MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
18
YAPONIYADA TA’LIM TIZIMI MEYDZI DAVRIDA
Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich talabasi
Murtazayeva Fotima
Annotatsiya. Meydzi davridagi ta’lim islohotlari, Yaponiyani g'arb
andozasi asosida zamonaviy davlatga aylantirish yo'lidagi urinishlarhaqida so'z
yuritiladi.Jumladan 1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i" (Gakusei) islohoti
orqali ta'lim tiziming tubdan o'zgartirilishi vaYaponiyada birinchi marta majburiy
boshlang'ich ta'lim tiziminingjoriy etilishi natijasidahar bir bola 6 yoshdan 14
yoshgacha ta'lim olish huquqiga ega bo'lishi haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so'zlar: Meydzi davri,feodal tuzum,"Ta'lim buyrug'i" (Gakusei), ilg'or
texnologiyalar,modernism, intellektual kuch,Monbusho(Ta’lim,fan va madaniyat
vazirligi)
Ma’lumki Yaponiyada 1867—1868 yillarda dehqonlar, shahar kambag‘allari,
savdo-sanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va
muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqadi.
Natijada burjua inqilobi — "Meydzi inqilobi" sodir bo‘ldi. Syogun hukumati ag‘darildi
va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qo‘liga
o‘tgan. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga o‘tib, tezlashgan modernizatsiya orqali
g‘arb davlatlari darajasiga yetishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Meydzi davri (1868-1912) Yaponiyaning modernizatsiya yo'lidagi eng muhim
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davrda Yaponiya feodal tuzumdan zamonaviy
davlatga aylanish yo’lida katta islohotlar amalga oshirdi. Ta’lim islohotlari esa ushbu
o'zgarishlarning asosiy qismini tashkil etdi. Ushbu tezisda Meydzi davridagi ta'lim
islohotlarining sabablari, ularning mazmuni va mamlakat rivojlanishiga ta'siri tahlil
qilinadi.Tokugava shogunati davrida Yaponiyada ta'lim cheklangan edi va asosan
samuraylar sinfiga qaratilgan bo'lib, mamlakatning boshqa qatlamlari bu imkoniyatdan
kam foydalangan. Biroq, 1868-yilda Meydzi imperatorining hokimiyatga kelishi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
19
Yaponiya o'zini dunyoga ochdi va G'arb davlatlari bilan raqobatlashish uchun
kuchli davlat tuzishni maqsad qildi. Zamonaviy davlatni qurish uchun esa har
tomonlama bilimli, texnologiyalarni o'zlashtira oladigan va intellektual kuchga ega
jamiyat zarur edi. Shu sababdan ta'lim tizimining islohoti ustuvor yo'nalishlardan biri
bo'ldi.Meydzi davridagi ta'lim islohotlari quyidagi maqsadlarni o'z ichiga olgan:-
Hamma uchun ta'lim imkoniyatini yaratish: Yaponiya jamiyatining barchaqatlamlari
uchun ta'lim imkoniyatlari ochiq bo'lishi kerak edi.
-G'arbiy bilimlarni o'zlashtirish: Yaponiyaning ilmiy va texnologik
taraqqiyotini tezlashtirish uchun G'arbiy davlatlarning tajribasini o'rganish va tatbiq
etish zarur edi.-Yaponiya milliyruhiyatini saqlash: G'arb texnologiyalarini
o'zlashtirgan holda, milliy qadriyatlar va an'analarni saqlash muhim edi.1868 yilda
boshqaruvni o'z qo'liga olgan yangi hukumat ta'limni davlatning markaziy
vazifalaridan biriga aylantirdi. Dastlab 1871-yilda Monbusho(Ta’lim,fan va
madaniyat vazirligi)tashkil qilindi.1872-yilda qabul qilingan "Ta'lim buyrug'i"
(Gakusei) islohoti orqali ta'lim tizimi tubdan o'zgartirildi. Ushbu islohotlar
Yaponiyada birinchi marta majburiy boshlang'ich ta'lim tizimini joriy etdi va har
bir bola 6 yoshidan 14 yoshgacha ta'lim olish huquqiga ega bo'ldi.1872-yilda
Tokyoda dastlabki ayollar maktabi tashkil topdi.Yaponiya ta'lim tizimiga katta ta'sir
ko'rsatgan omillardan biri G'arbiy davlatlarning tajribasi edi. Meydzi davri
boshida Yaponiya hukumati ko'plab yapon talabalari va mutaxassislarini G'arb
davlatlariga, xususan, AQSh va Yevropaga yubordi. Bu talabalarning vazifasi
G'arbning ilg'or texnologiyalari va bilimlarini o'rganish, shuningdek, ularni
Yaponiyaga olib kelish edi. G'arbiy ilm-fan va texnologiyalarni o'zlashtirish
maqsadida ko'plab xorijiy o'qituvchilar Yaponiyaga taklif etildi.Shu maqsadda
1877-yilda Tokio Universiteti tashkil qilinib,fanlaring rivojlanishiga asos solindi.sShu
bilan birga, hukumat ta'lim islohotlarida milliy qadriyatlarni saqlab qolishga
alohida e'tibor berdi. Ta'lim tizimi milliy g'urur va an'anaviy qadriyatlarni singdirish
orqali yosh avlodda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga yo'naltirildi. Bu esa
G'arbdan olingan bilimlar va texnologiyalarYaponiyaga begona bo'lib qolmasdan,
mahalliy sharoitga moslashtirilishiga xizmat qildi.Meydzi davridagi ta'lim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–1_ Май –2025
20
islohotlari Yaponiya tarixidamodernizm davrini boshlab berdi.Natijada, 20 yil ichida
savodsizlik darajasi keskin kamaydi va mamlakat intellektual taraqqiyotga erishdi. Bu
ta'lim tizimi orqali yetishtirilgan mutaxassislar Yaponiya sanoatining rivojlanishiga,
texnologik yuksalishiga va xalqaro maydonda raqobatbardoshdavlatga aylanishiga
katta hissa qo'shdilar.Meydzi davridagi ta'lim islohotlari Yaponiyaning
zamonaviy davlat sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shdi. G'arb texnologiyalari
va bilimlarini o'zlashtirgan holda, Yaponiyada kuchli ta'lim tizimi yaratildi. Bu
esa mamlakatning sanoat, ilm-fan va texnologiyalar sohalarida jadal
rivojlanishini ta'minladi. Ushbu islohotlar Yaponiya jamiyatini
zamonaviylashtirish bilan birga, milliy qadriyatlar va an'analarni saqlab qolishga ham
katta e'tibor qaratdi, bu esa Yaponiya rivojlanishining muhim omiliga aylandi.
ADABIYOTLAR:
1.
Irokawa, D. (1985). The culture of the Meiji period.
2.
Princeton University Press.Shively, D. H. (1971).
3.
The Japanization of the middle Meiji. Tradition and modernization in
Japanese culture, 77-119.
4.
Nagai, M. (1971). Westernization and Japanization: the early Meiji
transformation of education.
5.
Tradition and modernization in Japanese culture, 35-76.
Internet sahifasi.
https://zamon.uz/detail/meyji-inqilobi---yapon-mojizasi-talim