MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
17
INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA TIBBIY TURIZMNI
RIVOJLANTIRISHNING XALQARO INTEGRATSIYASI
M.Bo’ranova- Mamun universiteti iqtisodiyot yo’nalishi
1-bosqich talabasi
S.M.Raximova- Mamun universiteti,
Iqtisodiyot kaderasi dotsenti,
Inson hayot faoliyati natijasida tibbiy xizmatlarga ehtiyoj sezadi.Sababi tibbiy
turizm chet elda sifatli davolanish va diagnostika olish imkoniyatidir. Har yili yuz
minglab bemorlar tibbiy turizmdan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga
sayohat qilishadi. Tibbiy turizmning yildan-yilga tinimsiz rivojlanishining asosiy
sabablari xalqlarning tibbiy integratsiya imkoniyatining mavjudligidir.
Tibbiy turizm xaritasida sog'liqni saqlash tizimi alohida o’rinni egallab, tibbiy
xizmatlar sifati va ularning narxi jihatidan chet elliklar uchun jozibadorliigini
oshirmoqda.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, tibbiy turizm bozor hajmi 2020 yilda
10,1 milliard dollardan oshdi va 2021 yildan 2027 yilgacha o'rtacha 12 foizdan oshishi
kutilmoqda,hamda tibbiy turizm haqida axborotlarning almashinishi tibbiy xizmatlar
bozori o'sishining asosiy omillaridan biri bo'ladi
1
. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi
turli tibbiy markazlar, jumladan, davlat va xususiy, hukumatlar bilan bir qatorda tibbiy
turizmni va ular taklif qilayotgan turli imtiyozlarni ilgari surish bo'yicha tashabbuslar
ko'rsatmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiy xizmat turlarining ko’pligi, arzonligi,
tibbiy turizm bozorini kengaytirishga yordam beradi. So'nggi bir necha yil ichida
mamalakatlar o'z tibbiy sayohat markazlarini yaratish va ularni sig’imini
kengaytirishga muvaffaq bo'lmoqda. Biroq, COVID-19 pandemiyasi tibbiy turizm
bozoriga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, Chunki, bemorlar yoki shaxslarga davolanish uchun
boradigan joylariga borishga ruxsat berilmadi va xavfli deb qaraldi. Bu tibbiy turizm
1
1.UNWTO Tourism Highlights 2018 Edition. https://www.eunwto.org/doi/pdf/10.18111/9789284419876;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
18
bozoriga bog'liq bo'lgan mamlakatlarning iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin. Bu
borada, mamlakatlarda masofadan turib tibbiy xizmat ko’rsatishning yangi turi –
telemedetsina xizmatlari orqali bemorlarni davolash ishlari olib borildi
2
.
Tibbiy turizm bozorida rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashish,
turli yo’nalishlarda tibbiy xizmat ko’rsatish kabi imkoniyatlarni yaratish tibbiy turizm
bozorini yanada kengaytiradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, turizm bozorida
Yevropada tibbiy turizm bozori 11,7% dan oshdi
3
.Tibbiy turizm bozori o'sishiga turtki
beradigan asosiy omillar qatoriga - rivojlanayotgan mintaqalarda kamdan -kam
uchraydigan eng yangi texnologiyalar va tibbiy asbob–uskunalar orqali xizmat
ko’rsatuvchi malakali xodimlarning mavjudligini kiritish mumkin.
Dunyo mamlakatlarida tibbiy turizm yangi davrda yangi tendensiyalar bilan
rivojlanmoqda. Jahon tibbiy turizm bozori 2019-yilda 33 millard AQSH dollar foyda
keltirib, xalqaro turizm bozorida munosib o'rin egalladi. Dam olish va yuqori tibbiy
xizmatlarni taklif etish, nafaqat aholiga sog'lom hayot balki, sifatli tibbiy xizmatlardan
foydalanish imkonini beradi.
Tibbiy turizm bir vаqtning o'zida bir necha yo'nalishlarni ya’ni- sog'liqni
tiklash, dam olish, transport, ovqatlanish, davolash kabi asosiy elementlar bilan
birlashib, inson sog'ligiga ta'sir ko'rsatadi.
Zamonaviy sharoitda, eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biri -kishilarning
sog'lig'ini saqlash, ayniqsa urbanizatsiyaga moyil bo'lgan hududlarda yashovchilar va
faol iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarning dam olishi, sog'ligini tiklashi-
kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarining oldini olishga yordam
beradi. Reabilitatsiya, parvarishlash va sog'lig'ini tiklash turli mintaqalarda joylashgan
tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi va tibbiy turizmga sharoit yaratadi
4
.
1-rasm.
2
Телемедецина.Возможности и развитие в государствах – членах. Доклад о результатах второго глобольного
обследования в области электронного здравоохранения.Глобальная обсерватория по электронному
здравоохранению. Том2.
3
World Travel & Tourism Council. Travel & Tourism Economic Impact 2019 World
.
4
World
Health
Organization.
Clinical
guidelines
for
the
management
of
patients
with
severe
acute
respiratory
infection
suspected
of
being
infected
with
a
novel
coronavirus
(2019-nCoV). URL:http://www.euro.who.int/__data/assets/pdf_file
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
19
( 2020-2027-yillarda jahon hududlarida tibbiyot turizmi prognozlari mln
dollar)
Shuningdek, Butunjahon Turizm Tashkiloti (World Tourism Organization)
ma'lumotiga ko'ra, 2017-yil xalqaro turizm bozori 5 % o'shish bilan 1.6 trillion dollar
daromad keltirdi. Tibbiy maqsadda tashrif buyurganlar 14-16 million kishini tashkil
etdi.
