MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
116
TUPROQQA EKIN EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISH
EKINLARINI EKISH USULLARI
Sadullaev Shuhrat.Narzulloyevich- Buxoro davlat texnika unversteti
o’qituvchisi . 200100,Buxoro sh.Q.Murtazoev ko’chasi15-uy.
E-mail:
shuxatsadullayev025@gmail.com
Abduraxmonov Qurbonmurod Chori o’g’li- Buxoro davlat texnika
unversteti
talabasi . 200100,Buxoro sh.Q.Murtazoev ko’chasi15-uy.
E-mail:
.
Annotatsiya: Mazkur maqolada yerga ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov
berish jarayoni va uning ahamiyati yoritiladi. Tuproqni ekishga tayyorlashdagi asosiy
bosqichlar – yerni tekislash, boronalash, namlikni saqlash hamda begona o‘tlarni
yo‘qotish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tuproqqa ishlov berishning
an’anaviy va resurs tejamkor usullari haqida ma’lumot beriladi. Ushbu texnologiyalar
ekinlarning unib chiqishiga qulay sharoit yaratib, hosildorlikni oshirishga xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar: Tuproqqa ishlov berish, yerni tekislash, boronalash, shudgor,
begona o‘tlar, namlik saqlash, unumdorlik, qishloq xo‘jalik texnikasi, resurs
tejamkorlik, an’anaviy ishlov berish.
Yerga ekin ekish oldidan ishlov berish uruglami to`liq unib chiqishi va keyingi
parvarish ishlarini bajarishga qulay sharoit yaratish uchun o`tkaziladi. Ishlov berish
orqali tuproqqa kerakli tuzilish va mo'tadil zichlik beriladi, begona o`tlar yo`qotiladi.
Bu ishlar quyidagilardan iborat: 1) yern joriy tekislash; 2) uru’glami bir xil chuqurlikka
ekish va qiyg'os unib chiqishini ta`minlaydigan yumshoq qatlam hosil qilish; 3) begona
o`tlami yo`qotish.Yerlarni tekis bo`lishi urug`larni bir xil chuqurlikka tushishi va sifatli
qilib sug'orishga imkoniyat yaratadi. Vegetatsiya davrida o`tkaziladigan hamma
parvarish ishlarining sifati va samaradorligi ko`p jihatdan dalalami tekis bo‘lishiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
117
bog`liq. Dalalami shudgorlash paytida hosil bo`lgan marza va egatlar, traktorlarning
burilish joylaridagi do`nglik-chuqurliklar har yili joriy tekislanadi. Yerni tekislash
uchun uzun bazali tekislagich greyder, keng qamrovli mola, tem ir-b e to n brus yoki
oddiy yog`och molalardan foydalaniladi. Agregatlar yordamida tekislanmay qolgan
do`nglik va pastqam joylar qo‘lda tekislanadi. Navbatdagi tadbirlar namlikni saqlab,
yumshoq qatlam hosil qilish va begona o‘tlarni yo‘qotishga qaratilmog‘i lozim. Yerni
ekin ekishga tayyorlash, shudgorni b o ro nalashdan boshlanadi.Boronalash davrida
tuproq namligi va uni saqlashga e ’tibor berish lozim. Yerni boronalashga tuproq
yetilgan paytda kirishilsa kesaklar yaxshi maydalanadi, tuproq donador holatga keladi.
Tuproqda namlik saqlab qolishga erishiladi.
Boronalash ko`pincha molalash bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bunda tuproq
yuzasi tekislanadi va ma’lum darajada zichlanadi. Begona o‘tlar endi unib
chiqayotganda boronalash o`tkazilsa, ularning maysalari nobud bo‘ladi. Yer betidagi
qatqaloqni yumshatib turish namlikni behuda bug‘lanib ketishini oldini oladi.Yerlarni
boronalashda ikki qator qilib ulangan
≪
zig-zag
≫
boronalardan foydalaniladi.
Boronalashni iloji boricha zanjirli traktorlar yordamida amalga oshirish lozim. Chunki,
g‘ildirakli traktorlar yerlarni zichlashtirib yuboradi. Dalalar dastlab yer haydalish
yo‘nalishiga ko‘ndalang, ikkinchi marta esa uzunasiga boronalanadi. Yerni ekishga
tayyorlash, boronalash ishlarini ekishdan bir necha kun ilgari rejalashtirilgan holda
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bir nechta texnologik jarayonlar
majmuasi
tuproqqa ishlov berish tizimi
deyiladi. Masalan, tuproqqa ishlov berishning
asosiy (chuqur) va qo’shimcha (sayoz) tizimlari mavjuddir. Asosiy ishlov berish ikki
ko’rinishda — tuproq palaxsasini ag’darib hamda ag’darmasdan shudgorlab bajariladi.
Qo’shimcha ishlov berish esa ekishdan oldingi va ekishdan keyingi turlarga
bo’linadi.Har qanday ekinning hosildorligini oshirish maqsadida uni ekishdan oldin
tuproqqa ishlov berib, uni qulay holatga keltirish zarur. yerga ishlov berishda asosiy
e`tiborni tuproqni himoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kerak. Shu
maqsadda, tuproqqa ishlov berishning an`anaviy va resurs tejamkor usullaridan
foydalaniladi.
