MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
144
6-SINF TABIIY FANDAGI ZICHLIK TUSHUNCHASINI RAQAMLI
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI BILAN O’QITISH
Ergasheva Sevinch Ortiqovna
DTPI Fizika yo‘nalishi 1-kurs talabasi
sevinchortiqovna2006@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tezisda tabiiy fanni o‘qitishda raqamli ta’lim
texnologiyalaridan foydalanib, fizik tushunchalarni talabalar ongiga chuqurroq
yetkazish, simulyatsiyalardan foydalanib darslarni samaraliroq tashkil etish bayon
qilingan.
Kalit so‘zlar: tabiiy fan, simulyatsiya, virtual laboratoriya, zichlik, namoyish
tajribalar.
Kirish
Respublikamizda ta’lim tizimi va zamonaviy kadrlar tayyorlash masalasini
ilg‘or mamlakatlar tajribalari asosida tubdan qayta ko‘rib chiqish, barcha sohani jahon
standartlari
darajasida
rivojlantirish, ta’lim tizimi faoliyatini innovatsion
texnologiyalar asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalarida
muhim o‘rin egallamoqda. Xususan, ta’lim tizimida ham zamonaviy texnologiyalar
asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim
jarayonining interaktiv, tushunarli va qiziqarli bo‘lishi, avvalo, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini orttiradi, ularning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlariga sabab bo‘ladi.
Tabiiy fanlar, ayniqsa, fizikaga oid mavzularni o‘rgatishda tushunchalarni
hayotiy misollar va interaktiv vositalar orqali tushuntirish juda muhim. “Zichlik”
tushunchasi — 6-sinf tabiiy fanlar kursida o‘quvchilar uchun ilk fizik kattaliklardan
biri sifatida kiritiladi. Bu mavzu, odatda, murakkab tushuniladi, chunki o‘quvchilarga
og‘irlik, hajm va zichlik orasidagi bog‘liqlikni tasavvur qilish qiyin kechadi.
Raqamli ta’lim texnologiyalari bu borada katta yordam beradi. Simulyatsiyalar,
3D-modellar, video darslar va onlayn laboratoriyalar orqali o‘quvchi zichlik nima
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
145
ekanligini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham ko‘ra oladi. Ushbu maqolada 6-
sinf tabiiy fanlar darsida zichlik mavzusini raqamli texnologiyalar yordamida qanday
o‘qitish mumkinligi, buning afzalliklari va amaliy yondashuvlari haqida so‘z yuritiladi.
Nazariy asoslar.
Zichlik — jismning modda bilan to‘yinganlik darajasini
bildiruvchi fizik kattalikdir. U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
𝝆 =
𝒎
𝑽
bu yerda:
ρ — zichlik (kg/m³ yoki g/cm³),
m — massa,
V — hajm.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan 6-sinf tabiiy fan
darsligida zichlik mavzusi sodda va aniq misollar orqali tushuntirilgan. Ammo ushbu
tushuncha real tajriba yoki vizual ta’sir vositalari bilan birga berilmasa, ko‘plab
o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha chuqur tushuncha shakllanmasligi mumkin. Shu bois
raqamli texnologiyalar yordamida mavzuni chuqurroq ochib berish dolzarb
hisoblanadi.
Raqamli ta’lim texnologiyalari deganda:
simulyatsiya dasturlari (PhET,
Tinkercad),
vizual platformalar (YouTube, Canva, Genially),
interaktiv testlar
(Quizizz, Kahoot, LearningApps),
raqamli laboratoriyalar (Virtual Lab, Labster),
AR
(Augmented Reality) ilovalari tushuniladi.
Metod.
Tajriba sifatida 6-sinf o‘quvchilari bilan zichlik mavzusi
o‘tilayotganda PhET Interactive Simulations platformasidan foydalanildi. Bu
platforma orqali turli moddalarning hajmi, og‘irligi va zichligi haqida interaktiv
tajribalar o‘tkazildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
146
1-rasm. Virtual laboratoriya ish stoli
Ushbu tajriba davomida biz massalari turlicha bo‘lgan jismlarni suv bilan
to‘ldirilgan idishga tashlab ularning hajmi va zichligidagi o‘zgarishlarni kuzatdik.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, jismlarning massasini o‘zgartirish orqali ularning
hajmini va zichligini aniqlash mumkin bu jarayon bizga moddalarning fizik xossalarini
chuqurroq tushunishga imkon berdi hamda hajm,massa va zichlik o‘rtasidagi
bog’liqlikni amaliy misollar asosida ko‘rib chiqishga sharoit yaratdi.
2-rasm. Jismning zichligini aliqlash.
