MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
273
DIRIJYORLIKNI O’RGANISHNING DASTLABKI BOSQICHIDA
YELKA ERKINLIGIGA ERISHISH YO’LLARI
Karabayev Abdumajid Nagimovich
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
"Orkestr dirijyorligi" kafedrasi katta o‘qituvchisi
email: kmnmc12@gmail.com
ANNOTATSIYA: Maqolada dirijyorlik san’ati va texnikasini o‘rgatishda
yuzaga keladigan qiyinchiliklar va bu muammolarning yechimi sifatida maxsus
mashqlar va o‘qitish metodlari tavsiya etiladi. Mashqlar va o‘quv jarayonidagi
metodologik yondashuvlar, dirijyorlikni o‘rganishga kirishgan talabalar uchun
samarali vosita sifatida taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: dirijyorlik, dirijyorlik apparati, orkestr, texnik ko‘nikmalar, yelka
erkinligi, mashqlar.
CONDUCTING STUDY IN THE INITIAL STAGES: WAYS TO
ACHIEVE SHOULDER RELAXATION
Karabayev Abdumajid Nagimovich
Senior teacher of the Department of "Orchestra Conducting"
of the State Conservatory of Uzbekistan
email: kmnmc12@gmail.com
ANNOTATION: The article discusses the challenges encountered in teaching
the art and technique of conducting and offers solutions to these problems through
specialized exercises and teaching methods. The exercises and methodological
approaches presented in the article are suggested as effective tools for students
beginning their journey in conducting.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
274
Keywords: conducting, conducting apparatus, orchestra, technical skills,
shoulder relaxation, exercises.
KIRISH
O‘zbekiston musiqa madaniyati kundan-kun rivoj topib kelayotgan sohadir.
Bugungi kunda Respublika miqyosida musiqa san’atining deyarli barcha yo‘nalishlari
bo‘yicha ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bu xoh cholg‘u ijrochiligi, xoh honandalik
san’ati bo‘lsin, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha professional pedagog kadrlar faoliyat olib,
soha sir-asrorlarini kelajak avlodga yetkazishda tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Bugungi kunda O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalarida musiqa
sohasi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
ushbu ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish uchun xujjat topshirayotgan yoshlar sonining
yildan-yilga ortayotganligini ko‘rib, sohaning kundan-kunga rivoj topayotganligining
guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Musiqa sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining
cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari o‘quv rejasida dirijyorlik fani ixtisoslik fanlari qatoriga
kiritilgan bo‘lib, talabaning nafaqat 4 yillik o‘qishi davomida, balki keyingi ish
faoliyatida ham kerak bo‘ladigan eng zarur bilim va ko‘nikmalarni beradi. Dirijyorlik
fanini o‘rganish doirasida talaba dirijyorlik san’ati tarixi, dirijyorlik harakati
qonuniyatlari, dirijyorlikda qo‘llarning vazifalari, orkestrlar turlari, ularning tuzilishi,
orkestr tarkibidagi cholg‘ular haqida ma’lumotga ega bo‘ladi shu bilan birga partitura
ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Ushbu maqola doirasida dirijyorlik fanining oliy ta’lim muassasasida
o‘qitilishi, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi misolida ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqa sohasi bo‘yicha ta’lim berishga
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasasidir. Bu yerda dirijyorlik fani xalq cholg‘ulari,
torli cholg‘ular, puflama va zarbli cholg‘ular, bastakorlik va cholg‘ulashtirish ta’lim
yo‘nalishlari talabalariga, shu bilan birga, alohida mutaxassislik sifatida tashkil etilgan
"Opera-simfoniya dirijyorligi", "Harbiy (damli) orkestr dirijyorligi" hamda "Xalq
cholg‘ulari orkestri dirijyorligi" kabi ta’lim yo‘nalishlari talabalariga o‘tiladi. Maxsus
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
275
dirijyorlik yo‘nalishlaridan farqli o‘laroq, xalq cholg‘ulari, torli cholg‘ular hamda
puflama va zarbli cholg‘ular mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning
barchasi umumiy dirijyorlik fanini 1 yil o‘tishadi, 2-semestr yakuniy nazorati
natijalariga ko‘ra talabalar ikkiga ajratiladi. Dirijyorlik qobiliyati mavjud bo‘lgan, shu
bilan birga dirijyorlik kasbiga qiziqqan talabalar ushbu fanni davom ettirishlari va 4-
kursni tugatayotgan vaqtda, o‘zining mutaxassislik imtixonidan tashqari, orkestr bilan
birgalikda davlat imtixonini topshirib, dirijyorlik kvalifikatsiyasiga ikkinchi
mutaxassislik sifatida ega bo‘lishlari va keyinchalik joylarda dirijyorlik faoliyatini olib
borishlari mumkin.
