MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
42
OILA — BAXT QO’RG’ONI: MUSTAHKAM OILANING
JAMIYATDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Mamatova Sevara O’roqboyevna
Jizzax viloyati Baxmal tuman
1-son politexnikumi
Tarbiya fani oʻqituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu tezisda oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning inson
hayotidagi ahamiyati, mustahkam oila asoslari va zamonaviy davrda oilaning duch
kelayotgan muammolari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, mustahkam oilaviy
munosabatlarni shakllantirishda tarbiya, madaniyat, diniy qadriyatlar va davlat
siyosatining roli tahlil qilinadi. Ijtimoiy-pedagogik va axloqiy nuqtai nazardan
yondashgan holda yozilgan.
Kalit so‘zlar:
oila, jamiyat, mustahkam oila, qadriyat, tarbiya, axloq, jamiyat
poydevori, baxtli oila, farovonlik.
Har bir inson hayotida oila eng muhim o‘rin tutadi. Oilada bizga eng yaqin va
mehribon insonlar bor bo‘lib, biz ularga mehr qo‘yamiz, hayotdagi qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, ularni o‘z holicha qabul qilamiz. Oila tushunchasi inson
shaxsiyati, xatti-harakati va hayotdagi pozitsiyasiga bevosita ta’sir etadi. Shu sababli
ko‘plab tadqiqotchilar va olimlar oilaviy hayotni chuqur o‘rganib kelmoqda.
Sotsiologiyada oila va unga oid munosabatlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil
qilishda asosiy mavzulardan biridir. Nikoh va oilaviy muammolarni o‘rganish
sotsiologiya fanining yetakchi sohalaridan hisoblanadi. Tarixiy taraqqiyot davomida
nikohning mohiyati sezilarli darajada o‘zgargan. Eski nikoh tizimining barham
topishi yangi turdagi oilaviy munosabatlarning shakllanishiga zamin yaratdi.
Nikohning erkinligi va ajralish jarayonining soddalashuvi tufayli er-xotinlar o‘zaro
hamda farzandlari oldidagi javobgarliklarini ba’zida his qilmasdan harakat qilmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
43
Sovet davrida oilaviy munosabatlarga yondashuv tubdan o‘zgargan edi. Bu
davrda farzandlar juda og‘ir sharoitlarda ulg‘aygan, ota-onalar bolalarga yetarli vaqt
ajrata olmagan. Shunga qaramay, har bir oila a’zosiga aniq vazifalar yuklangan bo‘lib,
ular so‘zsiz bajarilgan. Aksariyat hollarda oilalar moliyaviy jihatdan qiynalgan,
ammo baribir ko‘p bolali oilalar bo‘lgan. Ajablanarlisi, bunday og‘ir hayot sharoitiga
qaramasdan, ijtimoiy inqirozli yoki mojaroli oilalar kam uchragan.
Oila har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u inson hayotidagi eng muhim
ijtimoiy institutlardan biridir. Har bir insonning shaxs sifatida shakllanishida oila
birinchi maktab hisoblanadi. Mustahkam oila jamiyatning barqarorligi, taraqqiyoti va
farovonligi uchun muhim omildir. Insoniyat tarixida oila doimiy e’tiborda bo‘lib
kelgan va u ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismi sifatida shakllangan. Bugungi
globallashuv davrida esa oilaning mustahkamligi yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila - qon-qarindoshlik, nikoh, mehr-oqibat va o‘zaro mas’uliyat asosida
shakllangan ijtimoiy birlikdir. Sotsiologik nuqtai nazardan, oila jamiyatning kichik
ijtimoiy guruhi bo‘lib, u ma’lum ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Oilaning asosiy
vazifalaridan biri - avlodlar davomiyligini ta'minlash, tarbiya, axloqiy qadriyatlarni
singdirishdir.
Oila qadimdan ijtimoiy institut sifatida shakllanib, inson hayotidagi muhim
bosqichlarni - tug‘ilish, tarbiya, ijtimoiylashuv va psixologik rivojlanishni o‘z ichiga
olgan. U xalqning urf-odatlari, diniy e'tiqodlari va axloqiy qadriyatlari bilan bevosita
bog‘liqdir. Jamiyat oilalardan tashkil topadi. Agar oilalar mustahkam bo‘lsa,
jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va taraqqiyot bo‘ladi. Aksincha, oiladagi
inqirozlar jamiyatda axloqiy tanazzul va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi.
Oilada har kim o‘z vazifasini anglab, mas'uliyat bilan yondashishi, o‘zaro
ishonch asosida yashashi muhimdir. Bu ishonch farzandlar tarbiyasida ham katta rol
o‘ynaydi. Ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib farzand tarbiyasiga yondashishi,
ular orasida kelishmovchilik bo‘lmasligi sog‘lom va barkamol avlod shakllanishini
ta'minlaydi. Moddiy ahvol bilan bir qatorda, ruhiy-ma’naviy muhit ham muhim.
