Authors

  • Sharipov A.

Author Biography

  • Sharipov A.

    Osiyo xalqaro universiteti

    Tibbiyot fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117873

Abstract

Yoshligimizda nuroniylar “Tabiat bergan kasalliklarning davosi tabiatning oʻzida” deya uqtirardilar. Tabiblar esa kasalliklarning taxminan 70 foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda, deb aytishadi. Asrlar osha qadr-qimmatini yoʻqotmay kelayotgan bu purmaʼno hikmat zamirida ona tabiatning ajralmas qismi boʻlgan inson yoʻliqadigan kasalliklarga davo atrofimizni oʻrab turgan borliqda mujassam, degan hayotiy haqiqat yotibdi. Faqat uni ilgʻab, anglab oʻz oʻrnida foydalanish kerak.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

54

YURTIMIZ O’ZBEKISTONDA XALQ TABOBATINING

RIVOJLANISH TARIXI

Sharipov A.

Osiyo xalqaro universiteti

Tibbiyot fakulteti talabasi

Yoshligimizda nuroniylar “Tabiat bergan kasalliklarning davosi tabiatning

oʻzida” deya uqtirardilar. Tabiblar esa kasalliklarning taxminan 70 foiziga davo

giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda, deb aytishadi. Asrlar osha qadr-

qimmatini yoʻqotmay kelayotgan bu purmaʼno hikmat zamirida ona tabiatning

ajralmas qismi boʻlgan inson yoʻliqadigan kasalliklarga davo atrofimizni oʻrab turgan

borliqda mujassam, degan hayotiy haqiqat yotibdi. Faqat uni ilgʻab, anglab oʻz oʻrnida

foydalanish kerak.

Bu borada uzoq tarixga ega xalq tabobati eng yaqin koʻmakchi boʻlib kelgan.

Biroq ushbu sohaga yetarli darajada eʼtibor qaratilmasligi oqibatida yurtimizda

anʼanaviy davolash usullari unutilib ketayozgan edi. Ana shunday bir paytda

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir

qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani ayni muddao boʻldi.

L. Morgan, E. Teylor, R. Soleski singari ibtidoiy madaniyat tadqiqotchilari xalq

tabobatining shakllanishi Yer yuzida insoniyatning paydo boʻlishiga borib taqalishiga

urgʻu beradi. Chindan ham, davolashning bu usuli oʻta qadimiy.

Uning sirlari avloddan-avlodga oʻtib, xalqning necha ming yillik tajribalari

natijasida sayqallanib, bizgacha yetib kelgan. Buni zardushtiylik taʼlimotining

muqaddas kitobi “Avesto” ham tasdiqlaydi. Uning barcha qismida, xususan,

“Vendidod”da tabiblar tayyorlash, tabobat amaliyoti, kasalliklar tasnifi, ularning paydo

boʻlish sababi va omillari, noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli maʼlumotlar

keltirilgan. Shuningdek, tabib madaniyati, axloqi, uning kasbiga fidoyiligi kabi

masalalar bayoniga alohida sahifalar ajratilganki, bu zaminimiz xalq tabobatida

nihoyatda boy tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

55

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim anʼanalarni davom

ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa,

dunyo xalqlarining sevimli asariga, tibbiyot sohasi xodimlari faoliyatida dasturil-

amalga aylangan “Tib qonunlari” atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan maʼlumotlar

oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmagan, aksincha, qadr-qimmati yana-da oshgan.

Ulardan yana-da kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir. Binobarin, xalq tabobati,

uning oʻziga xos anʼanalari aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam

koʻrsatish, xususan, surunkali kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda sifat,

xavfsizlik va samaradorlik borasida amalda koʻp sinovlardan oʻtgan. Yurtimizda xalq

tabobati rivojiga yuksak darajada eʼtibor qaratilayotganining boisi ham shunda.

Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi tashkil etilib,

jabhada olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar samarasi oʻlaroq, u taraqqiyotga yuz

tuta boshladi.

