Authors

  • Asqarova I.B
  • Boymurodova N.Ch
  • Qosimova H.J

Author Biographies

  • Asqarova I.B

    1Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston

  • Boymurodova N.Ch

    1Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston

     

  • Qosimova H.J

    1Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117858

Keywords:

Kondiloma Odam pappiloma virusi anogenital soha qon ketish qichishish psixologik noxushlik eletrokoagulyatsiya immunomodulyator Keravort.

Abstract

Genital sohalarda uchraydigan kondilomalarni davolashda Kerovart preparatini ta’sir effektini o’rganish uchun bemorlarda kuzatuv olib borildi. Kondiloma - bu odam papilloma virusi (HPV) natijasida tashqi jinsiy a’zolar va perianal soha terisida hosil bo’ladigan epiteliy o’smalari bo’lib, odatda asimptomatikdir, ammo ular vaqtida davolanmaydigan taqdirda, katta hududlarni egallab, qon ketishi, qichishish va og’riqlarga olib keladi. Ayniqsa, katta hududlarni egallagan kondilomalar bemorlarda psixologik noxushliklar keltirib chiqaradi. Maqolada, ushbu kasallik kelib chiqish etiologiyasi,  klinik belgilari va davolash haqida so’z boradi. Tadqiqotlar, anogenital kondilomalarni destruktiv usul (elektrokoagulyatsiya) va mahalliy immunomodulyator Keravort preparati yordamida davolashning kombinatsiyalangan usul samaradorligini aniqlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

144

KERAVORT PREPARATINI KONDILOMALARNI DAVOLASHDA

QO’LLASH

Asqarova I.B

1

Boymurodova N.Ch.

1

Qosimova H.J.

1

1

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston

Annatasiya. Genital sohalarda uchraydigan kondilomalarni davolashda

Kerovart preparatini ta’sir effektini o’rganish uchun bemorlarda kuzatuv olib borildi.

Kondiloma - bu odam papilloma virusi (HPV) natijasida tashqi jinsiy a’zolar va

perianal soha terisida hosil bo’ladigan epiteliy o’smalari bo’lib, odatda

asimptomatikdir, ammo ular vaqtida davolanmaydigan taqdirda, katta hududlarni

egallab, qon ketishi, qichishish va og’riqlarga olib keladi. Ayniqsa, katta hududlarni

egallagan kondilomalar bemorlarda psixologik noxushliklar keltirib chiqaradi.

Maqolada, ushbu kasallik kelib chiqish etiologiyasi, klinik belgilari va davolash

haqida so’z boradi. Tadqiqotlar, anogenital kondilomalarni destruktiv usul

(elektrokoagulyatsiya) va mahalliy immunomodulyator Keravort preparati yordamida

davolashning kombinatsiyalangan usul samaradorligini aniqlaydi.

Kalit so’zlar: Kondiloma, Odam pappiloma virusi, anogenital soha, qon ketish,

qichishish, psixologik noxushlik, eletrokoagulyatsiya, immunomodulyator, Keravort.

Применение препарата Кераворт в лечении кондилом

Аскарова Ирода Бахтиёр кизи, Боймуродова Назокат Чори кизи,

Косимова Хадича Жахонгир кизи

Ташкентская медицинская академия, Ташкент, Узбекистан

Аннотация.

Было проведено наблюдение за пациентами для изучения

эффективности препарата Кераворт в лечении кондилом, возникающих в

области гениталий. Кондиломы — это эпителиальные новообразования,

возникающие на коже наружных половых органов и перианальной области в

результате вируса папилломы человека (ВПЧ). Как правило, они протекают


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

145

бессимптомно, но при отсутствии своевременного лечения могут

разрастаться на большие участки, вызывать кровотечения, зуд и боли.

Особенно обширные кондиломы вызывают у пациентов психологический

дискомфорт. В статье рассматриваются этиология, клинические проявления и

методы

лечения

данного

заболевания.

Исследования

определяют

эффективность комбинированного метода лечения аногенитальных кондилом с

применением деструктивного метода (электрокоагуляция) и местного

иммуномодулирующего препарата Кераворт.

