Authors

  • Abdusalimova Mukambarxon Iskandarbek qizi
  • Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich

Author Biographies

  • Abdusalimova Mukambarxon Iskandarbek qizi

    Farg’ona Davlat Universiteti

    Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili

    1-kurs talabasi

  • Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118006

Keywords:

kompyuter tarmog‘i internet texnologiyalari LAN WAN TCP IP marshrutizator xavfsizlik raqamli transformatsiya elektron ta’lim bulutli texnologiyalar..

Abstract

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlari va internet texnologiyalarining nazariy asoslari, ularning turlari, amaliy qo‘llanilishi hamda  zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Tarmoqlar tuzilmasi, asosiy qurilmalar va internet xizmatlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznes va kundalik hayotda internet texnologiyalarining tutgan o‘rni hamda raqamli transformatsiyadagi roli muhokama etiladi.

background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

63

KOMPYUTER TARMOQLARI VA INTERNET

TEXNOLOGIYALARI

Abdusalimova Mukambarxon Iskandarbek qizi

Farg’ona Davlat Universiteti

Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili

1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

kompyuter

tarmoqlari

va

internet

texnologiyalarining nazariy asoslari, ularning turlari, amaliy qo‘llanilishi hamda

zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Tarmoqlar tuzilmasi, asosiy qurilmalar

va internet xizmatlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash,

biznes va kundalik hayotda internet texnologiyalarining tutgan o‘rni hamda raqamli

transformatsiyadagi roli muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar: kompyuter tarmog‘i, internet texnologiyalari, LAN, WAN,

TCP/IP, marshrutizator, xavfsizlik, raqamli transformatsiya, elektron ta’lim, bulutli

texnologiyalar..

Аннотация: В данной статье описаны теоретические основы

компьютерных сетей и интернет-технологий, их виды, практическое

применение, вопросы безопасности и современные направления развития.

Подробно анализируется структура сети, основные устройства, модель OSI и

интернет-сервисы. Также будет обсуждаться роль интернет-технологий в

образовании, здравоохранении, бизнесе и повседневной жизни, а также их роль

в цифровой трансформации.

Ключевые слова: компьютерная сеть, интернет-технологии, LAN, WAN,

TCP/IP, модель OSI, маршрутизатор, безопасность, цифровая трансформация,

электронное обучение, облачные технологии.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

64

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda kompyuter

tarmoqlari va internet texnologiyalarining ahamiyati ham kundan kunga ortib

bormoqda. Ular zamonaviy axborot almashinuvi, ma’lumotlar saqlanishi, uzatish va

qayta ishlanishini ta'minlovchi asosiy infratuzilma hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo

bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar tarmoqlar orqali bog‘langan va bu bog‘liqlik

ularning kundalik faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning hozirgi bosqichida

axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib

bo‘lmaydi.

Kompyuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan

kompyuter va terminallar majmuasidir. Shuningdek, bu ikki yoki undan ortiq

kompyuterlarning o‘zaro bog‘lanib, axborot almashinuvi yoki resurslardan umumiy

foydalanishni ta’minlaydigan tizim sanaladi. Tarmoq orqali foydalanuvchilar printer,

fayl server, dasturiy ta’minot va boshqa qurilmalardan umumiy foydalanishi mumkin.

Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar

tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar

kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarning

territorial joylashuviga ko‘ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘linadi

:

global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.

Global kompyuter tarmoqlari-

Bu tarmoq turli mamlakatlarda, turli

qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday

tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida

amalga oshiriladi.

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari-

Ular bir-biridan ancha uzoqda

joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar

ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni

birlashtiruvchi tarmoq.

Lokal (mahalliy) tarmoq-

Bu tarmoq esa kichik bir hududda joylashgan

abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi.

Masalan, biror korxona yoki tashkilotga.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

65

Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Global,

mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish

imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog‘i keng tarqalgan,

ommaviylashgan global kompyuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda

birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini

anglatadi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta

imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy

abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada joylashgan biror

kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa ulangan abonentlar

bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi ham mumkin. Internetning asosiy

yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Kompyuterlarni mahalliy

tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud:

– halqasimon;

– shinali;

– yulduzsimon.

Halqasimon bog‘lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo‘yicha bog‘langan

bo‘ladi. Тarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa

bo‘yicha kompyuterdan kompyuterga o‘tadi.

Tarmoqning shinali bog‘lanishida ma’lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina

bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi.

Yulduzsimon bog‘lanishda markaziy kompyuter mavjud bo‘lib, unga qolgan

barcha kompyuterlar bog‘langan bo‘ladi.

Internet texnologiyalari

Internet texnologiyalari — bu internet muhitida ma’lumotlarni uzatish, saqlash,

qayta ishlash va taqdim etishni ta'minlovchi dasturiy, apparat va tarmoq

infratuzilmalari majmuasidir. Bu texnologiyalar veb-saytlar, elektron pochta, mobil

ilovalar, bulutli xizmatlar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarni yaratish va

ulardan foydalanish

imkonini beradi.

