MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
303
O’ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA MUTAL
BURXONOV IJODINING O’RNI VA AHAMIYATI
Shahlo Isaqova
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Xor dirijyorligi” bo‘limi
o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mutal Burxonovning ijodi yo‘li,opera va xor
ijodi, Mashhur“Alisher Navoiy qasidasi” xor sahnalari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Avesto,Burhonnoma,Navo,Sarahbor,xor sahnalari.
O‘zbekistonda musiqani rivojlantirish, opera va xor san’atiga bo‘lgan
qiziqishni Musiqa va san’at maktablarida dolzarb masalada aylanmoqda.
O‘quvchilarda dastlabki opera tushunchalarini xor adabiyoti fanida chuqurroq va
albatta kengroq bilim berish. Opera janri orqali o‘quvchilarga shu shoir haqida kengroq
ma’lumot berish. O‘zbek xorlari qadim asrlardan buyon vujudga kelgan. Eramizdan
avvalgi yozilgan “Avesto” kitoblarida ham bir qancha ma’lumotlar berilgan. O‘zbek
xorlari haqida uncha katta tushuncha bo‘lmagan. Ular oldin yakkaxon, ikki kishi bo‘lib
ijro etilgan.Ashullalar nomi “Alla”, “Yor-yor” har xil marosimlarga bag‘ishlangan
musiqiy qo‘shiqlar bo‘lgan. Rivojlangan sari xor jamoalar vujudga kela boshlagan.
Faqat xor jamoalar unison bo‘lib, sekin astalik bilan, kuylar edilar. Keyinchalik
ovozlarni bo‘lib kuylashlar boshlandi.
O‘zbek
musiqasi
haqida
buyuk
allomalarimiz
Abu
Ali
Ibn
Sino,Forobiy,Beruniy o‘z qo‘l yozmalarida yozib qoldirganlar. Shundan ma’lumki
bizning musiqiy ongimiz qadim davrlardan rivojlanib kelmoqda. Masalan; To‘ylarda
aytiladigan “Yor-yor”, ekinlar haqida “Yomg‘ir chaqirish”, “Alla”, “Aytishuv”,
“Lapar” kabilar shular jumlasidandir. Bu qo‘shiqlar hozirgi kunda kompozitorlarimiz
yangicha ko‘rinishda qayta ishlamoqdalar. Xor asarlarini V.A.Uspenskiy,
E.E.Romanoviskaya, N.N.Miranov, R.M.Glier, G.A.Mushel, S.N.Vasilyenko,
A.F.Kozloviskiy va boshqa bastakorlar asoschilari va targ‘ib qiluvchilardir.Bu yil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
304
Mutal Burxonovning tavalludiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan san’at va madaniyat
sohalarida ijod etayotgan, tehsil olayotgan va ish faoliyatlarini olib borayotgan kishilar
joylarda kompozitorning yubleylarini nishonlamoqdalar. Zero benazir kompozitorning
xotirasi va so‘nmas asarlari umirbot abadiy yashab kelmoqda. Kelgusi avlodlar ham
bundan albatta baxramant bo‘lishlariga ishonch bildiraman.Mutal Muzayyinovich
Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tug‘ilgan.Burhonovning musiga bo‘lgan
qiziqishi yoshligidan boshlangan amakisi unga tanbur sozini olib bergan. Keyinchalik
Otaniyoz Abdulg‘aniyevichdan tanbur cholishni o‘rgangan.
