Authors

  • Ashuraliyev Ikromjon Sadirddin o’g’li
  • B. Omonov

Author Biographies

  • Ashuraliyev Ikromjon Sadirddin o’g’li

    Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
    Siyosatshunoslik yo’nalishi 4-bosqich talabasi

  • B. Omonov

    Ilmiy rahbar s.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117737

Keywords:

davlat xizmati islohotlar boshqaruv strategik rivojlanish raqamlashtirish davlat boshqaruvi yagona darcha elektron hukumat

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davrda davlat boshqaruvini takomillashtirish jarayonida davlat xizmatlarining tutgan o‘rni, ularni raqamlashtirish, soddalashtirish va aholi uchun ochiqligini ta'minlash bo‘yicha strategik yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

26

O’ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISHINING STRATEGIK YO’NALISHLARI

Ashuraliyev Ikromjon Sadirddin o’g’li

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Siyosatshunoslik yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar s.f.d., professor. B. Omonov

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimining

shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilinadi. Shuningdek,

zamonaviy davrda davlat boshqaruvini takomillashtirish jarayonida davlat

xizmatlarining tutgan o‘rni, ularni raqamlashtirish, soddalashtirish va aholi uchun

ochiqligini ta'minlash bo‘yicha strategik yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so’zlar: davlat xizmati, islohotlar, boshqaruv, strategik rivojlanish,

raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, yagona darcha, elektron hukumat

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng davlat

boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli islohotlar boshlangan bo‘lib, ularning muhim

tarkibiy qismi sifatida davlat xizmatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni

alohida ahamiyat kasb etadi. Aholiga qulay, shaffof va tezkor xizmatlar ko‘rsatish

bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida davlat siyosatining ustuvor

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev

rahbarligida Yangi O’zbekistonni barpo qilish yo’lida davlat boshqaruvini

modernizatsiyalash, fuqarolar bilan samarali muloqot tizimini yaratish va xizmatlar

sifati hamda ularning qamrovini oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham davlat boshqaruvini xalq manfaatlariga

xizmat qiladigan zamonaviy tizimga aylantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida

belgilangan

1

.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158-son Farmoni

https://lex.uz/docs/6600413


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

27

Davlat xizmatlari tizimi – bu nafaqat davlat boshqaruvi samaradorligining

o‘lchovi, balki fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlovchi muhim

omildir. Elektron hukumat, raqamli xizmatlar, yagona darcha tizimlari orqali aholi va

tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatishning soddalashtirilishi zamonaviy davlat

boshqaruvi uchun zaruriy shartga aylangan. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda davlat

xizmatlarini zamonaviylashtirish, ularni xalqaro talablar asosida takomillashtirish va

raqamlashtirish muhim strategik vazifa hisoblanadi.

Ushbu mavzuning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimini

zamonaviy raqamli jamiyat talablariga mos holda takomillashtirish, uning shakllanishi

va rivojlanishidagi strategik yo‘nalishlarni aniqlashdir.

Tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar belgilangan:

-

davlat xizmatlari evolutsiyasi va nazariy asoslarini o‘rganish;

-

xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan O‘zbekiston tajribasini qiyosiy tahlil

qilish;

-

raqamli hukumat tizimini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni

aniqlash;

-

mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimlariga doir takliflar

ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda O‘zbekistonda davlat xizmatlari

tizimi tarixiy rivojlanish bosqichlari, raqamlashtirish jarayoni va xizmatlar sifati

nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi

asosida O‘zbekiston uchun mos keluvchi xizmat ko‘rsatish modellariga oid takliflar

ishlab chiqishdir.

