Authors

  • Tursunova Mohinur Jo’rabek qizi
  • Hamdamova Intizora Shuhratovna

Author Biographies

  • Tursunova Mohinur Jo’rabek qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

    fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs  talabasi

  • Hamdamova Intizora Shuhratovna

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

    fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117403

Keywords:

MutafakkirlarIlmiy-ijodiy meros Xalq tarbiyasi Avlodlar vorisligi Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur Mahmud Kashg‘ariy Milliy qadriyatlar Axloqiy me'yorlar Vatanparvarlik Tarbiyaviy ahamiyati Madaniy meros Zamonaviy tarbiya

Abstract

Mazkur maqolada mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy merosining xalq tarbiyasi va avlodlar vorisligini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Mutafakkirlarning asarlari va g‘oyalari yosh avlodni tarbiyalashda, milliy qadriyatlar va axloqiy me'yorlarni o‘rgatishda katta o‘rin tutadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Kashg‘ariy kabi buyuk mutafakkirlarning asarlari o‘quvchilarga ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik va ilmiy tafakkur kabi qadriyatlarni singdirishda samarali vosita hisoblanadi. Maqola shuningdek, mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish va uni yoshlar tarbiyasiga tatbiq etish orqali milliy madaniyat va an'analarni saqlash, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va avlodlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash mumkinligini ko‘rsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

131

MUTAFAKKIRLARINING ILMIY-IJODIY MEROSIDAN XALQ

TARBIYASI VA AVLODLAR VORISLIGIDA FOYDALANISH”

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Tursunova Mohinur Jo’rabek qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Hamdamova Intizora Shuhratovna

Annotatsiya Mazkur maqolada mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy merosining xalq

tarbiyasi va avlodlar vorisligini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Mutafakkirlarning asarlari va g‘oyalari yosh avlodni tarbiyalashda, milliy qadriyatlar

va axloqiy me'yorlarni o‘rgatishda katta o‘rin tutadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin

Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Kashg‘ariy kabi buyuk

mutafakkirlarning asarlari o‘quvchilarga ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik va ilmiy

tafakkur kabi qadriyatlarni singdirishda samarali vosita hisoblanadi. Maqola

shuningdek, mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish va uni yoshlar tarbiyasiga

tatbiq etish orqali milliy madaniyat va an'analarni saqlash, ijtimoiy barqarorlikni

ta'minlash va avlodlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash mumkinligini

ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar MutafakkirlarIlmiy-ijodiy meros Xalq tarbiyasi Avlodlar vorisligi

Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur Mahmud Kashg‘ariy Milliy qadriyatlar

Axloqiy me'yorlar Vatanparvarlik Tarbiyaviy ahamiyati Madaniy meros Zamonaviy

tarbiya

Абстрактный В статье анализируется значение научного и

творческого наследия мыслителей в воспитании народа и формировании

преемственности поколений. Труды и идеи мыслителей играют значительную

роль в воспитании подрастающего поколения, обучении его национальным

ценностям и нравственным нормам. Труды великих мыслителей, таких как


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

132

Алишер Навои, Захириддин Мухаммад Бабур, Мирзо Улугбек и Махмуд Кашгари,

являются эффективными инструментами для привития учащимся таких

ценностей, как социальная ответственность, патриотизм и научное

мышление. В статье также показано, что, изучая научное наследие

мыслителей и применяя его в воспитании молодежи, можно сохранить

национальную культуру и традиции, обеспечить социальную стабильность,

укрепить связь поколений.

Ключевые слова МыслителиНаучное и творческое наследие Народное

образование Преемственность поколений Алишер Навои Захириддин Мухаммад

Бабур Махмуд Кашгари Национальные ценности Моральные нормы

Патриотизм Образовательное значение Культурное наследие Современное

образование

Abstract This article analyzes the importance of the scientific and creative

heritage of thinkers in the education of the people and the formation of the succession

of generations. The works and ideas of thinkers play a significant role in educating the

younger generation, teaching national values and moral standards. The works of such

great thinkers as Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad Babur, Mirzo Ulugbek,

Mahmud Kashgari are an effective tool for instilling in students values such as social

responsibility, patriotism and scientific thinking. The article also shows that by

studying the scientific heritage of thinkers and applying it to the education of young

people, it is possible to preserve national culture and traditions, ensure social stability

and strengthen the ties between generations.

