MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
405
INGLIZ TILIDA PREDLOGLARNING GRAMMATIK VA
FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Ingliz tilida predloglarning grammatik va funksional xususiyatlari
Ibragimova Zuhra Umidbek qizi
Talaba,Urganch davlat universiteti
Kalit so'zlar: qiyosiy tilshunoslik, grammatik funksiyalar, predloglar, kelishik
qo'shimchalari, tarjima muammolari, ingliz-o'zbek tarjimasi, kontrastiv tahlil,
semantik ekvivalentlik, til o'rganish
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilidagi predloglarning o'zbek tiliga
tarjima qilinayotgandagi o'rni va ahamiyati yoritib o'tiladi. Predloglarning gapga
ko'ra xususiyati, mustaqil so'z turkumlari bilan uyg'unligi ko'rib chiqiladi. Bundan
tashqari ingliz tilidagi ayrim predloglarning o'zbek tilidagi kelishiklarga o'xshashlik
jihatlari keltirib o'tilgan. Ularning turli xil funksiyasi ya'ni makon, harakat, vaqt,
sabab-oqibatga, usul va vosita ma'nolariga ko'ra ishlatilish munosabati ta'kidlab
o'tilgan. Binobarin, talabalar o'rtasida olib borilgan so'rovnomalar natijasiga ko'ra
uning tarjimada to'g'ri ishlatilishiga qarab kerakli tavsiyalar berib o'tiladi.
Kirish
Bugungi kunda ingliz tili rivojlanib borayotgan tillar ro'yxatida eng yuqori
o'rinda turadi (Khamraev, 2019). Bu tilni o'rganish uchun esa shu til funksiyalarini
amaliy va nazariy jihatdan o'rganish va tahlil etish zarur. Shubhasiz, bu tildagi
predloglarni o'rganish jarayoni alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularning grammatik
ahamiyati va funksional jihatlarini inobatga olish kerak bo'ladi. Qolaversa, o'zbek va
boshqa tillarda gapiruvchi xalqqa ingliz tilidagi predloglar notanish bo'lishi tabiiy
holdir. Shuning uchun ushbu maqolada ingliz tilida predloglarning ingliz
grammatikasidagi o'rni, uning ahamiyatli darajasi, eng asosiysi, uning leksik-semantik
xususiyati hamda uning bir qator funksiyalari o'rganiladi.
Asosiy qism
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
406
Predloglar ingliz tili va shunga o'xshash tillarni o'rganganda yoki shu tilda
gapirayotganda nutqiy tuzilma kaliti vazifasini bajaradi. Ya'ni bu xuddi o'zbek tilidagi
kelishik qo'shimchalari sifatida qo'llaniladi. Xususan, predlog ot yoki boshqa mustaqil
so'z turkumlarining yordamchi so'zlarga nisbatan munosabatlarida bog'lovchi
vazifasini bajaradi. Predlog o'zbek tilidagi kelishik qo'shimchalarining aynan bo'lmasa-
da, qisman vazifasini bajaradi. Ingliz tilida predlog gapdagi va konteksdagi o'rni va
shakliga ko'ra o'zgarmaydi. Masalan, "of" predlogi ot bilan kelsa ham, kishilik yoki
ko'rsatish olmoshlari bilan kelsa ham shu shaklda bo'ladi. Masalan: "It is fur of animal"
gapida "of" predlogi –ning kelishik vazifasida qo'llanilib kelib, "hayvonning" degan
ma'noda ishlatilyapti. Olmosh bilan qo'llaganda esa: "I chose one of them as an ideal
student" gapida ham "of" predlogi xuddi undan oldingi ot bilan ishlatilyotgandagi
shaklda keladi olmosh bilan ham. Predloglar qaysi mustaqil so'z turkumi bilan
ishlatilsa ham shakl va ma'no jihatdan deyarli bir xildir.