Oilada muvozanat saqlansa, u ijtimoiy bosimlarga bardosh bera oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
44
Oila farzandning birinchi ijtimoiy muhitidir. Unda olgan tarbiya uning
xarakteri, hayotga munosabati va ijtimoiy faoliyatini belgilaydi. Ya’ni, halollik,
vijdon, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlar aynan oilada shakllanadi. Bu
qadriyatlar farzandning kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga
ega.
Farzandlar ota-onaning harakatlariga, gap-so‘zlariga taqlid qiladi. Ular uchun
ota-ona eng yaqin va ishonchli tarbiyachidir. Shuningdek, milliy qadriyatlar, urf-
odatlar, an’analar oilada saqlanadi va yangi avlodga o‘tadi. Bu orqali milliy o‘zlik
saqlanadi. Din insonni axloqiy va ma’naviy yetuklikka chaqiradi. Oila - diniy
tarbiyaning birinchi o‘chog‘idir. Qur’on oyatlari, hadislar orqali oilada sabr,
kechirimlilik, halollik singari xususiyatlar singdiriladi.
Oila farzandga vatan, xalq va tarixga hurmat ruhini singdiradi. Vatanparvarlik
oilada boshlanadi. O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Ko‘p farzandli oilalarga yordam, ijtimoiy nafaqalar, yosh oilalarni qo‘llab-
quvvatlash dasturlari oilaning mustahkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Har qanday taraqqiyot asosi - sog‘lom, bilimli, ma'naviy yetuk inson. Bunday
inson esa mustahkam oilada voyaga yetadi. Millat kelajagi farzandlar tarbiyasiga
bog‘liq. Barkamol avlod esa faqat sog‘lom, mehribon va ma’naviy boy oilada
tarbiyalanadi.
Shuningdek, islomiy ma’naviyatda oila muqaddas dargoh sifatida e’tirof
etilib, uni halollik, poklik va o‘zaro sadoqat tamoyillariga asoslanib barpo etish
ta’kidlab kelinadi. Dinimizda er va xotin o‘rtasidagi fidoyilik, hurmat va mas’uliyat
asosiy qadriyat sifatida qaraladi.
Shu boisdan ham jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi uchun avvalo
ma’naviy poklik va oila institutining barqarorligi ta’minlanishi kerak. Halol va
mustahkam oila qurmasdan turib, jamiyatda to‘laqonli taraqqiyotga erishib
bo‘lmaydi. Oila — bu shunchaki shaxsiy hayot emas, balki jamiyatning eng muhim
ijtimoiy bo‘g‘inidir. Shuning uchun ham balog‘atga yetgan har bir yigit va qiz uchun
oila qurish nafaqat tabiiy ehtiyoj, balki ma’naviy va ijtimoiy mas’uliyatdir. Ular
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_Май –2025
45
o‘zaro rozilik va vafo asosida birlikda yashab, jamiyatga foydali avlod tarbiyalashlari
kerak.
Oilani mustahkamlovchi eng muhim omillardan biri bu oila a’zolari, xususan,
er-xotinning o‘zaro tushunishi, mehr-shafqat ko‘rsata olishi va hayotiy mas’uliyatni
teng taqsimlashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, ayol kishining oiladagi o‘rni
beqiyosdir. Uy-ro‘zg‘or, farzand tarbiyasi, oilaviy muhit yaratishda ayolning roli
markaziy hisoblanadi. Oila ichidagi aksariyat tashvish va mashaqqatlar ayol
zimmasiga tushadi, shuning uchun uning sabr-toqati, mehnatkashligi, muloyimligi va
donoligi oilaning barqarorligiga asosiy kafolatdir.
1
Xulosa qilib aytganda, oila jamiyatning eng muhim negizi bo‘lib, uning
barqarorligi har bir shaxsning baxtli hayot kechirishi va sog‘lom jamiyat
shakllanishining kafolatidir. Har birimiz oila qadriyatlarini asrab-avaylab,
mustahkam oilaviy munosabatlar asosida yashasak, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik
va farovonlik qaror topadi. Oila madaniyatini oshirish, tarbiyaviy ahamiyatini chuqur
anglash, har bir fuqaroning ijtimoiy mas'uliyatiga aylanishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008.
2.
G‘aybullaev M. Oilaviy qadriyatlar va tarbiya masalalari. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2019.
3.
Qur’oni Karim va Hadislar asosida oilaviy hayot: tanlangan oyatlar va hadislar
izohi. – Toshkent: Imom Buxoriy nashriyoti, 2020.
4.
Abdullaeva S. Oila sotsiologiyasi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2021.
1
Abdullaeva S. Oila sotsiologiyasi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2021.