Ma’lumki, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ushbu ta’lim
muassasiga o‘qishga qabul qilingunga qadar o‘rta-maxsus musiqiy ta’lim muassasalari
– ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktablarida (avvallari musiqa akademik litsey
va kollejlarida) tahsil olib kelishadi. U yerda bo‘lajak talaba umumiy musiqiy bilimlar
qatorida dirijyorlik fanidan ham saboq oladi (faqatgina torli cholg‘ular yo‘nalishi
bundan mustasno). Ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga dirijyorlikning eng
dastlabki tushunchalari – dirijyorlik holati, oddiy chizmalarga dirijyorlik qilish
o‘rgatiladi. Konservatoriyaga o‘qishga qabul qilingach esa, dirijyorlik fanini
chuqurroq o‘rganish jarayoni boshlanadi.
Ushbu jarayonning eng dastlabki bosqichida yuzaga keladigan birinchi
muammo – bu dirijyorlik apparatining noto‘g‘ri qo‘yilganligidir. Dirijyorlik
apparatinig to‘gri qo‘yilishi, qo‘llarning erkinligi, gavda va bosh holatining to‘g‘riligi
– dirijyorlikning asosi hisoblanadi. Ko‘p hollarda o‘rta-maxsus musiqa va san’at ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari dirijyorlikni o‘quvchiga o‘rgatishda ushbu muhim jihatga
jiddiy e’tibor qaratishmaydi va natijada konservatoriya talabasi o‘z qo‘llarini erkin
boshqara olmaydi, shu bilan birga dirijyorlikning mazmun-mohiyatini anglashlari
birmuncha kechikadi, chunki ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish yaxshigina
vaqt talab etadi.
Dirijorlik qilish paytida tana tik, xotirjam va shu bilan birga harakatga tayyor
holatda ko‘krak qafasi sal ko‘tarilgan, yelka esa tik to‘g‘ri va erkin bo‘lishi lozim.
Tananing haddan ziyod harakatchanligi, ijro paytida tez-tez burilish, egilish va boshqa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
276
ortiqcha holatlar shoshqaloqlikdek ko‘rinadi va odatda, dirijyorning texnik
ko‘nikmalari yaxshi emasligini ko‘rsatadi. Dirijyor boshini shunday tutishi kerakki,
bunda dahani sal tepaga ko‘tarilib, nigohi orkestrga qadalib turadi. Boshni to‘g‘ri va
erkin tutib, uni kerak paytda orkestrning turli qismlari tomon burishga oson bo‘ladigan
holatda ushlash lozim. Dirijyorlik paytida oyoqlar butun tana uchun mustahkam
tayanch vazifasini bajaradi. Dirijyorning oyoqlari butun oyoq panjasi yoki
barmoqlariga tayanib, tananing barqaror holatini ta’minlaydi. Oyoqlarni juda kerib
yuborish yoki bir-biriga juda yaqin qo‘yish ham noto‘g‘ri. Dirijor musiqaga hamohang
tarzda tizzalarini bukishi, u yoq, bu yoqqa yurishi, yoki bir joyda qotib turgan holda
tanasini chayqatishi ham to‘g‘ri emas
1
.
Dirijyorlikni o‘rgatishning dastlabki bosqichida o‘qituvchi aynan dirijyorlik
apparatining to‘g‘ri qo‘yilishiga ahamiyat berishi kerak. Talabalarning ko‘pchiligida
qo‘llarni yuqoriga ko‘targanda yelkani siqib olishi kuzatiladi. Dirijyorning harakati
yelkadan boshlanishi kerak, shuning uchun yelkaning erkin holatda bo‘lishi o‘ta
muhim jihat hisoblanadi. Yelkalarning erkinligiga erishish uchun yelkani orqaga
aylantirish, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, bittada keskin bo‘shashtirish va o‘sha vaqtdagi
yelkaning holati eslab qolish, dirijyorlik vaqtida ushbu holatga erishishni nazorat
qilishni talabaga o‘rgatish kerak. Qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, keyin keskin
bo‘shashtirganda yelka qo‘lni boshqarmasligi kerak. Shunda pastga tushgan qo‘l bir
necha marotaba tebranadi. Ba’zi talabalar ushbu mashqni qilish jarayonida qo‘lni
pastga tushishi bilan to‘xtatib qolishga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri ish. Ushbu
mashqning ahamiyati shundan iboratki, talaba qo‘llarini keskin bo‘shashtirgach, ularni
umuman boshqarmasligi kerak. Shundagina yelka va qo‘llar erkinligiga erishish
mumkin.
