MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
110
KO’PRIK VA TONNEL INSHOOTLARI TEXNIK HOLATINI
DIAGNOSTIKA QILISHNING USUL VA BOSQICHLARI
Baxramov Navro’z Norqul o’g’li
Toshkent davlat transport universiteti, AYSI kafedrasi asistenti
Xudoyberdiyev Axrorbek Abduraxim o’g’li
Toshkent davlat transport universiteti,YMAS-3 guruh talabasi
Annotation: Ushbu maqolada ekspluatatsiya qilinayotgan transport
inshootlarini rekonstruksiya qilish va ularning qulaylik darajasini zamonaviy talablar
darajasiga yetkazish inshootlarning haqiqiy holatini baholash zarurati, muhandis-
quruvchilar zimmasiga ekspluatatsiya qilinayotgan qurilish konstruksiya, bino va
inshootlarining holatini baholash, ularni kelgusida ekspluatatsiya yoki rekonstruksiya
qilish va kuchaytirish imkoniyati masalasini hal qilish vazifasi keltirilgan
Kalit so‘zlar: Ko‘prik va tonnel, diagnostika, ekspluatatsiya, rekonstruksiya,
seysmik ta’sir, konstruksiya, vizual tekshiruv, instrumental tadqiqot, pribor
KIRISH
Ilmiy-texnik taraqqiyot tezlashishi bilan turli texnologik jarayonlarning jadal
takomillashuvi kuzatilmoqda. Bu eskirgan uskunalarni yuqori tezlikda ishlaydigan
yangi, yuqori samarali uskunalar bilan almashtirishni talab qiladi, bu esa qurilish
konstruksiyalariga uzatiladugan yuklarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarishni yaratish ekspluatatsiya qilinayotgan inshootlar
uchun arxitektura va rejalashtirish yechimlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ekspluatatsiya qilinayotgan transport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ularning
qulaylik darajasini zamonaviy talablar darajasiga yetkazish inshootlarning haqiqiy
holatini baholash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Muhandis-quruvchilar zimmasiga
ekspluatatsiya qilinayotgan qurilish konstruksiya, bino va inshootlarining holatini
baholash, ularni kelgusida ekspluatatsiya yoki rekonstruksiya qilish va kuchaytirish
imkoniyati masalasini hal qilish vazifasi yuklatilgan.
ASOSIY QISM
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
111
Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish konstruksiya va inshootlarni tekshirish bilan
bog‘liq bo‘lib, ularning natijalari tegishli tavsiyalar tayyorlash imkonini beradi.
Ularning asosida muhandis-konstruktorlar zarur loyihaviy yechimlarni ishlab
chiqadilar.
Kerakli pribor va instrumental bazasi bilan jihozlangan va ularning tarkibida
malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlarga transport inshootlarining yuk
ko‘taruvchi konstruksiyalarini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bajarishga
ruxsat beriladi. Tashkilotning transport inshootlarining yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalarining texnik holatini tekshirish va baholash huquqiga ega bo‘lgan
malakasi tegishli davlat litsenziyasi bilan tasdiqlanishi kerak.
Tekshiruv ishlariga bo‘lgan ehtiyoj, ularning hajmi, tarkibi va xarakteri
belgilangan aniq vazifalarga bog‘liq.
Tekshirishning vazifasi konstruksiyalarning haqiqiy sifat holatini aniqlash
hisoblanadi
Quyidagilar tekshiruv sabablari bo‘lishi mumkin:
•
konstruksiyalarning
mustahkamligi,
deformativ xossalarini
pasaytiradigan
va
umuman
binoning
ekspluatatsion
holatini
yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan nuqson va shikastlanish lari (masalan, kuch,
korroziya, harorat yoki boshqa ta’sirlar, shu jumladan poydevorlarning notekis
cho‘kish) mavjudligi tufayli;
•
qayta rejalashtirish, modernizatsiya qilish va bino qavatlar sonining
oshishida konstruksiyalarga ekspluatatsion yuk va ta’sirlarning oshishi;
•
binolarni rekonstruksiya qilish, hatto yuklarning ortishi bilan birga
bo‘lmagan hollarda ham;
•
konstruksiyalarning yuk ko‘tarish qobiliyati va ekspluatatsion sifatini
kamaytiradigan loyihadan chetlanishlarni aniqlash;
•
loyihaviy, texnik va ijro hujjatlarining yo‘qligi;
•
binolar va inshootlarning funksional vazifalarining o‘zgartirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
112
•
bino va inshootlarni konservatsiya qilinmagan taqdirda yoki konservatsiya
amalga oshirilganida qurilish tugatilganidan keyin uch yil muddatda to‘xtatilgan
qurilishni qayta tiklash;
•
gruntli poydevorning deformatsiyalari;
•
yangi qurilgan inshootlar yaqinida joylashgan bino konstruksiyalari
holatini nazorat qilish va baholash zarurati;
•
yong‘in, tabiiy ofatlar yoki texnogen avariyalarga uchragan qurilish
konstruksiyari holatini baholash zarurati;
•
ishlab chiqarish va jamoat binolarining, hamda ularda yashash uchun
turar-joy binolarining normal ekspluatatsiyaga yaroqliligini aniqlash zarurati.