Keywords ThinkersScientific and creative heritage Public education

Succession of generations Alisher Navoi Zahiriddin Muhammad Babur Mahmud

Kashgari National values Moral norms Patriotism Educational significance Cultural

heritage Modern education

Kirish

Har bir millat o‘z tarixi va madaniyatini mustahkamlashda ulug‘

mutafakkirlarining ilmiy-ijodiy merosidan foydalanishga alohida e'tibor beradi. Bu

meros nafaqat xalqning ma'naviy qadr-qimmatlarini saqlash, balki uning tarbiyasi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

133

axloqiy me'yorlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Zotan, mutafakkirlarning

asarlari, fikrlari va qarashlari avloddan-avlodga o‘tar ekan, jamiyatning ijtimoiy-

axloqiy rivojlanishida yuksak rol o‘ynaydi.

Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy

shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-

ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiyaxloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-

tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining

muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa

millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi. Shuni qayd

etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz tomonidan

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o ‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy

tayyorgarligi xaqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini

yo'qotmagan. Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga

yetkazish dolzarb muammolardan biri bo`lib kelgan. Xalqimiz pedagogik

qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini

ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya

nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik

qarashlari bilan tanishtirish ulaming kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga

zamin tayyorlaydi. Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning

axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari bo'yicha to‘plangan boy ma’naviyma’rifiy meros

va pedagogik g'oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda

quyidagilar o‘rganiladi: -xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari; -

oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari; -o ‘zbek xalqining

axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati; -xalq pedagogikasida tabiat va inson

munosabatlari, sogiom turmush tarzining aks etishi; - buyuk mutafakkirlaming

pedagogik g‘oyalari; - xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati;

-milliy

urf-odatlar

, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlarining

tarbiya vositasi sifatidagi o‘mi; -xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar; -xalq

pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h. Xalq pedagogikasi

fanining asosiy maqsadi - bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik tafakkumi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

134

shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya

nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari,

ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik

tayyorgarligini orttirishdir. Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga

oid boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq

pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq

og'zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o

‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.

O‘zbek xalqining o ‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti,

oilada farzand tarbiyasi bilan bog'Iiq masalalarni ilmiy jihatdan to‘la bilish uning

kelajakdagi taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini,

etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni

ta’minlovchi bir omildir.

Mutafakkirlarning Ilmiy-Ijodiy Merosi va Uning Ahamiyati

Mutafakkirlar ilmiy-ijodiy merosi jamiyatni rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib,

ular o‘z asarlarida milliy qadriyatlar, axloqiy tamoyillar, ijtimoiy mas'uliyat, adolat,

tenglik kabi g‘oyalarni ilgari suradilar. Masalan, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,

Mahmud Kashg‘ariy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk mutafakkirlarning

asarlari nafaqat o‘z davrining, balki hozirgi kunda ham o‘quvchilarni tarbiyalashda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Alisher Navoiy, o‘z asarlarida insoniy qadriyatlar, adolat, samimiylik va

vatanparvarlik kabi tushunchalarni keng yoritgan. U, shuningdek, insonni yuqori

axloqiy me'yorlar bilan tarbiyalashning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratgan. Uning

«Xamsa» asari – o‘rta asrlarning eng yuksak adabiy yodgorliklaridan biri bo‘lib, unda

insonning ahloqiy va ma'naviy tarbiyasiga oid ko‘plab fikrlar mavjud.

Zahiriddin Muhammad Bobur esa, o‘zining "Boburnoma" asarida tarix,

siyosat, falsafa va axloqiy qadriyatlarni muhim deb hisoblagan. Bobur o‘z xalqini,

madaniyatini, tarixini sevgan va shu g‘oyalarga asoslanib, o‘z asarlarini yaratgan.

Ushbu asarlar Kelajak avlod uchun mustahkam poydevor bo`la oladi. Chunki yosh


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

135

avlodni vatanpar ma`rifatparvar komil inson qilib tarbiyalashimiz uchun ushbu

asarlarning o`rni beqiyosdir.

Shu o`rinda Prezidentimiz ham bu masalada o`zlarining fikrlarini bildirib

o`tganlar “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz

tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning

qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak

berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan

milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”.

Xalq Tarbiyasida Mutafakkirlar Merosidan Foydalanish

Xalq tarbiyasi – bu milliy qadriyatlar, an'analar, odatlar va axloqiy me'yorlar

asosida o‘quvchilarni shakllantirish jarayonidir. Bu jarayonda mutafakkirlarning

ilmiy-ijodiy merosidan foydalanish, yosh avlodni ulug‘ insoniyat qadriyatlariga

yo‘naltirishda samarali vosita bo‘ladi. Xalq tarbiyasini shakllantirishda quyidagi

mutafakkirlar merosidan foydalanish imkoniyatlari mavjud:

Alisher Navoiy o‘zining asarlarida insoniyatni har tomonlama rivojlantirishni,

ijtimoiy mas'uliyatni, vatanparvarlikni targ‘ib qildi. Tarixiy va falsafiy asarlari orqali

u yoshlarni mustahkam axloqiy pozitsiyalarda tarbiyalashga chaqirdi. Uning asarlarida

millatning ma'naviy va axloqiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qadriyatlar yoritilgan.

