MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
3
KO’P MAʼNOLI LEKSEMALAR VA ULARNI SEMIK TAHLIL
QILISH
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi
p.f.n., dots Shaxista Buranova Menglibayevna
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi
assistenti Kurbanbayev Otabek Xakimbek o’g’li
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar
fakulteti 2 – kurs talabasi
Sidiqov O’lmas Shermat o’g’li
Annotatsiya: Mazkur maqolada ko‘p maʼnoli leksemalar (polisemik birliklar)
va ularning semik (maʼno tarkibiy qismlari) tahlili o‘rganiladi. Ko‘p maʼnolilik tilning
boyligi va ifoda imkoniyatlarining kengligini ko‘rsatadi. Ishda leksemalarning asosiy
va ikkilamchi maʼnolari, ularning nutqdagi vazifalari, kontekstga qarab yuzaga
keladigan maʼno farqlari tahlil qilinadi. Har bir maʼnoni ifodalovchi semalarning
tahlili orqali leksemaning umumiy maʼno tuzilmasi yoritiladi. Misollar orqali ayrim
so‘zlarning ko‘p maʼnolilik darajasi, ularning semik tarkibi va bu tarkib orqali yuzaga
kelgan maʼno farqlari chuqur tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Termin, polisemiya, omonim, leksema
Аннотация: В статье изучаются полисемичные лексемы (полисемичные
единицы) и их семитский (значимые компоненты) анализ. Полисемия
демонстрирует богатство языка и широту его выразительных возможностей.
В работе анализируются первичные и вторичные значения лексем, их функции в
речи, а также различия в значении, возникающие в зависимости от контекста.
Общая семантическая структура лексемы выявляется посредством анализа
сем, представляющих каждое значение. На примерах подробно анализируется
степень многозначности некоторых слов, их семантический состав, а также
различия в значении, обусловленные этим составом.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
4
Ключевые слова: термин, полисемия, омоним, лексема
Annotatsion: This article studies the analysis of polysemic lexemes (polysemic
units) and their semitic (meaning components). Polysemic indicates the richness of
language and the breadth of expressive possibilities. The work analyzes the primary
and secondary meanings of lexemes, their functions in speech, and the differences in
meaning that arise depending on the context. The analysis of the semes that express
each meaning sheds light on the general meaning structure of the lexeme. Through
examples, the degree of polysemic of some words, their semitic composition, and the
differences in meaning that arise through this composition are analyzed in depth.
Key words: term, polysemy, homonym, lexeme
Har bir tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham ko‘p so‘zlar bir necha ma’noni
bildiradi. Shuningdek, tilda faqat bitta ma’noda qo‘llaniladigan so‘zlar ham mavjud.
Faqat bir tushuncha yoki tasavvurni ifodalab, bitta ma’noni anglatuvchi so‘zlar bir
ma’noli so‘zlar yoki monosemiya deb ataladi. Masalan: shahar, qishloq, urg‘u, ravish,
qosh, kesim, izohlovchi, roman, uxlamoq, gapirmoq, traktor, radio kabi so‘zlar bir
ma’noli so‘zlarga (monosemiya)kiradi. Odatda, fan, texnika va turli hunar sohalaridagi
terminlar shu bir ma’noli so‘zlar asosida yaratiladi. Ikki yoki undan ortiq tushuncha
yoki tasavvurni ifodalab, bir necha ma’noni bildiruvchi so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar
yoki polisemiya deb ataladi. Oʻzbek tilida bosh, ko‘z, yuz, til, qo‘l, bel, qalam, yo‘l,
yer, ko‘k, qosh, tosh, tish, lab, kecha, uchrashuv, to‘garak kabi so‘zlar ko‘p ma’noli
so‘zlar jumlasidandir. Masalan, ko‘z so‘zining bir necha ma’nosini ko‘rib chiqamiz: 1.
Bobomning ko‘zi hali yaxshi ko‘radi. (Ko‘z ‒ ko‘rish organi ma’nosida.) 2.
To‘g‘onning ko‘zi, yaraning ko‘zi, ignaning ko‘zi. (Ko‘z ‒ teshik ma’nosida.)3.
Uzukning ko‘zi. (Uzukka taqilgan yo zumrad tosh ma’nosida.) 4. Derazaning ko‘zi.