Inshootlarni tekshirishda quyidagi asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar
e’tiborga olinadi:
•
poydevor, panjara va poydevor to‘sinlari;
•
tayanch, kolonnalar, ustunlar;
•
oraliq qurilmalar (shu jumladan: to‘sin, arka, ferma, plita, obdelkalar);
•
tayanch qismlari;
•
bog‘lovchi konstruksiyalar, bikrlik elementlari;
•
tayanish maydonlarining tutashish joylari, tugunlari, ulanishlari va
o‘lchamlari.
Tekshiruv o‘tkazishda konstruksiyalar va ular alohida elementlarining texnik
holati va mavjud mustahkamlik zaxirasini aniqlashga, hamda ularni saqlash va undan
keyingi foydalanish imkoniyatlarini belgilashga alohida e’tibor beriladi. Bundan
tashqari, konstruksiyalar tayyorlahgan materiallarning o‘ziga xos xossalarini hisobga
olish kerak.
Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning texnik holati toifalarini baholash
ekspertiza va tekshirish hisob-kitoblari natijalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu
baholashga ko‘ra, konstruksiyalarning quyidagilarga bo‘linadi:
•
sozlangan yaxshi holatda;
•
ishga yaroqli holatda;
•
cheklangan ishga yaroqli holatda;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
113
•
yo‘l quyib bo‘lmaydigan holatda;
•
avariyali holatda.
Konstruksiyalarning cheklangan ish holatida ularning holatini nazorat qilish,
himoya choralarini ko‘rish, ekspluatatsiya jarayonining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish
(masalan, yuklarni cheklash, konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish,
konstruksiyalarni tiklash yoki kuchaytirish) kerak. Agar ishga yaroqliligi cheklangan
konstruksiya kuchaytirilmagan bo‘lsa, unda majburiy takroriy tekshirishlarlar talab
qilinib, ularning muddatlari o‘tkazilgan tekshiruvlar asosida belgilanadi.
Konstruksiyalarning yo‘l quyib bo‘lmaydigan holatida ularni tiklash va
kuchaytirish choralari ko‘rilishi, avariya holatidagilarining ekspluatatsiyasi esa
taqiqlanishi kerak.
Agar tekshiruv avariyadan keyin o‘tkazilsa, uning sabablari, maqsadga
muvofiqligi va transport inshootini yoki uning alohida qismlarini tiklash imkoniyati
tahlil qilinadi.
Seysmik xavfli hududlarda joylashgan transport inshootlarining tekshirishda
konstruksiyalarning texnik holatini baholash seysmik ta’sir omillarini hisobga olgan
holda amalga oshirilishi kerak:
•
OSR-97
xaritalari bo‘yicha qurilish maydonchasining hisobiy
seysmikligi;
•
seysmik ta’sirning takrorlanishi;
•
seysmik ta’sirning spektral tarkibi;
•
seysmik xossalari bo‘yicha gruntlarning toifalari.
Tekshiruv to‘liq yoki tanlangan bo‘lishi mumkin – noqulay sharoitlarda
bo‘lgan yoki allaqachon shikastlangan konstruksiyalarning ishonchliligi va
odamlarning xavfsizligiga shubha tug‘diradigan eng muhim konstruksiyalar.
Konstruksiyalarning tekshiruvi buyurtmachi korxona tomonidan tuzilgan
texnik topshiriq asosida amalga oshiriladi. Odatda, u quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga
oladi:
•
ishlarning bajarilishini asoslash;
•
ishning maqsad va vazifalari;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
114
•
masalaning holati;
•
ishning tarkibi;
•
hisobot materiallarining qisqacha mazmuni;
•
mijozning majburiyatlari.
Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish, qoidaga ko‘ra,
bir- biriga bog‘langan uchta bosqichda amalga oshiriladi:
•
tekshiruvga tayyorgarlik ko‘rish;
•
dastlabki vizual (umumiy) tekshirish;
•
batafsil instrumental tekshirish (diagnostika).
Ish hajmi va konstruksiyalarni tekshirish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi,
ular qaysi materialdan tayyorlanganidan qat’i nazar, har bir bosqichda quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
Tayyorgarlik ishlari. Tekshiruvlarni o‘tkazishga tayyorgarlik tadqiqot obyekti
bilan, konstruksiya va transport inshootining qurilishi uchun loyiha va ijro hujjatlari,
oldingi tekshiruvlar natijalari bilan ekspluatatsiya va ta’mirlash, qayta qurish va
rekonstruksiya qilish uchun hujjatlar bilan tanishishni nazarda tutadi.
Loyiha hujjatlariga ko‘ra, loyihalash tashkiloti tomonidan quyidagilar
belgilanadi – loyiha muallifi, uning ishlab chiqilgan yili, inshootning konstruktuv
sxemasi, loyihada qo‘llanilgan konstruksiyalarga doir ma’lumotlar, yig‘ma
elementlarning montaj sxemalari, ularni tayyorlash vaqti va inshootni barpo qilish,
inshootning geometrik o‘lchamlari, uning elementlari va konstruksiyalari, hisobiy
sxemalari, hisobiy yuklar, beton, metall, tosh va boshqalarning tavsiflari.
Konstruksiyalarni ishlab chiqarish va inshootni qurish to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga ko‘ra, qurilishni amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlarining nomlari,
materiallar va konstruksiyalarni yetkazib beruvchilar, buyum va materiallarning
sertifikatlari va pasportlari, almashtirishlar va loyihadan chetga chiqishlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar belgilanadi.
Tekshiruv
o‘tkazish
zaruratini
keltirib
chiqaradigan
inshoot
konstruksiyalarining ekspluatatsiyasi va ekspluatatsion ta’sirlarini tavsiflovchi
materiallar va ma’lumotlari bo‘yicha konstruksiyaga tashqi ta’sir xarakteri, atrof-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
115
muhitga oid ma’lumotlar, ekspluatatsiyasidagi nuqsonlar, shikastlanishlar va boshqalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rnatiladi.
Tekshiruvga tayyorgarlik bosqichida, texnik topshiriqlar asosida, agar kerak
bo‘lsa, tekshiruv bo‘yicha ishlar dasturi tuzilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
•
tekshiruvning maqsad va vazifalari;
•
tekshirilishi kerak bo‘lgan qurilish konstruksiyalari va ularning
elementlari ro‘yxati;
•
instrumental o‘lchovlar va sinovlarni o‘tkazish joylari va usullari;
•
ochish
joylari
va
materiallardan
namunalar olish,
namunalarni laboratoriya sharoitidagi tadqiqotlari;
•
talab qilinadigan tekshirish hisob-kitoblari ro‘yxati va boshqalar.
Tekshiruvlarning aksariyati bevosita konstruksiyalarga yaqin joyda amalga
oshiriladi, shuning uchun tayyorgarlik bosqichida konstruksiyalarga kirishni
ta’minlash masalalari hal qilinadi.
Konstruksiyaning vizual tekshiruvi. Vizual tekshiruv, shubhasiz, ko‘priklarni
to‘liq miqyosda tadqiq qilishning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, u inshootning
barcha elementlarini batafsil tekshirish, nuqsonlar va shikastlanishlarni aniqlash,
ulanishlar sifatini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish imkon qadar yaqinroq masofadan o‘tkazilishi kerak. Afsuski,
loyihaga muvofiq tashkil etilgan kuzatuv o‘tish joylari mavjud bo‘lsa ham, yuk
ko‘taruvchi konstruksiyalarga yaqinlashish har doim ham mumkin emas. Bunday
holda, durbin va undan ham yaxshiroq, yuqori aniqlikdagi optikaga ega videokamera
yordamida konstruksiyalarning vizual ko‘rigi ko‘zda tutilishi lozim. Tekshiruv
natijalariga ko‘ra nosozliklar (nuqsonlar va shikastlanishlar) ro‘yxatlari, hamda
ularning eng muhimlari joylashgan joy ko‘rsatilgan muddatlar tuziladi va ularni
hisobga olish va bartaraf etish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar bilan tahlil qilinadi.
