Authors

  • Abdishukurov Behzod

Author Biography

  • Abdishukurov Behzod

    O’zbekiston Milliy universiteti

    “Jahon tarixi” kafedrasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117638

Keywords:

Inkluziv ta’lim muvaqqat o‘quv markazlari Bola huquqlari konvensiyasi elektron maktab tizimi intellektual zaxira gender tengsizlik

Abstract

Ushbu maqola Turkiyada muhojir bolalarning ta’limi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni o‘rganadi. Xususan, Suriyada 2011-yilda boshlangan fuqarolik urushi natijasida Turkiyaga ko‘chib kelgan muhojirlarning farzandlari uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, hukumat siyosati va amaliy choralar tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

111

TURKIYADA MUHOJIRLAR TA’LIMI: TARIXI, MUAMMOLARI

VA YECHIMLARI

O’zbekiston Milliy universiteti

“Jahon tarixi” kafedrasi magistranti

Abdishukurov Behzod

Annotatsiya:Ushbu maqola Turkiyada muhojir bolalarning ta’limi bilan

bog‘liq tarixiy jarayonlarni o‘rganadi. Xususan, Suriyada 2011-yilda boshlangan

fuqarolik urushi natijasida Turkiyaga ko‘chib kelgan muhojirlarning farzandlari

uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, hukumat siyosati va

amaliy choralar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Inkluziv ta’lim, muvaqqat o‘quv markazlari, Bola huquqlari

konvensiyasi, elektron maktab tizimi, intellektual zaxira, gender tengsizlik.

XXI asrda mintaqaviy ziddiyatlar, urushlar va siyosiy beqarorliklar dunyo

miqyosida millionlab insonlarning majburiy migratsiyasiga sabab bo‘ldi.

Xususan,Suriyada ichki urushlar boshlanganidan so‘ng 2011-yilda Turkiyaga

qochqinlarning dastlabki guruhi ko‘chib keldi. Keyingi yillarda ularning sonining

mutassil ortib borganini ko‘rishimiz mumkin. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra,

Turkiyada umumiy muhojirlar soni 5 million atrofida bo‘lib, ular yashagan o‘lkalarini

tark etib, Turkiyadan boshpana topganlar. Turkiya, o‘zining strategik geografik

joylashuvi, tarixiy tajribasi va xalqaro majburiyatlari asosida bu muhojirlarni qabul

qilish vazifasini oldi. Ushbu migratsiya to‘lqinining eng muammoli qatlamini esa

bolalar tashkil etardi. Tarixiy nuqtai nazardan qaralganda, muhojirlarning ta’lim olish

huquqi faqat ijtimoiy masala emas, balki uzoq muddatli milliy xavfsizlik, ijtimoiy

integratsiya va taraqqiyot bilan bog‘liq dolzarb muammolardan biridir.

Barcha bolalar teng qadrlanadigan va baholanadigan muhit yaratish inkluziv

ta’liming asosidir. Inkluziv ta’limda ijtimoiy farqlarga qaramasdan, maktablardagi

hamma o‘quvchilar maktab jamoasining bir qismi hisoblanadi va ular buni his qilishlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

112

lozim. Turkiya uchun muhojirlarning ta’limi inkluziv ta’limning muhim bo‘g‘ini

hisoblanadi. Shu boisdan, barcha o‘quvchilar darslarga birga qo‘shilishini va ular sifatli

ta’lim olishi uchun maktablar, sinflar o‘quv dasturlarini qanday isloh qilinishi hisobga

olinishi ahamiyatlidir. Bundan maqsad o‘quvchilar orasidagi ijtimoiy, jismoniy va

etnik farqlari muammo emas, aksincha ta’limni boyitish uchun imkoniyat sifatida

ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Albatta, bunday yonashuvni amaliyotga tatbiq qilish

biroz zamon oladi.

Insonning hayotida ta’lim, ta’limning asosida esa boshlang‘ich ta’lim muhim

rol o‘ynaydi. Bolalar ham bu davrda dastlabki muvaffaqiyatlariga erishadilar. O‘qish-

yozish va hisoblash kabi nazariy bilimlar bilan birga o‘z fikrlarni ifoda qilish

ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar. Muloqot qilish qobiliyatlari ular bilan yaqin

munosabatda bo‘lish bilan rivojlantiriladi. Turkiyada tahsil olayotgan muhojir

bolalarning sinfdoshlari bilan kirishib ketishlari uchun o‘qituvchining yondashuvlari

va munosabatlari ahamiyatlidir. Shu boisdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va

tarbiyachilarining vazifalari e’tiborga molikdir.

