Authors

  • Usmonova Elmira

Author Biography

  • Usmonova Elmira

    Qoqond Universiteti Andijon Filiali

    Ijtimoiy gumanitar va pedagogika fakulteti

    Filologiya tillarni oʻqitish Oʻzbek tili talabasi.

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118016

Keywords:

Mahmud Koshgʻariy Devonu lugʻatit-turk turkiy tillar qadimgi adabiyot tarixiy manba etnografiya lugʻatshunoslik turkiy xalqlar til va madaniyat maqollar qadimgi she’riyat.

Abstract

Mahmud Koshgʻariy tomonidan 11-asrda yaratilgan "Devonu lugʻatit-turk" asari — turkiy tillarning ilk lug‘atidir. Asarda turkiy qabilalarning tillari, shevalari, madaniyati, urf-odatlari va qadimiy hayot tarzi aks ettirilgan. Muallif turkiy tillarni arab tilida sharhlab, turkiy xalqlarning boy til va adabiy merosini ilmiy asosda tasvirlagan. Asar nafaqat lugʻat, balki tarixiy, etnografik, adabiy va madaniy manba sifatida ham qimmatlidir. Unda koʻplab maqollar, she’rlar va xalq og‘zaki ijod namunalariga o‘rin berilgan. "Devon" turkiy xalqlar tarixini o‘rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

3

MAHMUD QOSHG’ARIY VA DEVONU LUGʻATIT-TURK ASARI

Usmonova Elmira

Qoqond Universiteti Andijon Filiali

Ijtimoiy gumanitar va pedagogika fakulteti

Filologiya tillarni oʻqitish Oʻzbek tili talabasi.

Annotatsiya. Mahmud Koshgʻariy tomonidan 11-asrda yaratilgan "Devonu

lugʻatit-turk" asari — turkiy tillarning ilk lug‘atidir. Asarda turkiy qabilalarning

tillari, shevalari, madaniyati, urf-odatlari va qadimiy hayot tarzi aks ettirilgan. Muallif

turkiy tillarni arab tilida sharhlab, turkiy xalqlarning boy til va adabiy merosini ilmiy

asosda tasvirlagan. Asar nafaqat lugʻat, balki tarixiy, etnografik, adabiy va madaniy

manba sifatida ham qimmatlidir. Unda koʻplab maqollar, she’rlar va xalq og‘zaki ijod

namunalariga o‘rin berilgan. "Devon" turkiy xalqlar tarixini o‘rganishda beqiyos

ahamiyat kasb etadi.

Kalit soʻzlar: Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻatit-turk, turkiy tillar, qadimgi

adabiyot, tarixiy manba, etnografiya, lugʻatshunoslik, turkiy xalqlar, til va madaniyat,

maqollar, qadimgi she’riyat.

Аннотация. Девонуско-тюркский словарь, созданный Махмудом

Кошгари в 11 веке, является первым словарем тюркских языков. В произведении

отражены языки, шевас, культура, обычаи и древний уклад жизни тюркских

племен. Комментируя тюркские языки на арабском языке, автор научно описал

богатое языковое и литературное наследие тюркских народов. Произведение

ценно не только как словарь, но и как исторический, этнографический,

литературный, культурный ресурс. В нем собрано множество пословиц, стихов

и образцов народного народного творчества. «Девон» играет неоценимую роль

в изучении истории тюркских народов.

Ключевые слова: Махмуд Кошгари, девонский словарь-тюркский,

тюркские языки, древняя литература, исторический источник, этнография,

словарь, тюркские народы, язык и культура, пословицы, древняя поэзия.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

4

Annotation. The Devonu Dictionary-Turkic, created by Mahmud Koshgari in

the 11th century, is the first dictionary of Turkic languages. The work reflects the

languages, shevas, culture, customs and ancient way of life of Turkic tribes.