Har bir xarakterli nuqsonlar va shikastlanishlar guruhi besh nuqtai nazardan
ko‘rib chiqilishi kerak:
•
elementlarning uzunligi yoki yuzasi bo‘ylab joyi, o‘lchami,
takrorlanishini ko‘rsatgan holda nuqson va shikastlanishning tavsifi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
116
•
yuzaga kelish sabablari;
•
rivojlanish prognozi;
•
ko‘prikning iste’mol xossalariga ta’siri;
•
bartaraf etish yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar.
Faqat ushbu yondashuv ko‘prikning fizik holatini to‘liq baholash va uning
kasalliklarini davolash b o‘yicha samarali tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Bunday tahlil universal xarakterga ega va global muammolarni ham, alohida
vazifalarni ham tushunish va ularning yechimini topish uchun qo‘llanilishiga e’tibor
bering.
Dastlabki (vizual) tekshiruv. Transport inshootlarining konstruksiyalarini
yoppasiga vizual tekshirish va zarur o‘lchovlar bilan tashqi belgilar bo‘yicha nuqsonlar
va shikastlanishlarni aniqlash va ularni qayd qilish.
Vizual tekshirish, shubhasiz, ko‘priklarni to‘liq miqyosda tadqiq etishning
asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, u inshootning barcha elementlarini batafsil tekshirish,
nuqson va shikastlanishlarini aniqlash, ulanishlar sifatini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Vizual tekshirishda ko‘rinadigan nuqsonlar va shikastlanishlar aniqlanadi,
nuqsonli ko‘prikning o‘lchovlari, eskizlari va fotosuratlari tayyorlanadi, eng oddiy
priborlar qo‘llaniladi, diagnostika instrumentlari, priborlari va boshqalar yordamida
batafsil tekshirilishi kerak bo‘lgan joylar aniqlanadi.
Avariyali vaziyat yuzaga kelganligini ko‘rsatadigan belgilar aniqlangan
taqdirda, ehtimoliy qulashning oldini olish uchun darhol tavsiyalar ishlab chiqilishi
kerak.
Vizual tekshiruv natijalariga ko‘ra, qurilish konstruksiyalarining texnik
holatini dastlabki baholash amalga oshiriladi, bu shikastlanish darajasi va
nuqsonlarning xarakterli belgilari bilan aniqlanadi. Nuqsonlar va shikastlanishlarning
aniq tasviri (masalan: temirbeton va tosh konstruksiyalarda - yoriqlar paydo bo‘lishi
va rivojlanishi sxemalari; yog‘ochda - biologik shikastlanish joylari; metallda -
korroziy shikastlanish joylari) ularning kelib chiqish sabablari va konstruksiyalarning
holatini baholash va xulosa qilish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Agar vizual tekshiruv
natijalari belgilangan vazifalarni hal qilish uchun yetarli bo‘lmasa, batafsil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
117
instrumental tekshiruv o‘tkaziladi. Bunday holda, agar kerak bo‘lsa, batafsil tekshiruv
ish dasturi ishlab chiqiladi.
Batafsil (instrumental) (diagnostika). Batafsil instrumental tekshiruv qo‘yilgan
vazifalarga, loyiha va texnik hujjatlarning mavjudligi va to‘liqligiga, nuqsonlar va
shikastlanishlarning xarakteri va darajasiga qarab doimiy (to‘liq) yoki tanlab olingan
bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya sharoitida tadqiqot o‘tkazish uchun ekspluatatsiya qilinayotgan
inshootlar konstruksiyalaridan materiallar namunalari tanlanganda vizual va
instrumental tekshiruv sindiruvchi bo‘lishi mumkin. Bunday tadqiqot qiyin,
mashaqqatli bo`lish bilan birga har doim ham ekspluatatsiyada qo‘llanilmaydi. Chunki
bu konstruksiyaning zaiflashishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun faqat istisno
hollarda joiz.
Shu sababli, konstruksiyalar holatini nazorat qilishning shikastlamaydigan
usullari tobora keng tarqalmoqda. Ko‘rsatkichlarni shikastlamaydigan usullar bilan
o‘lchash aniqligi (10-15%) amaliy maqsadlar uchun juda yetarli. Bunday usullar
qanchalik tez bo‘lsa, ularning samaradorligi va tejamkorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Instrumental tadqiqotlar. Instrumental tadqiqotlarning maqsadi konstruksiya
materiallarining holatini baholash, hamda konstruksiyalarning ko‘rigida aniqlangan
nosozliklar hajmini ko‘rsatish va aniqlik kiritish hisoblanadi.
