MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
370
KRASSINGOVERGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLAR VA IRSIYATNING
XROMOSOMA NAZARIYASI
Tolipova Zulayho Akmaljon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim
yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu tezisda krassingoverga taʼsir qiluvchi omillar va
irsiyatning xromosoma nazariyasi, jins genetikasi, organizmga ta’siri haqida umumiy
ma’lumotlar va xulosalar keltirilgan.
Kalit so’z: Krossingover, krossingover foiz formulasi, xromosomalarning fizik
holati va tuzilishi, jins genetikasi, jins bilan bog’liq va belgilarning birikkan holda
irsiylanishi.
Аннотация:
В диссертации представлены общие сведения и выводы о
факторах, влияющих на кроссинговер, а также о хромосомной теории
наследственности, генетике пола и ее влиянии на организм.
Ключевые слова:
Кроссинговер, формула процента кроссинговера,
физическое состояние и структура хромосом, генетика пола, сцепленное с
полом и смешанное наследование признаков.
Abstract:
The dissertation presents general information and conclusions about
the factors influencing crossing over, as well as about the chromosomal theory of
heredity, the genetics of sex and its influence on the div.
Key word:
Crossover, crossover percentage formula, physical state and
structure of chromosomes, sex genetics, sex-linked and combined inheritance of traits.
Krassingoverga ta'sir qiluvchi omillar haqida ma'lumot berish uchun avvalo
krassingover nima ekanligini tushunib olish muhim.
Krassingover
- bu genetik
rekombinatsiya jarayonida gomolog xromosomalar o'rtasida genetik material
almashinuvi natijasida yuzaga keladigan hodisa bo'lib, u genlarning yangi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
371
kombinatsiyalarini hosil qiladi. Bu jarayon organizmlarning genetik xilma-xilligini
oshirishda muhim rol o'ynaydi. Eukariotlarning yuksak organizmlarida krossingover
ham gomogametali
ham geterogametali organizmlarida, lekin drozofila meva
pashshasi va
tut ipak qurtining gomogameta organizmida sodir bo'ladi.
Xromosomalaming
ayrim
qismlarini
ayirboshlanishi
nihoyatda
murakkab
fiziologik,
biokimyoviy
jarayondir.
Gomologik
xromosomada
genlar
ayirboshlanishi
xromosomaning
geteroxromatin
va
euxromatin
qismlariga
ham bog‘liq. Xromosomaning geteroxromatin genlar ayirboshlanishi kam
bo’ladi. Organizm funksiyali holati ham krossingoverga ta’sir qiladi. Chunonchi
,
drozofila hayotining 10 kunida krossingover tez takrorlanadi. Hayotning
keyingi 10 kunida esa krossingover qaytalanishi past bo'ladi. Taxmin
qilinishicha organizmning flziologik holati meyozning har xil stadiyalari,
xususan xromosomalaming spiralizatsiyasi, stadiyalar o‘tishini tezligi hujayra
fiziologik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Krossingoverga organizm genotipidagi
ayrim
genlar
ham
ta’sir
qiladi.
Ular
krossingover
qaytalanishini
ko'paytirishi
yoki
kamaytirishi
mumkin.
Xromosomadagi
inversiyalar,
translokatsiyalar xromosomalar konyugatsiyalanishiga qiyinchilik tug‘diradi.
Organizm
genotipi
ham
xromosomalar
chalkashuvi
(krossingover)ga
kuchli
ta’sir
ko‘rsatadi.
Hozirgi
paytda
makkajo‘xori
o‘simligida
krossingover yoki meyozjarayonining ma’lum bosqichini nazorat qiladigan
genlarga ega mutant o‘simliklar kolleksiyasi yaratilgan. Krossingoverga
tashqi muhit — harorat, ozuqa va suv rejimi, biologik faol moddalarning
o‘simlikka
ta’siri
nihoyatda
muhimdir.
G.Plu
va
K.Shtem
tajribalarida past (9-13° C) va yuqori (30-32° C) harorat drozofilada
krossingoverni tezlashtirish mumkinligi aniqlangan. Rentgen nurlari ham
xromosomalar chalkashuvini 25 marotaba kuchaytirishi ma’lum bo‘lgan.
Krossingover
foizini
quyidagi
formula
bilan
aniqlash
mumkin:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
372
bunda, a - birinchi sinfdagi krossingoverlar soni, b - ikkinchi sinfdagi krossingoverlar
soni va n - barcha variantlar soni. Bog‘langan genlar orasidagi masofalar krossingover
sinf yoki morganoidlar bilan belgilanadi. Morganoid Morgan sharafiga
A.S.Serebrovskiy tomonidan taklif qilingan bo‘lib, krossingover foizini absolyut sonda
ko‘rsatadi.
Krossingover
foizi
yordamida
genlar
orasidagi masofani va joylashishini aniqlash mumkin.
Jins genetikasi, jins bilan bog‘liq irsiylanish, hamda belgilarning
birikkan holda
irsiylanishi, krossingover hodisalariga asoslanib T.Morgan
o‘z shogirdlari bilan
hamkorlikda irsiyatning xromosoma nazariyasini
yaratdi.
