MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
156
KUZ MANZARASIDA JAMIYAT SIYMOSI: MUNAVVARQORI
ABDURASHIDXONOV SHE’RINING IJTIMOIY-SIYOSIY TALQINI
Mamatova Nilufar Nuriddin qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va
adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Ilmiyrahbar: dots. A.U.Mo‘ydinova
Kalit so‘zlar: Munavvarqori Abdurashidxonov, "Kuz", ma'rifatparvarlik, tabiat,
jamiyat, ironiya, ijtimoiy-siyosiy jarayon.
Annotatsiya: ushbu maqolada Munavvarqori Abdurashidxonovning “Kuz” nomli
she’ri ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy kontekstda tahlil qilinadi. She’rda kuz faslining kirib
kelishi orqali tabiatdagi o‘zgarishlar poetik tasvirlangan bo‘lsa-da, chuqur tahlil
natijasida ushbu manzaralarda jamiyatdagi ruhiy bosimlar, xalq hayotining og‘ir
sharoitlari, ma’rifat va o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyoj ifodalanganligi aniqlanadi.
Tahlilda she’rning poetik uslubi, badiiy obrazlar tizimi va metaforalar orqali berilgan
g‘oyaviy qatlamlar o‘rganilib, muallifning ma’naviy qarashlari ochib beriladi. Maqola
adabiy va tarixiy tafakkur nuqtai nazaridan she’rni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Kirish qismi
:
O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan
Munavvarqori Abdurashidxonov, nafaqat o‘z davrining ilg‘or fikrli ziyolisi, balki xalq
dardini, jamiyatdagi o‘zgarishlarni chuqur anglagan ijodkor sifatida e’tirof etiladi. Uning
“Kuz” she’ri ilk qarashda fasllar almashinuvi, tabiat manzarasining poetik ifodasi sifatida
ko‘rinsa-da, satrlar orasidan ijtimoiy hayot manzaralari, xalqning kundalik mehnati,
jamiyatdagi muammolar va ma’rifat sari yo‘naltirilgan umidlar yaqqol seziladi. Kuz —
muallif nigohida oddiy bir fasl emas, balki o‘zgarishlar, ruhiy silkinishlar va
yangilanishlarning ramzidir. Adib she’r orqali tabiatni tasvirlar ekan, aslida xalq
hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni, ma’naviy iztiroblarni va ma’rifatga bo‘lgan
ehtiyojni badiiy ifoda etadi. Ana shu jihatlarni ochib berish mazkur maqolaning asosiy
maqsadidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
157
Asosiy qism:
Munavvarqori Abdurashidxonov o‘zining jadidona yondashuvi orqali xalqni
ma’rifatga chorlagan, adabiy so‘z vositasida jamiyatning og‘riqlarini tasvirlay olgan
yuksak didli adiblardan biridir. Uning “Kuz” she’rida tabiatdagi o‘zgarishlar fonida xalq
hayotidagi og‘ir mehnat, ruhiy siquv, lekin shu bilan birga ma’rifatga bo‘lgan ishonch
ham aks etadi. She’r har bir satrida badiiylik va g‘oyaning uyg‘unligi bilan o‘quvchini
o‘ylantiradi,
kuzatishga
chorlaydi.
She’rda ilk satrlardan boshlab tabiatning sokin, ammo sovuq nafasi seziladi:
“Kuzning sovuq yeli esib, Sarg’aytirdi yoz yuzini…”
Bu tasvirlar orqali yozning —
ya’ni hayotning sermahsul, farovon bir faslining yakuni, uning orqasidan esa og‘irlik,
salqinlik va tan olish zarurati kelayotganini anglaymiz. She’rning ichki ruhiy ohangi
insonning ruhiy kechinmalari bilan uyg‘unlashadi: o‘simliklar titrab qaqshaydi, bulutlar
ko‘kni qoplaydi. Bu faqatgina tabiat hodisalari bilan boğliq holat emas, bu yerda xalq va
jamiyat hayotiga õz ta'sirini singdirayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayon ham aks etganligini
anglashimiz mumkin.
“Kuz askari keldi bosib, Qirildi yaprog‘lar, o'tlar...”
Bu yerda “askari” so‘zining ishlatilishi kuzni faol kuch, o‘zgarish olib kiruvchi shiddatli
qudrat sifatida ko‘rsatadi. Yaproqlar va o‘tlar esa bu o‘zgarishlarga bardosh bera olmay
yo‘qolayotgan qadriyatlar, g‘oyalar yoki sharoitlar bo‘lishi mumkin. Bulutlar ko‘z yosh
to‘kadi — bu holat faqat tabiatdagi manzara emas, balki jamiyatdagi qayg‘u, ichki motam
obrazidir.