Instrumental tadqiqotlar ko‘prik inshootlarining iste’moliy xossalarini
tekshirish va baholashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Ularning ro‘yxati kengayib
bormoqda, ularning ko‘pchiligi yaqinda ixtiyoriy deb hisoblangan, bugungi kunda
mutlaqo zarur hisoblanadi. Bu, bir tomondan, eskirgan ko‘prik xo‘jaliklarini samarali
saqlash uchun ularning holatini chuqurroq bilish talablari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, texnik imkoniyatlarning keskin ortishi, shu jumladan, zamonaviy electron
o‘lchov apparaturalarning paydo bo‘lishi va eng avvalo, tadqiqot natijalarini tizimli
tahlil qilishdan keng foydalanish imkonini beruvchi kompyuterlarni qo‘llash sabab
bo‘ladi.
Ko‘prik inshootlarining batafsil (instrumental) tekshiruvi (diagnostikasi) da
to‘liq yoki qisman bajariladigan aniq o‘lchovlar ro‘yxati keltiriladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
118
•
inshootlar, konstruksiyalar, ularning elementlari va tugunlarining zarur
geometrik ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, geodeziya priborlardan foydalangan holda
o‘lchash bo‘yicha ishlar;
•
nuqson va shikastlanishlar ko‘rsatkichlarini instrumental aniqlash;
•
asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar va ular elementlari
materiallarining haqiqiy mustahkamlik tavsiflarini aniqlash;
•
bino va inshootdagi texnologik jarayonga xos bo‘lgan ekspluatatsion
muhit ko‘rsatkichlarini o‘lchash;
•
gruntli zamin deformatsiyalarining ta’sirini hisobga olgan holda,
tekshirilayotgan konstruksiyalar tomonidan qabul qilinadigan real ekspluatatsion
yuklarni va ta’sirlarni aniqlash;
•
bino va uning alohida konstruksiyalarining haqiqiy hisobiy sxemasini
aniqlash;
•
ekspluatatsion
yuklarni
qabul
qiluvchi
yuk
ko‘taruvchi
konstruksiyalardagi hisobiy kuchlarni aniqlash;
•
tekshiruv natijalari bo‘yicha konstruksiyalarning yuk ko‘tarish
qobiliyatini hisoblash;
•
tekshirish va hisob-kitoblar natijalarini kameral qayta ishlash va tahlil
qilish;
•
inshootlardagi nuqsonlar va buzilishlar sabablarini tahlil qilish;
•
tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosalari bilan yakuniy hujjat (akt, xulosa
va texnik hisobotni) tuzish;
•
tavsiya
etilgan,
agar
kerak
bo‘lsa,
ish ketma-ketligi bilan
konstruksiyalarning mustahkamligi va deformatsiyasining talab qilinadigan
qiymatlarini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Sanab o‘tilgan ishlarning ayrimlari tekshiruv obyektining o‘ziga xos xossalari,
uning holati va texnik topshiriqda belgilangan vazifalariga qarab, tadqiqot dasturiga
kiritilmasligi mumkin.
Inshootlarning texnik holatini diagnostika qilishda ularning ishlashini
belgilovchi konstruktiv (normativ) ko‘rsatkichlarga amal qilish, shuningdek, pribor
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
119
konstruksiyasini bilish, ular bilan ishlay olish va ularga biriktirilgan ko‘rsatkichlarni
nazorat qilish usullarini bilish kerak. KSK ning haqiqiy qiymatlarini loyihada
ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab, ular u yoki bu konstruktiv elementning
holati to‘g‘risida xulosa chiqariladi va uning loyihaviy xossalarini tiklash bo‘yicha
chora-tadbirlarni
ishlab
chiqiladi.
Inshootlar
va
ularning
elementlarining
ekspluatatsiyasida diagnostikaning keng qo‘llanilishi kuch va mablag‘ning kamroq
xarajatida ularning texnik holatini oshiradi.
Doimiy tekshiruv quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
•
loyiha hujjatlari mavjud emasligida;
•
yuk ko‘tarish qobiliyatini kamaytiradigan konstruksiyalarning nuqsonlari
aniqlanganda;
•
yuklarning ortishi bilan inshoot rekonstruksiya qilinayotganda;
•
qurilish qayta tiklanganda, konservatsiya choralari ko‘rilmagan holda uch
yildan ortiq to‘xtatilgan bo‘lsa;
•
bir xil turdagi konstruksiyalarda materiallarning teng bo‘lmagan xossalari
aniqlanganda, tajovuzkor muhit yoki texnogen jarayonlar kabi holatlar ta’sirida
ekspluatatsiya sharoitlarining o‘zgarishi va boshqalar.