Hozirgi kunda Navoiyning fikrlarini o‘rganish, yosh avlodni ma'naviy va axloqiy

jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda yordam beradi.

Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo’lib bolalarni kichik

yoshidan mehnat qilishga o’rgata borish, kattalar mehnatini e’zozlaydigan qilib

tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o’rgatish oilaning diqqat markazida bo’lishi kerakligi

haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta’lim

bilan birga hunar o’rgatishga bog’lab davom ettirish lozimligini alohida ta’kidlagan.

Mirzo Ulug‘bek ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish borasida buyuk ishlarga

imzo chekkan. Uning asarlarida ilmiy tafakkur, astronomiya va matematikaga bo‘lgan

qiziqish, ayniqsa yoshlar tarbiyasida muhimdir. Ulug‘bekning ilmiy yondashuvini

o‘rganish yoshlarni mantiqiy fikrlash va ilmiy izlanishlarga undaydi. O‘quvchilarda

ilmiy-ijodiy yondashuvni rivojlantirish uchun uning merosidan foydalanish mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

136

Mahmud Qoshg’ariy “Devoni lug’atit turk” asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga

yaxshilik qilib so’zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o’rganib, amalga oshir‖, deydi.

Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni

qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e’zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖

. Sohibqiron Amir Temur o’z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida

mustaqil soha bo’lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to’qimachilik, yog’och va tosh

o’ymakorligi, gilam to’qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada

rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan.

Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo’lishiga

imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo’l qo’yilmagan

Yuqorida keltirib o`tilgan bobokalonlarimiz xalqning ma`naviy barkamolikka

erishshiga ularning ruhan sog`lom bulishiga ko`maklashadi. Shuningdek

bobokalonlarimiz yoshlarning yoshligidanoq kasbga yo`naltirish ularning

qiziqishlaridan kelib chiqib tanlah kerak ekanligini guvohi bo`lamiz. Shunday ekan

maktablarda ham yosh avlod o`quvchlariga ko`makchi ular tug`ri yo`l tanlashlariga

yordam berishimiz lozim.

Xulosa

Mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy merosi xalq tarbiyasi va avlodlar vorisligini

shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ularning asarlari, g‘oyalari va axloqiy

o‘gitlari yoshlarni ma'naviy yetuk, mas'uliyatli va vatanparvar shaxslar sifatida

tarbiyalashda keng qo‘llanilishi lozim. O‘zbek mutafakkirlarining ilmiy-ijodiy

merosini o‘rganish va uni yoshlar tarbiyasiga tatbiq etish orqali avlodlar orasidagi

madaniy va axloqiy bog‘lanishni mustahkamlash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Xasanov, R. (2018). Milliy qadriyatlar va mutafakkirlar merosi. Tashkent:

National Publishing House.

2.

Bobur, Z. M. (2020). Boburnoma. Tashkent: Fan.

3.

Navoiy, A. (2017). Xamsa. Tashkent: Akademnashr.

4.

Mirzo Ulug‘bek. (2015). Astronomiya va ilmiy meros. Tashkent: TDPU.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

137

5.

Haydarov A. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008

y

6.

Xusniddin, Milinorov, and Mavlonova Malika. "Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-

pedagogik tayyorlash jarayonida kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirish

metodikasi."

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

7 (2024): 296-304.

7.

Хushmatovich, Milinorov Xusniddin. "Pedagogik faoliyat jarayonida bo ‘lajak

pedagoglarni

raqamli

texnologiyalardan

foydalanish

samaradorligini

oshirish."

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

7 (2024): 305-312.

8.

Милиноров, Хусниддин Хушматович, and П. М. Жалолова. "ПРОЦЕСС

ОРГАНИЗАЦИИ

РАЗВИТИЯ

КОМПЕТЕНЦИЙ

В

ВЫСШЕЙ

ШКОЛЕ."

Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific

Studies

. Vol. 3. No. 5. 2024.

9.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov

Khusniddin Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR

THE DEVELOPMENT OF THE REGION."

Web of Teachers: Inderscience

Research

2.6 (2024): 185-189.

10.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O’ZBEK URNAVALARI,

MAROSIMLARI VA ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O’RNI”.

Web of

Teachers: Inderscience Research

2.5 (2024): 205-209.

11.

Djamalov A. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: “Innovatsiya”, 2023

12.

.Khamraeva, M. (2019). Tarbiya fani va uning o‘quvchilarga ta'siri. Journal of

Pedagogical Sciences, 45(2), 30-35.

Most read articles by the same author(s)