Authors

  • Nurxodjaeva X. X.

Author Biography

  • Nurxodjaeva X. X.

    Тошкент Давлат “Узтемирйўлйўловчи” маҳаллий алоқаларда          йўловчиларга хизмат кўрсатиш филиали бош бухгалтери

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118015

Keywords:

iqtisodiyot transport xalqaro tashuvlar globallashuv tarif milliy iqtisodiyot strategiya

Abstract

Iqtisodiyotning globallashuvi va tashqi aloqalarni rivojlanishini amalga oshirish jarayoni transport xizmatlari sifatini yaxshilashga, yuk va yo‘lovchilar oqimini rivojlantirishga yangicha yondoshuvni talab etadi.Ushbu holat iqtisodiyotning  ko‘p sohalariga  ta’sir ko‘rsatadi ,shu xisobda davlat iqtisodiyotida strategik muhim va yuqori  ahamiyatga ega bo‘lgan  transport tizimini yaratadi. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

9

XALQARO TEMIR YO‘L TAShUVLARINING IQTISODIY

SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Nurxodjaeva X. X.

Тошкент Давлат “Узтемирйўлйўловчи” маҳаллий алоқаларда

йўловчиларга хизмат кўрсатиш филиали бош бухгалтери

Izoh-

Iqtisodiyotning globallashuvi va tashqi aloqalarni rivojlanishini amalga

oshirish jarayoni transport xizmatlari sifatini yaxshilashga, yuk va yo‘lovchilar

oqimini rivojlantirishga yangicha yondoshuvni talab etadi.Ushbu holat iqtisodiyotning

ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatadi ,shu xisobda davlat iqtisodiyotida strategik muhim

va yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan transport tizimini yaratadi.

Tayanch so‘zlar -iqtisodiyot, transport, xalqaro tashuvlar, globallashuv, tarif,

milliy iqtisodiyot, strategiya

ABSTRACT--The relevance of the study lies in the fact that the Republic’s

foreign economic relations depend on the development of international transport

corridors, increasing the efficiency of international routes, and increasing export-

import operations. The purpose and objectives of the study are to identify the features

of the development of multimodal routes, the identification of optimal transport

corridors. The subject of the study is the study of transport corridors by expanding

international freight traffic. The research methodology is based on the application of

comparative sampling methods, economic-analytical and export methods. Keywords--

develop international transportation in the Republic of Uzbekistan

Xalqaro transport koridorlari orqali tashuvlar samaradorligini oshirish

iqtisodiyot rivojlanishida katta axamiyatga ega. Zamonaviy sharoitda xalqaro iqtisodiy

aloqalar rivojlanishining asosiy tendensiyasi ularning globallashuvidir. Ushbu holat

iqtisodiyotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatadi, shu xisobda davlat iqtisodiyotida

strategik muhim va yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan transport tizimini yaratadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

10

Ma’lumki, transport milliy iqtisodiyotning bazoviy tarmog‘i hisoblanadi.Uning

rivojlanish darajasi va samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishi va

o‘zaro faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Iqtisodiyotning globallashuvi va tashqi aloqalarni rivojlanishini amalga

oshirish jarayoni transport xizmatlari sifatini yaxshilashga, yuk va yo‘lovchilar oqimini

rivojlantirishga yangicha yondoshuvni talab etadi.Tashqi savdo xajmining oshishi

davlat iqtisodiyotida barcha transport xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini

ko‘rsatadi.Tovar eksporti mamlakat rivojlanishida qanday muhim bo‘lsa, transport

xizmatlari eksportini kengaytirish ham shunday zarur hisoblanadi.Transport xizmatlari

eksportini rivojlantirish O‘zbekiston temir yo‘llari orqali tashiladigan yuklarni jaxon

bozorlariga

olib

chiqish

ulushini

oshiradi;transport

tizimining

tranzit

potensiali(imkoniyatlari)dan foydalanishni yanada yaxshilaydi va b. Temir yo‘l

transporti mamlakat transport majmuasining asosini tashkil qiladi va katta iqtisodiy,

siyosiy hamda xavfsizlikni ta’minlash ahamiyatiga ega bo‘lib zimmasiga yuklar

oqimining katta qismini uzoq masofaga tashib berish vazifasi yuklatiladi va

tashuvlarga bo‘lgan extiyojni xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda qondiradi.

