MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
302
YOSHLAR UCHUN INNOVATSION RIVOJLANISH
STRATEGIYALARI
Alimova Umida Jumaboy qizi
Urganch Ranch texnalogiya Universtiteti
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi”
2-bosqich talabasi.
Annotatsiya: XXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo‘lishligi bilan
bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo‘yilgan
rejalarning natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y
berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiy etib borishi
uchun har tomonlama modernizatsiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo
qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada
oshirish, hamda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilga.
Аннотатция: Поскольку XXI век-это век науки, техники,
информатизации, сегодняшние ускоряющиеся достижения науки проявляются
как результат вчерашних планов. В связи с тем, что в условиях глобализации,
которая сегодня происходит во всем мире, наша страна требует
всестороннего модернизированного системного подхода для достижения
устойчивого развития, предполагается дальнейшее повышение эффективности
проводимых реформ, а также создание условий для всестороннего и
динамичного развития государства и общества.
Annotation: Since the 21st century is the century of science, technology, and
informatization, today's accelerating scientific achievements are manifested as a result
of yesterday's plans. Due to the fact that in the context of globalization, which is taking
place all over the world today, our country requires a comprehensive modernized
systemic approach to achieve sustainable development, it is expected to further
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
303
increase the effectiveness of ongoing reforms, as well as create conditions for the
comprehensive and dynamic development of the state and society.
Kalit so’zlar. Innovatsiya, ta’lim, harakatlar strategiyasi, farmon, qaror,
yoshlar, Yangi O’zbekiston, rivojlanish, texnologiya, zamonaviy.
Ключевые слова. Инновации, образование, стратегия действий, декрет,
решение, молодежь, новый Узбекистан, развитие, технологии, современность.
Key words. Innovation, Education, Action Strategy, decree, decision, Youth,
New Uzbekistan, development, technology, modern.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon ulkan islohotlar va
taraqqiyot bosqichini bosib oʻtdi. Ushbu taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida barkamol
avlodning oʻrni juda katta. Mamlakatimiz rivoji taraqqiyotining asosi taʻlim tizimining
sifatli va mukammalligi bilan ham bogʻliq. Shu bois taʻlim tashkilotlarida taʻlim
jarayoni sifatini oshirish, innovatsion hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada
mustahkamlash va olgan bilimlarini oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllay olishga oʻrgatish,
shuningdek, taʻlim jarayoni ishtirokchilariga pedagogik mahorat sirlarini ochib
berishdan iborat.
Barkamol avlodni tarbiyalash va ularni davr talabiga mos qilib shakllantirish
azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi boʻlib kelganligi barchamizga maʻlum. Buyuk
donishmand Abu Ali Ibn Sino oʻz pedagogik qarashlarida “Har bir kishini uning
borligʻi va qobiliyatiga koʻra oʻqitish kerak. Aks holda taʻlim-tarbiya koʻzlangan
natijani bermaydi”, degan gʻoyani ilgari suradi.
“Innovatsiya” (ing. innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro) soʻzi - ishlab
chiqarish sohasida paydo boʻlgan. Dastavval bu tushuncha texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun sarflangan iqtisodiy mablagʻlar, ilmiy-
texnika yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va
mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar
va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi kabi tushunchalar bilan izohlangan.
Innovatsion taʻlim texnologiyasi - bu oʻquv jarayonining samaradorligini
oshirish va taʻlim faoliyati uchun eng yaxshi shart- sharoitlarni yaratish uchun mavjud
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
304
usullar va vositalarni yangilash yoki sifat jihatidan yaxshilashni oʻz ichiga olgan oʻquv
va taʻlim faoliyatini tashkil etish metodologiyasidir.[1].
Innovatsion taʻlim texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi:
1. Zamonaviy, yaxshi tuzilgan tarkib
, uning asosi tadbirkorlik faoliyatining
hozirgi voqeliklariga javob beradigan kasbiy faoliyatdagi kompetensiyalardir.
Mazmuni zamonaviy aloqa vositalari orqali uzatiladigan turli multimedia
materiallarini oʻz ichiga oladi.