Predloglarning gapdagi o'rniga ko'ra xususiyati
Darhaqiqat, predloglar odatda mustaqil so'z turkumlari, ya'ni ot, olmosh
kabilarning oldidan yoki mustaqil so'z turkumlaridan ajralgan holda gapning oxirida
ham kelishi mumkin. Binobarin, predlog ot yoki olmosh bilan kelganda ularning oldida
aniqlovchi bo'lishi mumkin, bunday holda undan oldin keladi. Masalan, "She works in
a company" gapida kompaniya so'zi ot bo'lib, undan oldin predlog kelgan. "She works
in a big company" gapida esa "company" oti oldidan sifat kelgan bo'lib, undan oldin
esa predlog kelgan. Masalan, "What are you looking at?" gaplarida predloglar ot yoki
boshqa mustaqil so'zlardan ajralib, gap oxirida kelyapti. Chunki bu yuqorida
ta'kidlanganidek, ingliz tilidagi predloglarning funksional xususiyatlaridan biridir.
Predloglar gapda sodda va qo'shma hollarda keladi. Masalan, in, at, by, on,
down – bular sodda bo'lib, into, throughout qo'shma predloglardir. Yoki predlogning
vazifasini bajaruvchi so'zlardan ham foydalansa bo'ladi. Chunonchi, according to,
instead of, in front of, by means of, with the help of va boshqalar.
Predloglarning gapda turli xil funksiyalari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
407
1.
Makondagi munosabatiga ko'ra farqlanishi
: Bu shaxs va narsalarning
joylashuviga ko'radir. Masalan, in (ichida), on (ustuida), under (tagida), behind
(orqasida) va hokazo.
2.
Harakat yo'nalishiga ko'ra
: to (tomon), from (dan), along (bo'ylab), over
(uzra), across (o'tib) va hokazo.
3.
Vaqtdagi munosabatiga ko'ra
: at (da – soatga nisbatan), on (-da – sanaga
nisbatan), before (oldin), after (keyin), ago (oldin). Vaqtning davomiyligiga ko'ra, for
– davomida. Bunda qancha muddat davom etganligi ahamiyatga molikdir. Since – dan
beri. Bunda ish-harakat qachon boshlanganligi aniq bo'ladi. Masalan:
o
I have been working for three hours.
o
I have been studying English since my first grade. Shuningdek, during –
davomida so'zi ham ushbu turga kiradi.
4.
Sabab-oqibat munosabatiga ko'ra
: because of, due to, owing to –
barchasining tarjimasi "tufayli" bo'lib, bulardan keyin gapda, albatta, ot yoki boshqa
mustaqil so'z turkumlari kelishi kerak. "Even though" ham predlog bilan ishlatilgan
bo'lib, sabab-oqibatga misol bo'la oladi. Bu predlogdan keyin ega va kesimdan iborat
bo'lgan gap kelishi lozim. Masalan:
o
I did not go to school because of my illness.
o
Even though he is disabled, she can draw a lot of beautiful pictures.
5.
Usul va vosita munosabatiga ko'ra
: by (orqali), with (bilan), through
(orqali). Masalan:
o
I go to the university by bus.
o
She cut pieces of apple with a knife.
6.
Qiyoslash munosabatiga ko'ra
: like (singari, shu kabi), as (singari), than
(ga qaraganda). Like va as predloglarining farqi shundaki, like – shunga o'xshab deb
tarjima qilinib, deyarli o'xshashlikda ishlatiladi. Masalan, "I swim like a fish." As esa
shu rolda, shu salohiyatda degan ma'nosi bor. Masalan, "I study there as a student."
Talabalar o'rtasida ingliz tilidagi predloglarning o'zbek tiliga aynan tarjima
qilinishi va yuqorida izoh berib o'tilgan "of" predlogini o'zbek tilidan ingliz tiliga
tarjima qilishda yoki o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishdagi ma'no jihatdan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
408
ahamiyatiga ko'ra olib borilgan so'rovnomaga asosan ulardan 65,4 foizi ingliz tilidagi
matnlarni o'zbek tiliga tarjima qilishda va, shuningdek, tarjima qilishdagi "of"
predlogining ahamiyati jihatdan tarjimada to'g'ri yondashishgan. Qolgan 34.6 foizi esa
tarjimada turli xil chalkashliklarga duch kelishar ekan.