Rossiya fanlar akademiyasining Markaziy Olimlar uyi qoshidagi A.P.Borodin
nomidagi simfonik orkestr dirijyori L.N.Matalayev o‘zining "Dirijyorlik texnikasi
asoslari" ("Основы дирижёрской техники") o‘quv qo‘llanmasida ushbu mashqning
o‘zgacha turini taqdim etadi. Unga ko‘ra, ikkala qo‘l ham ko‘krak darajasida yuqoriga
ko‘tariladi. Chap qo‘l bilagi o‘ng qo‘lni ushlab turadi. O‘ng qo‘l esa shu vaqtda
1
Toshmatov E. Dirijorlik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent, 2008. 29-31-betlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
277
maksimal darajada bo‘sh qo‘yiladi. Talaba bir vaqtning o‘zida ikki qo‘lidagi ikki xil
holat – birining mushaklari siqilgan (chap qo‘l), ikkinchisi esa mutlaqo bo‘sh
turganligini (o‘ng qo‘l) eslab qolish kerak. Shu holatda 5 soniyacha turiladi va
to‘satdan chap qo‘l o‘ng qo‘lni qo‘yib yuboradi. O‘ng qo‘l o‘z og‘irligi bilan pastga
tushadi. Agar o‘ng qo‘l to‘liq bo‘sh qo‘yilmagan bo‘lsa, pastga tushish sun’iy chiqadi.
Ushbu mashqni qo‘llar to‘liq erkinlikka erishmagunga qadar davom ettirish kerak
2
.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori M.V.Akmaljanova esa o‘zining
“O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dirijyorligi san’ati” darsligida yelka erkinligiga
erishish uchun quyidagicha mashqlarni keltirib o‘tgan:
1-mashq.
Tik turgan holda, ko‘zingizni yumib, chuqur nafas oling, besh soniya
nafasni ushlab turib, keyin chiqaring. Nafas chiqarish, nafas olishingizga nisbatan, ikki
barobar uzoq davom etsin. Nafas chiqarganingizda butun tanangizni yerga tortilib
ketayotgandek his etasiz. Shu holatni esda saqlang. Mashqni kamida 5-6 marotaba
qaytaring.
2-mashq.
Ikkala yelkani yuqoriga ko‘tarib, siqiq holatni olamiz. Uch soniya
ushlab turib, umuman tushirib yuboramiz. Hech qanday to‘siqsiz bo‘shatamiz. Yelka
ko‘tarilganda chuqur nafas olib, tushirganda davomiy nafas chiqaramiz. Shunda, siz
yelka zo‘riqqani va bo‘shashganini his etasiz. Bu ikki holatni mushaklarimiz sezgi
xotirasida eslab qolamiz
3
.
Yuqorida keltirilgan barcha mashqlarning asosiy maqsadi dirijyorlikni
o‘rganishni boshlagan talabalarda apparat erkinligiga erishishdir. Ushbu mashqlarni
bajarish barcha talabalar uchun ham majburiy emas. Ba’zi talabalar tabiiy ravishda
yelka erkinligiga ega, yohud oldin ta’lim olgan muassasasida ushbu muammo bartaraf
etilgan. Bu talabalar bilan dirijyorlik texnikasini rivojlantirish ustida ish olib borish,
uni rivojlantirishga doir mashq va vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Toshmatov E. Dirijorlik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.
Toshkent, 2008.
2
Matalayev L.N. "Osnovy dirizhjorskoj tehniki" Metodicheskoe posobie. M.: Sovetskij kompozitor, 1986, 17-18-
betlar.
3
Akmaljanova M.V. “O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dirijyorligi san’ati”. Darslik. T.: “Fan ziyosi”, 2022. 20-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
278
2.
Matalayev L.N. "Osnovy dirizhjorskoj tehniki" Metodicheskoe posobie. M.:
Sovetskij kompozitor, 1986.
3.
Akmaljanova M.V. “O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dirijyorligi san’ati”.
Darslik. T.: “Fan ziyosi”, 2022.