MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
112
PEDAGOG VA TARBIYACHINING FAOLIYATIDA TA'LIM VA
TARBIYANING MOHIYATI
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Tarbiyachi-pedagogi Samadova Ma’mura,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Tarbiyachi-pedagogi Maxmudova Malika
Annotatsiya. Ushbu maqolamizda pedagogik faoliyatda ishlatilishi kerak
bo’lgan ta’lim va tarbiyaning kelib chiqishi va uning jamiyatimizda nechog’lik
ahamiyatga ega ekanligi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar. Ta’lim, tarbiya, pedagog, bilim, oila, ijtimoiy munosabatlar.
Аннотация. В данной статье речь идет о происхождении образования
и воспитания, которое должно использоваться в педагогической деятельности,
и о том, какое значение оно имеет в нашем обществе.
Ключевые слова. Образование, воспитание, педагог, знание, семья,
социальные отношения.
Annotation. This article discusses the origins of education and upbringing that
should be used in pedagogical activity and its significance in our society.
Keywords. Education, upbringing, teacher, knowledge, family, social relations.
Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir
juz'idir. Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-
o‘zidan ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa
jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya
ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi.
Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak,
u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak.
Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko‘rsatma va imkoniyatlar mavjud.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
113
Eng asosiysi, inson o‘zining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy
holda Allohga yuzlanib turishi tarbiyadir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ta'lim komil tarbiyaning bir juz'idir. U esa aqlni
rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z hayotida kerak bo‘ladigan ilmu
ma'rifatni ashyolar to‘g‘risidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va
hunarlarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli
bo‘la olmaydi. Chunki ta'lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab
ololmaydi. Shuning uchun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi. Bu
haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari
orqali ham bilib olishimiz mumkin.
Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini
hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot
olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini
anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila,
ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi
bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj,
kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab
kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi,
tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar
qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon
boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar
belgilanadi. Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan
oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston
Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni
va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini
takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan
boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan
boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
114
oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash
kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga
tayyorgarligini belgilaydigan „Tashxis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning
bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy
attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini
diagnostik tahlil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi
qator pedagogik yangiliklar joriy etildi.
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va
texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb-hunar
kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy
maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus
bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari,
darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli
metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllarni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab
chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora
tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va
abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham
mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi. Pedagogik
adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda
tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy,
madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar,
tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat
oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni
emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino,
radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi
tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
115
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-
axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga
oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har
qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki
taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning nafaqat bilimi koʻpayibgina qolmay,
balki axloqiy-maʼnaviy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan.
Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa
sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat
sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi
turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq
tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga
ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura taʼziqi tufayli tarbiyada
ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik
xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga
solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi sababli ham uning shaxsni
shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga
berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga
mahliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya
maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan
ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz toʻda, olomon tarzida qarash
qaror topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy
obyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik
tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga
yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
116
pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik
bilan oʻrganilayapti. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila
tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina
boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan
boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho
berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash,
tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.
Azizxo’jayev N.N Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T:. 2003.- 174b.
2.
Azizxo’jayev N.N Tarbiyachi mutaxassislari tayyorlash texnologiyasi.-T.:
“Nizomiy TGPU”.2000.-52b.