MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
265
INGLIZ TILI DARSLARIDA TIBBIY DEONTOLOGIK MADANIYAT
KO’NIKMA VA MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH ILMIY DIDAKTIK
MUAMMO SIFATIDA
Axadova Mahliyo Halimovna
Osiyo xalqaro universiteti
Tadqiqotchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiy deontologik madaniyat, ko`nikma va
malakalrni rovojlantirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar:
Deontologiya, malaka, ko`nikma, tibbiyot.
Tibbiyot deontologiyasi
— tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi,
doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari.
Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida
ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot
deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi
keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:
— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;
— shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;
— shifokorning hamkasblari bilan munosabati va hokazo.
Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi
uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati
masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi
bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun
butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan
maʼlumotlarni aytishi bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur.
Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi
yaramaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
266
Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi,
shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda
yashayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida
deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib
borgan.
Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar,
sofdillik, ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi. Tibbiyot
deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdiqlagan (1949,
Jeneva). Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot oliygohlarini bitiruvchilar „Oʻzbekiston
shifokori“ qasamyodini qabul qiladilar.
Dunyoga yangi ko’z bilan qayraydigan, uddabiron, ishning ko’zini biluvchi,
buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni
tayyorlash Respublikamiz tibbiyot oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Hozirgi zamon metodika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar
tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish metod va
usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu
metodikani tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb
muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Ingliz tili fani ham boshqa
gumanitar va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi
nazariy bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Aniqroq
qilib aytadigan bo’lsak, o’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy
bilimlami amaliyotda qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol
tashlanadi. Demak, ko’plab o’qituvchiiar, pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar
bilimlar bilan cheklanib qolmoqda. Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish,
munosib bo’lish kabi sifatlar etishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya
egasi bo’lish, kompetentli pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi.
Kompetentlikning o’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning kengligi va
madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni
boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini
amaliyotda rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
267
metodlarini bilish, pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega
bo’lishni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va
ko’nikmalaming mavjudligi, shuningdek, ulami amaliy faoliyatda qo’llash va
takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi, ya’ni kompetentlik - bu faqatgina
o’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli hajmi bo’libgina
qolmay, balki ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini
bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //'Barkamol avlod –
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; “Sharq”.2020 yil, 20-29 betlar.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi
qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent;
“Sharq”, 1997, 31-61 betlar,
1.
1, Axadova Mahliyo. Tibbiyot oliy o’quv yurtlari boshlang’ich bosqich
talabalari deontologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari.
Vol. 65 No.
2 (2025): ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ|Выпуск
журнала
№-65|Часть-2
2.
Axadova
Mahliyo.INGLIZ
TILI
AMALIY
MASHG’ULOTLARIDA
TALABALAR TIBBIY TEXNIK KO’NIKMA VA MALAKALARINING
RIVOJLANTIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA Vol. 39 No.2 (2025):
TA'LIM
INNOVATSIYASI
VA
INTEGRATSIYASI.
web.uz/index.php/06/issue/view/31
3.
Axadova , M. . (2025). INGLIZ TILI AMALIY MASHG’ULOTLARIDA
TALABALAR TIBBIY TEXNIK KO’NIKMA VA MALAKALARINING
RIVOJLANTIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA. Молодые ученые, 3(4),
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/44609
4.
Axadova, M. (2025). INGLIZ TILI AMALIY MASHG'ULOTLARIDA
TALABALAR TIBBIY TEXNIK KO'NIKMA VA MALAKALARINING
RIVOJLANTIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA. В CENTRAL ASIAN
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
268
JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH (Т. 3, Выпуск 2, сс. 22–24). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14825158