Tanlov tekshiruvini o‘tkaziladi:
•
zarur hollarda alohida konstruksiyalarni tekshirish;
•
konstruksiyalarga yaqin borish imkoni bo‘lmaganligi sababli to‘liq
tekshirishni o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan potentsial xavfli joylarda.
Agar yoppasiga tekshirish jarayonida umumiy soni 20 dan ortiq boʻlgan shunga
oʻxshash konstruksiyalarning kamida 20 foizi qoniqarli holatda ekanligi, qolgan
konstruksiyalarda esa nuqson va shikastlanishlar yoʻqligi aniqlansa, u holda sinovdan
o‘tmagan qolgan konstruksiyalarni tanlab tekshirishga ruxsat beriladi. Namuna olingan
konstruksiyalarning hajmi aniq belgilanishi kerak (barcha hollarda, bir xil turdagi
konstruksiyalarning kamida 10%, lekin kamida uchtasi).
O‘lchov ishlari. O‘lchov ishlarining maqsadi qurilish konstruksiyalari va
ularning elementlarining haqiqiy geometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, ularning
loyihaga muvofiqligini yoki undan chetga chiqishini aniqlash hisoblsnsdi. Instrumental
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
120
o‘lchovlar yordamida konstruksiyalarning oraliqlarini, ularning joylashuvi va rejadagi
qadamini, ko‘ndalang kesimlarning o‘lchamlarini, xonalarning balandligini, xarakterli
tugunlarning belgilarini, tugunlar orasidagi masofani va boshqalarni aniqlashtiriladi.
O‘lchov natijalariga ko‘ra, konstruksiyalarning haqiqiy joylashuvi,
inshootlarning kesimlari, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning ishchi kesimlari va
ularning bo‘g‘inlari va elementlarining chizmalari bilan rejalar tuziladi.
O‘lchov ishlari uchun zarur bo‘lganda o‘lchov instrumentlari qo‘llaniladi:
lentali o‘lchagich, po‘lat sim, shtangentsirkul, ichki chuqurlik o‘lchagich, zond,
shablon, burchak o‘lchgich, sath o‘lchgich, shoqul, lupa va o‘lchov mikroskoplari
hamda kerak bo‘lganda maxsus o‘lchov priborlaridan foydalaniladi: nivelir, teodolit,
masofa o‘lchagich, turli nuqson o‘lchagich va boshqalar, hamda fotogrammetriya
qo‘llaniladi. Barcha foydalanilgan instrument va priborlar belgilangan tartibda
tekshirilishi kerak.
1-
rasim: Ko‘priklarning texnik holatini baxolashda foydalaniladigan asbob-
uskunalar
Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish metodikasi
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.
Tadqiqot obyekti bilan tanishish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali
uchastkalarni aniqlash, hamda haqiqiy yoshini, texnik hujjatlar mavjudligini,
obyektning ekspluatatsiyasida kutilayotgan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida
dastlabki vizual tekshiruv.
Ushbu bosqich vizual ravishda va durbin yoki boshqa bir necha barobar
kattalashtiruvchi priborlar yordamida amalga oshiriladi. Obyekt va uning qismlarini
suratga olish ham qo‘llaniladi. Inshootni vizual baholash tekshirilayotgan konstruksiya
holati to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni beradi, konstruksiya elementlarning eskirish
darajasini baholash imkonini beradi va keyingi sinovlar o‘tkazishni aniqlashtirishga
imkon beradi. Bu, birinchi navbatda, shikastlamaydigan sinov usullarini qo‘llash bilan
bog‘liq, ya’ni alohida elementlarning va umuman konstruksiyaning sinishiga olib
kelmaydigan usullardir. Bunday sinovlar konstruksiyaning statik yuklanishida ham,
yuklarning dinamik ta’sirida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday sinovlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
121
majmuasi inshootning geometrik ko‘rsatkichlari qiymatlarini (oraliq, qalinlik,
balandlik va boshq.), materialning mustahkamlik va strukturaviy xossalari, beton
himoya qatlamining qalinligi va joylashishini aniqlash, armaturaning joylashishi,
elementlarning egiklik va deformatsiyalari, siljishlarning dinamik amplitudalari,
konstruksiyalarning tebranish davrlari, alohida nuqtalarning tezlashishi va boshqalarni
o‘z ichiga oladi.