Tadqiqotda qo‘llanilgan asosiy metodlar quyidagilardan iborat:

-

dialektik usul – tizimning bosqichma-bosqich rivojlanishini o‘rganishda;

-

tizimli yondashuv – davlat xizmatlari tizimini butun sifatida tahlil

qilishda;

-

empirik usul – real holatlar, statistikalar va sotsiologik so‘rovlar asosida

xizmatlar samaradorligini baholashda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

28

Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili:

Davlat xizmatlarini nazariy jihatdan

ko‘plab siyosatshunos va huquqshunos olimlar o‘rganishgan ular davlat boshqaruvi va

davlat xizmatlarini o‘rganishda o‘ziga xos yondashuvlardan foydalangan. Nemis

sotsiologi, faylasufi , tarixchisi va siyosiy iqtisodchisi Max Veber davlat xizmatining

byurokratik modelini asoslab berdi. U byurokratiyani rasmiy qoidalar va ierarxiya

asosida faoliyat yuritadigan, malakali mutaxassislar tomonidan boshqariladigan tizim

sifatida ta’riflagan

2

.

Davlat xizmati ko‘rsatish bir tomondan davlat yoki uning homiyligidagi boshqa

tuzilmalar, boshqa tomondan fuqarolar yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy

munosabatlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bugungi ilm-fan ijtimoiy davlat

to‘g‘risida yaxlit, umume’tirof etilgan tushunchani yaratmagan. “Ijtimoiy davlat”

tushunchasidagi nisbiy mustaqillikka urg‘u bеrilishi davlatning mohiyati, mazmuni va

shakli o‘rtasidagi konstitutsiyaviy qat’iy funksional bog‘liqlikni ifodalaydi, dеgan fikr

adabiyotlarda ko‘proq ilgari suriladi. Ijtimoiy davlat fеnomеnining mazmunini

aniqlashtirish uchun masalaning tarixiga murojaat qilaylik. Ijtimoiy davlat nazariyasi

va amaliyoti garchi davlat g‘oyasini oziqlantiruvchi ildizlari ancha oldin - davlatning

o‘zi institut sifatida paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, u XX

asrning ikkinchi yarmida rivojlandi

3

.

Har bir davlatning taraqqiyoti unda davlat xizmatlarining to’g’ri yo’lga

qo’yilganligi bilan ham bo’g’liq hisoblanadi. Huquqshunos olim Y.V.Oxotskiy

ta’kidlaganidek, “Davlat qanday bo’lsa, davlat xizmati va davlat xizmachilari ham,

shunday bo’ladi” yoki “Davlat xizmatchilari, ularning intilishi va qiziqishlari qanday

bo’lsa, davlat ham shunday bo’ladi ”. Sababi, davlat xizmatini tashkil qilish, o’tash

jarayoni ham to’g’ridan-to’g’ri siyosiy tizimga va rejimga bog’liq hisoblandi

4

.

Shuningdek, davlat xizmatchilarining sifatining tarkibiga va professionalllik va

kompitetligiga ham ko’p jixatdan bog’liqdir. Huquqshunos olim D.N. Baxrax davlat

xizmatiga ta’rif berib, “Insonlarning, shuningdek davlat va jamiyatning maqsadga

muvofiq maqsadga muvofiq faoliyat yo’nalishlaridan biri – bu xizmatdir. Bu tushuncha

2

Veber.M. “Economy and Society.”

–Т.:

University of California Press, 1978. – P. 957.

3

Omonov. B. Davlat xizmatlari asoslari. –Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 21.

4

Охотский Е.В. Государственная служба в Парламенте. – М.: 2002. – B. 14.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

29

turli ma’nolarda hususan, insonning faoliyat turi sifatida, ijtimoiy-huquqiy institut

sifatida, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida qo’llanilishi mumkin. Davlat

xizmati – boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni

ta’minlashdan, hamda aholiga ijtimoiy madaniy xizmat ko’rsatishdan iborat”

5

, deb

ta’rif berib o’tgan .

O‘zbekistonlik tadqiqotchi olimlar tomonidan davlat xizmatlarining

samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy maqolalar va monografiyalar nashr etilgan.

