Authors

  • Eshonxonov Yusufxon Rasulilloxon o’g’li
  • Sulaymonov Sharifjon Abdumannobovich

Author Biographies

  • Eshonxonov Yusufxon Rasulilloxon o’g’li

     

    Andijon davlat texnika instituti

  • Sulaymonov Sharifjon Abdumannobovich

     

    Andijon davlat texnika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118026

Keywords:

xom ipak laboratoriya akkreditatsiya ISO IEC 17025:2017 sifat nazorati sertifikatlashtirish sinov xalqaro standart laboratoriya infratuzilmasi ipakchilik.

Abstract

Ushbu maqolada xom ipak mahsulotlarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriyani xalqaro standartlarga muvofiq ravishda akkreditatsiyaga tayyorlashning metodologik, texnik va me’yoriy-huquqiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan laboratoriyalarning akkreditatsiyadan o‘tish darajasi, mavjud infratuzilma, texnologik tayyorgarlik va kadrlar salohiyati tahlil qilindi. Maqolada ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti asosida akkreditatsiya jarayonining asosiy bosqichlari ochib berilgan. Yangi statistik ma’lumotlar asosida laboratoriyaning tahliliy va texnik imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik tajribalari, akkreditatsiyaning iqtisodiy va texnologik afzalliklari tahlil qilinadi. Muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda, taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

58

XOM IPAK ISHLAB CHIQARISH MAHSULOTLARI SINOV

LABORATORIYASINI AKKREDITATSIYAGA TAYYORLASH

Andijon davlat texnika instituti

Eshonxonov Yusufxon Rasulilloxon o’g’li

Sulaymonov Sharifjon Abdumannobovich

Аnnоtаtsiyа. Ushbu maqolada xom ipak mahsulotlarini sinovdan o‘tkazuvchi

laboratoriyani

xalqaro

standartlarga

muvofiq

ravishda

akkreditatsiyaga

tayyorlashning metodologik, texnik va me’yoriy-huquqiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot

davomida

O‘zbekistonda

ipakchilik

sohasida

faoliyat

yuritayotgan

laboratoriyalarning akkreditatsiyadan o‘tish darajasi, mavjud infratuzilma, texnologik

tayyorgarlik va kadrlar salohiyati tahlil qilindi. Maqolada ISO/IEC 17025:2017

xalqaro standarti asosida akkreditatsiya jarayonining asosiy bosqichlari ochib

berilgan. Yangi statistik ma’lumotlar asosida laboratoriyaning tahliliy va texnik

imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik tajribalari, akkreditatsiyaning iqtisodiy va

texnologik afzalliklari tahlil qilinadi. Muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda, taklif

va tavsiyalar ham bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: xom ipak, laboratoriya, akkreditatsiya, ISO/IEC 17025:2017,

sifat nazorati, sertifikatlashtirish, sinov, xalqaro standart, laboratoriya infratuzilmasi,

ipakchilik.

ПОДГОТОВКА ИСПЫТАТЕЛЬНОЙ ЛАБОРАТОРИИ ИЗДЕЛИЙ

ИЗ ШЕЛКА-СЫРЬЯ К АККРЕДИТАЦИИ.

Анностатция. В статье рассматриваются методические, технические

и нормативные основы подготовки лаборатории по испытаниям изделий из

шелка-сырца к аккредитации в соответствии с международными

стандартами. В ходе исследования был проанализирован уровень аккредитации,

существующая инфраструктура, технологическая подготовка и кадровый

потенциал лабораторий, работающих в секторе шелководства Узбекистана. В


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

59

статье описаны основные этапы процесса аккредитации на основе

международного стандарта ISO/IEC 17025:2017. На основе новых

статистических данных будут проанализированы аналитические и

технические

возможности

лаборатории,

опыт

международного

сотрудничества, а также экономические и технологические преимущества

аккредитации. Наряду с проблемами и недостатками изложены также

предложения и рекомендации.

Ключевые слова: шелк-сырец, лаборатория, аккредитация, ISO/IEC

17025:2017, контроль качества, сертификация, испытания, международный

стандарт, лабораторная инфраструктура, шелководство.

PREPARATION OF A RAW SILK PRODUCTION TESTING

LABORATORY FOR ACCREDITATION.

Abstract. This article covers the methodological, technical, and regulatory and

legal framework for preparing a raw silk product testing laboratory for accreditation

in accordance with international standards. During the study, the level of accreditation

of laboratories operating in the sericulture sector in Uzbekistan, existing

infrastructure, technological training, and human resources were analyzed. The article

reveals the main stages of the accreditation process based on the international

standard ISO/IEC 17025:2017. Based on new statistical data, the analytical and

technical capabilities of the laboratory, international cooperation experience, and

economic and technological advantages of accreditation are analyzed. Along with

problems and shortcomings, suggestions and recommendations are also presented.