Uning mazmuni
quyidagilardan iborat:
1. Organizmning har qanday belgi-xossasi irsiyatning boshlang‘ich
alohidalashgan birligi - gen ta’sirida rivojlanadi.
2. Наr bir gen bitta fenotipikbelgi-xossasini hosil qiladi.
3. Genlar xromosomada muayyan turg‘un tartibda joylashadi.
4. Har bir xromosoma genlarning alohida birikish gumhini tashkil
etadi.
5. Organizmdagi genlarning birikish guruhi xromosomalarning gaploid
to‘plamiga teng.
6. Birikkan genlar guruhi gomologik xromosomalarning
kon’yugatsiyasi va
krossingoveri tufayli ayrim holatlarda bir-biridan
mustaqil irsiylanishi mumkin.
7. Genlar mutatsiyasi ular tasarrufidagi belgilarning o‘zgarishiga olib
keladi.
Jins genetikasi
- jinsni belgilovchi genlar va ularning qanday irsiylanishini
o‘rganadi. Ko‘pchilik organizmlarda jins xromosomalari mavjud bo‘lib, insonlarda bu
X va Y xromosomalari hisoblanadi. Jins genetikasi jinsiy xromosomalardagi
genlarning farzandlarga qanday o‘tishini, jinsiy belgilarning shakllanishini va jinsiy
kasalliklarning irsiy tabiatini tushuntiradi.
Jins bilan bog‘liq belgilar
- bu jins
xromosomalari bilan bog‘liq bo‘lgan genetik belgilar bo‘lib, ular faqat ma’lum jinsga
xos bo‘lishi mumkin. Masalan, insonlarda qizlarda faqat X xromosomasi mavjud
bo‘lgani uchun, X xromosomaga bog‘liq kasalliklar ko‘proq o‘g‘il bolalarda namoyon
bo‘ladi.
Belgilarni birikkan holda irsiylanishi
- bu bir nechta genlarning birgalikda,
ya’ni genetik birikma orqali ota-onadan farzandlarga uzatilishini anglatadi. Bunday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
373
holatda genlar xromosomada bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lib, ularning
rekombinatsiya ehtimoli past bo‘ladi. Bu genetik tartibtalash va kasalliklarning irsiy
sabablarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa:
Krassingover genetik xilma-xillikni ta'minlashda muhim jarayon
bo'lib, unga ta'sir qiluvchi omillar ko'p qirrali va murakkabdir. Asosiy omillar qatoriga
xromosomalar joylashuvi, genlar orasidagi masofa, tashqi muhit sharoitlari,
organizmning genetik xususiyatlari va meiotik jarayonning o'ziga xos bosqichlari
kiradi. Bu omillar birgalikda krassingover darajasini belgilaydi va natijada
organizmlarning genetik diversifikatsiyasiga hissa qo'shadi. Shu bilan birga,
krassingoverning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish orqali genetik tadqiqotlar va
selektsiya ishlarida samarali natijalarga erishish mumkin. Irsiyatning xromosoma
nazariyasi, jins genetikasi, jins bilan bog‘liq belgilar va genlarning birikkan holda
irsiylanishi genetik bilimlarning asosi hisoblanadi. Xromosomalarning genetik
materialni tashuvchi sifatida roli, jinsiy xromosomalardagi genlarning jinsni
belgilashdagi ahamiyati va jinsga bog‘liq belgilarni o‘rganish orqali biologlar
organizmlarning irsiy xususiyatlarini chuqurroq anglaydilar. Shuningdek, genlarning
birikkan holda irsiylanishi hodisasi genetik rekombinatsiya va genetik tartibtalashda
muhim bo‘lib, kasalliklarning genetik asoslarini o‘rganishda yordam beradi. Bu
bilimlar inson salomatligini yaxshilash, naslchilikni rivojlantirish va genetik
kasalliklarni oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi. Genetikaning ushbu sohalari
birgalikda irsiyat jarayonlarini tushunishga va biologik xilma-xillikni saqlashga katta
hissa qo‘shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Алиханьян С.И, Акифьев А.П, Чернин JI.C. Обшая генетика. М., «Внсшая
школа». 1958 г.
2. Айала Ф, Кайгер Дж. Современная генетика. В. 3 томах. М., «Мир». 1989-1990
г.
3. Гайсинович А.Е. Зарождение и развитие генетики. М., «На- ука». 1988 г.
4. Гершензон К.М. Основм современной генетики. Киев., «На- ука думка». 1983
г.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
374
5. Дубинин Н.П. Генетика - страницьг истории. Кишенёв., «Шти- инца». 1988г.
6. A.T.G‘OFUROV, S.S.FAYZULLAYEV
Genetika “TAFAKKUR” nashriyoti
Toshkent 2010.
7. O.E.Eshonqulov, K.N.Nishonboyev, M. Sh. Bosimov Genetika “SHARQ”
Nashriyot-Matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2010.
8. P.S.Sobirov, A.K.Kaxarov, A. A. Xushvaqtov, E. S. SHaptakov Genetika
Yoshlar
Nashriyot Uyi
Toshkent – 2020.