Tajriba davomida biz bir xil xajmli va bir xil massali jismlarni suv bilan
to‘ldirilgan idishga joylashtirib kuzatuvlar olib bordik. Bu jarayonda bizga jismlarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
147
zichligini o‘zgartirib ko‘rish va ularning fizik xossalarini tahlil qilish imkonyatini berdi
Shuningdek, massa va zichlikning o‘zaro bog’liqligini amaliy jihatdan o‘rganish
imkonini taqdim etadi.
3-rasm. Turli massali jismlarning zichliklarini aniqlash.
Ushbu tajriba davomida biz turli massalarga ega bo‘lgan ikkita jismni bir xil
hajmli,suv bilan to‘ldirilgan idishga joylashtirib kuzatdik. Tajriba jarayonida
jismlarning zichligini, ya’ni ularning moddda turini o‘zgartirib,suvga solib ko‘rdik va
natijada ular bilan qanday hodisalar yuz berishini tahlil qilib ko‘rishimiz mumkin
bo‘ladi. Bu kuzatuvlar bizga moddalarning zichligini va ularning suvdagi harakati
o‘rtasidagi bog’liqlikni chuqurroq anglash imkonini beradi.
Tahlil va natijalar.
Tajriba o‘tkazilgan sinfda darsda ishtirok etgan 30 nafar
o‘quvchidan 25 nafari simulyatsiyalar orqali mavzuni chuqurroq tushunganini
bildirgan. Oddiy dars usulida o‘tilgan boshqa sinf bilan solishtirganda, raqamli
vositalar qo‘llanilgan sinfda quyidagi natijalar kuzatildi:
O‘quvchilarning darsga qiziqishi 40% ga oshgan;
O‘quvchilarning mavzuni to‘g‘ri tushunish darajasi 30% ga yuqori
bo‘lgan;
Amaliy topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish foizi 85% ni tashkil qilgan.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘z oldiga nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash, tahlil qilish, muammoga ilmiy yondashish kabi ko‘nikmalarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
148
shakllantirish vazifasini qo‘yadi. Bunda raqamli ta’lim texnologiyalarining roli
beqiyosdir. Ayniqsa, fizika, kimyo va biologiya kabi tabiiy fanlar o‘qitilishida raqamli
vositalarning qo‘llanilishi darslarni qiziqarli, tushunarli va hayotga yaqin holga
keltiradi. 6-sinf tabiiy fan darslarida o‘tiladigan “Zichlik” tushunchasi mavzusi bunga
yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mavzu o‘quvchidan nafaqat nazariy bilimni, balki
tasavvur qilish, mantiqiy tahlil qilish va formulalardan foydalanishni ham talab etadi.
Shu sababli bu mavzuni raqamli ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda o‘qitish
ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Zichlik – fizik kattalik bo‘lib, jismlarning massasi va hajmi o‘rtasidagi nisbat
orqali aniqlanadi. Formulaviy tarzda ifodalaydigan bo‘lsak: ρ = m/V, ya’ni zichlik teng
massaning hajmga nisbati. Bu oddiy ko‘rinadigan formula aslida juda katta ilmiy
mohiyatga ega. Chunki zichlik orqali biz moddalarning qanday xossalarga ega
ekanligini, suyuqlikda cho‘kishi yoki suzishi, og‘irligi, zichligi bir-biridan farq
qiladigan ikki jismlarning solishtirmasi kabi ko‘plab hodisalarni tushuntira olamiz.
Ammo bu tushunchani 6-sinf o‘quvchisiga quruq ta’rif bilan tushuntirish qiyin. Bu
yerda aynan raqamli texnologiyalar yordamga keladi.
O‘quvchilarga zichlikni tushuntirishda, avvalo, vizual tasvirlarga, ya’ni
grafiklar, slaydlar va animatsiyalarga tayangan holda dars o‘tilsa, mavzu ancha
tushunarli bo‘ladi. Masalan, massa va hajm o‘zgarishi bilan zichlikning qanday
o‘zgarishini dinamik grafik orqali ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, PhET kabi raqamli
laboratoriyalar orqali o‘quvchilar o‘zlari virtual tajriba o‘tkazib ko‘rishlari mumkin.
Bu orqali ular turli moddalarning zichligini o‘lchash, ularni solishtirish, turli jismlarni
suvga tashlab, ularning cho‘kishini yoki suzishini kuzatib, zichlikka qanday omillar
ta’sir qilayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Bu esa nazariy bilimni chuqurlashtiradi va
uni amaliyot bilan bog‘laydi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun
zamonaviy vositalar — QR kodli topshiriqlar, onlayn testlar, Google Forms orqali
mini-so‘rovlar, Quizizz yoki Kahoot orqali qiziqarli viktorinalar tashkil qilish mumkin.