(Derazaning oyna qo‘yiladigan oʻrni ma’nosida.) 5.Taxtaning ko‘zi. (Taxtaning
oʻrtasidagi yoki biron chetidagi doira yoki boshqa shaklda ajralib turgan qismi
ma’nosida.) Ko‘p ma’noli so‘zlardan biri bo‘lgan ko‘z so‘zi bulardan tashqari yana
boshqa ma’no nozikliklarini bildirishi va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi ham
mumkin. Masalan, bizning kunlarda ishning ko‘zini bilib rahbarlik qilish kerak. (Bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
5
oʻrinda “ko‘z” so‘zi ishning yo‘lini, sirini, olib borish usulini bilish ma’nosida.) Endi
bildim. Ko‘zim ochildi. (Bu yerda “ko‘z” ‒ biror masalani keyinchalik bilib olish,
tushunish ma’nosida.) Ko‘z oldida oʻg‘il-qizlari, nevarasi, ko‘zi qorasi. (“Ko‘z oldida”
‒ o‘zi bilan birga, “ko‘z qorasi” ‒ farzandi yoki nevarasi ma’nolarida.) U bu ishda ko‘zi
ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib yurdi. (Hech narsani bilmaslik yoki bilmaslikka solish
ma’nosida.) Ko‘p ma’noli so‘zlarning turli ma’nolarni anglatishini yoki ularning
xilma-xil ma’no nozikliklarini kontekst orqali aniqlash mumkin. So‘zlardagi ko‘p
ma’nolilik hamda so‘z ma’nolarining nozik ottenkalari badiiy adabiyotda muhim
tasviriy vosita sifatida, ayniqsa, keng qo‘llanadi. So‘zning to‘g‘ri va ko‘chma
ma’nolari. So‘z ma’lum predmet yoki voqea-hodisa haqidagi tushunchani ifodalab,
real (leksik) ma’noni anglatishi bilan birga, ayni vaqtda boshqa kontekstda boshqa xil
ma’nolarni ham bildirishi mumkin. Masalan: Singlim, ko‘zguni olib keling, degan
misolda ko‘zgu so‘zi oʻzining dastlabki, real (leksik) ma’nosida, ya’ni oyna haqidagi
tushunchani ifodalayapti.“Ilm oʻrganish ‒ hayotimiz ko‘zgusi”) Bu gapda ko‘zgu so‘zi
oʻzining to‘g‘ri ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’noda qoʻllangan.
1
Yoki bahor
so‘zini olaylik. Bahor so‘zi yil fasllaridan biri degan tushunchani ifodalashi bilan birga,
badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada, ko‘plab ko‘chma ma’nolarda ham qo‘llanadi.
So‘zning leksik ma’nosi so‘zning to‘g‘ri ma’nosi sanaladi. Masalan, quyosh yulduz ‒
sayyoradir. Bu ma’nolar quyosh, yulduz, xazina so‘zlarining leksik, ya’ni to‘g‘ri
ma’nolaridir. Insonlar ishlab chiqarish jarayonida, turmush va boshqa sohalardagi
tajribalariga tayanib, so‘zlarni oʻxshatish, kinoya, mubolag‘a, sifatlash va boshqa
usullar orqali xilma-xil ko‘chma ma’nolarda ishlatadilar. Demak, so‘zning real, leksik,
to‘g‘ri ma’nosidan tashqari, oʻxshatish, mubolag‘a yoki kinoya kabi usullar bilan
boshqa ma’nolarda qo‘llanilishi so‘zning ko‘chma ma’nosi deyiladi. Yuqorida to‘g‘ri
ma’noda qo‘llangan quyosh, yulduz, xazina so‘zlarining quyida ko‘chma ma’nolarda
ishlatilganini ko‘rib chiqaylik: 1. Bu ‒ Sharqning yulduzi ‒ Oʻzbekiston. 2. Nur sochar
respublikamning ko‘ksida ikki quyosh. Birinchi misrada yulduz ‒ Oʻzbekistonni,
ikkinchi misrada esa quyosh ‒ ordenni anglatib kelgan. Albatta, yuqorida misol
1
Safarov SH. Semantika.‒ Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti, 2013.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
6
sifatida keltirilgan so‘zlar boshqa kontekstlarda yana turlicha ko‘chma ma’nolarda ham
qo‘llanishi mumkin. Masalan, “quyosh” soʻzini toʻgʻri maʼnosida ishlatishdan tashqari,
yana bir necha koʻchma maʼnolarda (masalan, tinchlik-omonlik, elektr kuchi va nuri,