Fikrimizcha, vaqt o‘tishi bilan tashuvlarni temir yo‘l orqali uzoq va

o‘rta masofalarga amalga oshirish iqtisodiy jixatdan eng samarali usul bo‘lib qoladi.

Yuk tashuvlarini o‘rta masofaga bajarishda temir yo‘l transporti avtomobil va dengiz

transporti bilan raqobatlashadi.Temir yo‘l transporti katta hajmli yuklarni uzoq

masofaga tashishda samaraliroq xisoblanadi.

Temir yo‘l transportining samaradorligi iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy

ishlab chikarishni yangilanishi, temir yo‘l tashuvlariga talabning o‘sishi, tuzilmaviy

islohotlarning borish natijalari, O‘zbekiston halqaro transport koridorlari

uchastkalaridan samarali foydalanish bilan belgilanadi.

Tashqi savdo aloqalarining bugungi kunda yuqori darajada o‘sishi tashqi

iqtisodiy faoliyat samaradorligiga transport omili ta’sirini jadallashtiradi.

Ayrim tovarlar tashqi savdosi qiymatida transport xizmatlarining ulushi

40% dan ziyodroqni tashkil qiladi .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

11

Shu sababli mamlakat transport tizimidan oqilona foydalanish, tashuvlarning

progressiv, zamonaviy turlarini tadbiq etilishi transport xarajatlarini qiskarishi va

tashqi savdoni rivojlanishiga va samaradorligining oshishiga olib keladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarda transport xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi,

qoida bo‘yicha, tashqi yo‘nalishlarni tanlash, transport turi, tashish uslubi, halqaro

aloqalar variantlarining rivojlanishi orqali aniqlanadi.Yuqorida qayd etilgan

omillardan tashqari iqtisodiy samara aniqlanishida xalqaro aloqalarni rivojlantirish

variantlari ham inobatga olinishi zarur.

Samaradorlikni aniqlashda mijozlarning extiyojlarini hisobga olgan

holda,egiluvchan sharoitga moslashgan xizmatlar,va faoliyati davomida xarajatlarni

tejash imkonini beradigan mexanizmlarni qo‘llagan holda yondoshish talab

etiladi.Tashishning u yoki bu variantining samaradorligini aniqlash asosiy tashuvchini

tanlashda muhim tamoyil hisoblanadi.Bunda faqat tashish xarajatlarini taqqoslash

bilan

chegaralanmasdan,

transport

xizmatlarining

sifati(tezkor,

kafolatli,saqlangan,”aniq

vaqtda”

yetkazib

berishni

kompleks

ravishda

bajarish,”eshikdan- eshikgacha”), xavfsizlik darajasi va transportning ekologik

jixatdan talabga javob berishini ham hisobga olish zarur va b.

Zamonaviy sharoitda xalqaro yuk va yo‘lovchilarni tashish va transport

xizmatlari bozorining normal holatda faoliyat yuritishi, trnsport ishlab chiqarish

moddiy- texnik bazasini mustaxkamlash,investitsion faoliyatni jadallashtirish

,samarali innovatsion siyosatni olib borish, qonunchilik- xuquqiy va normativ bazani

mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Yuqorida taklif etilgan tadbirlar tizimi

barcha davlat organlari,xudud rahbarlari,transport tarmog‘i rahbarlari va harakat

tarkibi egalarining o‘zaro muvozanatli hatti- harakatlari asosida amalga oshadi. Shu

bilan birga ,qo‘l ostidagi resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda

ishlab chiqarish va intellektual potensialdan va transport infratuzilmasidan samarali

foydalanish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro aloqalar orqali yuk tashuvlarining iqtisodiy

samaradorligi (E)ni hisoblash uchun olingan natijalar tashuvlarning barcha

jarayonlaridagi xarajatlar bilan solishtiriladi va quyidagicha ifodalanadi:

𝐸 = 𝑇𝑠𝑜𝑓 𝑋𝑞 ∗ 𝐾𝑣𝑞 ,

(1)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

12

Bu yerda Tsof - tovar eksportidan tushgan sof tushum;

Xq - ishlab chiqarishga, transportirovkalashga, soliq to‘lovlari,

shartnomalarni vaqtida bajarilmaganligiga to‘lovlarni qoplashga ketgan xarajatlar

yig‘indisi;

Kvq- valyuta tushumlarining qadirsizlanishi.