Commenting on the Turkic languages in Arabic, the author scientifically described the

rich linguistic and literary heritage of the Turkic peoples. The work is valuable not

only as a dictionary, but also as a historical, ethnographic, literary, and cultural

resource. It contains many proverbs, poems and examples of folk folk art. "Devon"

plays an invaluable role in the study of the history of the Turkic peoples.

Keywords: Mahmud Koshgari, Devonian dictionary-Turkic, Turkic languages,

ancient literature, historical source, ethnography, dictionary, Turkic peoples,

language and culture, proverbs, ancient poetry.

Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy – XI asrning buyuk

allomasi, tilshunos, geograf va tarixchi olimi sifatida tarixda muhim oʻrin egallagan. U

1029–1038-yillar oraligʻida Qashgʻarda (hozirgi Sharqiy Turkiston hududi) tugʻilgan.

Mahmud Koshgʻariyning eng mashhur asari — "Devonu lugʻatit-turk" ("Turk tillari

lugʻati majmuasi") boʻlib, bu kitob nafaqat tilshunoslik tarixida, balki butun turkiy

xalqlarning madaniy merosida alohida ahamiyat kasb etadi.

Til- millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki

xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu boisdan insoniyat

paydo bo‘libdiki til insonlar bilan yonma yon yashab, insonlar tomonidan o‘rganilib

unga oid ilmiy asarlar, turli xil nazariyalar bundan tashqari tilning yangidan yangi

sohalari paydo bo‘lib kelmoqda. Qadim zamonlardan beri bizning yurtimiz buyuk

alloma va olimlar beshigi hisoblanadi. Qaysi bir sohaga nazar tashlasak, o‘sha fanda

katta yangiliklar yaratishgan va qaysidir fan asoschilaridir. Shu jumladan tilshunoslik

sohasida ham bir qancha asarlar yozilib, ilmiy izlanishlar olib borgan va ushbu

izlanishlar natijasida bir qancha tilshunoslikning yangi sohalarni yaratishgan. Shu

o‘rinda Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk” asari tilshunoslik sohasida

o‘ziga xos ahamiyatga egadir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

5

Bizgacha yetib kelgan qadimgi yozma obidalardan lingvistik jihatdan eng

ahamiyatlisi Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk” asaridir. XI asrda yashab

ijod qilgan tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslikka oid ,,Devonu

lug‘atit turk” asari O‘rta Osiyo xalqlarining tili tarixini o‘rganish uchun eng muhim

manbadir. Bu asar XI asrning 70- yillarida yozilgan bo‘lsada, XX asrning boshlarida

tarjima qilinib, bu asar ustida ko„plab jahon va turkiy olimlar tomonidan tarjima

qilingan va ilmiy izlanishlar olib borilgan. ,,Devonu lug‘atit turk” asarida turkiy tillar

leksikasiga oid 7500 dan ziyod so‘z izohlanganli va boshqa manbalarda esa 9000 so‘z

deb berilgan. Bu asar nafaqat o‘sha davr tilidagi lug‘at sifatida, balki shu bilan birga

O‘rta Osiyo doirasidagi, ya’ni yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm,

Farg‘ona, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta hududlarda yashagan urug‘lar,

qabilalar, xalqlarni va ular tillarini va u davr tilining fonetikasi, morfologiyasi,

leksikasi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi va shu davr tilidagi har xil adabiy janrlardan

namunalar beruvchi nodir filologik asardir.

"Devonu lugʻatit-turk" 1072–1074-yillar oraligʻida Bagʻdodda yozilgan.

Asarning yozilish maqsadi arab olimlariga turkiy tillarning boyligini, ularning madaniy

yuksakligini ko‘rsatish va turkiy xalqlarni yaxshiroq tanishtirish bo‘lgan. Mahmud

Koshgʻariy bu lugʻatni arab tilida yozgan, chunki o‘sha davrda ilmiy asarlar asosan

arab tilida bitilar edi. Lugʻatda 7500 dan ortiq so‘z va atamalar to‘plangan, ularning

talaffuzi, ma’nosi va qo‘llanishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari,

turli turkiy qabilalarning shevalaridan namunalar keltirilgan, maqollar, matal va

qadimiy she’riyat namunalari jamlangan.

