MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
6
UYDA YAKKA TARTIBDA OʻQITILADIGAN
OʻQUVCHILAR BILAN MASHGʻULOTLAR TASHKIL
ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Xoliyorova Umida Nurmuhammadi qizi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 32-maktab
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun uyda
ta’limni tashkil etish va samaradorligini eksperimental tekshirish, imkoniyati
cheklangan o’quvchilar uchun individual ta’lim yo’nalishini tashkil etish, nogiron
o‘quvchilarni uyda o‘qitish jarayonida psixologik-pedogogik qo‘llab-quvvatlash,
ularni uy sharoitida o‘qitishni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so’zlar: Imkoniyati cheklangan, nogiron, ta’lim berish, uy ta’limi, yakka
tartibda, psixologik, qo‘llab-quvvatlash.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va Sogʻliqni saqlash vazirligining
“Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga
muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 30-iyunda 2691-son bilan Adliya
vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qaroriga asosan jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning
uyda yakka tartibda taʼlim olishlari tashkil etiladi.O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va
sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturlarida ham nogironligi bo‘lgan
shaxslar uchun bir qator qo’shimcha kafolatlar belgilandi. Bundan tashqari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 fevralda matbuotda e’lon
qilingan
“Nogironligi
bo‘lgan
shaxslarni
qo‘llab-quvvatlash
tizimini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
7
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham bu
borada katta ahamiyat kasb etadi.
Qarordan ko‘zlangan maqsad:birinchidan
,
inson huquqlari, jumladan,
nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash; ikkinchidan,
inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari teng huquq va imkoniyatlarga ega
bo‘lishlarini ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish; uchinchidan,
imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok
etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860
son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risidaˮgi qarori qabul qilingan bo‘lib, Bunda
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibini
belgilaydi. Uyda yakka tartibda ta’lim berish o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan
huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish
asosiy maqsadi ekanligi ko‘rsatilgan.
O`zbekistonda uy ta`limi L.Nurmuxamedovaning “Oilada nogiron farzandni
tarbiyalashning
pedagogik
xususiyatlariˮ mavzusidagi tadqiqotida hamda
M.X.Jo‘raxo‘jayevning “Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi
ta`limi samaradorligini oshirish mexanizmlariˮ mavzusidagi tadqiqotilarida tadqiq
etilgan.
Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni
boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy koʻrsatmalarga koʻra doimiy yoki
vaqtincha umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qatnay olmaydigan oʻquvchilar uchun
tashkil etiladi. Oʻquvchilarning taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida
maktabning tegishli sinfida oʻqiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan oʻquvchilarni
ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda taʼlim olishga jalb qilishga ruxsat etilgan. Uyda
yakka tartibda taʼlim berishning asosiy maqsadi oʻquvchilarning taʼlim olishga
boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda ularning taʼlim olishlari uchun zarur sharoit
yaratishdan iborat.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
8
Uyda yakka tartibda taʼlim berishning asosiy vazifalari esa quyidagilar
hisoblanadi: oʻquvchilarning umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari hamda
ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus taʼlim talablariga
muvofiq bilim olishlarini taʼminlash;
barkamol, jismonan va maʼnaviy sogʻlom shaxsni voyaga yetkazish,
oʻquvchilarda madaniymaʼrifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini
shakllantirish; taʼlim berish jarayonida oʻquvchilarning sogʻligʻini himoyalovchi dars
jadvaliga rioya etilishini taʼminlash.
Oʻquvchilarning uyda yakka tartibda taʼlim olishini tashkil etish Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq taʼlimi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi
“Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga
muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (30.06.2015-yil, 2691-son bilan
roʻyxatdan oʻtgan) asosan tashkil etiladi.Bunda maktab direktorlari maktab joylashgan
hududda yashaydigan oʻquvchilarni aniqlaydilar, roʻyxatga oladilar hamda ularni uyda
yakka tartibda taʼlim olish uchun jalb qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.Oʻquvchini
uyda yakka tartibda taʼlim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman
(shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiymaslahat
komissiyasining tibbiy xulosasiga asosan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
tomonidan amalga oshiriladi.O‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar
uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soat, 10-11 sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.
Dars jadvali maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-
onalar bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan
tasdiqlanadi. Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi. O‘quvchining
qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejada
ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yish mumkin. Bunday o‘zgartirish maktab direktorining
buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish
hisobiga amalga oshiriladi. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga
uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning o‘quv dasturi, psixik rivojlanishida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–5_ Апрель –2025
9
nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa aqli zaif bolalar
uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.
Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun
45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 40 daqiqadan
iborat bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari baholash daftariga
qayd etib boriladi. Baholash daftari har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladi.
O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan
maktabning sinf jurnaliga ko‘chirib boriladi. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga
o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo
qo‘yiladi. O‘quvchining baholash daftari o‘qituvchida saqlanadi va o‘quv yili oxirida
boshqa hisobotlar bilan birgalikda maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI :
1.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va Sogʻliqni saqlash vazirligining “Jismoniy
yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj
bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida” gi 2015-yil 30-iyunda 2691-sonli qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni
qo‘llabquvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2023 yil 27 fevraldagi qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮ
2020-yil 13oktyabrdagi PQ-4860 son qarori// O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2021-yil 12-oktabr, 638-son.
4.
Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально-педагогическое сопрования
формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому, в
условиях учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис… кандидат
педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.
5.
Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN
THE FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN
INDIVIDUALS. Science and innovation,1(B6), 125-130.