Siyosatshunos professor olim B.Omonovga ko‘ra, Davlat va munitsipal boshqaruvi

tizimini rivojlantirishning sеrvis g‘oyasi hokimiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy

lеgalligiga, klassik siyosiy va iqtisodiy “xizmatlar yaratuvchi – istе’molchi”

sxеmasiga asoslanadi

6

. Shu bilan birga, hozirgi davr sеrvis davlati mafkuraviy

manbalari davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘zaro aloqalari va siyosiy tizimda hokimiyat

organlari boshqaruv tizimini nomarkazlashtirish zaruratidan kеlib chiqadi.

Yuridik fanlari doktori, professor S. Komilov o’zining kitobida keltirishicha

“Davlat xizmati – bu davlat hokimiyatining doimiy amal qiluvchi, ijtimoiy ahamiyatga

ega bo’lgan institutdir. Uning uning samaradorligi bevosita hodimlarning malakasi,

halolligi va boshqaruv madaniyatiga bo’g’liq”

7

.

Umuman so‘nggi yillarda Gʻarbda yuz berayotgan davlat xizmati asosiy

tamoyillarining qisman qayta ko‘rib chiqilishini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan

izohlash mumkin:

-

buyruqbozlikning siyosiy roli va undan o‘z korporativ manfaatlari uchun

foydalanish mexanizmlarini tahlil qilish va institusionallashtirish;

-

ma’muriyatdagi siyosiy va kasbiy ibtidolarning oqilona nisbatini izlab

topish;

-

vertikal ma’muriy iyerarxiyaning rolini kamaytirish, funksional

organlarni rivojlantirish;

-

u ma’muriyatni markaz tasarrufidan chiqarish, arzonlashtirish,

qisqartirish;

5

Бахрах.Д.Н – А.П Административное право. – М.,1993. – B. 8.

6

Omonov B. Davlat xizmatlari asoslari. –Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 36.

7

Komilov. S “Davlat xizmati va boshqaruvi.” –Т.: TDYUU, 2015. – B. 112.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

30

-

u mansablarning an’anaviy ma’muriy pillapoyasini cheklash;

-

u fuqarolarning ehtiyojlari va umidlariga buyruqbozlikning imkon qadar

ochiqligi va “hozirjavobligi”;

-

u davlat xizmatining madaniy va axloqiy-ma’naviy jihatlariga e’tiborni

yanada oshirish.

-

"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi dasturi doirasida davlat xizmatlarini

to‘liq raqamlashtirish maqsad qilinmoqda. Kamida 300 ta davlat xizmati bosqichma-

bosqich xususiy sektorga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, mavjud litsenziyalash va ruxsat

berish hujjatlari soni kamida 20 foizga qisqartiriladi, ularning 50 foizi esa

soddalashtiriladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mavjud 300 ga yaqin tartib-

taomillarni soddalashtirish choralari ko‘riladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “3

qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” va “barchasi bir mobil ilovada”

tamoyillari asosida raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Xizmatlarning 40 foizi

xususiy sektorga

8

o‘tkazilib, shu orqali fuqarolarning davlat xizmatlaridagi shaxsiy

ishtiroki 2 barobarga qisqartiriladi. Bu esa albatta korrupsion holatlarni oldini olish

inson omilini kamaytirishga qaratilgan say harakatlar. “Elektron hukumat” tizimidan

“Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish bosqichi amalga oshiriladi, bunda barcha hujjatlar

va idoralararo munosabatlar to‘liq raqamli shaklga o‘tkaziladi. Fuqarolarning davlat

xizmatlaridan foydalanishini yanada qulaylashtirish maqsadida ariza yozish, turli

shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblar bekor qilinadi. Shu bilan birga, davlat

idoralari uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilmasdan, mavjud elektron

bazalar orqali mustaqil tarzda olish imkonini beruvchi yagona axborot tizimi joriy

etiladi.