Mamlakatga ko‘chib kelgan o‘quvchilarning ta’limda yutuqlarga erishishi

uchun sinflarda bir nechta o‘zgartirishlar qilinishi maqsadga muvofiq. O‘qituvchilar

o‘quvchilarning barcha ma’suliyatlarini zimmalariga olishlari, ularga har tomonlama

yordam berishlari va qo‘llab quvvatlashlari joizdir

1

. Amerikalik pedagog Jeyms A.

Banksning fikricha, inkluziv ta’limda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan teng munosabat

o‘rnatishi va ular bilan yaqin aloqada bo‘lishi muhim. Sinfda o‘quvchilar o‘zlarini

bemalol ko‘rsatishlari uchun erkin muhit yaratishlari zaruriy choralardan biridir.

Albatta bunday muhit yaratish uchun o‘qish-o‘rgatish munosabatlari sog‘lom yo‘lga

qo‘yilishi talab etiladi. O‘quvchilar qanchalik qobiliyatli bo‘lmasin, agar ular muloqot

bilan bog‘liq muammolarni yengga olmasalar, bor salohiyatlarini namoyon qila

olmaydilar. Uzoq davrlardan beri, muloqot va muloqotsizlik insoniyat oldida turgan va

yechimini topmagan masaladir. Bu borligida huzur keltiradi, yo‘qligida esa ulkan

muammolarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qurilgan muloqot ba’zi

1

Uçuş, Y. D. (2016). Dezavantajlı Çocukların Velilerine Uygun Olarak Hazırlanan.

e-International Journal

of Educational Research

, 25.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

113

o‘quvchilarning hayotida chuqur iz qoldiradi. Shu sababdan o‘qituvchilar o‘quvchilar

bilan bo‘lgan munosabatlarida nihoyatda e’tiborli bo‘lishlari zaruriy shartlardan

biridir.

Shuning uchun Turkiyada barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar bera

oladigan inkluziv ta’limni rivojlantirish uchun jiddiy qadamlar tashlanmoqda.

Yuqorida buning uchun o‘qituvchilarning xizmatlari nihoyatda muhim ekanligi haqida

fikr yuritdik. Ammo ko‘chib kelgan bolalarning yangi muhitgako‘nikishdagi

qiyinchiliklari farqli til va ma’daniyat hukmron mamlakatda tahsil olishni boshlashi va

bu mamlakatning bolalari bilan bir sinfdan joy olishlarining kutilgan natijasidir.

Albatta bu sinfdagi muhitga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi va boshqa bir til va

ma’daniyatdan kelgan bolalarga dars berish uchun o‘qitilmagan o‘qituvchilar uchun

ham bu yangi muammo keltirib chiqarishi mumkin. Boshida o‘quvchilarning

o‘zlashtirishi past bo‘lishi bu normal holat. Biroq, migrant o‘quvchilarni o‘qitishda

yetarli tajribaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi ularning muammolarini hal qilaman deb,

sinfdagi boshqa o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini pasayishiga sabab bo‘lishi

mumkin.Bu muammoning yechimi sifatida chet ellik bolalarga ta’lim berayotgan

o‘qituvchilar uchun qisqa davrlik tayyorlov kurslari tashkil etish maqsadga muvofiq.

Turkiya juda katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, suriyalik

muhojirlarning farzandlarini qisqa fursatda sifatli ta’lim bilan ta’minlay olmasdi. O‘z

tarixiy qadriyatlariga ega bu davlat ularni o‘z holiga ham tashlab qo‘ya olmasdi va bu

uning xalqaro obro‘yiga ham jiddiy putur yetkazardi. Shu boisdan hukumat

bosqichma-bosqich muhojirlarning hayotini tartibga solish yo‘lidan bordi. Ular uchun

sifatli inkluziv ta’lim yaratish buning bir qismi edi.