Burxonov 1928-1932 yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya
institutida,1939-1941 va 1946-1949 yillarda esa Moskva Konservatoriyasida ta’lim
olgan, Grigoriy Stolyarovdan dirijyorlik bo‘yicha saboq olgan. Kompozitor ijodida
vokal musiqasi,ayniqsa,romans,jo‘rsiz xor va vokal-simfonik janrlar asosiy o‘rin
tutadi. “Tabassum qilmading”, “Namedonam Chi nom dorad”, “Ishqida” va boshqa
romanslari, “Alisher Navoiyga qasida” (Abdulla Oripov, 1968-yil) va boshqa Sharq
xalqlari qo‘shiqlarini jo‘rsiz xor uchun mahorat bilan, milliy musiqaga xos nafislik va
jozibalikni to‘la saqlagan xolda qayta ishlagan. U talabalik davridayoq ilk ijodini atoqli
shoir A. Lohutiy she’rlariga bastalangan “Ey bulbul” romansi va “Buti nozaninam”
(“Mening go‘zalim”) qo‘shig‘idan va Mashrab she’riga “Ishq o‘ti”, yakkaxon va
simfonik orkestr uchun bastalangan balladasi kabilardan boshladi. Urush yillari
“Jangchilar qo‘shig‘i” (Uyg‘un so‘zi), “Samalyot” (H.Olimjon so‘zi), “Uchib ketasan”
(Z.Diyor so‘zi), “Paxta ochilsa” ( Kamtar so‘zi) qo‘shiqlar, “Ishqda” (Uyg‘un so‘zi),
“Dilbarimo” (A.Lohutiy so‘zi) romanslar paydo ulug‘ farzandlari Abdulla Qodiriy,
Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fayzulla Xojayev,
kompozitorlarning katta akasi Misboh, ammakilari Masxariddin, Mukammil va
Muammir Burxonovlar xotirasiga bag‘ishlangan. Bu asar 1996-yil 14-mayda
“Turkiston” saroyida kompozitorning yubiley kechasiga bag‘ishlangan konsetr
dasturida ilk bor ijro etildi.S.Qobulova, F.Zokirov, badiiy so‘z ustasi T.Mo‘minov,
A.Abduqodirov, Z.Haqnazarov raxbarligidagi milliy simfonik orkestr, xormeysterlar
A.Hamidov va J.Shukurovlar rahbarligidagi qo‘shma xor jamoalari qatnashgan edi.
1998-yil “ Ko‘ngil xazinasi ( Burxonnoma )” kitobini yozgan bastakor 2002-yil 15-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
305
iyunda 86- yoshda vafot etdi. Mutal Burxonovning “Alisher Navoiy” qasidasi asari
musiqasi Mutal Burxonov so‘zi, Abdulla Oripovga mansub. Ushbu musiqaning asosiy
mavzusi muallif Navoiy ismi bilan yaratilganligi bois ushbu hikmatlar g‘azallardan
sherlardan foydalangan. Alisher Navoiy ko‘z o‘ngimizda gavdalanar ekan, biz ul zotni
buyuk inson, shoir, mutaffakir sifatida yaxshi bilamiz. Bunda kompozitor Burxonov
gavdalanishini mukammal darajada kuyini bastalangan. Kuyda ko‘tarinki kayfiyat,
kuchli ma’no falsafiy qarashlar ohanglar rahbarangligiga, dinamik belgilarning ko‘p
ishlatilishi, asarni yanada tantanali ohanglar rangbarangligiga, dinamik belgilarning
ko‘p ishlatilishi, asarni yanada tantanali ohanglar bilan namoyon etadi. Asarning
ruhiyati, musiqa va so‘zlari mohiyati shunchalar jipslashganki, uni eshitganda, yoki
ijro qilganda, ko‘z o‘ngimizda albatta Alisher Navoiyning timsoli yorqin namoyish
bo‘ladi. Asarning bosh qismi orkestrda birinchi navbatda birdan keng arpedjio
akordlari bilan asosiy qismi boshlanadi. Bu akordlar musiqada tantanali va falsafiy
hayot haqidagi dunyo qarashlar, chuqur fikrli, mukammal bir ma’noga ega ekanligidan.
Ushbu asar melodik struktura va tanal- garmonik sifatida yozilgan. Navoiy mavzusi
kuylangandan so‘ng, undan keyin mayin –tertsiya tepada keng akordlar chalinad. Asar
3 qismli keng sunitrik shakllga ega bo‘lib. Asar davomida xor (og‘zi yumshoq) holda
unison bo‘lib kuylashni boshlaydi. Kuyning o‘zi oddiy bo‘lishga qaramay, yorqin
hamda g‘amli ohang taratadi. Bu ohang odamni o‘ziga jalb qiladi.
4-taktda “Navo” maqomidan “Sarahbor” qismi yangrab o‘tadi. Borgan sari
rivojlanish natijasida avjda qarab yo‘naltirildi. Bu maqomda kompozitor tomonidan
xorda unison qilib kuylashni xorga topshiradi. Yakkaxon ham ular bilan og‘iz
yumilgan holda birga kuyladi P P ga P biroz ovozlarga kuch berib yana P P qaytamish.
Orkestrda akkordlar alt va bassda kichik aytishuv bilan kuylanib, uni soprano va
tenorlar davom ettiradi. Shu orqali qamrab olingan tovushlar Navoiyga yo‘naltirilgan.
Uning natijasida bariton yakkaxonni kuylaydi. Yakkaxon-alt va basslar bilan, ulug‘
shoir so‘zlarini ijro qiladi mf dinamikasida U aks sado bo‘lib uchta ppp da Ulug‘ shoir
deb takrorlanadi. 6 takitdan iborat bu aytishuv, ulug‘lik, buyuklikdan darak beradi.