Mezoni

Xorijiy yondashuvlar

O‘zbekiston tajribasi

Raqamli

texnologiyalar

Elektron hukumat tizimi keng

rivojlangan (Estoniya, Koreya)

Yagona interaktiv portal va

"O‘zbekiston

2030

strategiyasi" dasturi

8

PF-158-сон 11.09.2023. "O'zbeki ston — 2030" strategiyasi to'g'risida

https://lib.bimm.uz/items/download/9186


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

31

Fuqarolarning

ishtiroki

Fuqarolarni

qaror

qabul

qilishga

jalb

qilish

(Germaniya,B.Britaniya,

Skandinaviya)

Prezident virtual qabulxonasi

va

jamoatchilik

nazorati

mexanizmlari

Xizmatlarning

shaffofligi

Bozor mexanizmlari va xususiy

sektor tajribasidan foydalanish

Davlat xizmatlari markazlari

orqali

korrupsiya

xavfini

kamaytirish

Nazorat va sifat

Mustaqil organlar va xalqaro

standartlar asosida

Davlat xizmatlari agentligi va

milliy standartlar

2017-2021-yillarda huquq va erkinliklar hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan

manfaatlarga taalluqli 158 ta qonun hujjatlari, jumladan, 102 ta yangi (jumladan,

14 ta xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilingan, 5 ta xalqaro shartnomalarga

qo‘shilgan, 6 ta kodеks ma’qullangan) qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga o‘zgartish

va

qo‘shimchalar

kiritish

bo‘yicha

56

ta

qonun

qabul

qilindi.

|2018-2021 yillarda Davlat xizmatlari markazlarida jami 40 milliondan ortiq xizmatlar

ko‘rsatildi. Оdamlar hayotini yengillashtirish maqsadida tuman (shahar) markazlaridan

uzoqda joylashgan hududlarda 141 ta filial tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu

xizmatlardan mamlakatimiz bo‘yicha kuniga o‘rtacha 45-50 ming kishi

foydalanmoqda

9

. So‘nggi 4 yil ichida xizmatlar turi 4,5 barobarga ko‘payib, 37 tadan

172 taga, shundan 52 tasi bеpul ekanligi inson qadri ulug‘ligining hayotiy

ko‘rinishlaridan biridir

10

. Ayni paytda, davlat xizmatlarining soni 272 taga yetdi

O‘zbеkistonda davlat xizmatlarining shakllanish bosqichlari

Yillar

Tadbirlar

2003 yil

Tadbirkorlik sub’еktlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha

ro‘yxatdan o‘tkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi

9

Omonov B. Davlat xizmatlari asoslari. – Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 86-88.

10

Оtaхоnоv F. Insоn qadrini ta’minlash – davlat taraqqiyotining bоsh indikatоri // “Yangi O‘zbеkistоn” gazеtasi. 2022

yil 28 aprеldagi 84-sоni.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

32

tadbirkorlik sub’еktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspеksiyalari

tomonidan amalga oshirildi.

2016 yil

1

yanvardan

Inspеksiyalar nеgizida Tadbirkorlik sub’еktlariga “yagona darcha”

tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari

tashkil etildi.

2017 yil

1

fevraldan

Yagona

markazlarning

tumanlar

(shaharlar)

hokimliklari

tuzilmasidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga

o‘tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha kеyingi qadam

bo‘lib, vеrtikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali

faoliyatini tashkil etish imkonini bеrdi. Natijada Yagona markazlar

tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni bir nеcha baravar

oshdi.

2017 yil

1 apreldan

Ro‘yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish

imkonini bеruvchi tadbirkorlik sub’еktlarini davlat ro‘yxatidan

o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi

“Doing Business 2018” global rеytingidagi “Biznеsni ro‘yxatdan

o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbеkiston mavqеini 24-o‘rindan

11-o‘ringa yaxshilashga xizmat qildi.

