Authors

  • To'rayeva Nilufar Vahobjonovna
  • Jakbarova Muqaddas Husanboy qizi

Author Biographies

  • To'rayeva Nilufar Vahobjonovna

    Namangan viloyati  Uychi tumaniga  qarashli 12- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi

  • Jakbarova Muqaddas Husanboy qizi

    Namangan viloyati Uychi tumaniga  qarashli 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi amalyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118024

Keywords:

tarbiya shakilanish shaxs xususiyat aloqa krizis salbiy.

Abstract

:“Tarbiyasi ogʻir” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.Mazkur omillarni inkor etmagan holda ushbu muammoning asosiy sabablarni bolaning psixik shakllanishidan ham qidirish mumkin.  


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

73

TARBIYASI OGʻIR BOʻLGAN OʻQUVCHILARNING SHAXSI

SHAKLLANISHDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARINING

OʻRNI VA AHAMIYATI

To'rayeva Nilufar Vahobjonovna

Namangan viloyati Uychi tumaniga qarashli 12- sonli umumiy o’rta ta’lim

maktabi amaliyotchi psixologi

Jakbarova Muqaddas Husanboy qizi

Namangan viloyati Uychi tumaniga qarashli 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

amalyotchi psixologi

Annotatsiya:“Tarbiyasi ogʻir” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb

muammolardan biri hisoblanadi.Mazkur omillarni inkor etmagan holda ushbu

muammoning asosiy sabablarni bolaning psixik shakllanishidan ham qidirish

mumkin.

Kalit so’zlar: tarbiya, shakilanish, shaxs, xususiyat, aloqa, krizis, salbiy.

KIRISH

.

Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson dunyoga kelishidan to

umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqe –

hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu uning shaxsiy

fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim sohasi oldidagi eng

dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bu muammoning yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng

avvalo, tug’ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u

qanday ijtimoiy muhitda tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish

lozim. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, oxirgi paytlarda “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan

bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular soning keskin oshganligi

tasdiqlanmoqda. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash

mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

74

ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar

orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi

iqtisod va hokazolar. Amerikalik amaliyotchi pedagoglar tomonidan pedagogik

xizmat doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlarning oldini olishda eng avvalo

bolaga ta’sir ko’rsatish lozimligini ta’kidlashgan. Buning uchun bolaning o’zini

o’zgartirishga tayyorlash , ya’ni: tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslik; turli

xil qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish lozim.

Olimlarning fikricha bolada mavjud noto’g’ri salbiy o’zgarishlarni ruhiy

rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali tarbiyasidagi qiyinchiliklarni

yo’qotishga erishish mumkin. Shunday ekan, insonning psixik taraqqiyotida va

shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal

qiluvchi ahmiyatga ega. Inson tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga

ta’sir qiladigan kuch – ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat

ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va

o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi

kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga

berilishidir. Ma’lumki odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy

tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi deb izoh beriladi.

Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko’pincha

insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og’ishlar uning nasliy tarkibi bilan bog’liq

ekanligiga amin bo’lamiz.

Boladagi salbiy illatlarni oldini olishda va bartaraf etishda quyidagilarga

e’tibor qaratish lozim:

Har bir yosh davrni o’ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab olish

lozim;

Bolani tarbiyasidagi sodir bo’layotgan salbiy o’zgarishlarni o’rganib chiqish

kerak;

“Tarbiyasi og’ir” bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga

yo’naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Shunga amal qilgan holda:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

75

Maktab hududida ko’cha-ko’yda, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar

va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Bolaga bo’sh vaqtidan unimli foydalanish yo’llarini o’rgatib borish va uni

nazorat qilish;

Ijtimoiy foydali mehnat turlaridan unimli foydalanish;

Bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda to’g’araklarga

qatnashtirish;

Ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlari, yutuqlari, shu yutuqlarga

erishish uchun kurashlari kabilarga e’tibor qaratish;