Inshootlarni tekshirishda muhandislik geodeziyasi usullari keng qo‘llaniladi,
ular yordamida bino va inshootlarning cho‘kishi, ularning siljishi, yoriq va
deformatsion choklarining ko‘rsatkichlari, konstruksiya elementlarining egikliklari
o‘lchanadi. Muhandislik fotogrammetriyasi usullaridan foydalanib, statik va dinamik
ta’sirlar ostida nuqtalarning siljishi va konstruksiya elementlarining deformatsiyalari
aniqlanadi. So‘nggi paytlarda lazerli interferentsiya usullari samarali rivojlanmoqda.
Shunga o‘xshash usullar qurilish konstruksiyalari elementlarining tayyorlash sifatini
nazorat qilish va ularni qurilish maydonchalariga montaj qilish uchun qo‘llaniladi.
2.
Ishni amalga oshirishda majburiy xavfsizlik choralari bilan tekshiruv
dasturini tuzish. Uni amalga oshirish bo‘yicha tekshiruv dasturini tuzish bilan bir
qatorda instrument va moslamalarni tayyorlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish
uchun xodimlarni tayyorlash kerak. Tekshiruv o‘tkazish muddati obyekt egalari bilan
kelishilgan bo‘lishi kerak.
Ba’zan sanoat binolarida tekshiruv o‘tkazish muddati davomida biror bir
uchastkasida ishlashga vaqtinchalik cheklovlar kiritish kerak bo‘ladi. Turar-joy
binolarida, kvartiralarni tekshirish paytida, aholining mavjudligi majburiy bo‘lib, ular
oldindan ogohlantirilishi kerak. Tekshiruv dasturida har bir ish bo‘yicha aniq ijrochilar
va ish vaqti ko‘rsatilishi kerak.
Rasmiylashtirilgan topshiriq asosida ijrochilar tomonidan tuzilgan tekshiruv
dasturi obyekt rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi. U, qoida tariqasida, tekshiruv
o‘tkazishda ko‘maklashish va yordam ko‘rsatish majburiyatini oladi va o‘z vakilini
tekshiruvda va obyektning texnik holati to‘g‘risida xulosa tuzishda qatnashish uchun
ajratadi.
1.
Obyekt bo‘yicha barcha mavjud texnik hujjatlarni o‘rganish:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
122
•
ishchi va ijro chizmalari;
•
yashirin ish uchun dalolatnomalar;
•
ishni amalga oshirish jurnallari;
•
oldingi tekshiruvlar xulosalari;
•
jihozlar uchun pasportlar.
Loyihaviy va ijro hujjatlari bilan tanishish qabul qilingan konstruktiv
yechimlarni baholash, eng qiyin sharoitlarda ishlaydigan inshootlarning elementlarini
aniqlash va ta’sir qiluvchi yuklarning qiymatlarini aniqlash imkonini beradi.
2.
Ekspluatatsiya sharoitlarini, ishlab chiqarish texnologiyasi, harorat-
namlik sharoitlari va atrof-muhitning tajovuzkorligini o‘rganish. Kimyoviy tahlil
uchun havo, chang, suv va boshqalardan namuna olish.
3.
Zamin gruntlarining holati, yer osti suvlarining mavjudligi va
tajovuzkorligini baholash imkonini beruvchi geologik va gidrogeologik tadqiqotlar.
Yerto‘la yoki poydevor devorlari yaqinida quduqlar burg‘ulash yoki chuqur (shurf)
larni uzib olish va gruntlarning laboratoriya tadqiqotlarini amalga oshirish. Buning
uchun maxsus jihozlar (burg‘ulash dastgohi, lom va belkuraklar) va ushbu ishni
bajarish uchun tegishli xodimlar kerak.
4.
Inshoot va uning qismlari (belgi (balandligi), bir yonga qiyshayishi va
boshqalar) holatini aniqlash bo‘yicha geodezik ishlar, shu jumladan inshootning borish
qiyin bo‘lgan qismlarining o‘lchamlarini aniqlash, masalan: minora, ko‘prik, yo‘l
o‘tkazgich va boshqalar. Bu ishlar nivelir, teodolit, elektron lazer qurilmalari va
boshqalar yordamida mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
5.