Biroq qaysi soha boʻlmasin, vaqt oʻtishi bilan mustahkam ilmiy asos va

zamonaviy ilmga ehtiyoj sezganidek, xalq tabobatini ham sogʻliqni saqlash tizimiga

izchil integratsiyalash, oʻzaro uygʻunlashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni

hayotning oʻzi taqozo qilayotgan edi. Shu maʼnoda, yuqorida nomi keltirilgan qarorda

shu kabi masalalarni tizimli hal etishning aniq mexanizmi belgilab berilgani diqqatga

sazovor.

Hujjatga koʻra, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va uning

hududiy tuzilmalari tashkil etilmoqda. Oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va

oʻziga xos merosidan foydalangan holda, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis

qoʻyish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishning

samaradorligini tahlil qilish va oʻrganish uning asosiy vazifasi etib belgilanmoqda.

Buning

uchun

fitoterapiya,

akupunktura,

ayurveda,

gomeopatiya,

yoga,

moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot, sigun kabi

xalq tabobatining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish, ularni amaliyotda keng qoʻllash,

aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻquv-metodik

adabiyotlar tayyorlash ishlarida bosh-qosh boʻladi. Bundan tashqari, dorivor

oʻsimliklar oʻstirish, ular asosida xom ashyo tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

56

tashkil etish, noyob shifobaxsh giyohlarni mahalliylashtirish boʻyicha tashabbuskor

boʻladi.

Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy

markazi soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Uning

hududiy markazlarida xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini

muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy maʼlumotga ega boʻlmaganlarga tegishli

yoʻnalishlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi. Hududiy

markazlarda ilgʻor ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha

qulaylik, zarur moddiy-texnika bazaga ega zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Bularning barchasi kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va

davolashda gʻoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan xalq tabobatini rivojlantirishda

katta imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Ammo sohani sifat jihatidan yangi

bosqichga olib chiqishda xorijning ilgʻor tajribasini oʻrganish har tomonlama

foydalidir. Shuning uchun bu jabhada yetakchilik qilayotgan Xitoy, Yaponiya,

Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya davlatlari bilan hamkorlik, jumladan, joyiga

borib keng oʻrganish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bu borada

dardlarni davolashda moʻjizalarga qodir boʻlgan Xitoy tabobatiga koʻproq murojaat

qilinishi koʻzda tutilayotgani quvonarlidir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, Chin yurtida

1949-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davr mobaynida aholining umr koʻrish darajasi 2

barobardan koʻpga uzayib, oʻrtacha yashash davomiyligi 35 yoshdan 73 yoshga

yetgan. Tabiiy savol tugʻiladi: buning siri nimada? Insonparvar ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlar qatorida, xalq tabobatining ommalashtirilishi samarasi hamdir.

Gap shundaki, oʻtgan asrning 50-yillarida Xitoyda bemorni davolash borasida

tabiblar tajribasi va yutuqlariga boʻlgan qiziqish tufayli xalq tabobati davolash usuli

sifatida qayta tiklandi. 1972-yildan esa uning anʼanalari ilmiy asoslangan fan, taʼbir

joiz boʻlsa, Xitoy ramzi, millat mulki sifatida jamiyat tomonidan tan olinadi.

Aytishlaricha, eramizdan avvalgi 259 — 210-yillarda Xitoyda yashab oʻtgan

imperator Sin Shixuan juda badjahl, qaysar va johil boʻlsa-da, tibbiyotga oid kitoblarni

asrab-avaylagan ekan. Ana shu manba qadimiy tabobatni nafaqat qayta tiklash, balki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

57

uning yutuqlarini zamonaviy tibbiyotga tatbiq etish va ularni oʻzaro uygʻunlashtirish

imkonini beradi. Bugungi kunda sogʻliqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlar

negizi ayni shunda, deb qaraladi. Buning amaliy isbotini dunyoning eng badavlat va

mashhur kishilari dam olib, sogʻligʻini tiklaydigan Gavayi orollariga qiyoslanadigan

Xaynan oroli misolida ham koʻrish mumkin.

