MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
241
INFORMATIKA DARSLARINI MATEMATIKA FANI BILAN
INTEGRATSIYALASHNING DIDAKTIK ASOSLARI VA
SAMARADORLIGI
Fayzullayeva Nigina Avduraxmatovna
Buxoro shahar 29-maktab
Informatika fani o‘qituvchisi.
Ismoilova Zebiniso To‘rayevna
Buxoro shahar 29-maktab
Matematika fani o‘qituvchisi.
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada informatika fanini matematika bilan
integratsiyalashning ilmiy-didaktik asoslari, mazmuniy bog‘liqligi va amaliy jihatlari
yoritilgan. Integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi o‘quvchilarning analitik fikrlashini,
muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi va fanlararo
bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Tadqiqotda integratsiyalashgan darslarni loyihalash,
zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va interaktiv metodlarning
ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada matematika va informatikaga oid umumiy
tushunchalar, masalalarni algoritmik yondashuv orqali yechish, dasturlash asoslarida
matematik modellashdan foydalanish kabi jihatlar misollar bilan ochib beriladi.
KALIT SO‘ZLAR: Informatika, matematika, integratsiya, fanlararo
bog‘liqlik, algoritmik fikrlash, STEAM ta’lim, raqamli texnologiyalar, interaktiv
metodlar.
XXI asrda ta’lim sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu fanlararo
integratsiyalashuvni amalga oshirishdan iborat. Ayniqsa, informatika va matematika
fanlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ulardagi tushuncha va usullarning uyg‘unligi ta’lim
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi o‘quvchilarga fan asoslarini chuqur o‘rgatish,
ularning tafakkurini keng rivojlantirish, olamni yaxlit tarzda anglash va atrofdagi
hodisalarni to‘g‘ri tushunadigan shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan. Bugungi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
242
ta’limning eng muhim maqsadlaridan biri – o‘quvchilarni yoshligidanoq bosqichma-
bosqich, ortiqcha zo‘riqishsiz, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida hayotga tayyorlashdir.
Maktablarda o‘tilayotgan fanlarning tarqoqligi esa o‘quvchilarga faqat tor
doiradagi nazariy bilimlarni beradi, natijada bu bilimlar tezda unutilib, amaliy hayotda
qo‘llanilmay qoladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, integratsiya ta’limning muhim didaktik
tamoyillaridan biridir va u yetakchi o‘rin egallaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining aqliy faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda integratsiyalashgan
darslarning ahamiyati beqiyosdir.
Matematika va informatika kabi fanlarni birgalikda, imkon qadar boshqa fanlar
bilan bog‘lab o‘qitish yanada samarali natija beradi. Bu usul o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Masalan, boshlang‘ich sinflarda shakllarni o‘rgatishda
ularni tabiatdagi ob’ektlar bilan taqqoslash orqali biologiya fani bilan bog‘lab o‘tish
mumkin. Bunday yondashuv quyidagi natijalarga olib keladi:
O‘quvchi fanga nisbatan zerikmaydi;
Fanlararo taqqoslash ko‘nikmasi shakllanadi;
Fanlararo bilimlar mustahkamlanadi;
Taqqoslash orqali eslab qolish qobiliyati kuchayadi.
Bugungi kunda farzandlarimizni kompyuter va axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda mustaqil izlanishga o‘rgatish zarur. Ular katta hajmdagi
ma’lumotlarni idrok etish, ularni qayta ishlash va zamonaviy axborot texnologiyalari
yordamida har xil fanlar bo‘yicha ma’lumot topish va qo‘llash usullarini egallashlari
lozim. Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi – o‘quvchilarni bilim va
ko‘nikmalarini real hayotda qo‘llay oladigan darajada tayyorlashdir.
Informatika va matematika fanlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashliklar
(masalan, funksiyalar, algoritmlar, mantiqiy bog‘lanishlar) ularni birgalikda o‘qitishga
keng imkoniyat yaratadi. Fanlararo yondashuv orqali o‘quvchi mavzularni chuqurroq
anglaydi, bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi.
“Algoritm tushunchasi” mavzusi matematikaning “funksiya” bo‘limi bilan
integratsiyalashishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
243
“Matematik ifodalarni dasturlashda qo‘llash” mavzusida Python yoki Scratch
tilida formulalarni kodlash orqali o‘quvchining matematik bilimlari mustahkamlanadi.
“Grafik tasvirlar” mavzusi statistik grafikalar va koordinata tekisligidagi
chizmalar bilan bog‘lanadi.
Darslarda o‘yinli metodlar, muammoli topshiriqlar, loyihaviy ishlar va raqamli
resurslardan foydalanish integratsiyani samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilar Scratch yoki GeoGebra dasturida matematik modellar yaratish orqali ikki
fanni o‘zlashtiradi.
1
Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning:
analitik va algoritmik fikrlashini;
texnologik savodxonligini;
mustaqil
izlanish
va
yaratuvchanlik
qobiliyatini
rivojlantiradi.
Maktablar darajasida o‘qituvchilarning hamkorlikda dars
tayyorlashi va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishi tavsiya etiladi.
Integratsiyalashgan darslar barcha maktab fanlarining o‘zaro bog‘langan holda
o‘rgatilishini, ularning mavzulari uyg‘unlikda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim
jarayonining yaxlit tashkil etilishi quyidagilarni ta’minlaydi:
Integratsiya darslarda axborot va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi;
U o‘quvchilarda o‘quv va bilish faoliyatini shakllantirib, ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantiradi hamda olingan bilimlarni real hayotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi;
Fanlararo aloqalar orqali o‘quvchilar harakat usullarini bir fan doirasidan
boshqasiga o‘tkazishni o‘rganib, bu orqali dunyoni yaxlit anglash tushunchasini
shakllantiradilar;
Muammoli vaziyatlardan kelib chiqib qurilgan darslar o‘quvchilarning aqliy
rivojlanishiga xizmat qiladi;
1
A.Alimov. “Matematika o‘qitish metodikasi” – T.: O‘qituvchi, 2020.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
244
Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarga ish jarayonining har bir bosqichini
ongli ravishda idrok etishga va maqsaddan natijagacha bo‘lgan yo‘lni tushunishga
yordam beradi.
Bunday darslarda o‘qituvchi integral yondashuv orqali o‘quvchilarning fanlar
bo‘yicha olingan bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatini oshiradi. O‘quvchilar esa
turli predmetlardan olgan bilimlarning o‘zaro bog‘liqligini va kundalik hayotda ular
qanday foydali bo‘lishini anglaydilar. Aniqlik va amaliy dasturga asoslangan
integratsiyalashgan darslar bolalar uchun qiziqarli bo‘lib, materialni yanada chuqurroq
o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.
Xulosa qilib aytgnda, informatika va matematika fanlarining integratsiyasi
zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi, o‘quvchida amaliy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantiruvchi samarali yondashuvdir. Ushbu integratsiya
o‘quvchilarning raqamli texnologiyalarni egallashi bilan birga, ularning matematik
savodxonligini ham mustahkamlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.” – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
3.
A.Alimov. “Matematika o‘qitish metodikasi” – T.: O‘qituvchi, 2020.
4.
M.Qodirov, S.Raximova. “Informatika va axborot texnologiyalarining asoslari”
– T.: Sharq, 2021.
5.
Jurnal: “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” – 2023, 2-son.
6.
UNESCO. “Integrative approaches to STEM education.” 2021.
7.
T.V. Shadiev. “Interdisciplinary Learning: Informatics and Mathematics.”
International Journal of Emerging Technologies in Learning, 2022.