Ключевые

слова:

Кондилома,

вирус

папилломы

человека,

аногенитальная область, кровотечение, зуд, психологический дискомфорт,

электрокоагуляция, иммуномодулятор, Кераворт.

Application of the Keravort Preparation in the Treatment of Condylomas

Asqarova I.B.¹, Boymurodova N.Ch.¹, Qosimova H.J.¹

¹Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan

Annotation. A study was conducted on patients to examine the effectiveness of

the Keravort preparation in the treatment of condylomas occurring in the genital area.

Condylomas are epithelial growths that develop on the skin of the external genital

organs and the perianal region as a result of the human papillomavirus (HPV). They

are usually asymptomatic, but if left untreated, they can spread over large areas,

causing bleeding, itching, and pain. Extensive condylomas, in particular, can lead to

psychological discomfort in patients. This article discusses the etiology, clinical

manifestations, and treatment of this disease. The study evaluates the effectiveness of

a combined treatment method for anogenital condylomas using a destructive technique

(electrocoagulation) and the local immunomodulatory drug Keravort.

Keywords: Condyloma, human papillomavirus, anogenital region, bleeding,

itching, psychological discomfort, electrocoagulation, immunomodulator, Keravort.

Dolzarbligi.

Kondilomalar bemorlarga sezilarli psixologik ta’sir ko’rsatishi

mumkin, jumladan, katta hududlarga tarqalishidan qo’rquv, aybdorlik, jinsiy hayotda

muammolar hamda ayollarda bepushtlikka va saraton rivojlanishi mumkinligidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

146

xavotirlanish. Anogenital kondilomalar ichida premalign va malign o’smalar mavjud

bo’lishi mumkin va kondilomalar ham xavfli o’smalarga aylanishi mumkin. Xavfli

o’smalarga transformatsiyalanish belgilari bo’lib, qon ketishi, notekis

pigmentatsiyalanish, yaralanish va palpatsiya qilinganda seziladigan dermal

infiltratsiya hisoblanadi. Bundan tashqari kondilomalarni davolash mohiyatan faqat

simptomatik bo’lib, kasallik belgilarini yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan.

Mavjud davolash usullari HPV infeksiyasidan to’liq xalos qilmaydi va virusning

keyingi yuqishini oldini olmaydi. Har qanday davolash usulidan keyin kasallik

qaytalanishi mumkin. Shu sababli, hozirgi kunda kasallikka qarshi kurashishning

mohiyati bu qaytalanish xavfi kamroq bo’lgan davolash usullarini aniqlashdir.

Tadqiqot materiali va usullari.

Tadqiqotga Toshkent viloyati teri va tanosil

kasalliklari dispanserida Kondiloma tashxisi qo’yilgan 16 dan ortiq bemor qamrab

olingan. Barcha bemorlarda kasallikka qarshi kombinatsiyalangan usul yordamida

davolash olib borilgan bo’lib, bu usul elektrokoagulyatsiya orqali o’choqlarni yo’q

qilish va immunitetni stimulyatsiya qilishni o’z ichiga olgan. Mahalliy immunitatni

rag’batlantirish uchun zararlangan soha Hindistonning “Glenmark Pharmaceuticals

LTD” farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Keravort (Imiximod)

kremidan foydalanilgan.

Keravort ( 5% li Imiximod ) - Nukleozidga o’xshash birikma bo’lib, mahalliy

ravishda so’gallarga qo’llanilganda immunomodulyator sifatida ta’sir ko’rsatadi,

interferon-alfa va gamma ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi hamda CD4+ T-

limfositlar kabi immun hujayralarni jalb qiladi. Bu esa immun javob orqali

so’gallarning kamayishiga olib keladi va HPV DNK miqdorining pasayishiga olib

keladi. Keravort preparati bir martalik ishlatish uchun paketlarda ishlab chiqariladi va

haftada 3 marta (kun ora) kechasi, uxlashdan oldin (6-10 soat davomida) so’gallarga

surtiladi. Ertasi kun ertalab dori surtilgan joy suv va yumshoq sovun bilan yuviladi.

