Authors

  • Fazliddinov Zokir

Author Biography

  • Fazliddinov Zokir

    Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117961

Keywords:

ansambl O'rta Osiyo Nay Cholg'u Sozandalar O'zbekistonda fleyta Afrosiyob.

Abstract

O'zbekistonda ijrochilik amaliyotida foydalanib kelinayotgan milliy musiqa cholg'ularining 30tadan ortiq turlari mavjud. Shulardan 18 nomdagi musiqiy cholg'ular XX asrning 40-yillaridan keyinproq professor A.I.Petrosyans boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va soz ustalari bilan hamkorlikda takomillashtirilgan musiqiy cholg'ular bo'lib, konsert sahnalarida yakka navozlik sifatida, shu bilan birga, asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangandir. Ushbu maqolada Shunday cholg‘ulardan biri Nay tarixi xaqida so‘z boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

355

O’ZBEK MILLIY CHOLG’ULARIDAN NAY CHOLG’USINING

KELIB CHIQISH TARIXI

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti o’qituvchisi

Fazliddinov Zokir

Tel:+998977627374

Annotatsiya: O'zbekistonda ijrochilik amaliyotida foydalanib kelinayotgan

milliy musiqa cholg'ularining 30tadan ortiq turlari mavjud. Shulardan 18 nomdagi

musiqiy cholg'ular XX asrning 40-yillaridan keyinproq professor A.I.Petrosyans

boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va soz ustalari bilan hamkorlikda

takomillashtirilgan musiqiy cholg'ular bo'lib, konsert sahnalarida yakka navozlik

sifatida, shu bilan birga, asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish

uchun mo'ljallangandir. Ushbu maqolada Shunday cholg‘ulardan biri Nay tarixi

xaqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: ansambl, O'rta Osiyo, Nay, Cholg'u, Sozandalar, O'zbekistonda,

fleyta, Afrosiyob.

Ansambldagi o'zbek milliy cholg'ular tarixi Nay - qadimdan O'rta Osiyoda,

jumladan O'zbekiston musiqa madaniyatida sevimli cholg'u sifatida qo'llanilib

kelinmoqda. Nayning yaralishiga doir bir rivoyatda aytilishicha: Inson paydo

bo'lgandan keyin yerda o'sib turgan qamishni qirqib olib, undan teshiklar ochib, nay

yasaydi va chala boshlaydi. Nayning ohangiga mahliyo bo'lgan yer yuzidagi barcha

jonzot tirikchilik tashvishini unutib (sher kiyik bilan, bo'ri qo'y bilan, tulki tovuq bilan

va h.k.) hech narsaga parvo qilmasdan ijrochining izidan ergashib ketaverishibdi. Buni

kuzatib turgan Allohu-ta'lo yerdagi muvozanatni buzilganini ko'rib insonning qo'lidan

nayni oladi va undagi mahliyo qiluvchi shirani chiqarib tashlaydi va nayni qaytarib

beradi. Hozirgina uning maftunkor ovozi o'shashirasi so'rib olingandan keyingi holati

bo'lsa undan oldingisining ta'rifiga so'z ojizd ir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

356

Amir Xusrav Dehlaviy asarlari uchun Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan

miniatyuralarda ikki naychi va doyrachi tasvirlangan bo'lib, bu yerda nay ichaksimon

(trubka) shaklida bo'lgan. Uning yuqori qismini sozanda lablariga tekizib pastki

qismini pastga tushirib chalgan. Cholg'uning hajmi va qo'lda ushlanishiga qarab bu ,

musiqachilari chaladigan qadimiy uzunroq fleytalar avlodi ekanini ko'rish mumkin.

O'rta asr miniatyurachilari bu cholg'ularning chalinish uslubini barmoqlar

joylashishiga qarab belgilashgan va miniatyuralarga qarab shuni aniqlash mumkinki,

bu bir nechta (balki oltitadir) teshikchalar ichaksimon naychaning xuddi zamonaviy

fleyta singari pastki qismida bo'lgan.