Davlat xizmati konsepsiyasiga oid mavjud nazariy qarashlar davlat xizmatini

tavsiflovchi bir qator o'ziga xos xususiyatlarni o'z ichiga olganligini ko'rish mumkin:

1) davlat xizmati - bu, birinchi navbatda, davlatning bir qator o’ziga yuklatilgan

funksiyalarini bajaraishga qaratilgan faoliyat sifatida;

2) davlat xizmati – davlat boshqaruvi, davlat organlari va tuzilmalari sifatida;

3) davlat xizmatchilari davlat boshqaruv organlari va ularning apparatida

lavozimlarni egallaydilar;

4) davlat xizmati davlat byudjeti asosida moliyalashtiriladi.

Sanab o'tilgan xususiyatlardan kelib chiqqan holda, davlat xizmati nazariy

nuqtai nazardan adabiyotlarda to'liq asoslanadi; davlat organlari va ularning apparatida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

33

budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan lavozimlarni egallab turgan

xodimlarning davlat funksiyalarini bevosita bajarishi bo‘yicha faoliyat

11

.

Albatta, davlat xizmatining asosiy maqsadi jamiyatga xizmat qilish, davlat

mexanizmi samaradorligini oshirish, davlat, uning mansabdor shaxslari, organlarining

asosiy funksiya va vazifalarini sifatli bajarilishini ta’minlashdan iborat

12

. Uzoq va

qisqa muddatli maqsadlar mamlakat taraqqiyotining muayyan bosqichida sodir

bo'ladigan aniq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlarga bog'liq

13

.

Davlat xizmatlari bir nechta tur va sohalarga bo’linadi.

Ijtimoiy xizmatlar

Ta'lim xizmatlari

Sog'liqni saqlash xizmatlari

Ijtimoiy himoya xizmatlari

Ma'muriy

xizmatlar

Pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish.

Yer-mulk masalalari bo'yicha xizmatlar.

Avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish.

14

Huquqiy xizmatlar

Notarial xizmatlar.

Sud tizimi orqali adolatni ta'minlash.

Fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam.

Iqtisodiy xizmatlar

Biznesni ro'yxatdan o'tkazish.

Litsenziya va ruxsatnomalarni berish.

Soliq va bojxona masalalarida ko'maklashish.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada

11

Li A. Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish. O'quv qo'llanma. – T.: TGYUU, 2021. B. 11-12.

12

https://27.101.212.134/cms/commonDown.do?DLD_CFM_NO=AQPZX3EKKWR03ZD2QW5E&FL_SEQ=85039

13

Jurayev Sh. Public service. 2024. B. 8-9.

https://library-tsul.uz/public-service-jurayev-sh-2024/

14

Цифровая трансформация и государственное управление: научно-практическое пособие (Емельянов А.С.,

Ефремов А.А., Калмыкова А.В. и другие; ред. кол.: д.ю.н., доц., Л.К. Терещенко, д.ю.н., доц. А.С. Емельянов,
д.ю.н., проф. Н.А. Поветкина). - "Инфотропик М...


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

34

rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va

inson manfaatlari yilida 2018-2021 yillarga mo'ljallangan tegishli dastur ishlab

chiqilishi belgilangan. Bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro'yobga

chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada

yangi, yuqori bosqichga ko'tarish imkonini beradi.

Elektron hukumat uchun qo’yilgan dastlabki qadamalar mamlakatning

2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. 2013-yil

18-yanvardagi Hukumat majlisida birinchi prezident Islom Karimov mamlakatda

«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab

chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi. Davlat organlari rahbarlari va

mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yo‘nalishda dunyo

yetakchisi bo‘lmish Korea Respublikasi, Estoniya, Daniya, Singapur va boshqa xorijiy

mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg‘or tajribalarini o’rganib,

«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks

dasturni, shuningdek, 2013-2017-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasida Milliy

axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqqanlar.

Loyihalarni ishlab chiqishda korealik va boshqa xorijiy ekspertlar faol qatnashganlar,

ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonning turli vazirliklari va idoralari mutaxassislari

bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va yig‘ilishlar o‘tkazilgan. «Elektron

hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks dastur davlat

organlarining o‘zaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining

o’sha paytdagi holati va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat»

tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilashgan.

«Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning

samaradorligini baholash uchun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari

va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan.

«Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to‘liq tranzaksiyalangan xizmatlarga

o‘tilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan

foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari bilan bevosita


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

35

muloqotda bo‘lishni istisno etgan. Bu, o‘z navbatida, aholiga qo‘shimcha qulayliklar

yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilgan. Bugungi kunda

xususan, 2025-yil holatiga ko‘ra O‘zbekiston elektron hukumat tizimi sezilarli

darajada rivojlangan statistik tahlillarga ko’ra Davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi

2025-yil boshiga kelib, my.gov.uz portalida 600 dan ortiq xizmatlar mavjud bo‘lib,

shundan 65% to‘liq raqamlashtirilgan (ya’ni, foydalanuvchidan ariza qabul qilishdan

tortib, natijani elektron ko‘rinishda yetk-azib berishgacha). My.gov.uz va Yagona

interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xizmat olgan foydalanuvchilar soni

8,5 milliondan oshgan. Murojaat soni esa 2025-yilning birinchi choragida my.gov.uz

orqali amalga oshirilgan umumiy murojaatlar soni 30 milliondan oshgan, bu 2024-

yilning shu davriga nisbatan 25% o‘sishni anglatadi. e-hukumat xizmatlaridan mobil

ilova orqali foydalanish 2024-yilga nisbatan 40% ga oshgan, bu esa foydalanuvchilar

uchun qulaylik darajasi yuqorilaganini ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

2025-yilga kelib avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushi 72% ga yetgan.

2024–2025-yillar davomida quyidagi muhim voqealar O‘zbekiston elektron

hukumatining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Hususan, 2020-yil 5-oktabrda O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlash va

uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi

15

farmoni qabul qilinganligi

bu sohada amalga oshirilgan ishlarga juda ham katta turtki bergan desak to’g’ri bo’ladi.

-

2024-yil dekabrda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturining ikkinchi

bosqichi qabul qilindi. Bu bosqichda xizmatlar sifati, tezligi va shaffofligini oshirishga

e’tibor qaratildi;

-

2025-yil fevralda esa Prezident qarori asosida “Raqamli identifikatsiya va

biometrik tekshiruv” tizimi joriy etildi, bu esa ko‘plab davlat xizmatlarida shaxsni

avtomatik tasdiqlashni osonlashtirdi;

-

2025-yil mart oyida Viloyatlarda “Raqamli xizmatlar haftaligi” o‘tkazildi,

aholining e-hukumat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirishga xizmat qildi.

15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son

https://lex.uz/ru/docs/-5030957


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

36

-

Tashqi investitsiyalarga alohida e’tibor qaratildi, xususan, Koreya,

Estoniya va Singapur kabi davlatlar bilan hamkorlikda yangi texnologiyalar joriy

qilindi (AI, blockchain, data analytics).

O‘zbekistonning elektron hukumat rivojlanish dinamikasi (2014–2024)

Raqamli xizmatlar aholi hayotini osonlashtirishda davom etmoqda ya’ni

so’nggi vaqtlarda raqamli xizmatlardan foydalanish bo’yicha aholi ko’nikmalarini

oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va bu o’z natijasini ham

bermoqda. 62 000 ga yaqin aholi, yoshlar va tadbirkorlar "my.gov.uz portalidan

samarali foydalanish" mavzusidagi seminar-treninglarda raqamli xizmatlardan

foydalanish bo‘yicha o‘qitildi. Bu raqamlar aholining raqamli savodxonligi oshib

borayotganidan dalolat. 264 ta videorolik yaratilib, my.gov.uz ning YouTube kanaliga

joylashtirildi. Ushbu videolar raqamli xizmatlar va ulardan foydalanish bo‘yicha aniq

va tushunarli ma’lumotlar beradi. my.gov.uz ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

faolligi ham oshdi. Telegram kanalida obunachilari soni 230 000dan, you tube kanali

a’zolari soni – 64 000dan, videolarini ko’rish esa 8,2 mln martadan, Instagram a’zolari

soni – 5,2 mingdan oshdi. Ushbu ko‘rsatkichlar raqamli xizmatlarning aholi hayotiga

chuqur kirib borayotganidan dalolatdir.