Asar o‘zida nafaqat lingvistik ma’lumotlarni, balki tarixiy, geografik va

madaniy tafsilotlarni ham aks ettiradi. Mahmud Koshgʻariy asarida oʻz davrida mavjud

boʻlgan turkiy qabilalar, ularning yashash joylari va hayot tarzi haqida muhim

ma'lumotlar beradi. Bu jihat "Devon" ni faqat lugʻat emas, balki qadimiy tarix va

etnografiya uchun ham qimmatli manbaga aylantiradi.

Shuni ham aytish joizki, turkiy qabila va xalqlarning eng qadimgi og‘zaki

adabiy yodgorliklarini o‘rganishda “Devonu lug‘atit turk” dagi adabiy materiallar katta

ahamiyatga ega. Asardagi og‘zaki adabiyot namunalarining ko‘pi mavsum qo‘shiqlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

6

va peyzaj lirikasi janrlariga kiradi. Bular qadim zamonlardagi kishilarning tabiat

hodisalari haqidagi tushunchasi va bu hodisalarga munosabatini ifodalaydi. Asardagi

so‘zlarga nazar tashlasak, ularning sof turkona ekanligini tezda fahmlaymiz. Aynan

shuning uchun ham u turkiy tillar o‘tmishini yorituvchi o‘xshashi yo‘q asar

hisoblanadi.

Mahmud Qoshg‘ariy asaridan o‘rin olgan turkiy so‘zlar bugungi kunda ham

saqlanib qolgan bo‘lib, tilimizda unchalik o‘zgarmasdan shundayligicha ishlatilib

kelinmoqda. Bunga misol keltiradigan bo‘lsak, “un-un, tovush, ovoz, sado”; gapirish,

kuylash, qichqirish, yig‘lash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish

a’zolari qabul qila oladigan hodisa; qozoqlar “dibis” turklar esa “ses” deb ishlatadigan

“un” so‘zi bugungi kunda badiiy san’atimizda ko‘proq ishlatiladi.

Mahmud Qoshg‘ariyning asarida “tilku” ya’ni “tulki” so‘zi ham ko‘zga

tashlanadi. Bu so‘z bilan xalqimiz qiz bolaga kinoya qilganlar.Biron xotin tug‘ganda

doyadan “tilkumi tug‘di azu bo‘rimu – tulki tug‘dimi yoki bo‘rimi” deb

so‘ralgan.Ya’ni qizmi yoki o‘g‘ilmi degan ma’noda ishlatilgan.Qizlar aldoqchi va

yalinchoq bo‘lganlari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar botir bo‘lgani uchun bo‘riga

o‘xshatilgan.

1

Mahmud Koshgʻariy asarida turkiy xalqlar tilining boyligini, sofligini va o‘ziga

xosligini g‘urur bilan ta’kidlaydi. U arab va fors tillari bilan raqobat qila oladigan

mustaqil til va madaniyat borligini ilmiy asosda isbotlaydi. Aynan shu sababli,

"Devonu lugʻatit-turk" bugungi kunda ham turkiy tillarning rivojlanish tarixini

o‘rganishda beqiyos manba hisoblanadi.

Mahmud Koshgʻariyning faoliyati va asarlari nafaqat oʻtmishdagi, balki

hozirgi zamondagi tilshunoslar, tarixchilar, adabiyotshunoslar uchun ham muhim ilmiy

asos va ilhom manbaidir. U yaratgan "Devonu lugʻatit-turk" asari turkiy xalqlarning

ma’naviy boyligi sifatida abadiy qadrlanadi.

Xulosa qilib aytganda, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”

asaridagi ko‘plab so‘zlar kundalik hayotimizda qo‘llanib kelmoqda va asarda qanday

1

Qodirov, A., Inomjonova, M., & Olimova, X. (2025). ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ

USLUBI.