Xulosa
Gapda predloglarni to'g'ri va o'rinli qo'llash juda katta ahamiyatga egadir.
Chunki xuddi o'zbek tilidagi kelishik qo'shimchalari singari ular agar gapda noto'g'ri
qo'llansa yoki tushirib qoldirilsa, bu uning ma'nosiga ta'sir qilishi mumkin. Darhaqiqat,
predloglarni ishlatganda uning kontekstdagi o'rni va umumiy ma'nosiga ko'ra ishlatish
tavsiya etiladi. Negaki ayrim predloglar yuqoridagi dalillarda ko'rsatilganidek, bir xil
shakl va ma'noda kelsa ham ular grammatik xususiyatiga ko'ra farq qiladi. Ingliz tilida
gaplarni tuzishda ham ularning o'rniga e'tibor bermaslikning iloji yo'q. Chunki ayrim
gaplarda ular har doim birikib kelgan mustaqil so'z turkumlaridan ajralib, gap oxirida
kelish holatlari ham kuzatiladi. Tarjimada ularning ishlatishdagi o'rniga ko'ra
qo'llashda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligi tavsiya etiladi.
Ikkinchi tilni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'zbek tilida so'zlashuvchilarni
ingliz tilini o'qitishda predloglarni to'g'ri ishlatishning muhimligini tasdiqlaydi. Ingliz
va o'zbek tillaridagi grammatik kelishiklarning qiyosiy tahlili bo'yicha o'tkazilgan
tadqiqotlar "o'zbek tili o'rganuvchilarining ingliz grammatikasini o'zlashtirishdagi
katta qiyinchiliklarini, ayniqsa, ularning ona tilida predloglarning yo'qligi tufayli"
alohida ta'kidlaydi. Bu til o'qitish dasturlarida maqsadli o'qitish strategiyalarining
muhimligini ko'rsatadi.
Bundan tashqari, Xudaybergenovna va boshqalarning (2020) tadqiqotlari
interaktiv so'zlashuv faoliyatlari til o'rganish natijalarini sezilarli darajada
yaxshilashini ko'rsatadi. Ularning tadqiqotida "interaktiv so'zlashuv faoliyatlarini
kuchaytirish" "O'zbekistonda chet el tili o'rganuvchilarning og'zaki nutq ko'nikmalarini
rivojlantirish uchun" muhim ekanligi aniqlangan bo'lib, puxta ishlab chiqilgan
faoliyatlar o'quvchilarga predloglarni ishlatish kabi grammatik qiyinchiliklarni
engishga
yordam
beradi.
O'quvchilar
mazmunli
muloqot
amaliyotida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
409
qatnashganlarida, ularning kontekstual vaziyatlarda predloglardan to'g'ri foydalanish
qobiliyati sezilarli darajada yaxshilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.
Madiyarova, M. V. (2024). Ingliz va o'zbek tillaridagi kognitiv sinonimlarning
allomorfik va izomorfik xususiyatlari.
Ta'lim, fan va innovatsion g'oyalar dunyosi
,
55(4).
2.
Khamraev, K. (2019). Ingliz va o'zbek tillarida sinonimiya va antonimiya:
qiyosiy tahlil.
Journal of Linguistic Studies
.
3.
Xudaybergenovna, A. R., va boshq. (2020). O'zbekistonda chet el tili
o'rganuvchilarning og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv
so'zlashuv faoliyatlarini kuchaytirish.
Journal of Critical Reviews
7(12), 220-224.
4.
Academia.edu. (2016). Ingliz va o'zbek tillarida kelishiklarning qiyosiy tahlili.
https://www.academia.edu/23644282/COMPARATIVE_ANALYSIS_OF_CASE_IN
_ENGLISH_AND_UZBEK_INTRODUCTION_3_5_CHAPTER_1_THE_ORIGIN
AL_TYPES_OF_CASES_IN_TWO_DIFFERENT_LANGUAGES saytidan olingan.