Keywords: raw silk, laboratory, accreditation, ISO/IEC 17025:2017, quality

control, certification, testing, international standard, laboratory infrastructure,

sericulture.

Xom ipak ishlab chiqarish O‘zbekistonda qadimdan mavjud bo‘lgan, ammo

bugungi kunda ham o‘z iqtisodiy va eksport salohiyatini yo‘qotmagan sohalardan

biridir. Ayniqsa, ipak mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun ularning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

60

sifatini mustaqil baholovchi va tasdiqlovchi laboratoriyalarning mavjudligi hamda

ularning akkreditatsiyadan o‘tganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 2024-yilgi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ipak mahsulotlari

ishlab chiqarish hajmi 8,2% ga oshgan bo‘lsa-da, ushbu mahsulotlarning faqat 41%

qismi eksportga chiqarilgan. Eksport darajasining pastligiga sabab sifatida, ko‘plab

laboratoriyalarning akkreditatsiyadan o‘tmaganligi, xalqaro sertifikatlarga ega

emasligi ko‘rsatilmoqda.

Akkreditatsiya — bu laboratoriyaning mustaqil ravishda o‘z faoliyatini xalqaro

yoki milliy standartlarga muvofiq ravishda bajarayotganligini isbotlovchi huquqiy

jarayondir. Xususan, ISO/IEC 17025:2017 standarti laboratoriyalar uchun sinov va

kalibrlash ishlari bo‘yicha umumiy talablarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu standart

laboratoriya ishonchliligi, xolisligi, texnik vakolati va natijalarni takrorlay olish

salohiyatini kafolatlaydi.

Xom ipak mahsulotlari sinov laboratoriyasini akkreditatsiyaga tayyorlash

uchun, avvalo, infratuzilmaviy, texnik va metodologik tayyorgarlik ko‘rib chiqilishi

lozim. Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mavjud laboratoriyalarning 60 foizida

zamonaviy texnik vositalar yetishmaydi, 38 foiz laboratoriyada esa xodimlar ISO

talablari asosida tayyorlanmagan.

Quyidagi jadvalda xom ipak laboratoriyalari akkreditatsiya tayyorgarligining

asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan (2023-yil yakuni bo‘yicha):

Ko‘rsatkichlar

Qamrab olingan laboratoriyalar (%)

Zamonaviy texnika bilan jihozlangan

40%

ISO 17025 asosida hujjatlashtirilgan

27%

Xalqaro tajriba asosida ishlovchilar

18%

Akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar 12%

Akkreditatsiyaga tayyorgarlik bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi

bosqich — laboratoriya o‘z faoliyatini tahlil qiladi va mavjud bo‘shliqlarni aniqlaydi.

Ikkinchi bosqich — standartlar asosida ichki hujjatlarni ishlab chiqish va sifat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

61

menejmenti tizimini joriy etish. Uchinchi bosqich — xodimlarni o‘qitish va sinov

uslublarini ISO bo‘yicha kalibrlash. To‘rtinchi bosqich — laboratoriyaning texnik

salohiyatini mustahkamlash. Va nihoyat, akkreditatsiya tashkilotiga ariza topshirish va

tashqi auditdan o‘tish bosqichi amalga oshiriladi.

Yuqoridagi grafikda 2019–2023-yillar oralig‘ida xom ipak mahsulotlari sinov

laboratoriyalarining akkreditatsiyaga tayyorlash bo‘yicha dinamikasi ko‘rsatilgan.

Grafik quyidagilarni ko‘rsatadi:

Texnik jihozlanish sur’ati barqaror oshib bormoqda (15% → 40%).

ISO/IEC 17025 asosidagi hujjatlash sezilarli o‘sishga ega (8% → 27%).

ISO asosida tayyorlangan kadrlar soni ham o‘smoqda (5% → 18%).