talantlar, mashhur shaxslar va boshqa maʼnolarda) qoʻllagan. Birdan ortiq maʼno
anglatish hodisasiga koʻpmaʼnolilik deyiladi. Bunday xususiyat til birligi sifatida
leksemaga ham xosdir. Hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi leksemalarning deyarli yarmi bir
maʼnoli hisoblanadi. Yangi yaratilgan yoki oʻzlashtirilgan leksema boshlangʻich
ishlatilish davrida odatda bir maʼnoli boʻladi. U biror voqelikning nomi sifatida yuzaga
keladi va keyinchalik mazmun jihatidan turli-tuman oʻzgarishlarga uchraydi. Ana
shunday oʻzgarishlar natijasida bir maʼnoli leksema yangi leksik maʼno kashf etib, koʻp
maʼnoli leksemaga aylanishi mumkin. Terminlar odatda bir maʼnoli boʻladi (bu haqda
Termin izohlangan sahifalarda batafsil maʼlumot berilgan). Eng tor kontekstli
leksemalar ham odatda bir maʼnoli boʻlib, faqat bir maʼno yoʻnalishidagi leksemalar
bilan (baʼzan faqat bitta leksema bilan) bogʻlanib keladi. Bunday leksemalar
bogʻlanishdan tashqarida mustaqil ishlatilmasligi ham mumkin. Masalan, taka
leksemasi juda tor kontekstli va bir maʼnoli: o‘takasi yorildi iborasi tarkibida ishlatilib,
jigardan ajralib chiqadigan sarg‘ish-yashil rangli achchiq suyuqlik to‘planadigan
pufakcha maʼnosini anglatadi. Leksemaning maʼnoliligi asli kontekstda shakllanadi va
namoyon bo‘ladi. Kontekst qanchalik rang-barang bo‘lsa, bu leksemaning maʼnoliligi
shunchalik boy bo‘ladi. Bunda shu leksema bilan bog‘lanib keladigan leksemalarning
miqdori emas, balki turli-tuman semantik yo‘nalishdagi leksemalar bo‘lishi muhim.
Leksik ko‘pmaʼnolilik – ko‘p qirrali va murakkab hodisa. Buning ustiga, deyarli har
bir leksemaning leksik maʼno taraqqiyoti alohida yondashuvni va izohni talab qiladi.
Shu sababli, leksemalarning leksik maʼnolarini aniqlash va tartiblash juda qiyin
jarayon sanaladi. Adabiyotlarda leksemalarning ko‘p maʼnoliligi haqida bildiriladigan
fikrlar ko‘pincha mavhum bo‘lib, leksik maʼno taraqqiyoti haqida umumiy tasavvur
hosil etishga xizmat qiladi. So‘zlarning ko‘p maʼnoliligi masalasi maʼlumki, yangi
maʼnolarning paydo bo‘lishi va so‘zlarning boyib borishi ko‘pincha til taraqqiyotida
tabiiy bir jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Til hodisalari ustidagi kuzatishlarimiz
so‘zlarning yangi maʼno bilan boyishi til taraqqiyotida katta oʻrin tutuvchi muhim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
7
xususiyat ekanligini ochib beradi. Chunki so‘zga yangi maʼno yuklanishi tilda
yangidan paydo bo‘lgan mustaqil so‘z kabi lisoniy boylikka katta hissa qo‘shadi va til
leksikasini rivojlantirishda muhim xizmat qiladi. Masalan, bir leksik birlik
maʼnosining oʻzgarishi, yangi maʼnoda ishlatilishi, undan foydalanish doirasining
kengayishi, uning passivlanishi yoki aktivlanishi, boshqa so‘zlarga taʼsir qilishi
natijasida yangi so‘zlar paydo bo‘ladi. Bu jihatdan so‘z maʼnosini tarixiy asosda
oʻrganish yangi so‘zlarning yuzaga kelishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Misol
uchun, “yuz” leksik birligini semantik tahlil qiladigan bo‘lsak, hozirgi o‘zbek tilida bir
nechta maʼnolarda ishlatiladi: 1.Maʼlum son. 2.Odamning basharasi yoki biror
narsaning ustki tomoni (masalan, qog‘oz yuzi, kitob yuzi, yer yuzi). 3.Or-nomus. Bu
so‘z o‘zining har bir maʼnosiga mos ravishda tilning turli so‘zlari sifatida ishlatiladi.