Наука и технология в современном мире

,

4

(5), 36-38.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

7

bo‘lsa shunday ko‘rinishda tilimizda saqlanib qolgan. Ba’zi so‘zlar esa bugungi kunda

so‘zlashuvda qo‘llanmasligi yoki ularning o‘rnida yot so‘zlarning ishlatilayotgani

hollari ko‘p. Shunga qaramay asarda keltirilgan so‘zlar bugungacha yetib kelgani

turkiy tillarning qanchalik kuchga, teran ildizga ega til ekanini ko‘rsatadi. Ming afsuski

bugungi kunda xalqimiz boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirayotgani sababli ana shunday

sof turkona so‘zlar yo‘qolib bormoqda. Turkiy so‘zlarimizning arxaik so‘zlarga

aylanib qolishi bu juda achinarli holatdir. Bizning tilimiz o‘z o‘zidan paydo bo‘lib

qolgani yo‘q uning rivojlanishi uchun ko‘plab ajdodlarimiz mehnat qilishgan.

Jumladan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Qoshg‘ariy,

Abdulla Qodiriy va boshqa shu kabi bobolarimiz tilimizning rivoji uchun o‘z

hissalarini qo‘shishgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOATLAR

1.

QODIROV,

A.

(2025).

BADIIY

ASAR

TAHLILI

VA

DIN

INTEGRATSIYASI:(Alisher Navoiy ijodi misolida).

Hamkor konferensiyalar

,

1

(11),

386-388.

2.

Qodirov, A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA.

University Research Base

, 857-860.

3.

Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

2

(42), 144-

149.

4.

Qodirov,

A.,

Inomjonova,

M.,

&

Olimova,

X.

(2025).

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ

USLUBI.

Наука и технология в современном мире

,

4

(5), 36-38.

5.

O‘G‘Li, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA

(DILMUROD QURONOV IJODI MISOLIDA).

World of Philology

,

2

(2), 46-50.

6.

Kobilova, Z. B. (2021). Amiriy and fazliy.

Asian Journal of Multidimensional

Research

,

10

(9), 271-276.

7.

Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-

Ghazali.

EUROPEAN

JOURNAL

OF

INNOVATION

IN

NONFORMAL

EDUCATION

,

2

(4), 173-176.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

8

8.

Qobilova, Z. (2020, December). THE ARTISTIC-AESTHETIC EFFECT OF

AMIRI'S POETRY SCOPE. In

Конференции

.

9.

Haliljonovna, S. K. (2024). PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF

FORMING INTERESTS IN VISUAL ARTS IN PRESCHOOL CHILDREN.

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

,

12

(3), 438-442.

10.

Жахонгирова, Тамила; ,ЭВОЛЮЦИЯ НЕГАТИВНЫХ ЭМОЦИЙ В

АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ,Ta'limning

zamonaviy transformatsiyasi,11,2,18-20,2024,

11.

Andreyevna,

Jaxongirova

Tamila;

,CURRENT

TRENDS

AND

DEVELOPMENT

FACTORS

IN

THE

APPLICATION

OF

DIGITAL

TECHNOLOGIES IN EDUCATION,Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari,28,1,230-233,2024,

12.

Khabibullaeva F.K. The Problem of Adequacy in Russian Translations of A.

Kadiri’s novel “The Past Days”. Toronto. Design Engineering. 2022. – P. 6091-6101.

13.

Abdullaevna, K. G. (2024). TRANSLATION CHALLENGES IN SCIENTIFIC

AND TECHNICAL TRANSLATION WITH A FOCUS ON TERMINOLOGICAL

DICTIONARIES. Science and innovation, 3(Special Issue 34), 178-181.

14.

Toshboyeva, O. (2024). THE TERMINOLOGY,

GENESIS, AND

LINGUISTIC FOUNDATIONS OF "BRAND NAMES" IN THE WORLD OF

LINGUISTICS.

University Research Base

, 992-995.