Bundan atigi 30 yil muqaddam — 1990-yillarda bu yerda qadimgi baliqchilar

qishlogʻidan boshqa hech vaqo boʻlmagan. Xitoyliklar bir avlod koʻz oʻngida aholisi

qashshoq, yerlari botqoq boʻlgan orolni ham dam oladigan, ham davolanadigan

dunyoning eng mashhur kurort maskanlaridan biriga aylantirishga muvaffaq boʻlishdi.

Dengiz boʻyida zamonaviy bandargohlar, koʻp qavatli binolar, shifoxonalar, kurort va

sanatoriylar barpo etilgan bu manzil yil davomida sayyohlar bilan gavjum. Inson

salomatligini tiklash va davolashning qadimiy usuli ana shunday imkoniyatlarni tortiq

qildi. Ayni paytda bu yerda sogʻlomlashtirish dasturlariga qoʻshimcha ravishda inson

organizmini yoshartirish ustida olib borilgan ilmiy-amaliy ishlar natijalariga

asoslangan yangi yoʻnalishlar kiritilgani qiziqishni yana-da oshirayotgani bor gap.

Oʻzbekistonda xalq tabobatini ana shunday yuqori darajaga olib chiqish uchun

imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli. Jonajon Vatanimiz betakror tabiati, oʻziga xos

oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega, Allohning nazari tushgan noyob manzil

hisoblanadi. Eng muhimi, tib ilmining ustuni boʻlmish Abu Ali ibn Sino bobomiz

qoldirgan benazir merosga egamiz. Ularni amaliyotda keng qoʻllash koʻzda tutilgan

2021 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda

uning maqsadli koʻrsatkichlarni amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” ishlab

chiqilmoqda. Mazkur konsepsiya tasdiqlanib, amalga joriy etilishi sohadagi koʻplab

muammolarni hal qiladi. Masalan, xalq tabobatining oʻzagi boʻlgan asosiy

yoʻnalishlarni rivojlantirish va zamonaviy tibbiyotda ularni qoʻllash boʻyicha oʻquv-

metodik qoʻllanmalar, adabiyotlar juda-juda kam. Qadimda keng foydalanilgan va

yuqori samarali davolash usullari boʻyicha adabiyotlar yaratilishi, targʻibot ishlarining

kuchaytirilishi, oʻz navbatida, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini joriy

etishda qoʻl keladi. Eng katta boyligimiz boʻlgan sogʻligʻimizni mustahkamlashga

xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

58

Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrimizda tibbiyot rivoji ham tezlashib ketdi.

Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolashning yagona vositasi emas. Bu

usulda tayyorlangan dori-darmonlardan koʻra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar

asosida davolashning foydasi yuqori ekanligi butun dunyoda tan olinmoqda. Aniqrogʻi,

xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda oʻzini oqlamoqda. Shu bois

unga murojaat qiluvchilar tobora ortib boryapti. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiya

amalga oshirilayotgani ana shu hayotiy ehtiyoj mevasi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Qarorning oʻziga xos yana bir jihati shundaki, unda oliy taʼlim muassasalari

oldiga hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuqori salohiyatli, raqobatdosh va

malakali kadrlar tayyorlash vazifasi qoʻyilmoqda. Shundan kelib chiqib, koʻp asrlik

tarixga ega Samarqand davlat universitetida talabalar, izlanuvchilar, aspirantlarga

ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish, amaliy tajribalar oʻtkazish uchun zarur

barcha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Xususan, SamDU biologiya fakulteti qoshida

Hindistonning Dehli universiteti bilan hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino merosi” ilmiy

laboratoriyasi tashkil qilingani nabotot namunalarining dorivorlik xususiyatlarini

oʻrganish barobarida, mutaxassis va olimlar bilan hamkorlikda ularni amaliyotga joriy

qilish boʻyicha innovatsion ishlanmalar yaratishda qoʻl kelyapti.