Masalan: Birinchi maʼno asosida: “yuzlab”, “yuzmadan”, “yuzlarcha”, “yuzinchi”,
“yuz-yuz”. Ikkinchi maʼno asosida: yuz, yuzlashmoq, yuzlashtirmoq. Demak,
so‘zlarda mavjud bo‘lgan har bir maʼno tilda mustaqil so‘zlar sonini oshirishga xizmat
qiluvchi katta jarayonni tashkil etadi. Ko‘p maʼnolilik xalqning jonli tiliga ham chuqur
singib ketgan hodisadir. Bu usul bilan xalq tilida yangi soʻzlar osonlik bilan yaratiladi.
Masalan, “polvon” soʻzi ilgari kuchli va bahodir jangchilarga nisbatan ishlatilgan
boʻlsa, hozirgi vaqtlarda bu soʻz ekskavator mashinasini atash uchun ishlatilmoqda. Bu
atama til qonunlariga mos ravishda tilga singib bormoqda. Shu bilan birga, leksik
birliklardagi har bir maʼno xususiyati bir xil emas: baʼzi maʼnolar aktiv, baʼzilari esa
passiv boʻlishi mumkin. Bu holat yangi maʼnoning turmushdagi roli, oʻsha soʻzning
tilda tutgan pozitsiyasi va uning ichki imkoniyatlariga bog‘liq. Yangi maʼnoning paydo
boʻlish usuli, soʻzga singish xususiyati va maʼno koʻpligi jihatidan har xil boʻlishi
mumkin. Baʼzi soʻzlarda koʻpmaʼnolilik doimiy boʻlib, soʻz qayerda ishlatilmasin,
uning maʼnolari odam xotirasida aks etadi. Ammo matn orqali odam maʼnoni toʻliq
anglash imkoniyatiga ega boʻladi. Masalan, “yoz” soʻzini eshitgan odamning
xotirasida quyidagi maʼnolar paydo boʻladi: 1. Yozmoq (yozuv bajarish). 2. Yoymoq
(narsani yoyish, tarqatish). 3. Maʼlum yil fasli (bahordan keyingi fasl). Shunday
holatlar boʻladiki, baʼzan matn orqali ham maʼnolarni ajratish qiyin boʻladi. Baʼzi
yozuvchilar bu xususiyatdan ataylab foydalanib, soʻz oʻyinlari yaratadilar. Masalan,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
8
“furqat” soʻzining ikki maʼnosi mavjud: 1. Shoirning taxallusi. 2. Vatandan uzoqlik.
Bu ikki maʼno ataylab qoʻllanilganda, ularni ajratib boʻlmaydi. Bunday hodisa klassik
adabiyotda tez-tez uchraydi va “lutf”’ deb ataladi. Soʻzlarni lobnor lugʻat
xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikki guruhga ajratish mumkin:1.Doimiy koʻp
maʼnolilikka ega soʻzlar. 2. Vaqtli koʻpmaʼnolilikka ega soʻzlar. Har doim koʻp
maʼnolilik aniq koʻrinib turgan soʻzlar omonim va polisemiya soʻzlar deb ataladi
hamda ular maxsus bo‘limlarda oʻrganiladi.