Tashishdan olingan sof tushum quyidagi ko‘rsatkich orqali aniqlanishi

mumkin:

Ts =S*Qx- (Zp + Zn + Zt) *Qx , (2)

Bu yerda s - tovar birligi uchun ishlab chiqaruvchining narxi;

Qx - Shartnoma bo‘yicha tovar xajmi ,tovar birligida ;

Zp - ishlab chiqarish xarajatlari,tovar birligida;

Zn - soliq to‘lovlari ;

Zt - transportirovkalash xarajatlari.

Barcha xarajatlar yig‘indisi quyidagicha aniqlanadi:

Ze = Zp + Zn + Zt + U + ∆

Zmj; (3)

Bu yerda Zmj - me’yordan tashqari zahira,qo‘shimcha vositalarni yollash

xarajatlari;

Bitim va shatnomalarni vaqtida bajarilmasligi tufayli vujudga kelgan

chiqim xajmi quyidagicha aniqlanishi mumkin:

U = K * s * Q * t * tdv/ 365 , (4)

Bu yerda t - bitim va shartnomalarni bajarish vaqti;

K - qisqa muddatli bank kreditlarini to‘lash(10%)

koeffitsienti ;

tdv- yuklarni yetkazib berish davri

Globallashuv sharoiti temir yo‘llarning boshqa transport turlari bilan o‘zaro

hamkorlikda ishlash zaruriyatini taqozo etmoqda, bu o‘z navbatida har bir transport

turining transport-tranzit salohiyatini oshirish va logistikani rivojlantirish imkonini

beradi. Bu yo‘nalishda davlat maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish masalasiga

e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l transportini rivojlantirish

konsepsiyasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasini barqaror ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyotning umumiy transport


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

13

xarajatlarini kamaytirish, temir yo‘l transportining jadal va innovatsion rivojlanishi

O‘zbekiston Respublikasining mavqeini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Ushbu maqsadlarga erishishning yo‘llaridan biri transport koridorlari faoliyatini

rivojlantirish va mamlakat tranzit salohiyatini oshirishdir. So‘nggi yillarda

respublikaning tranzit salohiyatidan foydalanish darajasi pasaymoqda. Bizning

fikrimizcha, tranzit tashuvlari hajmining kamayishiga asosiy sabablar quyidagilar

hisoblanadi: alternativ transport koridorlari orqali tashuvlar hajmining oshganligi;

O‘zbekiston hududida tranzit vagonlarning bojxona tekshiruvlarida birmuncha uzoq

turishi va yetkazib berish muddatlarining uzoqligi. Bugungi kunda O‘zbekiston

Respublikasining tranzit salohiyatini kuchaytirish va O‘zbekistonning transport

tashuvlari bozoridagi ulushini oshirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

tomonidan

Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston

transport

koridorini qurish masalasi o‘rganilmoqda. Ushbu yo‘nalish 2018 yil 3-5 dekabr

kunlarida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi,

Qozog‘iston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom

Respublikasi temir yo‘llari vakillarining ko‘p tomonlama yig‘ilishida ko‘rib chiqildi

1

.

Ushbu koridor kelajakda Janubiy Osiyo mamlakatlarini temir yo‘l orqali Yevropa

davlatlari va Xitoy bilan bog‘lanish imkonini yaratadi. Ostona shahridagi Shanxay

Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) ning navbatdagi sammitida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.Mirziyoev Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Bosh vaziri

Navaz Sharif bilan uchrashuvlarida quyidagi fikrni bildirdi: «O‘zbekiston Afg‘oniston

va Pokiston bilan bundan keyin ham ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni

rivojlantirishni davom ettiradi»

2

. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev,

O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solish, mamlakatda

barqarorlikni ta’minlash va uning iqtisodiyotini rivojlantirish tarafdori ekanini

ta’kidladi. Mamlakatimiz Afg‘onistonga elektroenergetika, meva-sabzavot, neft

mahsulotlari, minerat o‘g‘itlarni eksport qiladi, qurilish, energetika, konchilik va ta’lim

sohalarida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. «O‘zbekiston temir

1

https://sptnkne.ws/p9HF

. Sputnik Узбекистан / [Мобильная версия] / Экономика – Китай может присоединиться к проекту

железной дороги в Афганистане. Узбекистан:10.04.2019г.