Sinkopa usulidagi, bu richitativ xarakterga ega, 1 chi bo‘limda aytib o‘tilgan
orkestrdagi akkordlar kengligi, Navoiy mavzusi, maqom shaklidagi xorning tuzilishi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
306
xor guruhining bir-biridan so‘ng replik (aytishuv) uslublari, Bariton sozlashuvi
(rechetativ) natijasida bu qism to‘la bir katta pralogni tashkil qiladi. 2 chi o‘rta qism
o‘ziga aniq va ravshan kontrollikni nomoyon qiladi. Yangi mavzu bu yerda paydo
bo‘ladi. Templer almashuvi Allergreto, Andante o‘rni; o‘lchovlar 3.4 2.4 O‘rniga;
tonalniklar lya major o‘rni. Biroz qatiyatlikdan chekingan xolda, o‘rta qismni
jonlantiradi. Unda ikki takid tayyorgarlik ko‘rish uchun orkestrga beradi. So‘ng mp
dinamikasida, noming eslar Vatan so‘zlari bilan mf dinamikasigacha kuchayib boradi
so‘ng yakkaxon p dinamikasida “ Xush keldingiz yillar oshib”, so‘zlari bilan davom
etadi, uning davomida, soprano va alt “Yillar oshib” deb to‘ldiradi. 12 ta takt
yordamida davom etkan kuy, asta sekinligi, p dinamikasi yordamida ayollar va
erkaklar xori qo‘shilib, kuyni rivojlantirib, avjiga olib keladi. Ko‘rib turibmizki xar bir
qismda avj pardalarga xos kuy taralmoqda. Kompozitor va maxorat bilan buni ko‘rsatib
bera olgan. Asar davomida nafaqat maqom balki aftorning maqol va naqllaridan
chiroyli foydalangan.
So‘ngi qimlarda tugallanishi “Sharof” so‘zi kuy bilan oxangdosh bo‘lib bir
necha bor bu so‘zga urg‘u berib takrorlaydi. Bu so‘zidan ko‘rinib turibdiki, shoirning
ulug‘ insonligi, uning tafakkuri, ongi xurmati shu darajada ulug‘ va buyukki, xatto
kompozitor Burxonov major ladda asarni yaratdi. Chunki major lad, u oddiy yorug‘dir.
Asarni eshitganimizda o‘ziga hos harakter va buyuk inson taqdiri namoyon bo‘ladi.
Kompozitorimiz bejizga emas Abdullo Oripov bilan birga ijodlarini birlashtirmagan,
chunki ko‘plab asarlarining she’rlarini Abdullo Oripov yozgan. Ularning ham
ohangligi, birgalikda ko‘zlagan maqsadlari bir edi. XXI- asrga kelib O‘zbek
musiqasining ko‘rinishi o‘zgardi, yangicha tus oldi. Uning azaliy urf- odatlari qatoriga
yangi asarlar va uslublar qo‘shildi. Sharq va G‘arb an’analari uyg‘unligida yangi uslub
hamda yo‘nalishlar yuzaga keldi. Shu bilan birga O‘zbek kompozitorlik maktabi
shakllantirildi. Ushbu maktabning munosib vakillari Mutal Burxonov, Ikrom Akbarov,
Mirsodiq Tojiyev va Ulug‘bek Musayevlarning asarlari O‘zbek musiqasini jahonga
tanitdi. O‘zbek xalqi va jahon xalqlari qalbidan joy olgan yorqin asarlar muallifa Mutal
Burxonovdir. O‘zbekiston Davlat madxiyasi, Davlat ramzlaridan birini yozganligi
uning tanlanganlar ichida tanlangan, tengsiz ekanligini bildiradi. Mutal Burxonov
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
307
O‘zbek xalqining milliy iftihori, jahonda o‘zbek musiqasining yorqin sahifasi. Uning
asarlari qadri- qimmati yil sayin ortib bormoqda. 2016-yil kompozitorning 100
yilliligiga bag‘ishlangan tadbirlar yurtimizning barcha ta’lim, san’at va madaniyat
muassasalarida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda Mutal Burxonovning asarlari qayta
jonlanmoqda va yangi avlodga uning ijodiy merosi tanishtirib borilmoqda. Mutal
Burxonov kabi ijodkorlar xalqimiz ardog‘ida.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi
2.Yanov-Yanovskiy “Mutal Burxonov”
3.Y.A.Gudkova o‘zbek xor adabiyoti
4.B.V.Shomahmudova- “Xor lug‘ati”