Shu bilan birga, mazkur sohadagi taʼlim, ilmiy jarayonlarga innovatsion ruh

berish maqsadida universitetimiz bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Vet Vittlts”

kompaniyasi oʻrtasida shartnoma imzolangan. Unga binoan boshqa sohalar qatorida,

dorivor oʻsimliklarning jonivorlar organizmiga taʼsirini birgalikda oʻrganish, ilmiy

ishlar olib borish koʻzda tutilgan.

Xulosa qilib aytish joyizki, bugun yurtimizO’zbekistonda xalq tabobatini

zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash borasida olib borilayotgan

bunday keng koʻlamli islohotlar qadim davolash sirlaridan voqif boʻlish, bizga maʼlum

boʻlmagan dorivor oʻsimliklarni aniqlash, ulardan aholi salomatligi yoʻlida samarali

foydalanishdek ezgu maqsadga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Binobarin,

inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻzaro vobastalikni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

59

taʼminlagan holda, inson salomatligini mustahkamlash xalq tabobatini taraqqiy

ettirishdan koʻzlangan pirovard maqsaddir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Каримов У. И., Неизвестное сочинение ар -Рази «Книга тайны тайн», Т., 1957.

2.Кадыров А. А., Саипов У. Т., Абу Бакр Рази, Т., 1963. 3.Усманов М. А.,

Закарийя арРази, в книге «Из философского наследия народов Востока», Т.,

1972.

4.Abu Bakr Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan kasalliklar tarixi, T., 1974.

5. Karimov S. U., IX—XI asrlarda kimyo va dorishunoslik fanlari taraqqiyotida

Markaziy Osiyo olimlarining o‘rni, T., 2002.

6. Peter Adamson.Al-Razi Great Medival Thinkers, Oxford University Press,2021.-

256 pages.

7.Bakayev N.B. Lotin tili Lingua Latina. Buxoro -2023.

8. Kuvandikova, K. (2025). THE ROLE OF COMMUNICATION IN LANGUAGE

LEARNING:TIPS FOR SPEAKING FLUENCY. В CENTRAL ASIAN JOURNAL

OF EDUCATION AND INNOVATION (Т. 4, Выпуск 3, сс. 10–13). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15004062

9.Kuvandikova, K. (2025). THE ROLE OF COMMUNICATION IN LANGUAGE

LEARNING:TIPS FOR SPEAKING FLUENCY. В CENTRAL ASIAN JOURNAL

OF EDUCATION AND INNOVATION (Т. 4, Выпуск 3, сс. 10–13). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15005275

10.Кuvandikova, K. (2025). THE ROLE OF COMMUNICATION IN LANGUAGE

LEARNING:TIPS FOR SPEAKING FLUENCY. В CENTRAL ASIAN JOURNAL

OF EDUCATION AND INNOVATION (Т. 4, Выпуск 3, сс. 10–13). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14999363

11. huvandikova, K. (2024). COLLABORATIVE MOBILE LEARNING

APPROACH. В CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND

INNOVATION

(Т.

3,

Выпуск

11,

сс.

131–134).

Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14207956


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

60

12. Kuvandikova, X. (2024). PROBLEMS,SOLUTION AND DEVELOPMENT OF

ESP IN UZBEKISTAN. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE

AND

TECHNOLOGY

(Т.

4,

Выпуск

1,

сс.

210–214).

Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10568469

13. Kuvandikova Kh.B. Problems,Solution and Development of ESP in Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo10568469

14. Кувандикова Х.Б.Пути развития творческой деятельности учащихся

https://cspu.uz/

15. Kuvandikova Kh.B. Essential Tips and the Ways of Overcoming Difficulties in

Writing

https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/1188

16. Kuvandikova Kh . Implementation of CLIL in language learning and teaching

process

http://grnjournals.us/index.php/AJSHR