Authors

  • Faxriddin O’rinboyevich Toshboltayev
  • Ravshanova Jayrona Avazbek qizi

Author Biographies

  • Faxriddin O’rinboyevich Toshboltayev

    FarDU “Axborot texnologiyalari”kafedrasi katta o`qituvchi(PhD)

  • Ravshanova Jayrona Avazbek qizi

    FarDU Filologiya va tillarni o`qitish:ingliz tili yo`nalishi 24.111-huruh

    Talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117991

Keywords:

Turizm infratuzilmasi raqamli texnologiyalar axborot kommunikatsiya texnologiyalari AKT O`zbekiston turizmi ”Raqamli O`zbekiston – 2030” virtual sayohat sun`iy intelekt onlayn bron qilish raqamli xizmatlar elektron viza axborot xavfsizligi “Smart-Tourism” yagona portali

Abstract

Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari tahlil etiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli viza, axborot portallari va mobil ilovalar joriy etilayotgani ham turizm infratuzilmasini raqamlashtirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, malakali kadrlar yetishmovchiligi va axborot xavfsizligi kabi muammolar mavjud. Maqolada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda samarali raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

148

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TURIZM

INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA

ISTIQBOLLARI

Faxriddin O’rinboyevich Toshboltayev

FarDU “Axborot texnologiyalari”kafedrasi katta o`qituvchi(PhD)

Ravshanova Jayrona Avazbek qizi

FarDU Filologiya va tillarni o`qitish:ingliz tili yo`nalishi 24.111-huruh

Talabasi

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning turizm

infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish

istiqbollari tahlil etiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal

rivojlanishi turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, interaktivlikni

kuchaytirish va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat

qilmoqda. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida

raqamli viza, axborot portallari va mobil ilovalar joriy etilayotgani ham turizm

infratuzilmasini raqamlashtirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga,

texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, malakali kadrlar yetishmovchiligi va

axborot xavfsizligi kabi muammolar mavjud. Maqolada raqamli infratuzilmani

rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda samarali raqamli

marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Kalit so`zlar: Turizm infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, axborot

kommunikatsiya texnologiyalari, AKT, O`zbekiston turizmi,”Raqamli O`zbekiston –

2030”, virtual sayohat, sun`iy intelekt, onlayn bron qilish, raqamli xizmatlar, raqamli

texnologiyalar, elektron viza, axborot xavfsizligi, “Smart-Tourism” yagona portali

KIRISH

So`nggi yillarda turizm sohasi global miqyosda jadal rivojlanib borayotgan

muhim iqtisodiy sohalardan biriga aylandi. Ayni paytda turizm nafaqat iqtisodiy foyda

keltiruvchi omil, balki mamlakatlar o`rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlovchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

149

ko`prik sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu bilan bir qatorda, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi turizm infratuzilmasining

yangi pog`onaga chiqishiga turki bo`ldi. Raqamli texnologiyalar orqali sayohatlarni

rejalashtirish, onlayn bron qilish tizimlari, sun`iy intelekt yordamida mehmonlarni

kutib olish kabi bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, xizmat sifati va mijozlar

ehtiyojiga moslashuvchanlik oshdi. Bu esa zamonaviy infratuzilmaning endilikda

faqatgina fizik obyektlar bilan emas, raqamli vositalar bilan ham birdek

uyg`unlashuvini taqozo qilmoqda.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TURIZM INTEGRATSIYASI

Zamonaviy turizm AKT bilan chambarchas holda shakllanmoqda. Turli xil

mobil ilovalar, veb-saytlar, sun`iy intelekt, QR-kodlar, virtual va kengaytirilgan

haqiqat texnologiyalari turistlar uchun bir qator qulayliklar yaratmoqda. Buni

quyidagilar misolida ko`rishimiz mumkin: virtual sayohat orqali tashrif buyuruvchilar

turistik obyekt haqida dastlabki realistik tasavvurga ega bo`lishadi. Onlayn bron

xizmatlari esa joy band qilishda tezkorlik va qulaylik, xizmatlar va narxlarni

solishtirish, hujjatlarni avtomatik tarzda oson to`ldirish orqali bir qancha vaqt va

xarajatlarni tejaydi hamda aniq va asosli qaror qabul qilishga yordam beradi. Shu

o`rinda, raqamli xizmatlar turistik infratuzilmaning muhim elementi sifatida

qaralmoqda.

O`zbekistonda “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida turizm

sohasida ham bir qator raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “e-

Visa” electron viza tizmi, “Uzbekistan.travel” axborot portali, “Digital Guide” ilovasi

kabi platformalar xorijiy mehmonlarga xizmat ko`rsatishda asosiy o`rin tutmoqda.

RIVOJLANISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR

Raqamli texnologiyalar sosida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda bir qator

tizimli muammolar ko`zga tashlanmoqda:

Texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi.Ayrim turistik hududlarda

internet tarmog`ining sustligi yoki umuman mavjud emasligi turistlar uchun onlayn

xaritalarga kira olmaslik, yaqin atrofdagi restoranlar, transport jadvali haqida ma`lumot


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

150

ololmaslik, onlayn to`lovlar yoki bron qilish xizmatlaridan foydalana olmaslik kabi

qiyinchiliklar tug`diradi.

Kadrlar yetishmovchiligi.AKT sohasida bilimli va raqamli xizmatlar bilan

ishlay oladigan mutaxassislarning yetarli emasligi sababli raqamli texnologiyalarni

joriy etish, mavjud tizimlarni boshqarish, tizimli nosozliklarni bartaraf etish va xorijiy

hamkorli va raqamli integratsiya arayonlari sustlashuvi bu boradagi taraqqiyotni

sekinlashtiradi.

Axborot xavfsizligi.Sayohatchilarning shaxsiy ma`lumotlari va to`lov

tizimlari bilan ishlashda axborot xavfsizligini ta`minlash muhim muammo bo`lib

qolmoqda.

Mahalliy brend va kontent yetishmasligi. Turizmni targ`ib qiluvchi

raqamli mahsulotlar: reklama videolari, sayyohlik saytlari interfeysi, mobil ilovalar,

ijtimoiy tarmoqdagi kontentlarning yetarli sifati va soni yo`qligi sababli, ular xalqaro

miqyosda raqobatbardosh bo`la olmayapti.Bu esa xorijiy sayyohlarning e`tiborini jalb

qilishda qiyinchilik tug`diradi hamda mamlakat turizm salohiyatini to`liq namoyon eta

olmaydi. Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, jozibador va interaktiv mahsulotlar

yaratish esa global bozorda muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.

YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR

Raqamli texnologiyalar asosida turizm infratuzilmasini takomillashtirish

quyidagi chora-tadbirlarni talab etadi:

Hududiy raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yagona “Smart-Turizm”

platformasini yaratish:Internet tarmog`i, Wi-Fi nuqtalari, raqamli xizmatlar uchun

zarur texnik baza yaratilishi lozim. Turizm xizmatlarini yagona platformaga

birlashtirish orqali xizmatlar soni va sifatini oshirish, byurokratik to`siqlarni

kamaytirish mumkin.

Kadrlarni tayyorlash va malaka oshirish.Turizm va IT yo`nalishida

integratsiyalashgan kadrlar tayyorlash bo`yicha maxsus dasturlar joriy qilinishi kerak.

Raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish. O`zbekistonning

turistik salohiyatini jahon bozoriga chiqara oluvchi sifatli kontentlar, video lavhalar,

sun`iy intelektga asoslangan tarjima va yo`nalish tizimlari yaratilishi lozim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

151

Innavatsion texnologiyalarni joriy etish va mahalliy startaplarni qo`llab-

quvvatlash. Masalan, mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan xizmatlar, robot-

konsiyerjlar, elektron to`lov tizimlarini joriy etish. Innavatsion loyihalar, AR/VR

asosidagi gid tizimlari, raqamli xaritalar ishlab chiqaruvchi startaplar uchun grantlar,

imtiyozli kreditlar va akseleratsiya dasturlarini yo`lga qo`yish zarur.

XULOSA

Zamonaviy raqamli texnologiyalar turizm infratuzilmasini yangi bosqichga

olib chiqmoqda.O`zbekiston bu borada ilk qadamlarni tashlagan bo`lsa-da, hali hal

qilinishi lozim bo`lgan bir qancha masalalar mavjud.Texnik infratuzilmani

rivojlantirish, raqamli xixmatlar sifati va xavfsizligini oshirish, mutaxassislarni

tayyorlash hamda yagona platformalar yaratish bu sohaning yuksalishini

jadallashtiradi.Raqamli transformatsiya natijasida mamlakatimiz nafaqat sayyohlar

uchun qulay joyga, balki raqamli innovatsiyalar markaziga aylanishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Kim, J., & Lee, S. (2023). Smart Tourism and IoT Integration. Journal of Tourism

Technology.

2. Smith, A. (2022). Augmented Reality in Heritage Sites. International Journal of

AR/VR.

3. World Travel & Tourism Council. (2024). Digital Transformation in Global

Tourism.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

bo‘yicha qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti –

https://uzbektourism.uz

6. Xabibullaeva, M. (2022). Turizm va raqamli texnologiyalar: o‘zaro integratsiya

jarayonlari. Toshkent iqtisodiyot universiteti ilmiy jurnali.

7. Karimova, S. (2021). AKT vositalarining turizm infratuzilmasiga ta’siri.

“Innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali.

8. UNWTO (World Tourism Organization) hisobotlari, 2023.