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlari tizimi zamonaviy davlat

boshqaruvining muhim tarkibiy elementi sifatida jadal rivojlanmoqda. Davlat

xizmatlarining strategik rivojlanishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

37

institutlarni isloh qilish, kadrlar malakasini oshirish, zamonaviy raqamli

texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish. Bu

yo‘nalishlar davlat boshqaruvida professionalizmni ta’minlash, korrupsiyaviy

xavflarni kamaytirish va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga

xizmat qilmoqda.

Xalqaro tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya,

Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa ilg‘or davlatlarda davlat xizmatlari tanlov asosida,

shaffof va karyera rivoji uchun qulay shart-sharoitlarda tashkil etilgan. Jumladan,

AQShdagi “USAJobs” platformasi, Germaniyadagi “Beamte” modeli yoki

Fransiyadagi aniq mezonlarga asoslangan tanlov tizimlari O‘zbekiston uchun foydali

namuna bo‘la oladi. Bu kabi tajribalarni o‘rganish va milliy kontekstga mos tarzda

tatbiq etish, davlat xizmatining professional, samarali va barqaror tizimini

shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish

bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bosqichma-bosqich xalqaro tajriba asosida

chuqurlashtirilmoqda. Kelgusida ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani

mustahkamlash, xizmatlar sifati va raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xodimlarni

tanlash va ularni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish asosiy ustuvor vazifalardan

bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda

fuqarolarga qulay, adolatli va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga zamin

yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158-son

Farmoni

https://lex.uz/docs/6600413

2.

Veber.M. “Economy and Society.” –Т.: University of California Press, 1978. –

P. 957.

3.

Omonov. B. Davlat xizmatlari asoslari. –Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 21.

4.

Охотский Е.В. Государственная служба в Парламенте. – М.: 2002. – B.

14.

5.

Бахрах.Д.Н – А.П Административное право. – М.,1993. – B. 8.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

38

6.

Omonov B. Davlat xizmatlari asoslari. –Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 36. 86-88.

7.

Komilov. S “Davlat xizmati va boshqaruvi.” –Т.: TDYUU, 2015. – B. 112.

8.

Оtaхоnоv F. Insоn qadrini ta’minlash – davlat taraqqiyotining bоsh indikatоri //

“Yangi O‘zbеkistоn” gazеtasi. 2022 yil 28 aprеldagi 84-sоni.

9.

Mеханизмы совершенствования системы государственных услуг (на

примере республики узбекистан)

10.

http://elibrary.ru/item.asp?id=32501639

Shu yerda: Omonov B. Davlat

xizmatlari asoslari. –Т.: Tafsir Books, 2024. – В. 90.

11.

Li A. Davlat xizmatini huquqiy tartibga solish. O'quv qo'llanma. – T.: TGYUU,

2021. B. 11-12.

12.

https://27.101.212.134/cms/commonDown.do?DLD_CFM_NO=AQPZX3EK

KWR03ZD2QW5E&FL_SEQ=85039

13.

Jurayev Sh. Public service. 2024. B. 8-9.

https://library-tsul.uz/public-service-

jurayev-sh-2024/

14.

Цифровая трансформация и государственное управление: научно-

практическое пособие (Емельянов А.С., Ефремов А.А., Калмыкова А.В. и другие;

ред. кол.: д.ю.н., доц., Л.К. Терещенко, д.ю.н., доц. А.С. Емельянов, д.ю.н., проф.

Н.А. Поветкина). - "Инфотропик М...

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-

son

https://lex.uz/ru/docs/-5030957

Internet saytlari

1. www.lex.uz

2. https://davxizmat.uz

3. http://strategy.regulation.gov.uz