She’rda gullar rangini yo‘qotadi, bog‘lar bulbuldan ayriladi. Go‘zallik ketadi, o‘rnini
qarg‘aning qag‘illashi egallaydi. Bu o‘zgarishlar inson ruhiyatida ham aks etadi:
“Sevingandan olaqarg‘a Qag‘illaydi boʻynin cho‘zib.”
Bu satrda hatto tabiatdagi qushlar ham o‘zini tutolmay, xuddi shodlanayotgandek
holatga keladi. Lekin bu “sevinch” bejiz emas — bu yerda ironiya bor. Kuz — ayriliq,
sovuqlik, sinovlar fasli. Ammo muallif kuz faslini faqat yo‘qotish, xazonlik sifatida emas,
balki
yangilanishga eshik ochuvchi bir davr
sifatida ham ko‘rsatadi:
“Ey, kuz! Sening
ishlaringdan Bir yaxshisi esga keldi: Yoz boʻyicha yopiq turgan Maktablar senda
ochildi.”
She’rning eng muhim, g‘oyaviy cho‘qqisi aynan shu joyda namoyon bo‘ladi.
Muallif uchun kuz — maktablar ochiladigan, tafakkur tiklanadigan, xalq ongiga nur
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
158
sochadigan fasl. Bu yerda maktab — ma’rifat, yangilik, umid timsoli. Kuz — boshlanish
fasli sifatida yangicha talqin etiladi. Har bir obraz ramziy ma’no kasb etadi: bulut —
bosim; qarg‘a — xomushlik va ayriliq; yaproq — o‘tgan davrlar, va nihoyat, maktab —
kelajak sari umid.
Adib she’rni hayotiy tasvirlar bilan to‘ldirar ekan, hech qachon faqat shikoyat
bilan cheklanmaydi — u doimo umidga chorlaydi. Qanchalik qirov tushmasin, qanchalik
bulutlar quyoshni to‘smasin, baribir bilim nuri, maktab eshiklari ochiladi. Ana shu ijobiy
ruh, ana shu insonparvar pozitsiya uni ma’rifatparvar adiblar safida porlatadi.
Xulosa:
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Kuz” she’ri nafaqat fasllar almashinuvi
haqida yozilgan oddiy poetik asar, balki unda xalq ruhiyati, davr iztiroblari va ijtimoiy
o‘zgarishlar badiiy ramzlar orqali teran aks etgan. She’rda kuz — xazonrezgi, sovuq,
bulutli manzara sifatida tasvirlansa-da, bu tasvirlar orqasida xalqning og‘ir mehnati, ruhiy
bosimi va ayni paytda, ma’rifat sari intilishi yotadi. Shoir o‘ziga xos poetik uslubda har
bir detaldan chuqur ijtimoiy ma’no chiqaradi: yaproqlarning to‘kilishi — eskilikdan voz
kechish, qarg‘aning qag‘illashi — ruhiy beqarorlik, maktab ochilishi esa — yangilanish
va umidning belgisi.
Abdurashidxonov uchun she’riyat — faqat go‘zallik emas, balki xalq dardi,
ma’rifiy uyg‘onish va jamiyatga xizmat qilish vositasi hamdir. “Kuz” she’rida ham ana
shu maqsad ustuvor: shoir tabiat manzarasiga jamiyat holatini, xalqning ruhiy
kechinmalarini va o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojini mujassamlashtiradi. She’r oxirida
maktablarning ochilishi bilan bog‘liq ijobiy ruh esa shoir dunyoqarashining umidga to‘la,
kelajakka ishonch bilan qaraganiga dalildir.
Demak, “Kuz” she’ri bizga nafaqat fasllar almashinuvidagi go‘zallikni, balki bir
xalqning tarixiy ruhiyatini, uning iztirob va orzularini, eng muhimi, ma’rifatga bo‘lgan
intilishini badiiy shaklda anglash imkonini beradi. Shoir o‘z asari orqali bizni o‘ylashga,
his qilishga, va har faslda chuqurroq ma’nolarni anglashga chorlaydi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Jadidlar.Sotimjon Xolboyev.Munavvarqori Abdurashidxonov.Toshkent 2022.
2. Qo'chqorov T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent: "Fan va texnologiya", 2012.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
159
3. G'ulomov N. Adabiy tahlil asoslari. Toshkent: "Yozuvchi", 2004.
4. Vohidov S. XX asr o'zbek she'riyati. Toshkent: "Universitet", 2010.