Dastlab buni amalga oshirish uchun o‘zga yurtdan kelgan o‘quvchi mavjud

bo‘lgan sinflarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar duch kelgan muammolarni tahlil etilishi

lozim edi. Sinfda o‘quvchilarga mahalliy o‘quvchilar bilan teng imkoniyatlar

bermasdan bunday ta’limni yaratish imkonsiz. Albatta bunday vaziyatda o‘qituvchidan

o‘quvchilarni baholashda har tomonlama o‘ylab ko‘rish talab etilardi. Shu bilan

birgamigrant o‘quvchini Turkiya ta’lim tizimiga moslashtirish va uni jamiyatga yetuk

kadr sifatida taqdim etish uchun olib borilgan har qanday tadqiqot e’tiborga olinishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

114

zarur edi. Chunki bunday tadqiqotlar Turkiyada yashayotgan muhojir bolalarning

ta’lim olishidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qilardi.

Dastlab turk hukumati muhojirlarning oqimini vaqtincha deb o‘yladi, shu

sababdan ularga “mehmon”dek munosabatda bo‘ldi. Jiddiy qarorlar qabul

qilmadi.Ammo

Suriyadagi

urushlarning

uzoq

davom

etishi

ma’lum

bo‘lgach,muhojirlarning huquqi 2014-yilda 6458-sonli Chet elliklar va Xalqaro

Himoya qonuni(YUKK)ning Vaqtincha himoya qilish bandi bilan belgilab qo‘yildi

2

.

Albatta, bu chet elliklarning huquqini himoya qilish uchun vaqtincha chora edi.

Muhojirlarning yashash sharoitlarini tartibga solish uchun vazirliklar va davlat

tashkilotlarining hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Favqulodda vaziyatlar Vazirligi (AFAD),

Ichki ishlar vazirligi huzurida Immigratsiya boshqarmasi (GİGM), Sog‘liqni saqlash

vazirligi, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi huzurida Oila va Ijtimoiy islohotlar

boshqarmasi bu masala uchun javobgar davlat muassasalari etib belgilandi

3

. Yuqorida

aytilganidek, hukumat suriyaliklarning kelishini vaqtincha holat sifatida baholagan,

shu boisdan ularning bolalariga turk tilini o‘qitish o‘rniga arab tilida ta’lim berishni

ma’qul ko‘rgan. Lekin urush cho‘zilishi oydinlashgach, hukumat migrantlarning ta’lim

olishi uchun yangi yechimlar izlashga majbur bo‘ldi.

2013-yilda chet ellik bolalar uchun ahamiyatli qarorlar qabul qilindi. Shu yili

26-sentabrda Suriyalik va boshqa chet ellik o‘quvchilarga oid yo‘riqnoma ishlab

chiqildi

4

. Mana shu yili 23-sentabrda 2014/21 sonli “Migrantlar uchun ta’lim

xizmatlari” haqidagi yo‘riqnoma bilan suriyalik bolalarning ta’lim olish huquqlari

kafolatlandi. Chet ellik bolalarga davlat maktablarida va muvaqqat o‘quv markazlarida

ta’lim olish huquqi berildi. Vaqtincha himoya guvohnomasi va o‘zining fuqarolik

passportidagi raqami bilan Turkiyadagi boshlang‘ich, o‘rta maktablari, litsey,

universitet, xalq ta’lim markazlari va davlat maktablarida o‘qish imkoniyatiga ega

2

UNESCO. (2009).

Policy guidelines on inclusion in education.

Fransiya: Birlashgan Millatlar Tashkiloti,

20.

3

Coşkun İ ve Emin, M. (2016).

Suriyelerin Eğitiminde Yol Haritası: Fırsatlar ve Zorluklar.

Ankara: SETA

Yayınları, 40-45.

4

Apak, H. (2014). Suriyeli göçmenlerin kente uyumları: Mardin örneği.

Mukaddime Dergisi

, 55-73.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

115

bo‘ldilar

5

. 2016-2017-o‘quv yilidan boshlab Turkiyada istiqomat qilayotgan migrant

bolalarning sifatli ta’lim olish huquqi davlat nazoratiga olindi. 2016-yildan e’tiboran

chet ellik bolalar turk bolalarida mavjud bo‘lgan barcha huquqlardan foydalanishni

boshladilar va tengqurlari bilan birga ta’lim olmoqdalar.