Barcha darslarda o’sh tarbiyasi og’ir bolani iloji boricha bir daqiqa ham

nazardan qoldirmaslik. Ota-onalarni psixologik bilimlardan xabardor bo’lishini

ta’minlash;

Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar: har-xil kechalarda, o’z

tengdoshlari davrasida, o’rtoqlari orasida unga so’z navbatini berish, ularda faol

bo’lishini ta’minlash;

Rag’batlantirish metodlarini ishlatib ko’rish. Lozim topilganda olgan

baholarga yarim ball, bir ball qo’shish, yutuqlarinisinfda, maktabda me’yorida

ta’kidlab qo’yish lozim.

Agar bola tartibsiz, intizomsiz davraga o’ralashib kirib qolgan bo’lsa, uni tezlik

bilan o’sha davradan ajratib olib, so’ng o’sha tarbiyasi og’ir bolani “yaxshi” va “a’lo”

baholarga o’qiydigan intizomli o’quvchilarga biriktirib qo’yish kerak.

Mamlakatimizda mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz

bunyodkori bo’lgan yoshlarga nisbatan bo’lgan e’tibor ancha kuchayadi. Ayniqsa xalq

ta’limi sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda o’quvchilar

tarbiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni har damda sezish mumkin. O’zbekistonni butun

jahon tan olayotgan bir paytda yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash muhim omillardan biri

bo’lib hisoblanmoqda. “Kelajakka qanday yoshlar kerak? Ularni qanday tarbiyalash

lozim?” degan savollar hozirgi kunda har bir jonkuyar pedagogni tashvishga solib

kelmoqda. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar oiladagi olti, yetti yillik

hayoti mobaynida oila birinchi darajali tarbiyachi ekanligini ham nazarda tutish lozim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

76

Bolalar narsa va hodisalarning mohiyatiga o’zlaricha baho beradilar. Ular

ezgulik mezonini intilishlari mo’ljalini dastavval ota-onalari hayoti tarziga qarab

belgilaydi. Yaxshi tarbiya berib yaxshi kishilarni kamol totirgan oilalardagi sofdillik,

samimiylik, bir-biriga hurmat, bolalarda ham shu fazilatlarni kamol topishiga sabab

bo’ladi. Ahil oilada bolaning xulq-atvori me’yorlari to’g’risidagi tasavvuri ota-

onalarning hulqi bilan uyg’un bo’lsa farzandlarini oqilona so’rab – tergab tursalar bu

uydan tarbiyasiz bola chiqishi mumkin emas. Harqalay haqiqat, mehr-oqibat, adolat

tushunchalari, ichi qoralik, loqaydlik, ma’naviy zaiflik, insoniy munosabatlardagi

qashoqlik, ahloqiy nopoklik hukm surgan oilalarda o’sgan bolalarning tarbiyasi

ko’pincha izdan chiqadi. Bola yaxshilik va yomonlikka, haq va nohaqlikka nisbatan

juda sezgir bo’ladi. Agar katta yoshdagi odam nohaqlikka xato deb tushinish mumkin

bo’lsa, bola hayotning barcha murakkabliklarini hali tushinmaydi.

Afsuski, katta yoshdagilarning hammasi ham bolani ruhiy kechinmalari

to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Ruhiy holat insonning biron – bir tarzda

ta’sir etuvchi xattiharakatlariga berilgan chuqur shaxsiy emotsional bahodir.

Bolaga nohaqlik qattiq ta’sir qiladi. Bola qo’pol baqiriqda ham, mazax qilishda

ham, yo’l-yo’lakay aytilgan tanbehda ham, kattalarning bolaga e’tiborsizligida ham

nohaqlik ko’radi. Nohaqlik haqorat bo’lib tuyuladi, uning izzat nafsiga tegadi,

g’azabini qo’zg’aydi, uning qalbida aktiv(nafrat) va passiv(g’iybat va ko’ra olmaslik)

norozilikning turli tuman formalarini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamni

yengilgina hayajonlantirgan narsa, bolada katta kulfatning manbai bo’lishi mumkin.

