MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
39
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING BILISH
JARAYONLARI VA MANTIQIY FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISH
Saitboyeva Sevara Erkinovna
Sirdaryo viloyati Guliston tumani 22-maktab psixologi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilish
jarayonlari va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so’zlar: kichik maktab yoshi, ta’lim, o’quv faoliyati, motiv,
motivatsiya.
KIRISH
Kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli
talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan
tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu
yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqlagi, o‘zining
qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga, xotirasining kuchliligi,
tafakkuriniig yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab
ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatdan va shartli barqaror
bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi.
Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning
shakllanishidaga o‘rni nihoyatda katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida
inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar
asosida harakat qilishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv
maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyat boladan nutq, diqqat,
xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola
shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan
bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U
hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga
borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganlignni his eta
boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
40
shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayetgan yangi muomala, munosabat
uning ijtimoiy mavqyei o‘zgarganini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining
o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri
taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shugullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan,
maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi, o‘quvchining maktabdagi
muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida -to‘liq ijobiy
asos bo‘ladi.
Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-
onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari,
majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi
mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida
bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z urnini anglay
boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman? motividan
"Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga
kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy
salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rquvni
kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir
natijalarga erishgan, o‘zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan
o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega
bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatga-harakatlari
va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman”
emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab
baholanishini tushuna boshlaydilar.
Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining
sog‘lomligida, uning bilish faolligida ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi,
asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Bola o‘ynab turib, olam
sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan,
bola o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
41
tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u bugunchalik ko‘p savol
beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi, Bolani qor, yomgir qanday yo\ishi,
quyosh kechasi qayerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha
bo‘lgan masafani bilishi juda qiziqtiradi. Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib
turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining
asosiy turi obrazli tafakkurdir.
6-10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko‘rganlariga
tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi. So‘zsiz bugungi
jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham
bog‘liq bo‘lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi. Chunki,
aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi-individ ijtimoiy munosabatlar bilan
o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning atrof-
hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o‘zgarishiga olib
keladi. Kichik maktab yoshidash o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fnkrlash,
muloxaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli
usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xo‘susiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va
o‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operasiyalariga, mustaqil
fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshidgi o‘quvchilarni kamol toptirishning
garovidir.
O‘quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab
etadi. Bolaning dikkati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin, odatdagi
holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada Tashqil etish
hali birmuncha murakkabdir.
Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror,
mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi.
Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mexnat qilish, misol-masalalar yechish,
mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli
diqqat tarkib topadi.
Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to‘plash, Tashqil qilish, uni taqsimlash,
ongli ravishda boshqarish o‘quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
42
ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki
bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini so‘z bilan ifodalab bera oladi.
Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini Tashqil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda
ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar so‘zsiz o‘z
diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va
yuqori motivasiyalarni tashkil etilishini talab qiladi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli
darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari
jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi.
O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni
talab etadi. o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida
ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab solishi kerakligini takrorlaydi, uni
tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik
qiladi. Bolannng xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi
belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti
hisoblanadi.
Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu
holat. albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan
taqdirdagina o‘quvchi tasavvo‘rini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi
bolalar mustaqil tasavvur harakatlar qilishga qiynaladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga axborot bosimining psixologik
xususiyatlariga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab yoshidagi
bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emosional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha
bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi
o‘z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va
vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolliga xotirasining muayayn
darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur
yoshdagi bolalarning tafakkuri jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa davrlarga
nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini,
ijtimoiy mavqyeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
43
o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat
bo‘lib qoladi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga
xos ehtiyojlarning mavjudligdir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra muayyan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks
ettirishdan ham iboratir. Shu ehtiyojlar asosida o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv
qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har
kuni maktabga borish istagi yotadi.
XULOSA
Kichik maktab yoshidagi bola o‘zining tub mohiyati va vazifasini tushunib
yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi, Kattalarning
ko‘rsatishlariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan
ma’lum vaqt o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning
tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kundalik aqliy mehnat
ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa uning
o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O‘qituvchi esa
bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning o‘yindan farqi, qiziqarliligi
haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.
O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari
bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta"
munosabati "bola-ota-ona” munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki,
o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi.
Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘zi xattiharakatlarini
aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar quyishi, ularning xatti-
xarakatlarini baholashi mumkin. O‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan
moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi
tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to‘la
amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning psixologik holatini
belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
44
umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-o‘zidan
oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta'lim
muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar,
ilmiy-pеdagog kadrlar shug`ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilarining
bahjamjixatlik bilan olib boradigan ishlarigina o‘zining ijobiy natijalarini bеrishi
mumkin.«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish vazifalari ana shuni
taqozo qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
I.A Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 yil.
2.
M.Vохidоv. Bоlаlаr psiхоlоgiyasi. Tоshkent.1974 y.
3.
V. Karimova. «Psixologiya» T.Sharq 2002 y.
4
.Obidova, D., & Nasiba, J. ANALYSIS OF THE ACTIVITIES OF HEALTH
CARE
INSTITUTIONS:
PROSPECTS
FOR
THE
APPLICATION
OF
PSYCHOLOGICAL KNOWLEDGE.
5.Qodirova, M. (2022). O‘SMIRLAR TARBIYASINING QIYINCHILIK
XUSUSIYATLARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI.
Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании
,
2
(5). извлечено от
https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/5105