Hukumat Suriyada bo‘lib o‘tgan urushlar natijasida Turkiyaga kelgan barcha

insonlarning ehtiyojlarini qondirishga harakat qildi. Turkiya BMTning Bola huquqlari

konvensiyasi

6

ni imzolagan 142 davlatdan biri hisoblanadi. Shu boisdan suriyalik

bolalarning tili, dini, irqi, etnik kelib chiqishidagi farqlarga qaramay, mamlakatda

yashayotgan muhojir bolalar qonuniy nuqtai nazardan turk bolalar bilan teng huquqqa

ega bo‘ldilar.

Muhojir bolalarni o‘qitish uchun Milliy ta’lim vazirligi Bir umrlik ta’lim

boshqarmasi tomonidan “Migratsiya va Favqulodda ta’lim bo‘limi” tuzilgan. Chet ellik

bolalarning ikki xil ta’lim yo‘li bor edi. Birinchi ta’lim yo‘lida bolalar davlat

maktablarida turk tilidagi o‘quv dasturi asosida ta’lim oladilar. Ikkinchisida,

o‘quvchilar muvaqqat o‘quv markazlarida o‘z ona tillarida tahsil oladilar. Migrant

o‘quvchilarga berilgan chet ellik guvohnomasi (yabancı tanıma belgesi)bilan barcha

davlat maktablarida o‘qiy oladilar. Davlat maktablarida chet ellik o‘quvchilar turk

o‘quvchilari ega bo‘lgan barcha huquqdan foydalana oladilar va bog‘chadan boshlab

o‘rta maktab oxiriga qadar elektron maktab tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Inkluziv ta’lim beriladigan maktablarda o‘quvchilarning muvaffaqiyat hisini

tuyishlariga imkon berilishi lozim. Bu maktablarda tahsil olgan bolalarga davlatning

intellektual zaxirasi kabi munosabatda bo‘lish, ularning ustozlari, ota-onalari va

sinfdoshlariga ham alohida hurmat ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

Turkiya maktablarida muhojir bolalar duch kelgan va hozirgacha to‘liq

yechimini topmagan muammolar ham mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:

Darslarga ishtirok eta olmaslik:

Lagerlarda transport xizmarlarining yo‘lga

5

Watch, H. R. (2015). Türkiye'deki Suriyeli Mülteci Çocukların Eğitime Erişiminin Önündeki Engeller Kayıp

Nesil Olmalarını Önlemek, 34-42.

6

Uçuş, Y. D. (2016). Dezavantajlı Çocukların Velilerine Uygun Olarak Hazırlanan.

e-International Journal

of Educational Research, 23

.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

116

qo‘yilmaganligi, gender tengsizlik va qizlarning erta turmushga berilishi.

O‘qituvchilar yetishmasligi

: Turkiyada chet elliklarga ta’lim beradigan o‘qituvchilarni

tayyorlaydigan muassasalarning taqchilligi. O‘lkadagi ozchiliklar orasida ta’lim bera

oladigan insonlarning yo‘qligi ham bu muammoning asosiy sabablaridan biri.

Til

muammosi:

Chet ellik o‘quvchilarning Turk tilini, o‘qituvchilarning arabcha va boshqa

muhojir o‘quvchilarning tilini bilmasligi natijasida o‘quv qo‘llanmalarini topilishi

qiyinlashmoqda, shu boisdan til inkluziv ta’limdagi dolzarb muammolardan biri

hisoblanadi.

Infratuzilmaning yo‘qligi:

Chet ellik o‘quvchilar ta’lim olishi uchun

ajratilgan binolar har doim ham talab darajasida emas. Davlat tashkilotlari va xususiy

korxonalar o‘rtasida muloqotning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi vaziyatni

chigallashtirmoqda.

O‘quv dasturlari va darsliklar muammosi:

Sinfdagi o‘quvchilar

sonining ko‘pligi, darsliklar va o‘quv qurollarining yetishmasligi ham ta’limdagi jiddiy

to‘siqlardan biri hisoblanadi.

Kambag‘allik va bolalarning mehnatga jalb qilinishi:

Muhtoj oilalar bolalarini maktabga yuborish o‘rniga ishlatishga majbur bo‘lmoqdalar.