Tadqiqot jarayonida 16 nafar “O’tkir uchli kondiloma” tashxisi qo’yilgan

bemor kuzatildi. Bemorlarning 12 nafari ayol va 4 nafari erkak bo’lib, har ikki jins

vakillari ham anogenital sohadagi qichishish, og’riq va noxushlik hissiga shikoyat

qilgan. Bemorlarning 10/16 qismida o’choq genital hamda perianal sohani egallagan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

147

Qolgan 6/16 qismida esa faqat genital sohada bo’lib, bir biriga qo’shilmagan kichik

o’choqlar ko’rinishida tarqalgan. 90% bemorlar kasallikni kelib chiqishini tartibsiz

jinsiy hayot bilan bog’lagan.

Davolash destruksiya amalga oshirilishidan 3-4 kun avval Keravort kremi bilan

ishlov berishdan boshlandi. Elektrkoagulyatsiya o’tkazilgandan keyin yallig’lanish

belgilarini bartaraf etilgandan so’ng 7 kun davomida har 2 kunda bir marta mahalliy

ishlov berish davom ettirildi. Katta sohalarda zararlanish mavjud bemorlarda o’choqlar

davolashning 7 kunida sezilarli kamayishni boshlagan.

Natijalarni muhokama qilish.

Anogenital o‘tkir kondilomalarni (O‘TK)

davolashda kombinasiyalangan usulning samaradorligini o‘rganish, bu usul destruktiv

usul (elektrokoagulyatsiya) va mahalliy immunomodulyator — Keravort kremi

qo‘llanilishini o‘z ichiga olgan. Davolash o’rtacha 7 kun muddatni o’z ichiga olgan

bo’lib, bemorlarning 62,5% i davolashning 12-kunida, 37,5% i esa 7-kuniga kelib

o’choqlardan butunlay halos bo’lgan.

Davolash olib borilgan barcha 16 nafar bemorda

100% natijaga erishilgan. Davolash natijasida bemorlarda hech qanday nojo’ya ta’sir

kuzatilmagan. Bemorlar keyinchalik 3 oy davomida kuzatilgan. Keravort kremi bilan

kombinatsiyalangan terapiya va o’choqlar destruksiyasi orqali davolangan barcha

bemorlarda anogenital kondilomalarni qaytalanishi kuzatilmagan.

Xulosa.

Anogenital kondilomani immunomodulyator Keravort bilan ishlov

berish va destruksiya usulini birgalikda qo‘llash yuqori samaradorlikka ega bo‘lib,

deyarli to‘liq qaytalanishning yo‘qligi bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR:

1.

Cusini M, Salmaso F, Zerboni R, Carminati G, Vernaci C, Franchi C

etal.5% Imiquimod cream for external anogenital warts in HIV-infected patients under

HAARTtherapy.IntJSTDAIDS.2004;15(1):17-2

2.

Yang J,Pu YG,ZengZM,Yu ZJ,Huang N, Deng QW

.Interferonforthe

treatmentofgenitalwarts:asystematicreview.BMCInfectDis.2009;9:156

3.

Scheinfeld N.

Update on the treatment of genital warts. Dermatol Online J. 2013

Jun 15;19(6):18559. [PubMed]

4.

Komericki P, Akkilic-Materna M, Strimitzer T, Aberer W.

Efficacy and


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

148

safety of imiquimod versus podophyllotoxin in thetreatment of anogenital

warts.SexTransmDis.2011;38(3):216-8

5.

FifebKH, Ferenczy A, Douglas JM, Jr., Brown DR, Smith M,Owens ML,

Treatment of external genital warts in men using 5% imiquimod cream applied

three times a week, once daily, twice daily, or three times a day. Sex TransmDis.

2001;28(4):226-31.

6.

Stefanaki C, Katzouranis I, Lagogianni E, Hadjivassiliou M, Nicolaidou E,

Panagiotopoulos A

, etal.Comparison of cryotherapy to imiquimod 5% in the

treatment of anogenita lwarts.IntJSTDAIDS.2008;19(7):441-4

Most read articles by the same author(s)