Internet texnologiyalarining asosiy

komponentlari qatoriga protokollar (masalan, TCP/IP HTTP, HTTPS, FTP, DNS),


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

66

tarmoqlar (LAN, WAN), hamda server tizimlari kiradi. Ular yordamida veb-saytlar,

mobil ilovalar va bulutli xizmatlar kabi ko‘plab xizmatlar amalga oshiriladi.

TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol): asosiy internet

protokoli.

HTTP/HTTPS: veb-sahifalarni yuborish/olish uchun.

FTP (File Transfer Protocol): fayllarni yuklab olish yoki joylashtirish.

DNS (Dom

ain Name System): domen nomlarini IP manzilga tarjima

qiladi.

Kompyuter tarmog‘i quyidagi komponentlardan tashkil topadi:

Serverlar – xizmat ko‘rsatuvchi asosiy kompyuterlar.

Klientlar – xizmatdan foydalanuvchi qurilmalar.

Marshrutizatorlar (router) – tarmoqni boshqaruvchi qurilmalar.

Switchlar va modemlar – ma’lumot uzatishni ta’minlovchi qurilmalar.

Asosiy internet xizmatlari quyidagilarni tashkil etadi:

Veb-brauzing

– saytlar ko‘rish (Google, Wikipedia, YouTube).

Elektron pochta

– xabar almashish (Gmail, Outlook).

Bulutli xizmatlar

– Dropbox, Google Drive.

VoIP

– Skype, Zoom, Telegram orqali qo‘ng‘iroqlar.

Internetda veb-sahifalar yaratish uchun quyidagi texnologiyalar qo‘llaniladi:

HTML

– sahifaning tuzilmasini belgilaydi.

CSS

– dizayn, rang, joylashuv.

JavaScript

– sahifa interaktivligini oshiradi.

CMS

– kontentni boshqarish tizimi (WordPress, Joomla).

Internet texnologiyalarining rivojlanish yo‘nalishlari quyidagilar:

5G va undan keyingi texnologiyalar:

Yuqori tezlik, past kechikish

IoT qurilmalar bilan samarali aloqa

Sun’iy intellekt bilan integratsiya:

Aqlli tahlillar

Personalizatsiya


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

67

Bulutli texnologiyalar:

Resurslarni masofadan boshqarish

Katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash

Shuni ham ta’kidlab o’tish keraki, bugungi kunda raqamli transformatsiya

barcha sohalarni qamrab olmoqda. Internet texnologiyalari esa bu o‘zgarishlarning

markazida turibdi.

Elektron hukumat (E-gov): Fuqarolarga davlat xizmatlarini onlayn

ko‘rsatish imkonini beradi. Misol: soliqlarni to‘lash, hujjat topshirish.

Elektron ta’lim (E-learning): Internet texnologiyalari yordamida

masofadan turib bilim olish imkoniyati yaratildi. Pandemiya davrida bu tizim o‘z

dolzarbligini isbotladi.

Elektron sog‘liqni saqlash (E-health): Masofaviy konsultatsiyalar,

elektron retseptlar, onlayn tibbiy xizmatlar bu sohaga kiradi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, kompyuter tarmoqlari va internet texnologiyalari

inson hayotini soddalashtiradi, ish unumdorligini oshiradi va yangi imkoniyatlar

eshigini ochadi. Shu bilan birga, ularning noto‘g‘ri ishlatilishi yoki zaif himoyasi xavf

tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun bu texnologiyalarni chuqur o‘rganish, samarali

ishlatish va doimiy yangiliklardan boxabar bo‘lib turish zamon talabi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Forouzan B. A. “Data Communications and Networking, McGraw-Hill” 2012.

Tanenbaum A. S. “Computer Networks, Pearson Education” 2010.

Cisco Networking Academy ” Introduction to Networks v7.0, Cisco Press” 2022.

Wikipedia: Types of computer networks

Xalilov I., Sobirov B. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” Toshkent, 2019.

Танбуров Н. “Интернет технологиялари ва ахборот хавфсизлиги,” Тошкент,

2021.

Most read articles by the same author(s)

Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, Muhammadova Oydinoy Imomali qizi, KIBERXAVFSIZLIK: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA STRATEGIYALARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 1 (2025)

Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, Nazirjonova Oydinoy To’lqinjon qizi, KIBERXAVFSIZLIK: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA CHORALARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 1 (2025)

Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, Ho’jayusupova Ra’noxon Xamidullo qizi, MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI VA ULARNING TURLARI , Modern education and development: Vol. 24 No. 5 (2025)

Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, Nazirjonova Oydinoy To’lqinjon qizi, KIBERXAVFSIZLIK: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA CHORALARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 1 (2025)

Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, Muhammadova Oydinoy Imomali qizi, KIBERXAVFSIZLIK: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA STRATEGIYALARI , Modern education and development: Vol. 25 No. 1 (2025)

Abdusalimova Mukambarxon Iskandarbek qizi, Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IQTISODIYOTDAGI O’RNI , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)

Ergashaliyeva Dilyoraxon Ravshanbek qizi, Toshboltayev Faxriddin O’rinboyevich, SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITI YARATISH ISTIQBOLLARI , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)