Bolalarning darslarga qatnashmasdan ko‘chalarda tilanchilik yoki hammollik qilish

holatlari uchrab turibdi.

Jamiyatga ishonmaslik

: Muhojirlar bolalarining maktablarda

mahalliy o‘quvchilar tomonidan kamsitilishi, haqorat qilinishi va sig‘dirilmasligidan

xavotir olganlari sababli ularni o‘qishga yuborishni xohlamayaptilar.

Yuqoridagi muammolarning ba’zilari inkluziv ta’limdagi infratuzilma va

moddiy-texnik baza bilan bog‘liq. Bu muammolarni bartaraf etish hukumatdan siyosiy

iroda talab qiladi. Insonlarning ijtimoiy muammolari bartaraf qilinsa, bolalarning

o‘qishga e’tibori ijobiy tomonga o‘zgaradi. Ammo muammolar vaqtida bartaraf

qilinmas ekan, ularning soni ortib boradi, bu holat vaziyatni yanada

murakkablashtiradi. Maktabning ijtimoiy funksiyasi bolalar va oilalar bilan muloqot

qilish uchun nihoyatda ahamiyatli. Chet ellik bolalarning darslarga faol qo‘shilishi

uchun maktab oila va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishni o‘z zimmasiga olishi

lozim. Bu uning ijtimoiy funksiyalaridan biri. Marmara Universiteti professori Dr.

Yasemin Özkanning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarning boshidan kechirayotgan

muammolarini hal qilish va ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini oshirish uchun

uning oilasi va u o‘sayotgan muhitga qarash kerak. Maktabning ijtimoiy funksiyasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

117

bolalarni turli kutilmagan xavflardan himoya qiladi va ota-onalar bilan hamkorlikni

ta’minlaydi. Buning natijasida maktab o‘quvchini o‘qishdan chalg‘itadigan

turliijtimoiy muammolarni bartaraf qiladi.

Xulosa qilib aytganda, muhojirlarning ta’lim olishi davlatning insonparvarlik

siyosatining eng muhim ko‘rsatkichidir. Turkiya 2011-yildan keyin yuzaga kelgan

og‘ir ijtimoiy vaziyatda katta qiyinchiliklarga qaramay, muhojir bolalarni ta’lim

tizimiga jalb etish yo‘lida salmoqli choralar ko‘rdi. Inkluziv ta’limni rivojlantirishda

hukumat, nodavlat tashkilotlar va xalqaro hamjamiyatning o‘zaro hamkorligi asosiy

omil bo‘ldi. Biroq, mavjud muammolar — o‘qituvchi yetishmovchiligi,

infratuzilmaning zaifligi, til va madaniyat to‘siqlari, kambag‘allik va ijtimoiy

muammolar — hali ham hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Apak, H. (2014). Suriyeli göçmenlerin kente uyumları: Mardin örneği.

Mukaddime Dergisi

, 55-73.

2.

A. Banks, J. (2009). The Routledge International Companion to Multicultural

Education.

New york: Routledge, Taylor and Francis.

3.

Coşkun İ ve Emin, M. (2016).

Suriyelerin Eğitiminde Yol Haritası: Fırsatlar ve

Zorluklar.

Ankara: SETA Yayınları.

4.

Özkan, Y. v. (2014). Çocuk ve Aile Odaklı Sorunların Çözümünde Okul Sosyal

Hizmet Uzmanlarının Önemi: Uzmanların Çocuk ve Ailelerle Çalışmada Sahip

Oldukları Beceriler.

Türkiye Sosyal Araştırmalar Dergisi, S. 18 (3)

, 397-412.

5.

Turan, S. (2004).

Sınıf Yönetimi.

Ankara: Pegem Akademi-Öğreti Yayınları.

6.

UNESCO. (2009).

Policy guidelines on inclusion in education.

Fransiya:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti.

7.

Watch, H. R. (2015). Türkiye'deki Suriyeli Mülteci Çocukların Eğitime

Erişiminin Önündeki Engeller Kayıp Nesil Olmalarını Önlemek.

8.

Uçuş, Y. D. (2016). Dezavantajlı Çocukların Velilerine Uygun Olarak

Hazırlanan.

e-International Journal of Educational Research

.