Maxalliy
sharoitga
moslab
qanday
usuldan
foydalanish
tanlanadi.An`anaviy usulda plug bilan yerni chuqur (20 sm dan ko’prok) haydab,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
118
asosiy ishlov beriladi. Keyinchalik esa
turli tirma, kul tivator, freza
kabi mashinalar
bilan yerga sayoz ishlov beriladi. Plug bilan ishlov berishda tuproqning ustki qatlami
qirqilib ajratiladi va yon tomonga siljitilib, ma`lum burchakka burib ag’dariladi.
Ag’darilish natijasida qirqilgan palaxsa qatlami deformatsiyalanib maydalanadi,
tuproqning strukturasi tiklanadi, begona o’t urug’lari va qoldiqlari hamda xasharotlar
ko’miladi, yer betiga esa tuproqning pastki, ya`ni chirindiga boyroq qatlami
chiqariladi.An`anaviy usuldan foydalanib, chuqur va o’ta chuqur (27 sm va undan
ortiqroq) shudgorlab, begona o’tlarni keskin kamaytirish mumkin. yerni ag’darib
haydash tuproqqa salbiy ta`sir ko’rsatadi, chunki yer betiga chiqarilgan organik
moddalar kuyosh nuri va boshqa omillar ta`sirida parchalanib, tarkibidagi uglerodning
atmosferaga uchib ketishi hamda tuproq eroziyasi kuchayishi mumkin. Bu esa tuproq
unumdorligini pasaytiradi.Sug’oriladigan yerlarda 2 - 3 marta hosil olish uchun
tuproqqa intensiv ishlov berish texnologiyasidan foydalaniladi. Bu esa dalaga mashina
- traktor agregatlarini, shu jumladan, plugli agregatlarni ko’p marta kiritishga olib
keladi. Natijada tuproqning ustki qatlami uvalanib changga aylanishi, pastki
qatlamining esa zichlanishi kuchayadi. Bundan tashqari, plug bilan bir necha yil
davomida yerga bir xil chuqurlikda ishlov berilganda shudgor tubida o’ta zichlangan
«berch tovon» paydo bo’lib, o’simlik ildizining rivojlanishi va suvning shimilishiga
to’siqlik qiladi. Bunday yerlardan yuqori hosil olishning iloji qolmaydi. yerga solingan
mineral o’g’itning samarasi ham kam bo’ladi. Shu sababli so’nggi vaqtda dunyo
buyicha yerga ishlov berishning resurs tejamkor usullari va tuproqni himoyalovchi
texnologiyalari
keng
tarqalmoqda.Resurs
tejamkor
texnologiyani
ba`zi
mutaxassislar
nul, kimyoviy, minimal, al ternativ texnologiya, mo’lchalash,
pushtalash
texnologiyasi deb atashadi. Ularning asosiy ko’rsatkichi yerga ishlov
berishda plugdan har yili foydalanmaslikdir. Shu sababli bir nechta texnologik
operatsiyalarni murakkablashtirilgan, qurama (kombinatsiyalashtirilgan) agregatning
bir
yurishida
bajarib,
tuproq
zichlanishining
oldini
olish
maqsadga
muvofiqdir.G’alladan so’ng takroriy ekinni yuqoridagi texnologiyada ekish
uchun poyalarni balandroqdan urib, ular massasining 30 % ini
ang’iz
ko’rinishida
qoldirish kerak. Ekin ekish uchun ang’izning faqat urug’ ko’miladigan joyigina
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
119
turli
chizel, kul tivator, chuqurlatkich, chuquryumshatkich
kabilar yordamida
yumshatiladi. O’n tomonga qiya engashgan ustunga o’rnatilgan tishli «paraplau»
turidagi chuquryumshatkichdan foydalanish yaxshi natija beradi.Chuqur yumshatkich
- tilgich har 3...4 yilda bir marotaba 0,5...0,6 m chuqurlikkacha 1,5...2,5 m oraliq
qoldirib ishlatiladi. Natijada ildiz rivojlanadigan joy kengayadi. Bunday usul
«
yo’laklab
» ishlov berish deb ataladi.
Nul
texnologiyasi shudgorlamasdan ekish yoki
bevosita ekish ham deyiladi. Bu usulda dalaning 25 % gagina mexanik ishlov beriladi,
qolgan
joydagi
begona
o’tlar
gerbitsid
yordamida
yo’qotiladi.
Resurs
tejamkor
texnologiyadan foydalanilganda, tuproqni ekin ekish uchun tayyorlashga
sarflanadigan katta mablag’lar tejaladi, tuproqning shimuvchanligi ortib,
chuvalchanglar ko’payadi, natijada yerning unumdorligi ortib, hosildorlik
oshadi.Ponaning nazariyasi xususiyatlar va ulardan foydalanish. Inson uz faoliyatida
ajoyib moslama - ponadan keng foydalanadi. Biron jismga kiritilayotgan ponaning
yonlarida (3- rasm) uni ilgarilatib siljitadigan kuch
ga nisbatan bir necha marotaba
ko’p bo’lgan normal (pona yonlariga perpendikulyar)
N
kuchlari hosil bo’ladi.