2

https://ria.ru/world/20170608/1496119229.html

. Ўзбекистон Республикаси Президенти Мирзиёевнинг 2017 йил Остона

шаҳрида Шанхай Ҳамкорлик Ташкилотининг навбатдаги саммитида сўзлаган нутқи.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

14

yo‘llari» AJ tomonidan Xayraton-Mozori Sharif temir yo‘l liniyasi qurildi.

Mamlakatimiz yordami bilan Afg‘onistonda ko‘priklar qurildi, yuqori kuchlanishli

elektr uzatish liniyalari, optik tolali kabellar va suv ta’minoti tarmoqlari barpo etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Afg‘oniston-Pokiston o‘rtasidagi o‘rtacha savdo

aylanmasi 1,5 mln.dollarga baholanmoqda

3

. Afg‘oniston uchun Pokiston asosiy tranzit

davlatlaridan biri hisoblanadi, shu o‘rinda Pokiston uchun Afg‘oniston nafaqat arzon

tovarlar bozori, balki G‘arbiy Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiquvchi

tranzit hududi hamdir.

Pokistonning qo‘shnisi bo‘lgan Hindiston so‘nggi yillarda kuchli iqtisodiy

o‘sishni ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda Hindistonning dunyodagi ikkinchi yirik

eksportchi davlat ekanini hisobga olsak, bu yo‘nalish bo‘yicha transport koridorining

tashkil etilishi bizning temir yo‘llar uchun foydali va Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha

qo‘shimcha tranzit yuk tashuvlarini ta’minlaydi.

Yevropa statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari va

Hindiston o‘rtasidagi suv va avtotransport orqali tovar aylanmasi yiliga o‘rtacha

31,6 mln.tonnani, Yevropa Ittifoqi va Pokiston o‘rtasida esa 6,2 mln.tonnani tashkil

etmoqda

4

. Ushbu ko‘rsatkichlar ham ushbu yo‘nalishning ahamiyatli ekanini

ko‘rsatadi. Taklif etilayotgan xalqaro transport koridorining raqobatbardoshligini

oshirish maqsadida:

- O‘zbekiston temir yo‘llari negizida aralash tashuvlarning yagona operatori

prinsipi asosida ishni tashkil etish;

- Shanxay Hamkorlik Tashkiloti platformasida ko‘rib chiqilayotgan

koridorning transport jarayonida ishtirok etuvchi mamlakatlarni o‘z ichiga oladigan

Markaziy Osiyo temir yo‘l transporti Kengashini tashkil etish maqsadga muvofiq;

- ushbu koridorda tranzit yuklarni tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida

Peshovar – Mozori-Sharif – G‘alaba uchastkasida to‘lovni temir yo‘l tarifi, ya’ni birlik

tarif – 0,057 doll., miqdorida olish; Peshovar – Mozori-Sharif temir yo‘l liniyasi



background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

15

qurilgunga qadar, ushbu yo‘nalishda mavjud avtomobil yo‘llaridan foydalanib

tashuvlarni amalga oshirish taklif etiladi.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

2. Ўзбекистон

Республикаси

Президентининг

7.02.2017 й. ПФ-4947-сон

«Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар

стратегияси тўғрисида »ги Фармони.

3. Ўзбекистон

Республикаси Президентининг 1.02.2019 й. ПФ-5647-сон

«Транспорт соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш

чора-тадбирлари тўғрисида» ги Фармони.

4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 6.03.2019 й. ПҚ-4230-сон «Юк ва

йўловчи ташиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари

тўғрисида» ги Қарори.

5. Ўзбекистон Республикаси Президенти Мирзиёевнинг 2017 йил Остона

шаҳрида Шанхай Ҳамкорлик Ташкилотининг навбатдаги саммитида сўзлаган

нутқи.

https://ria.ru/world/20170608/1496119229.html

.

6. Барановский Ст. Индоволжская железная дорога // Нива, 1874, №34, б. 536-

539.

http://www.ruzgd.ru/indiya_volga.shtml

.