Haqiqiy o‘lchamlarning loyihaviysiga muvofiqligini tekshirish uchun
konstruksiya, tugun va elementlarni o‘lchash. Loyihaviy hujjatlar mavjud bo‘lmaganda
- bino yoki inshootning konstruksiya, tugun, reja, kesim va fasadlarining o‘lchov
chizmalarini tuzish, ularni suratga olish. Bino va nuqsonlarni o‘lchash o‘lchov
instrumentlari yordamida amalga oshiriladi: lazerli masofa o‘lchgich, ruletka, o‘lchov
lentasi, lineyka, shtangentsirkul, mikrometr, burchak o‘lchgich, shoqul, sath o‘lchgich,
mikroskop, yoriqlarni o‘lchov moslamasi, payvandli choklar kateti va boshqalar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
123
6.
Obyekt
elementlarining
edirilish,
nuqson,
shikastlanish
va
konstruksiyalarni aniqlash, nuqsonli dalolatnomalarni tuzish bilan batafsil ko‘rigi.
Sabablarini tahlil qilish.
Bunda pol, cherdak orayopmasi, tayanch tugunlarining devorlariga o‘rnatilgan
to‘sin va boshqalarini ochish ustida ishlash mumkin.
1.
Konstruksiyalarda
qo‘llaniladigan
materiallarning
mustahkamlik
xossalarini baholash. Materiallardan namuna olish, kimyoviy tahlil, namunalarni
sinash, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va beton, armatura, g‘isht va qorishma
sinflari bo‘yicha xulosalarni o‘z ichiga oladi.
2.
Konstruksiyalarga ta’sir qiluvchi yuklarni aniqlashtirish: konstruksiya va
jihozlarning massalari, vaqtinchalik yuklar, haroratning ta’siri, yog‘ingarchilik va
boshqalar.
3.
Butun inshootning va uning alohida konstruksiyalarining haqiqiy hisobiy
sxemasini aniqlab berish. Sterjenlar uchlarini mahkamlash xarakteri, uzluksizligi,
tayanchlarning turi, bir qator konstruksiyalarining birgalikdagi fazoviy ishi, umuman
inshootning fazoviy ishi aniqlanadi.
4.
Haqiqiy hisobiy sxemalar, yuklar, kesimning zaiflashishi, elementlarning
egriligi va konstruksiyalarning boshqa nuqsonlari hamda konstruksiya materialining
aniqlik kiritilgan hisobiy qarshiligini hisobga olgan holda konstruksiya, tugun, bo‘g‘in
va ulanishlarning tekshirish hisob-kitoblari.
5.
Tekshiruv yuki bo‘lgan konstruksiyalarning sinovlari. U kamdan-kam
hollarda amalga oshiriladi, faqat tekshiruv natijalarining yetarli emasligi (to‘liq
emasligi) tufayli konstruksiyalarning ishlashi noaniq bo‘lganda.
6.
Konstruksiyalarning texnik holati to‘g‘risida xulosa yoki tadqiqot obyekti
uchun texnik pasport tuzish.
7.
Konstruksiyalarning
keyingi
normal
ekspluatatsiyasi
bo‘yicha
tavsiyalarni va zarurat bo‘lsa, konstruksiyalar yoki tugunlar va umuman inshootni
kuchaytirish variantlarini ishlab chiqish.
Xulosa. Bino va inshootlarning tekshiruvi bo‘yicha taqdim etilgan metodika
belgilangan vazifa, rejalashtirilgan muddat va pudratchi va buyurtmachining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
124
imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq obyektlarni tekshirishda qisqartirilishi yoki
kengaytirilishi mumkin. Bu tekshiruv dasturida hisobga olinadi, unda ko‘rsatilgan
bosqichlarga qo‘shimcha ravishda ularni amalga oshirish muddatlari, aniq ijrochilar va
boshqalar belgilanishi kerak. Avariyali vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha eng tezkor
choralarni ta’kidlash kerak. Ishonchlilik nuqtai nazaridan shubhali, agar iloji bo‘lsa,
konstruksiyalar vaqtinchalik yukdan ozod qilinishi kerak, ba’zida ularning ostiga
himoyalovchi havozalari keltiriladi. Ushbu hududlar o‘rab olinadi va ular yaqinida
konstruksiyalar holatini yomonlashtiruvchi va avariyali vaziyatni keltirib chiqarishi
mumkin bo‘lgan ishlar olib borilmasligi uchun xodimlar xabardor qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
IQN 140-21 «Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarini diagnostika,
tekshirish tarkibi va o‘tkazilish tartibi», Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti UK,
T., 2021 y., ___ bet.
2.
Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish. A. L. Shagina. 1991. – 362 b.
3.
MSHN 4-2004, "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlari va quvurlarni
ko‘rikdan o‘tkazish Yo‘riqnomasi", Toshkent, 2007 y
Internet saytlari
1.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/2474