Masalan, QR kodni skanerlab, o‘quvchi zichlikka doir topshiriq oladi va uni hal qilib,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
149
natijani yuboradi. Shu orqali darsga jalb qilish kuchayadi, o‘quvchi faollashadi va o‘z-
o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ilmiy isbotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar asosida o‘tilgan
darslarda o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasi an’anaviy darslarga qaraganda
20-30 foizga yuqoriligi kuzatilgan. Bu haqda UNESCO va OECD tashkilotlarining
tadqiqotlarida aniq misollar bilan qayd etilgan. Jumladan, Estoniya, Janubiy Koreya va
Finlyandiya kabi mamlakatlar maktablarida raqamli laboratoriyalar keng joriy etilgan.
Ularning ta’lim sifatidagi yutuqlari aynan shu yondashuv samarasi ekanligi
ta’kidlanadi. Bu yondashuvni O‘zbekiston ta’lim tizimida ham keng joriy etish dolzarb
masaladir.
Xulosa.
6-sinf tabiiy fan darslarida “Zichlik” tushunchasini raqamli ta’lim
texnologiyalari
asosida
o‘qitish zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb
yo‘nalishlaridan biridir. Bu yondashuv o‘quvchilarning mavzuni nafaqat nazariy, balki
amaliy jihatdan ham chuqurroq anglashiga, ilmiy tafakkurini shakllantirishga va darsga
bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Raqamli laboratoriyalar, interaktiv testlar,
vizual animatsiyalar va onlayn platformalar orqali o‘quvchilarda mustaqil tajriba
o‘tkazish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
U. Omonqulova, F. To‘raxonov, & Sh. Zamonova, «Fizika o‘qitishda namoyish
tajriba qurilmalarini yasash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi»,
Tadbirkorlik va Pedagogika. Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN: 2181-2659. [1/2025]., сс.
100–112,
20
февраль
2025
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/68412
2.
U. Omonqulova и G. Choriyeva, «Umumta’lim maktablarida fizikani o‘qitishda
eksperimental yondashuv», Science and innovation. Aniq va tabiiy fanlarning
rivojlanish istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani, сс. 322–326, 7 май 2024
https://zenodo.org/records/11116073
3.
«PQ-5032-сон 19.03.2021. Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». Просмотрено: 16 март 2025
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
150
4.
U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizika fanini real va virtual namoyish
tajribalar asosida o‘qitish», Educational Research in Universal Sciences, сс. 110–117,
25
декабрь
2024
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/197
5.
U. Omonqulova & F. To‘raxonov, «Fizikani namoyish tajribalar yordamida
takomillashtirishning metodik asoslari», Educational Research in Universal Sciences,
сс.
323–329,
yil
fevral
2024
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://zenodo.org/records/10652865
6.
U. Omonqulova, A. Yo‘ldoshev, и J. Ochilov, «Fizikani o‘qitishda zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning afzalliklari va
kamchiliklari», Journal of universal science research, 12 июль 2024 г. [Онлайн].
Доступно
на:
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
7.
U. Omonqulova, G. Choriyeva, и B. Toshtemirov, «Umumta’lim maktablarida
fizikadan namoyish tajribalarining o‘quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy
etish metodikasi. “Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari», Science and
innovation.
7
май
2024
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11116057
8.
U. Omonqulova, M. Xolmurodov, и D. Hakimov, “Umumta’lim maktablarida
fizika о’qitishda zamоnaviy namоyish tajribalar asоsida takоmillashtirish”, Science
and innovation. Aniq va tabiiy fanlarning rivojlanish istiqbollari” respublika ilmiy-
amaliy anjumani, сс. 529–532, 7 май 2024 г. [Онлайн]. Доступно на:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11147306
9.
Suyunova, A., Toʻraxonov, F. B., & Omonqulova, U. H. (2024). STOKS USULI
YORDAMIDA
QOVUSHQOQLIK
KOEFFITSIENTINI
ANIQLASH
METODIKASI. Science and innovation, 3(Special Issue 29), 428-436.
10.
F. To‘raxonov, «Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishning metodik
asoslari.», Pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal, сс. 105–108, 20
декабрь
2021
г.
[Онлайн].
Доступно
на:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
151
https://buxdu.uz/media/jurnallar/Pedagogik%20mahorat%202021%20yil%206-
11.
F.
To‘raxonov,
«Ixtisoslashgan maktablarda fizikaviy jarayonlarni
modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotlar tahlili», Ta’lim va
innovatsion tadqiqotlar xalqaro ilmiy – metodik jurnal, сс. 174–177, 12 февраль 2022
г.
12.
Zamonova Shahlo Safar Qizi, Abdimurodov Elbek Qahramonovich.
Science and innovation. 2024. 330-333-b
13.
Sh T Boymirov, A Ch Dursoatov, Sh T Tursunov. METHODOLOGY OF
ORGANIZING AND ITS CONDUCT OF STUDY PRACTICE FOR PHYSICS IN
HIGHER EDUCATION WITH PROBLEM CONTENT. International journal of
conference series on education and social sciences (Online). 2023/8/11.