MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
155
PEDAGOGLAR VA O'QUVCHILAR O’RTASIDA O’ZARO
MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI
Abdialimova Feruza Asrorovna
Sardoba tumani 6- umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z
tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa
so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi
lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya
qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida
o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Kalit so’zlar: muloqot, so’z, shaxs, pedagogika, o’quvchi
KIRISH
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli
darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni
berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini
tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni
shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv
mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish,
nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash;
b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni
oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari,
fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni
hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash,
yakka holdagi ishni tashkil etish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
156
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni
hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol,
rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida
pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan
yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U
pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga
nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Istiqbol - ta'sir ko'rsatishniig juda ta'sirchan usuli bo'lib, u bolalarning
xattiharakatlarini, ular oldiga
qo'yilgan maqsadlar, ularning
shaxsiy
intilishlari, qiziqishlariga aytiladi.
Rag’batlantirish va jazolash o'quvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya'ni
foydali xatti-harakatlarni qo'shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning
noma'qul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har
tomonlama va muntazam rag’batlantirib borshini ta'minlaydi.
O’zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish vositalari: ishontirish, ta'sir qilish,
o'zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish.
Ishontirish pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida darslarda o'quv axboroti,
ijodiy suhbatlar, munozaralar, siyosiy axborotlar shaklida qo’llaniladi.
Ta'sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida
xattiharakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta'sir qilish shunday bir
psixik ta'sir ko'rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratisiz idrok etadi.
a)
pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo'yish;
b)
o'kuvchilarga yakka individual holda munosabatda bo'lish, ularni mustaqil
ishlarini tashkil etish.
O’qituvchi o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotida quyidagi malakalarni
egallagan bo'lishi lozim: tashqi qiyofani nazorat qilish, nutqni egallash, pedagogik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
157
munosabat madaniyatini egallash, tashkilotchilik mahorati, o'quv-tarbiya jarayonini
boshqarish uslublarini egallash.
Munosabatlarni boshqarish uslublari:
1.
Avtoritar uslub
2.
Demokratik uslub
3.
Liberal uslub
1.Avtoritar uslub:
-
o’zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi;
-
o’zi ko'rsatma-buyruq beradi;
-
javobgarlikni o'z bo'yniga oladi;
-
so'zsiz bo'ysuninshni da'vo etadi;
-
qattiq intizomni talab etadi;
-
aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi;
-
gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham
buyruqdek chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin
talab etadi;
-
muloqotga kirishishning asosiy shakllari: buyruq, ko'rsatma berish,
qo'llanma bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish;
-
muomalada qo'pol, dag’al, do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish,
cho'chitish orqali kirishadi;
-
avtoritar uslubning ijobiy tomoni favqulodda vaziyatlar ishlatilishi
(yong’inda, suv toshqinda).
Munosabatning bu uslubda boshqarilishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og’ir
ahvol.
2. Demokratik uslub:
-
jamoa fikriga tayanib ish olib boradi;
-
jamoa fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, boshqalar fikriga
hurmat bilan qaraydi;
-
boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
158
-
muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos maslahat berish,
samimiy muomala.
3.Liberal uslub:
-
tashabbussiz, jamoa ishiga aralashmaydi, hamma masalalarni yuzaki
qarab chiqadi. O'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. Ish natijasi bilan
qiziqmaydi;
-
bolalarga e'tiborsiz, beg’am qaraydi; - o’z ishiga sovuqqon.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan:
-
hamkorlikdagi munosabat;
-
bavosita munosabat;
-
do'stona munosabat,
-
nosamimiy munosabat;
-
oraliqdagi munosabat;
-
bekorchi munosabat;
qo'rquv orqali munosabat; - dialog va monolog. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan
darsdan tashqari vaqtlarda bajariladigan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etadi, sinf,
guruh rahbari vazifasini bajara borib, bolalarning ota–onalari bilan ish olib boradi.
Bunday sharoitlarda oʻquvchilarning oʻquv va oʻqishdan tashqari faoliyatini yagona
ta’lim tarbiya jarayoni sifatida rejalashtirish va tashkil qilishga nisbatan kompleks va
izchil yondoshishning oʻqituvchi faoliyatidagi roli ortib boradi. Bunday faoliyat
oʻquvchilarni bilimlar bilan qurollantirishga hamda bilish, muloqot va mehnatning
ongli sub’ektlari sifatida ular shaxsini shakllantirib borishga qaratilmogi kerak.
Oʻqituvchi mehnatini pedagogik–psixologik tadqiq etish shuni isbot etganki,
oʻquvchilarning oʻquv faoliyati samaradorligiga g‘oyat katta ta’sir koʻrsatadi.
Oʻqituvchining ilmiy jihatdan bilimdonligi, uning shaxsiga xos ijobiy fazilatlar
oʻquvchilarga tarbiya berishning, ularda ongli faollikni hamda mustaqil ijodiy bilishga
boʻlgan intilish faolligini shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,oʻqituvchining dunyoqarashi – undagi pedagogik
madaniyatning hamda tarbiyachi sifatidagi mahoratning muhim komponenti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
159
hisoblanadi. Bugungi kunda oʻzini pedagoglik kasbiga bagishlagan talaba yoshlar
shuni yaxshi bilishlari kerakki, hozirgi zamonning yoshlarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish, hozirgi zamonning g‘oyat dolzarb va keskin muammolari yuzasidan
bahs-munozaralar oʻtkaza olish, odamlarni ishontira olish, mustaqil toʻg‘ri xulosa va
umumlashmalar chiqara olish mahoratini egallab olishlari g‘oyat muhim ahamiyatga
egadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Maxkamjonov K. Nasriddinov F. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning
jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini takomillashtirish. -Toshkent.1995.-74 b. 7.
2.Tulenova X. B. Maktabgacha tarbiya muassasalarida 5-7 yoshli bolalar jismoniy
tarbiyasini takomillashtirish. Dis….ped.fan.nom. –Toshkent.2000. -160 b.
2.
F.A.Kerimov ’’ Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar’’. Toshkent. ’’Zar qalam’’
2004.-447.b.
3.
Bondarevisky E .YA. Xankeldiyev SH. X. Oʻquvchi yoshlarning jismoniy
tayyorgarligi. Meditsina –T.: 1986.-204. b.
4.
5.U.Tursunov, «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi», oʻquv qoʻllanma,
Qoʻqon, 1992.