To‘liq akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar soni sekinlik bilan, ammo

barqaror oshmoqda (3% → 12%)

Maqola davomida o‘rganilyotgan xorijiy tajriba (Xitoy, Hindiston, Italiya,

Turkiya) shuni yaqqol ko‘rsatadiki, yuqori sifatli ipak mahsulotlarini eksport qiluvchi

mamlakatlar, eng avvalo, mustaqil ravishda akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari

tizimini yaratish va rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratganlar. Bu davlatlarda ipak

mahsulotlari eksportining asosiy tayanchi — ishlab chiqarilayotgan mahsulotning

xalqaro standartlarga muvofiqligini isbotlay oladigan, ishonchli va texnik jihatdan

zamonaviy laboratoriyalar mavjudligidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

62

Xitoy Xalq Respublikasida ipakchilik bo‘yicha chuqur ilmiy-tadqiqot bazasi

shakllangan bo‘lib, bu mamlakatda ipak mahsulotlari eksporti butun dunyo bozorining

qariyb 34 foizini tashkil etadi. 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 470 dan

ortiq sinov laboratoriyasi faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning barchasi ISO/IEC

17025:2017 xalqaro standartlari asosida akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu laboratoriyalar

nafaqat sifat nazorati bilan shug‘ullanadi, balki mahsulotni izchil monitoring qilish,

yangi texnologiyalar joriy etish, ekologik xavfsizlik va qadoqlash materiallarining

standartlarga mosligini ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli xizmatlarni bajaradi.

Hindiston ham ipak yetishtirish va qayta ishlash sohasida dunyodagi eng yirik

yetakchilardan biridir. Mamlakatda 2022-yil yakuniga kelib 215 ta ipak mahsulotlari

laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ulardan 80 foizi milliy akkreditatsiya organi

bo‘lgan NABL (National Accreditation Board for Testing and Calibration

Laboratories) tomonidan tan olingan. Ushbu laboratoriyalar eksport uchun zarur

bo‘lgan barcha sifat sinovlarini, shu jumladan fiziko-mexanik va kimyoviy tahlillarni

o‘tkazishga layoqatlidir.

Italiya ipak mahsulotlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi ichida eng raqobatbardosh

mamlakatlardan biridir. Bu yerdagi laboratoriyalar, asosan, tekstil va moda sanoatiga

yo‘naltirilgan bo‘lib, mahsulotlarning ekologik tozaligini, dermatologik xavfsizligini,

rang barqarorligini va boshqa ko‘rsatkichlarini tekshiradi. 2023-yil holatiga ko‘ra,

Italiyada 120 dan ortiq akkreditatsiyalangan ipak sinov markazlari mavjud bo‘lib, ular

ACCREDIA (Italiya Milliy Akkreditatsiya organi) tomonidan tasdiqlangan.

Turkiyada esa ipakchilik viloyatlarda klaster asosida rivojlanmoqda. Bu

mamlakatda faoliyat yuritayotgan 70 dan ortiq ipak laboratoriyalari mavjud bo‘lib,

ularning 90 foizi TSE (Türk Standardları Enstitüsü) yoki xalqaro standart asosida

akkreditatsiyadan o‘tgan. Ushbu laboratoriyalar orqali eksportchilar o‘z

mahsulotlariga Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlariga erkin chiqish imkoniga ega

bo‘lmoqdalar.

O‘zbekistonda esa xom ipak sinov laboratoriyalarining holati hanuz yetarlicha

rivojlanmaganligicha qolmoqda. 2023-yil holatiga ko‘ra, faqat 15 ta laboratoriya o‘z

faoliyatini ISO/IEC 17025:2017 talablariga muvofiq tarzda tashkil qilgan, ulardan atigi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

63

12 tasi akkreditatsiyadan o‘tgan, 3 tasi esa tayyorgarlik bosqichida. Ushbu raqamlar

Xitoy yoki Hindiston bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning laboratoriya infratuzilmasi

bo‘yicha sezilarli orqada ekanligini ko‘rsatadi.

Quyidagi jadvalda ayrim davlatlar kesimida ipak sinov laboratoriyalari

sonining taqqoslanishi keltirilgan (2023-yil yakuni bo‘yicha):

Davlat

Akkreditatsiyalangan

ipak

laboratoriyalari soni

Asosiy akkreditatsiya organi

Xitoy

470

CNAS

(China

National

Accreditation)

Hindiston

215

NABL

Italiya

120

ACCREDIA

Turkiya

70

TSE / TURKAK

O‘zbekiston 15

O‘ZAKK

(O‘zstandart

huzuridagi markaz)

Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, eksport hajmini oshirish, xalqaro

bozorga chiqish va sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun laboratoriyalarni xalqaro

akkreditatsiyaga tayyorlash va ularni kuchaytirish zarur. Aynan akkreditatsiyalangan

laboratoriyalar ishonchli sertifikatlash asosida ishlab chiqaruvchiga ham, import

qiluvchiga ham kafolat beradi. Shu bois O‘zbekistonda ham Xitoy, Hindiston, Italiya

va Turkiya tajribasidan o‘rganib, laboratoriyalarni raqamlashtirish, kadrlarni

tayyorlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali bu sohada yangi bosqichga

o‘tish zarurdir.