Ibtidoiy jamiyatda xalq turmushi, mehnat jarayonlarida "Navro'z" tantanalarida

nay va boshqa cholg'ularda kuylar ijro etilgan. Moddiy madaniyat yodgorliklari,

tasviriy san'at asarlari, jumladan devordagi rasmlar, sopol haykalchalar va turli xil

miniatyuralar eramizning VII asridayoq ikki turdagi xalq cholg'ulari ansambli

mavjudligidan, ulardan biri damli va urma zarbli cholg'ulardan iborat bo'lganligi

hamda nay, surnay va boshqa cholg'ularda yakkanavoz ijrochilik ham mavjud ekanligi

haqida ma'lumot beradi."Shohnoma" asarida ham chang, doyra va naydan iborat

bo'lgan ansambli fodalangan.

Nay ansamblda ohangni boshlovchi sifatida aks ettirilgan. Forobiyning

"Musiqa haqida katta kitobi"- ning ikki qismi o'sha davr cholg'ulariga bag'ishlangan,

ular ichida nay ham ta'riflanadi. Cholg'u uzunligi 450-520 mm.li bo'lib, unda oltita ijro

teshikchalari hamda nafas yuboriladigan bitta teshik mavjud.

Nay cholg‘usi ko‘p asrlik taraqqiyot davomida o‘ziga xos tuzilishi tufayli

an‘anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi. Nay silindr shaklida yumaloq ichi g‘ovak

bo‘lib, diametri 20-30 mm, uzunligi 450-520 mm.li bo‘lib, unda oltita ijro teshikchalari

hamda nafas yuboriladigan bitta teshik mavjud.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

357

Nayda asosan 7 ta teshikbo‘lib, ulardan bosh qismidagi 1 ta alohida teshik

puflash "Labium"uchun, qolgan 6 tasi esa barmoqlar bilan bosib tovush chiqarish

uchun qo‘llaniladi. Nayning tovush qatori diatonik bo‘lib, 2,5 oktava (1-oktava lyadan

4-oktava re) gacha tovush ko‘lamiga ega. 2-oktava lya tovushidan yuqori pardalar

nafas bosimini kuchaytirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Sozandalar ijro davomida va

ayniqsa yuqori tovushlarni hosil qilganda murakkab (asosiy pardalarda o‘rta

barmoqlarni ochgan holda "vilochniy") applikaturani qo‘llaydilar.

Nay teshiklarini yarim ochgan holda esa xromatik tovush qator hosil qilish

mumkin. Shuningdek, nayning puflanadigan teshigiga ijrochi labini pastroq yoki

yuqoriq o‘yishi natijasida tovushni yarim pardaga farq qildirish mumkin. Sozning

balandligi nayning yuqori qismi ichkarisida joylashgan tiqin (probka) va

harakatlantiruvchi golovka bilan tartibga solib turiladi. Golovka yoki probkani siljitish

bilan havo to‘lqinini ko‘paytirish va shu bilan birga, tovushni pasaytirish va

kuchaytirish mumkin.

Nayda ijro etish uchun o‘ng va chap qo‘llarning uchtadan barmoqlari

ishlatiladi. Nayda ijro etganda uning puflab chalinadigan teshigini pastki labga

shunday qo‘yish kerakki, lab faqat teshikning chetigagina tegib turishi va uning

to‘rtdan bir qismini berkitishi lozim. Naychining qo‘li barmoqlarning erkin ishlay

olishi uchun sharoit yaratgan holatda bo‘lishi lozim. Bosh va gavdani, ya‘ni qomatni

to‘g‘ri tutish zarur. Tirsaklar yengil ko‘tarilgan,yelkalar kerilgan holda bo‘lishi kerak.

Ko‘krak qafasining erkin bo‘lishi esa yengil nafas olishni ta‘minlaydi. Bular esa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

358

talabalarning

muvaffaqiyatli

bilim

olishlarida

va

o'zlarining

sog'liklarini

mustahkamlashda zaruriy sharoitlardan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.Axmedov “Ansambl (turlaribo‘yicha)” Toshkent: 2023.

2.O‘.Mirzayev - "Cholg‘u ijrochiligi va ansambl". N., "Tahrir" 2019

3.R.Qodirov - "Musiqapedagogikasi". T.: 2013

4.O.Toshmatova. Xalq cholg‘ulari antologiyasi. T., "Musiqa" 2014

5.A.Fitrat - "O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi" T., "Fan" 1993

6. .A.Mamadaliyev - "Ansambl sinfi". T., "Musiqa" 2020