2. Zamonaviy, innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash
. Bunday usullar
boʻlajak mutaxassisning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga,
oʻquvchilarni faol bilim va amaliy faoliyatga jalb etishga, bilish jarayonida
tashabbuskorlikni namoyon etishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
3. Taʻlim jarayonida zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi
. U
oʻqitishning yangi shakl va usullarini, xususan, masofaviy taʻlimni qoʻllashga yordam
beradigan axborot, texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlariga
asoslanishi kerak. Taʻlimda innovatsion texnologiyalar oʻqitishda muayyan
yondashuvlarni qoʻllash, yaʻni yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun asos boʻlgan
talablar va maqsadlarni oʻz ichiga olgan tamoyillar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar- dagi PF–60-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillar- ga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiya- sining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari,
kelgusi 5 yilda yoshlar hayotidagi o‘rni va roli, so‘nggi yillarda mamlakatimizda
yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan huquqiy islohotlar, shuningdek,
yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfa- atlarini himoya qilish va har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
hamda rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini
yana-da takomillashtirish masalalarini taqdid etishni maqsad qilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–49/47-son
Farmonida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ijtimoiy-huquqiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
305
islohotlarning mazmun- mohiyatini ham tadqiq etgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, taklif
va tavsiyalar ilgari surilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF–60-sonli Farmoni bilan Yangi O‘zbekistonning kelgusi 5 yilga
mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat O‘zbekistonni
keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadga
erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-
tadbirni o‘z ichiga oladi. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutildi:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning
eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
– milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini
taʼminlash;
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
– maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
– milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga
yondashish;
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,
pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish.[2].
Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot
strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutildi. Adolatli ijtimoiy siyosat
yuritish, inson kapitalini rivojlantirish – Taraqqiyot strategiyasining to’rtinchi ustuvor
yo‘nalishi hisoblanib, ushbu yo‘nalishda bevosita yoshlar bilan ishlash, ularning
qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy,
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish,
iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, yoshlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
306
o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini yanada takomillashtirishga eʼtibor
qaratildi.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo’yicha.
yoshlarni ish bilan taʼminlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va
hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining
rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi
“Hunarmand- chilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–52/42-sonli, 2018-yil 27-
iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–54/66-sonli
Farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
36/80-sonli, 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga
oshirish to‘g‘risida”gi PQ–37/77-sonli va 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini
taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samara- dorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–38/56-sonli Qarorlari asosida imtiyozli kreditlar oilaviy
tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik
subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan
ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar
AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida ajratish
imkoniyatlari yaratildi.[3].
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini
ommaviy rivojlantirish yoshlarni sportga jalb qilish va ularni sog’lom qilib voyaga
yetkazish uhun hozirhi kunda mamlakatimizda barcha shart- sharoitlar yaratilingan.
Aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga
joriy etish, yoshlar, ayollar va keksalarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb
qilish va ularni jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
307
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–60/99-sonli Farmon qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan yil davomida aholi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida to‘rt
bosqichli (mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika) yurish va yugurish,
badminton, stritbol, mini futbol, velosport, “Workout” bo‘yicha sport
musobaqalarining tashkil qilinishini, shu bilan birga, sportchi yoshlarni saralash
va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida
sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga
xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib,
umumtaʼlim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu
jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtirilish belgilandi.
Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik
yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda
o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-
avgustdagi “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 649-sonli Qarori
qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi”
nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati takomillashtirilib, unga davlat organlari va
muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa
institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik
qilish rejalarini belgilashda, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam
ko‘rsatish vazifasi belgilandi.
Shu bilan birga, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini
oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib
borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
308
Shuningdek, “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida
“Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini
taʼminlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida
plakatlar turkumi, multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot mahsulotlari yaratish,
“O‘zbekiston qahramonlari”, “Maʼnaviyat lug‘ati” kitoblarining taqdimotini
o‘tkazish hamda har yili anʼanaviy tarzda “Maʼnaviyat festivali”ni o‘tkazib borish
belgilandi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish,
ularni ilmiy- texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan,
olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini
oshirish, innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini
topishiga ko‘maklashishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvarda
“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli va 2022-yil 18-yanvarda “Isteʼdodli
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli Qarorlari qabul qilindi. Iqtidorli yoshlarni
izlab topish, isteʼdodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining har bir bandida belgilab berilgan chora-
tadbirlarda yosh-larimizning ertangi farovon turmush tarzi, mamlakatimiz kelajagi aks
ettirilgan. Kelgusidagi vazifamiz esa yuqoridagi maqsadlarning izchilligini, yanada
xalqchilligini oshirish va hayotiyligini taʼminlash uchun barchamiz o‘z burchimiz
va masʼuliyatimizni his qilgan holda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
qurish yo‘lida xizmat qilishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari darslik SH.SH.OLIMOV,
SH.X.SAMIYEVA, N.X.ASLANOVA, F.J.ROʻZIYEV.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
309
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022– 2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
3. O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda
amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi //
yoshlar-tadbirkorligini-qollab-quvvatlash-va-rivojlantirishda-amalga-oshirilayotgan-
islohotlar-samarasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning
bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari
bo‘yicha videoselektor yig‘ilish //
taminlash-pirovardmaqsad_237495.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi
“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori //