Authors

  • Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Author Biography

  • Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi

    +998886784664

    shaxnozam@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118082

Keywords:

tarbiya talqini axloqiy qadriyatlar insoniyatning rivojlanishi asarlar tahlili madaniyat ilm g’oyaviy to’liqlik o‘zbek pedagogikasi milliy istiqlol

Abstract

Mazkur maqolada buyuk marifatparvar millat mayoqlaridan bo‘lgan Abdulla Avloniyning asarlari boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ahamiyati tahlil qilinadi. Avloniy asarlari nafaqat badiiy jihatdan, balki axloqiy-tarbiyaviy mazmuni bilan ham o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning o‘qish darsliklariga kiritilishi bolalarning vatanparvarlik, odob-axloq, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada Avloniy asarlari orqali o‘quvchilarga ta’lim berishning samarali usullari, ularni dars jarayonida qo‘llash yo‘llari va pedagogik ahamiyati tahlil etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

144

ABDULLA AVLONIY ASARLARINING O‘QISH DARSLARIDAGI

AHAMIYATI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich

ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi

+998886784664

shaxnozam@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk marifatparvar millat mayoqlaridan

bo‘lgan Abdulla Avloniyning asarlari boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ahamiyati

tahlil qilinadi. Avloniy asarlari nafaqat badiiy jihatdan, balki axloqiy-tarbiyaviy

mazmuni bilan ham o‘quvchilarni ma’naviy shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ularning o‘qish darsliklariga kiritilishi bolalarning vatanparvarlik, odob-axloq,

mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada

Avloniy asarlari orqali o‘quvchilarga ta’lim berishning samarali usullari, ularni dars

jarayonida qo‘llash yo‘llari va pedagogik ahamiyati tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar: tarbiya talqini, axloqiy qadriyatlar, insoniyatning rivojlanishi,

asarlar tahlili, madaniyat, ilm, g’oyaviy to’liqlik, o‘zbek pedagogikasi, milliy istiqlol

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar

maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim

tizimidagi o’zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.

Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy

talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Ko’plab ilg’or mamlakatlarni ta’lim sohasidagi yutuqlari o’raganilib milliy dasturimiz

bilan integratsiyalashgan holda amaliyotga tadbiq ettilmoqda. Xalqni ma’rifatli qilish

uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z manfaatlari yo‘lida hech

nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor bo‘ldilar. Xalqini

savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun umrlarini Vatanimiz ozodligi va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

145

xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid ma’rifatparvarlarining

ilmiyma’rifiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganishimiz va kelajak avlodga o‘rgatishimiz

davr talabidir. Zero, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan Uchinchi Renessans

davrida jadidlar ilgari surgan ta’lim va tarbiya muammosi har doimgidan ham muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Abdulla Avloniy o‘zbek ma’rifatchilik harakatining yirik

vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlari hozirgi kunda ham o‘quvchilarning axloqiy

tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Avloniy o‘z asarlarida ta’lim va tarbiyaning

ahamiyatini, yosh avlodni vatanparvar, bilimdon va odobli inson qilib tarbiyalash

zarurligini ta’kidlagan. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim dasturida o‘quvchilarga

Vatan, ilm, do‘stlik va mehnat kabi mavzularda bilim berish muhim hisoblanadi.

Avloniy asarlari shu jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar milliy

qadriyatlar va axloqiy me’yorlarni o‘rganadilar. Jumladan: “Turkiy guliston yoxud

axloq” darslarda odob-axloq qoidalarini o‘rgatish uchun ishlatilishi mumkin. She’rlari

va maqolalari orqali vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ilmga muhabbat singdiriladi.

Hikoyalari o‘quvchilarga hayotiy tajribalar, insoniy fazilatlar haqida saboq beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ham Abdulla Avloniyning bir qancha

she’rlari berib o‘tilgan bulardan, 2-sinf o‘qish darsligida “Yangi avlod” nomli she’ri

va “Bolalari va pashsha” nomli masali berib o‘tilgan.

Bolari bilan pashsha” masali orqali mehnat qilish, yalqovlikdan qochish

kerakligini bilib olishadi. Masal shunday berilgan:

Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan arini ko‘rib; qayerdan kelyapsan,

deydi. Ari: bol, uy yasash uchun mum Pashsha: men kabi yasha Ari: Mashaqqatsiz

taomda lazzat bo‘ladimi? Mening vaqtim yo‘q deya uchib ketadi. Xulosa shuki,

mehnatning tagi rohat, yalqovlikning oxiri xorlikdir. O‘qituvchi bu masalni shunchaki

o‘qitib qo‘ymasdan, uning zamirida yotgan tarbiyani o‘quvchiga bera olish talab

qilinadi. Xulosani bolaga to‘g‘ri yetkazish talab qilinadi. Mavzuni o‘tishda masalni

rollarga bo‘lib bolalar tomonida ijro yetgizdirib o‘tilsa samaraliroq bo‘ladi. Bolaning

diqqati oshadi, masal ma’nosiga chuqurroq tushunadi. Shundan so‘ng bolalardan masal

ma’nosiga mos misollar so‘raladi. Bunda o‘qituvchining o‘zi hayotiy misol keltirib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

146

boshlab beradi. Bolalar davom ettirishadi. Bolalar masaldan, keltirilgan misollardan

o‘zlariga xulosa chiqarishadi.

Ma’rifatparvarning quyidagi fikri bugungi kunda ham dolzarb

hisoblanadi

:“Tarbiya biz uchun hayot yoki o‘lim, najot yoki halokat, saodat yoki

falokat masalasidir”.

Bu so‘zlar XX asr boshlarida millatimiz uchun qanchalik muhim bo‘lgan

bo‘lsa, hozir ham, balki undan ham ortiqroq ahamiyatga ega. O‘z asarlarida Avloniy

hukumatni yosh avlodning sog‘lig‘iga e’tibor qaratishga chaqiradi. Uning fikricha,

insonning sog‘lom tafakkurga ega bo‘lishi va har tomonlama rivojlanishi uchun aql va

tana sog‘lom bo‘lishi kerak.

U shuningdek, ota-onalarni farzandlari sog‘lig‘iga e’tibor qaratishga chaqirar,

bolalarning fikriy tarbiyasi mas’uliyatini esa o‘qituvchilarga yuklar edi. “Bolalarda

sog‘lom tafakkurni shakllantirish va ularni muntazam tarbiyalash – nihoyatda zarur va

mas’uliyatli vazifadir. Chunki bolalarning aql kuchi, tafakkur kengligi va dunyoqarashi

avvalo o‘qituvchiga bog‘liq”, – deb yozgan u “Ikkinchi kitob” asarida. Avloniyning

savodsizlikni yo‘qotishdagi roli 1920-yillarda Avloniy O‘zbekistonda savodsizlikni

tugatish jarayonida faol ishtirok etdi. 1920-yildan boshlab u Respublika pedagogika

bilim yurtiga, so‘ngra ayollar bilim yurtiga rahbarlik qildi. U O‘zbekiston xalq maorifi

institutida, harbiy bilim yurtida dars berdi. 1924–1929-yillarda esa u o‘qituvchilik

faoliyati bilan birga, O‘rta Osiyo Davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy

universiteti) ilmiy tadqiqotlar olib bordi.San’at va teatrga bo‘lgan e’tibori Avloniy

nafis san’atni juda qadrlagan. Uning fikricha, san’at taraqqiyparvar g‘oyalarni targ‘ib

qilishning eng samarali vositalaridan biridir. U rahbarlik qilgan “Turon” teatr

jamoasida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” (Otani o‘ldirgan) asari ilk bor

sahnalashtirilgan. Bundan tashqari, Avloniy quyidagi sahna asarlarini yozgan:

“Advokatlik osonmi?”

“Pinaq” (Siyesta)

“Biz va siz”

“Ikki sevgi”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

147

Bugungi kunda ham Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvar, mutafakkir va

jurnalistning ilg‘or g‘oyalari tirik va dolzarb hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda

uning 130 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizdagi ko‘plab ta’lim

muassasalari buyuk pedagog nomi bilan atalmoqda. Abdulla Avloniy tajribali pedagog

sifatida inson tarbiyasiga yoshligidan jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan. U

bolaning tarbiyasi haqida shunday fikr bildirgan:

“Agar inson yoshligida ilmsiz va

axloqsiz bo‘lib ulg‘aysa, undan yaxshilik kutish osmonga qo‘l cho‘zish bilan

barobardir”.

Bu kabi fikrlar orqali milliy qadriyatlarimiz ruhida bolalarni tarbiyalash

dunyodagi yot illatlardan saqlab qoladi.

Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy

prinsiplarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi

ular tayangan ma’naviy zaminga bog‘liqdir. Shunday qimmatbaho asarlar ta’sirida

yozilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.

Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining o‘rni haqida fikr yuritib: “Agar

bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, Ollohu akbar,

bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak

kabidur”,[3,2] — deydi. Uning fikricha bolalarga tarbiya berishni yoshlikdan

boshlamoq kerak. Tarbiya jarayonida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning

atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. Abdulla Avloniy pedagogikaga

“Pedagogiya”, ya’ni “bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. “Tarbiyaning

zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hamma birdek

mas’ulyat bilan yondashishi kerakligini uqtiradi. “Bolaning salomati va saodati uchun

yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi

xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar

tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani

bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan

davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur” degan fikrlari bilan tarbiya

qiluvchilarni ya’ni, ota-ona, muallimlar, tarbiyachilarni tabiblarga o‘xshatadi.

“Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat -

yo falokat masalasidur” degan fikrlari bilan esa tarbiya bir kishining ishi emasligi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–4_ Апрель –2025

148

balki, butun jamiyatning ishi ekanligi, bu borada hamma birdek javobgar ekanligini,

tarbiya masalasida befarqlik qilinsa alal oqibat bu jamiyat falokatiga sabab bo‘lishini

uqtiradi. Avloniy asarlaridan foydalanish o‘qish darslarini yanada mazmunli va

ta’sirchan qilishga yordam beradi. Ularning sodda va tushunarli tili boshlang‘ich sinf

o‘quvchilari uchun mos bo‘lib, dars jarayonida muhokamalar, sahna ko‘rinishlari va

qiziqarli topshiriqlar orqali o‘quvchilarning faolligini oshiradi.

Abdulla Avloniy asarlari o‘qish darsliklarining tarkibiy qismi sifatida

o‘quvchilarning nafaqat savodxonligini oshirishga, balki ularning axloqiy tarbiyasiga

ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning ijodi hozirgi ta’lim tizimida ham o‘z dolzarbligini

yo‘qotmagan bo‘lib, yosh avlodni bilimli va vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim

manba bo‘lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Mirziyoyev Sh. M. _ Kitob mollari yetib borish va tarqatish tizimini

rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va

2.

Prezident Farmoni . “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil 13 yanvar – 9-son.

3.

Mirziyaev Sh. M. _ Milliy taraqqiyot davom etdi Toshkent - 2017, " O'zbekiston

4.

2-sinf o‘qish darsligi Toshkent 2023

5.

О‘quvchi-yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi

/ B.Xodjayev, M.Maxmudova – Toshkent: «Tafakkur qanoti», 2016.

6.

Ochiq axborot tizimlarida axborot- psixologik xavfsizlik: о‘quv qо‘llanma

Umarov B., Axmedova M. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim

vazirligi ; О‘zbekiston davlat jahon tillari un-ti : - T. Chashma Print, 2013.

7.

Abdulla Avloniy . Turk gulistoni yoki axloq. T., 2008.