Akkreditatsiyaning iqtisodiy afzalliklari ham muhim ahamiyatga ega. 2022-

yilda O‘zbekiston ipak eksportidan 148 million AQSh dollari daromad oldi, ammo

xalqaro sertifikatlashgan mahsulotlar ulushi 28 foizdan oshmadi. Agar barcha

mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lganida, eksport hajmi 20–30% ga ko‘proq

bo‘lishi mumkin edi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

64

Yuqoridagi

diagramma

2023-yil holatiga ko‘ra xom ipak mahsulotlari sinov

laboratoriyalarining

akkreditatsiyaga tayyorlik darajasini tarkibiy tuzilmada

ko‘rsatadi:

40% laboratoriyalar

zamonaviy texnika bilan jihozlangan.

27% laboratoriyalarda

ISO 17025 hujjatlari mavjud.

18% laboratoriyalarda

xodimlar ISO talablariga muvofiq tayyorlangan.

12% laboratoriyalar

to‘liq akkreditatsiyadan o‘tgan.

3% laboratoriyalar

esa hali umuman tayyor emas.

Laboratoriyalarni tayyorlashda kadrlar salohiyati muhim omillardan biridir. Bu

borada Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon viloyatlarida mavjud oliy o‘quv yurtlari

huzuridagi ipakchilik kafedralari orqali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada

takomillashtirish lozim.

Shuningdek, muhim muammo — moliyaviy resurslarning yetishmasligidir.

Akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘pchilik laboratoriyalar uchun katta xarajat talab

etadi: texnika, o‘quvlar, hujjatlashtirish tizimi, tashqi audit xizmatlari va boshqalar. Bu

jarayonda davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar yoki xususiy sektor bilan hamkorlik

mexanizmlari ishlab chiqilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, xom ipak ishlab chiqarish mahsulotlari sinov

laboratoriyasini akkreditatsiyaga tayyorlash — bu bir vaqtning o‘zida ilmiy, texnik,

iqtisodiy va boshqaruv sohalarini o‘z ichiga oluvchi kompleks jarayondir. Bunday

tayyorgarlik eksport salohiyatini oshiradi, xalqaro ishonchni kuchaytiradi, O‘zbekiston

ipakchilik brendini jahon bozorida mustahkamlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

65

АDАBIYОTLАR RОʻYXАTI

1.

SO/IEC 17025:2017. General requirements for the competence of testing and

calibration laboratories. – Geneva: ISO, 2017. – 32 p.

2.

GOST ISO/IEC 17025–2019. Sinov va kalibrlash laboratoriyalari vakolatiga

qo‘yiladigan umumiy talablar. – Moskva: Standartinform, 2020. – 42 b.

3.

Mavlonov M. Ipakchilik va tutzorchilik asoslari. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2022. – 216 b.

4.

Abdumannabovich S. S., Sayfiddin P., Sandjarovna U. N. Еffects of surface

active substances in protection of dry cocoon from dust and other factors //Archive of

Conferences. – 2020. – Т. 10. – №. 1. – С. 94-99.

5.

Рахимов А. Ю., Сулаймонов Ш. А., Рахимов А. А. Использование

искусственного коконника в процессе завивки коконов тутового шелкопряда

//Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. – 2015. – №. 4. – С.

160-161.

6.

Alisher R. et al. Study of the Influence of Silkworm Feeding Conditions on the

Quality of Cocoons and Properties of the Cocoon Shell //Engineering. – 2019. – Т. 11.

– №. 11. – С. 755.

7.

Рахимов А. Ю., Абдурахмонов А. А., Сулаймонов Ш. А. Изучение

состояния использования ваты-сдира и пути повышения качества коконного

сырья //Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. – 2015. – №. 4.

– С. 152-157.

8.

Аbdumanabovich, Sulaymonov Sharifjon, Sativaldiyev Aziz Kaxramanovich,

and Sulaymonov Sharifjon. "Theoretical Fundamentals of Cocoon Ball Moisten and its

Modification with Surface Active Substances." Design Engineering (2021): 10636-

10647.

9.

Сулаймонов Ш. А. Табиий ипакдаги юқори армирловчи кимёвий

компанентларни ўрганиш орқали кимёвий препаратлар ёрдамида пиллани

cақлаш усуллари //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №.

12. – С. 407-413.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–5_ Апрель –2025

66

10.

Аbdumanabovich, Sulaymonov Sharifjon, Sativaldiyev Aziz Kaxramanovich,

and Sulaymonov Sharifjon. "Theoretical Fundamentals of Cocoon Ball Moisten and its

Modification with Surface Active Substances." Design Engineering (2021): 10636-

10647.