7. Дадабоева З.С., Файзиходжаева М.Л. Пути повышения транзитного

потенциала железных дорог Узбекистана // «Ёш илмий тадқиқотчи»

Бакалавриат, магистратура талабалари ва стажер-изланувчи-тадқиқотчиларнинг

XIV институтлараро илмий-амалий конференцияси. – Т., 2016. – Б. 15-16.

8. Замараева Н. Насколько тесно могут сблизиться Афганистан и Пакистан в

2015 г.? // Новое восточное обозрение. – Москва, 17.06.2015г.

9. Гуламов А.А., Дадабоева З.С. Мамлакат транзит салоҳиятини баҳолаш

масалалари // «Ёш илмий тадқиқотчи» Бакалавриат, магистратура талабалари ва

стажер-изланувчи-тадқиқотчиларнинг XVII институтлараро илмий-амалий

конференцияси. – Т., 2020.

10. Гуламов А.А., Дадабоева З.С. Проблемы развития железнодорожного

транзитного потенциала Республики Узбекистан // UNIVERSUM: Технические

науки. Международный научный журнал. – 25.05.2020.– №5 (74).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

16

11. Ибрагимов У.Н. Марказий Осиё мамлакатларига транзит юкларни темир йўл

орқали ўтказишни такомиллаштириш, магистрлик диссертацияси, Ўзбекистон

Республикаси Президенти қошидаги Давлат ва жамият қурилиши академияси. –

Тошкент, 2010.

12. Ибрагимов У.Н., Абдуалибеков А.Т., Дадабоева З.С. Пути повышения

транзитного потенциала железных дорог Узбекистана» // Научно-практический

журнал «Экономика и менеджмент инновационных технологий». – Москва,

2017. – №10 (73). – Б.92-94.

13. ИМЭК ЦАРЭС // Измерение и мониторинг эффективности коридоров

годовой отчет, 2016. – Б. 10-14.

14. ИМЭК ЦАРЭС // Измерение и мониторинг эффективности коридоров

годовой отчет, 2018. – Б. 66-69.

15. Лапидус Б.М., Мачерeт Д.А.. Макроэкономическая роль железнодорожного

транспорта // Теоретические основы, исторически тенденции и взгляд в будущее.

– М.: КРАСАНД 2014. – Б. 10-13

16. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНЫЙ ТРАНЗИТНЫЙ ТАРИФ

МТТ (1 январ 2020 йил ҳолатига ўзгартириш ва қўшимчалар билан). – Б. 79, 101).

17. ОТЧEТ по научно-исследовательской работе ЕАЗ-ФК-0-14573-ЕАЗ-009

«Исследование путей пропуска транзитных поездов через территорию

Узбекистана, обеспечивающее рост использования транзитного потенциала

железной дороги республики».

18. Rasulov M., Ibragimov U., Mirakhmedov M., Rizaev A., Central Asian transport

corridors and prospects of Uzbekistan's further integration to the global transport

network // 7th International Symposium for Transportation Universities in Europe and

Asia // Dalian Jiaotong University. – China, 2014. – Б. 25-30.

19. Файзиходжаева М.Л.,

Дадабоева З.С.

Экономическая

эффективность

инвестиционного развития железнодорожного транспорта. // «Ёш илмий

тадқиқотчи» Бакалавриат, магистратура талабалари ва стажер-изланувчи-

тадқиқотчиларнинг XVII институтлараро илмий-амалий конференцияси. – Т.,

2.04.2019.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

17

20. Файзиходжаева М.Л.,

Ибрагимов У.Н.,

Дадабоева З.С.

Привлечение

дополнительного

объёма

транзитных

грузов

путем

формирования

конкурентоспособных транспортных коридоров // Ресурсосберегающие

технологии на железнодорожном транспорте. – Т., 2015.

21. http://www.osjd.org (Организация сотрудничества железных дорог).

22. http://www.uzrailway.uz («Ўзбекистон темир йўллари» АЖ).

23.http://www.hazar.org/analizdetail/анализ/the_importance_of_baku_tbilisi_kars_ra

ilway_for_the_development_of_interregional_trade_396.aspx.

24.http://www.kazlogistics.kz/ru/union/members_union/valid/aktau_port.php?sphrase

_id=2052.

25.http://www.kazlogistics.kz/ru/media_center/news/detail.php?id=2017&sphrase_id

=2052