World Travel & Tourism Council konsullikning ta’riflarida ,2018-yil xalqaro
turizm bozori jahon iqtisodiyotining 10.4% ni egallagani to'g'risida ma'lumot keltirib
o'tgan. Xalqaro bozorda tibbiy turizm yangi yo'nalish sifatida AQSH da yuksak
darajada rivojlandi va 2018-yil 13 milliard dollar foyda keltirdi.
Global Wellness
Institute ma'lumotlariga ko’ra AQSH 2025-yilga kelib xalqaro turizm bozorida eng
katta ulushga ega 140 milliard dollar daromad olishi kutilishini taxmin qilgan
5
.
Tibbiy turizm - bu chet elda dam olishni yuqori malakali tibbiy yordam olish
bilan birlashtirgan holda, yashash joyidan tashqarida tibbiy xizmat ko'rsatish
amaliyotini anglatuvchi atama hisoblanadi. Ba'zi mualliflar uchun tibbiy turizm bu o'z
mamlakatidagi bemor uchun mavjud bo'lmagan eng yaxshi tajribaga ega bo'lish
imkoniyatini bildiradi deb qaraladi. Umuman olganda tibbiy turizm - bu eng yaxshi
narxlar va sifatli tibbiy xizmatlar orqali davolanish uchun sayohatdir. Yuqoridagilar
kelib chiqib, O’zbekistonda tibbiy turizm bozorini rivojlantirish yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
1.
Tibbiy maslahat beruvchi sog’lomlashtiruvchi markazlarni tashkil etish
5
World Travel & Tourism Council. Travel & Tourism Economic Impact 2019 World
.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
20
2.
Davolovchi kliniklar tibbiy xizmatlarini rivojlantirish
3.
Kurort zonalar , sog’lomlashtiruvchi amaliyotlarni tashkil etish
4.
Xalq tabobati usullari ( Xitoy, turk, hind tabobati)ni rivojlantirish
Tibbiy turizm dam olishni tashkil etuvchi turistik firmalar, mehmonxonalar
faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularda ko’rsatiladigan xizmatlar turizmning
asosiy vositasi hisoblanadi.
Darxaqiqat turistik xizmatlar ko’rsatuvchi korxonlarning joylashtirish
vositalari turlari bo’yicha tasniflanib,dam olish, sayohat qilish, sog’liqni tiklash
maqsadida xizmat ko’rsatadi
6
.
Respublikamizga so’nggi yillarda tashrif buyurayotgan turistlar soni
ko’paymoqda.Xususan, ularni joylashtirish vositalari turlari bo’yicha tavsiflangan
jadvalda 2016-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan tashrif buyuruvchilar
va O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma’lumotlari aks etgan. Yuqoridagi
jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2018-2019 yillarda davolanish, sog’liqni tiklash
maqsadida kelgan sayyohlarning soni o’tgan yilga nisbatan 5 % ga oshganini ko’rish
mumkin. Davolanish sog’liqni tiklash maqsadida kelgan turistlarning jamoaviy
joylashtirish vositalari faoliyati mehmonxonalar, sanatoriya-kurort muassasalari,dam
olish tashkilotlari va turistik bazalari bo’yicha tahlil qilingan.Ushbu jadvalda
respublikamiz hududlarida tibbiy turizmni rivojlanishining istiqbollari
yo’nalishlariga ega ekanligini ko’rish mumkin. 2020 yil 27-mayda yangi tashkil etilgan
O’zbekiston Respublikasi
“Tibbiy turizm Assosatsiyasi”
O‘zbekistonga nafaqat
ko‘xna meʼmoriy yodgorliklarni va betakror tabiat va madaniyatni tomosha qilish,
balki sog‘liqni tiklash davolanish maqsadida sayohat qiluvchilarni jalb qilish
imkoniyatiga ega ekanligini ta’lidlamoqda.
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi
mavjud emas lekin fuqarolarga davlat kasalxonalarida esa tibbiy xizmat bepul
ko‘rsatiladi. Davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan sayyohlar eng zamonaviy
standartlar va arzon narxlarda munosib tibbiy xizmat ko‘rsatilish sharoiti
mavjud.Betekror tabiat, iqlim, tabiiy muolajalar, sanatoriyalar, dispanserlar va kurort
zonalarda sayyohlarning sog’ligini tiklash va dam olishini ta’minlaydi. 2020-2021yil
6
O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumoti.www/stat.uz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
21
“Tibbiy turizm indeksi”
da Osiyo mamalakatlari yetakchilik qiladi.
“Tibbiy turizm
Assosatsiyasi”
si mamalakatimizda tibbiyot sohasidagi yetakchi davlatlar bilan ma’lum
bir kasalliklarni davolash tashxis qo’yish, dam olishni tashkil etish maqsadida, turli xil
konferensiya ,uchrashuvlar va shartnomlar qilmoqda
7
.Respublikamizda onkologik
kasalliklarning oldini olish davolash maqsadida dunyoning rivojlangan Kanada, Buyuk
Britaniya, Isroil,Singapur,Hindiston davlatlari bilan ushbu kasalliklarni davolash
borasida tajriba almashib, hamkor davlatlar investorlarni O’zbekistonga jalb
qilmoqda.Ana shunday dasturlarning qabul qilinishi O’zbekistonda tibbiy turizmning
rivojlanishiga va sayyohlarni jalb qilish imkonini beradi. Bu esa keleajakda tibbiyot
turizm tajribalarini keng ko’lamli va rivojlantirish orqali hududlarda MICE turizmini
shakllantirish imkoniyatlarining yaratilishiga xizmat qiladi.
7
https://uzbekistan.travel/uz/v/meditsinskiy-turizm/