY geni ba’zan XY yoki boshqa xromosomaga translakatsiya qilinishi yoki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
378
yo‘qolishi mumkin. Natijada XY xromosomali genotipi qiz, XX xromosomali genotipi
o’g‘il bolani rivojlantiradi. Moyakni normal rivojlanmasligi, spermatogenezni normal
bo‘lmasligi, ayolga xos sut bezlami taraqqiy qilinishi kuzatiladi. XY xromosomali
ayollarda esa gonadalarni noto‘g‘ri rivojlanishi ichki jinsiy organlarda nuqson bo‘lishi
ro‘y beradi.
Jins belgilari boshqa belgilar singari genotip va tashqi muhit omillari ta'sirida
rivojlanadi. Organizmlar genetik jihatdan biseksual sanaladi. Organizmning biseksual
asosi rivojlanish jarayonida yo erkaklik, yo
urg‘ochilik tomon yo‘nalishida namoyon
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jins tabaqalanishi genetik, embriologik, sitologik yo’l orqali
o‘rganiladi va shaxsiy rivojlanish mobaynida jinsni qayta taqsimlanishi mumkin.
Jinsning asosiy mezoni bo’lib jinsiy sistemasi va chatishishni ta’minlaydigan fiziologik
(biokimyoviy) mexanizmlami shakllantirish hisoblanadi. Homilaning boshlang’ich
gonadalari ham urg‘ochilik, ham erkaklik imkoniyatiga ega boiadi. Boshlangich
gonadalar tashqi to‘qima (korteks) va ichki to‘qima qavatdan (medula) tashkil topgan.
Korteks qavat kelgusida urg‘ochi, medula esa erkak jinsiy organlarini hosil etadi.
Shunday qilib, jins tabaqalanishi mobaynida jinsni ifodalovchi tashqi va icliki
qavatlardan biri rivojlanadi.
22 - rasm. Ontogenezda gonadalami tabaqalanish sxemasi.
Еrkak jinsida medulyar qavat rivojlanib, kortikal qavat faoliyatini bo‘g‘adi va
urug‘donni hosil etadi. Urg‘ochi jinsda esa kortikal qavat rivojlanishi tezlashadi,
oqibatda medulyar qavat shakllanishini bo‘g‘adi va tuxumdon hosil boiadi. Binobarin
jins tabaqalanishi homilada gonadalarni hosil bo‘lishidan boshlanadi. Odamning olti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
379
haftalik homilasi uzunligi 12 mm bo‘lib, unda hali jins belgilari namoyon boimaydi.
13 mmli homiladan tortib erkak gonadalar — urug‘donlar shakllana boshlaydi. Uch
oylik homilada o‘g‘il va qiz bolaning jinsi farqlanadi. Aksariyat ko‘pchilik
hayvonlarda jinsni tabaqalanishi gormonlar yordamida ro‘yobga chiqadi. Bu
gormonlar faqat endokrin bezlar emas, balki boshlang’ich gonadalarning korteks va
medulyar qavatlar faoliyatiga bog’liq. Ikkinchi darajali jinsiy belgilami rivojlanishi
ham gormonlar ta’siri ostida hosil bo’lishiga bog’liq. Agar jinsiy jihatdan voyaga
yetmagan sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda urug‘don olib tashlansa ya’ni bichilsa, u
holda bichilgan hayvonda urg‘ochi jinsga xos belgilar rivojlanadi. Aksincha, bichilgan
urg‘ochi jo‘jalarda keyinchalik tashqi tomondan xo‘rozga xos belgilar hosil bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Nishonboyev K.N. va boshqalar. Tibbiyot genetikasi. T., «Abu Ali ibn Sino». 2000-
y.
2.Тихомирова М.М. Генетический анализ. JI., Издательство Ленинградского
университета. 1990 г.
3.Fayzullayev S.S., G ‘ofiirov А.Т., Matchonov В.Е. Odamgenetikasi. Т., «Ijod
dunyosi» nashriyot uyi. 2003-y.
4.Фогель Ф, Мотульский. Генетика человека. В. в 3 томах. М., «Мир». 1989-1990
г.
5. G ‘ofurov А.Т., Fayzullayev S.S., Saidov J. Genetika osmonidagi zulmatli tunlar.
T.. / / «Ta’lim muammolad». 2005-y 1—4 son 80—84- betlar.
6.G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S., Xolmatov X. Genetikadan masala va mashqlar. T.,
« 0 ‘qituvchi». 1991-y.
7.Иванов В.И. и др. Генетика. Учебник для мед. институтов. М. «Акад. книга»,
2006 г