3-rasm. Pоnaning
jismga
ta`sir
Bu
yerda
-
ponaning
burchagi.
Agar
= 30° bo’lsa,
N
= 4
R
, ya`ni pona yonidan jismga tushayotgan bosim
N
uni
siljitayotgan
kuch
R
dan
turt
marotaba
katta
bo’ladi.
Pona kam kuch sarflab biron jism orasiga kirish va undan kerakli bulagini ajratib olish
imkonini beradi. Yuqoridagidan foydalanilgan hol da, dexkonchilikda ishlatiladigan
mashinalar ishchi qismlarining shakli yassi yoki egri cirtli ponaga uxshatilib yasaladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
120
Masalan,
plug lemexi, kul tivator va tirma tishlari, paxta teradigan shpindel tishi,
seyalka ekkichi
yassi ponaga uxshash yaratilgan bo’lsa,
sferik disklar, plug korpusi,
juyak olgichlar
egri sirtli ponasimondir. Pona bir, ikki va uch yonli bo’lishi mumkin.
Bir yonli pona sifatida plug pichogini, ikki yonli pona sifatida tirma tishini, kul
tivatorning yumshatuvchi tishlarini, uch yonli pona sifatida esa plug korpusini
ko’rsatish mumkin.Pona burchagi kanchalik kichik bo’lsa, (1) formulaga binoan, uning
hosil kiladigan bosimi
N
sarflanayotgan kuch
R
dan shunchalik katta bo’ladi.
4-rasm. Yassi va egri sirtli pona ta`sirida tuproqning deformatsiyalanishi
Yassi ponaning
(4-
a
rasm) ishchi yoni
harakat yunalishi
V
ga burchagi ostida
o’rnatilsa,
a
qalinlikdagi tuproq palaxsasi uning ustiga siljib chiqayotib, bukiladi.
Palaxsaning pastki qatlami cho’zilib tez yoriladi, maydalanadi, chunki tuproq
siqilishga nisbatan cho’zilishga kam bardoshlidir. Demak, ponasimon ishchi qism bilan
tuproqni maydalashga kamroq quvvat sarflanadi, ish arzonroq bajariladi. Ammo tuproq
yassi ponaga ko’tarilayotganida olgan birlamchi deformatsiyasiga keyinchalik
qo’shimcha ta`sir ko’rsatilmaydi. Amalda, palaxsaning pona bo’ylab ko’tarila
boshlaganidagi maydalanishidan tashqari, yuqoriga siljib harakatlanishi talab qilinadi.
Buni
tushunish
uchun
5- rasmdagi
tezlik
V
yunalishida
siljib
ketayotgan burchakli pona ustidagi
tuproq zarrachasiga ta`sir etayotgan normal
bosim
N
ni ponaning ishchi yoni
AV
va harakat yunalishi
V
bo’ylab bo’laklarga
ajratib,
N
V
va
N
T
kuchlarini topamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
121
2.
To‘xtako‘ziyev A., Kalimbetov M.P. Ekin ekish uchun yerlarni tayyorlashda
qo‘llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina // Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. –
Toshkent, 2014. – № 4. – B. 32.
3.
O‘zDSt 3412:2019. Qishloq xo‘jalik texnikasini sinash. Tuproqni ishlov berish
mashinalari va qurollari. Sinov dasturlari va uslublari. – Toshkent, 2019. – 54 b.
4.
O‘zDSt 3193:2017. Qishloq xo‘jalik texnikasini sinash. Mashinalarni energetik
baholash usuli. Texnik shartlar. – Toshkent, 2017. – 18 b.
5.
Sineokov G.N., Panov I.M. Tuproqni ishlov beruvchi stanok nazariyasi va hisob-
kitobi. – Moskva: Mashinasozlik, 1977. – 328 b.
6.
Xaydarova N.D. Ishchi organga tuproqning kuch ta’siri uning shakliga bog‘liq //
Innovation in the Modern Education System. Part 2. – 2021. – B. 66–70.
7.
G‘afforov X.R. va boshqalar. Tuproqqa chuqur ishlov beruvchi mashina va
qurollarning energiya sarfini kamaytirish muammolari // Yosh olim. – 2017. – №15
(149).
8.
Mamatov F.M. Qishloq xo‘jalik texnikasi. – Toshkent: Fan, 2007. – 338 b.
9.
Shumarova M., Abdullayev T. Qishloq xo‘jalik mashinalari. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2009. – 504 b.
10.
G‘afforov X.R., Sadullayev Sh.N. Issiqxonalar uchun tayyorlov mashinasi //
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal (GIIRJ). – 2021. – T. 9, № 12.
– B. 113.
Elektron manbalar:
1.
2.
http://cropwatch.unl.edu/tillage/ridge
3.
4.
5.
https://scientific-jl.com/tal/article/view/7478/7206