Ota-onaning yengil-yelpi mehnatni oqlab, oson pul toppish yo’llarini bolalar

oldida maqtab gapirishlari, otaning o’z hamkorini mazax qilib, maqtanib aytgan

gaplari bolaga axloqsizlik darajasini ochib beradi. “Tarbiyasi og’ir“ va uzluksiz

bo’lsagina ijobiy samara beradi. Odatda tartibsiz, intizomsiz, ishyoqmas, o’qishda

qoloq va no’noq o’quvchilar “tarbiyasi og’ir” bola hisoblanadi. Tajribalardan

ma’lumki, bolalar xarakter jihatdan xar hil bo’ladilar. Bunday bolalarning ayrimlari

anomal xulq-atvorli, ba’zilari sotsial va bir qismi “tarbiyasi og’ir” bo’lishi mumkin.

Axloq normalariga, jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvorli bolalar

asotsial xulq-atvorli bolalar deb ataladi. Anomal xulq atvor va harakat bola miyasining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

77

kasalligi bilan bog’liq bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar – bular tarbiyada e’tibordan

chetda qolgan, o’z xoliga tashlab qo’yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir,

kimlarningdir tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual

yondasha bilmaslik oqibatida paydo bo’ladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar murakkab

tushuncha. Ularning har birida “tarbiyasi og’ir” boshqa bolalarga o’xshamagan,

o’zigagina xos alohida individual xususiyatidir. O’z sababi, o’z xususiyati, o’zining

normadan chetga chiqishi, o’zining tarbiya yo’li bo’ladi.

Boshqacha aytganda, normal ta’lim-tarbiya jarayonida chetda qolgan

o’quvchilar, o’rtoqlari bilan normal munosabat o’rnata olmagan, qalb tug’yonlarini

oshkor etishning tog’ri usullarini topa bilmagan bolalar “tarbiyasi og’ir” bolalar turiga

kiradi. Bunday bolalarni o’z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa,

ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazilmasa, noxush ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lishi

mumkin. Demak, “tarbiyasi og’ir” degan ibora o’ta salbiy ma’noni bildirmaydi. U

yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “Tarbiyasi og’ir” bolaga alohida munosabat,

e’tibor va individual yondashuv zarur. Har qanday kasalni vaqtida davolagan maqul.

E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda narsadan katta baxtsizlikka duchor bo’lish

ehtimoli tug’iladi. Bolani “tarbiyasi og’ir” holatga olib boruvchi yagona sabab yo’q.

Shuningdek ularni axloqsizlik illatlaridan sog’aytirib, mo’minqobil qilib qo’yadigan

yagona shifobaxsh vosita ham yo’q.

Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining bo’shlig’i tufayli

og’irlashgan noqulay shart-sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakilikka yo’l qo’yish o’smir

hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi.

XULOSA

Tarbiya inson uchun kurash demakdir. Bolaning qanday bo’lishi – bu shaxsiy

ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan muammodir bolani tarbiyalaganda, u

qilgan gunohining mohiyatini yaxshi anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali

tasavvur qila bilmasligini hisobga olish ham muhim. U chinakam mard yigit bilan

do’st, chin o’rtoq qilishni orzu qiladi. Yanglishib yoki adashib yomonlar ta’siriga

tushib qolganda esa unga darhol tog’ri yo’l ko’rsatilsa, har tomonlama maqsadga

muvofiq bo’ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

78

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish

uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b

1.

Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING

TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.

2.

Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION

OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress,

3(4), 738740.

3.

Minamatov, Y. E. O. G. L., & Yusupova, N. M. (2022). SMART

TEXNOLOGIYALARDA TA’LIM JARAYONI. Central Asian Academic Journal of

Scientific Research, 2(6), 441-445