2
Polisemiya va omonim soʻzlar tarixiy xususiyatlarga ega boʻlib, shakl va
funksiyalar jihatidan bir xil boʻlsa-da, maʼnolarining yuzaga kelish sabablari bilan bir-
biridan farq qiladi. Shakli bir, mazmuni turli boʻlgan soʻzlar tilshunoslikda omonim
soʻzlar deb yuritiladi. Masalan, “ot” so‘zi predmetlarning umumiy ismi bo‘lib,
miniladigan hayvon (ot) va feʼl maʼnolarini anglatadi. “O‘ng” so‘zidan esa oson, taraf,
old kabi maʼnolar tushuniladi. Bu yerda “ot” so‘zidan kelib chiqadigan maʼnolar bir-
biridan katta farq qiladi, “o‘ng” so‘zining maʼnolari esa bir-biriga juda yaqin. Shuning
uchun mazmunan farqli va uzoq bo‘lgan so‘zlar omonimlar, maʼnolari bir-biriga yaqin
va bog‘liq bo‘lgan so‘zlar esa polisemiya so‘zlar deb ataladi. Demak, omonim so‘zlar
bir necha mustaqil so‘zlarning alohida sharoit natijasida birlashishidan iborat bo‘lsa,
polisemiya so‘zlar bir so‘zning til taraqqiyoti qonunlariga muvofiq yangi maʼno va
atamalar bilan boyishining natijasidir. Bunday so‘zlarni oʻrganish so‘z boyligini
oshirish, uslub madaniyatini puxta egallash va boshqa tillarni, asosli ravishda oʻrganish
uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mahmud Koshg‘ariy “Devoni lug‘at ut-turk”
asarida “o‘t” so‘zining simlik, quruq xashak, davo va zahar singari to‘rt xil maʼnoda
ishlatilganini qayd etgan. Hozirgi “ut” so‘zi esa “utmok” feʼlining ildizi sifatida yangi
maʼno bilan boyigan. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, olov maʼnosidagi “o‘t” so‘zi
tamoman boshqacha bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy bu so‘zning asl shaklini “urt” deb
ko‘rsatadi. Navoiy asarlarida esa bu so‘z “urt” va “ot” shakllarida ham ishlatilgan. So‘z
maʼnosidagi bu rang-barang xususiyatlar va uning yuzaga kelish usullari har doim ham
bu misollarda keltirilganidek aniq va tushunarli bo‘lavermaydi. Aksincha, ko‘plab
2
Shoabdurahmonov SH, Asqarova M, Hojiyev A, Rasulov I, Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. ‒ Toshkent:
O‘qituvchi,1980.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
9
abstrakt so‘zlarning avvalgi konkret formalarini aniqlash ancha qiyin. Hatto, bir necha
marta maʼno oʻzgarishiga uchrab, dastlabki maʼnosi butunlay yo‘qolgan so‘zlar ham
mavjud. Bu holat so‘z etimologiyasini, so‘zlarning dastlabki formalarini aniqlashni
qiyinlashtiradi. Lekin lingvist har qanday so‘zning mohiyatini tarixiy asosda oʻrganish
orqali aniqlay oladi. Tilshunos bu jarayonni chuqur oʻrganish bilan birga,
tilshunoslarining “so‘zlar maʼnosi til tabiatiga va xalqning aqliga bog‘liq” degan
tarixiy voqelikka zid bo‘lgan noto‘g‘ri qarashlarini fosh qilishi zarur. Qadimiy yozma
yodgorliklarning so‘z maʼnolari ustidagi kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, so‘z
maʼnosi oʻzgaruvchan hodisa bo‘lib, uning kengayishi, torayishi yoki ozayishi, avvalgi
maʼnoning saqlanib qolishi yoki unutilishi mumkin. Ayrim so‘zlarning maʼnosi qayta-
qayta oʻzgarishi ham kuzatiladi. Demak, so‘z maʼnosi tildagi eng katta va eng muhim
masalalardan biridir. Bir tomondan, so‘zning kelib chiqish mohiyatini to‘g‘ri aniqlash
zarur.
3
Shuning uchun ham har bir leksik birlikni maʼnolarini oʻrganib chiqish va uning
tasnifini bilib olish muhim ahamiyatga egadir. Leksik birliklarni maʼnolarini oʻrganish
orqali soʻz boyligi oshishga va nutqimizni chiroyli va ravon ifodalash uchun katta
yordam beradi. Albatta har bir inson nutqi, oʻzining ifodali tili orqali ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. ‒ Toshkent : Universitet, 2006.
2.
Safarov Sh. Semantika.‒ Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat
Ilmiy Nashriyoti, 2013.
3.
Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M, Hojiyev A, Rasulov I, Doniyorov X.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. ‒ Toshkent: O‘qituvchi,1980.
3
Mutalliboyev S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. ‒ Toshkent : O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi
nashriyoti , 1909.