MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
10
LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIM (PBL)
Tursunova Halima Boqijanovna
O‘zbekiston Respublikasi IIV
Namangan akademik litseyi
ingliz tili fani o‘qituvchisi
Abstrakt. Loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning – PBL) – bu
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashishga va muammolarni hal qilishga
o‘rgatuvchi zamonaviy ta’lim metodidir. Ushbu maqolada PBLning dolzarbligi,
afzalliklari, imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Loyiha asosida o‘qitish, innovatsion metodlar, faol ta’lim,
mustaqil fikrlash,
Abstract. Project-Based Learning (PBL) is a modern educational method that
teaches students independent thinking, creative approaches and problem-solving
skills. This article examines the relevance, advantages, and application possibilities of
PBL
Key words: Project-Based Learning, innovative methods, active learning,
independent thinking
Bir paytlar ingliz tili xonasi deganda devorlariga ingliz yozuvchi va
shoirlarining portretlari osilgan xona tushunilardi. O‘quvchilarga ularning hayoti va
ijodi haqidagi matn (ingliz tilida) yodlatilardi. Nima deyayotganlarini deyarli
tushunmasalar-da, matnni qoyilmaqom qilib aytib berardilar. Darslar o‘qituvchi yoki
o‘quvchining monologi tarzida o‘tardi. O‘sha davrning talabi shu edi-da.
Fan-texnika shiddat bilan rivojlanib borar ekan, u hayotimizning barcha
sohalarida, jumladan, ta’limda ham tub o‘zgarishlar yasash vaqti kelgani haqida bong
ura boshladi. Buning uchun esa ta’limning eski “qog‘oz va ruchka”, “doska va bor”
usullaridan voz kechish kerakligi kun tartibining asosiy masalalaridan biriga aylandi.
Chunki bu usulning mohiyati “o‘qituvchi – ma’lumot beruvchi, o‘quvchilar ma’lumot
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
11
oluvchi” konsepsiyasidan iborat edi. Ya’ni, o‘qituvchi ta’lim jarayonining markaziy
figurasi bo‘lib, dars materiallarini darslikdagi ma’lumotlar asosida yaratar va taqdim
etardi hamda hamma uchun bir xil topshiriq – mavzuni o‘rganish berilardi. Ustozdan
eshitganlarini sharillatib so‘zma – so‘z aytib berganlar a’lo baho olardilar, ayta
olmaganlar esa past o‘zlashtiruvchilar ro‘yxatidan joy olardilar. Aslida bu, ta’bir joiz
bo‘lsa, kabutar yoki chumchuqdan burgutga o‘xshab uchishni talab qilish emasmi?
To‘g‘ri, har ikkovi ham qush, lekin burgutdan farqli o‘laroq, ularga burgut kabi baland
uchish qobiliyati berilmagan, xuddi burgutda kabutar va chumchuqdagi ayrim
xususiyatlar bo‘lmagani kabi. Хulosa shuki, har bir o‘rganuvchidan iqtidoriga
yarashasini talab qilish kerak. Ingliz tilida bu yondoshuv “
can do
” deb ataladi.
Haqiqatdan ham, har bir o‘rganuvchining zaif tomonlari bilan bir qatorda o‘ziga xos
kuchli tomonlari ham bor. O‘qituvchining vazifasi kuchli tomonni aniqlash va uni
rivojlantirishga ko‘maklashish, zaif nuqtani esa kuchaytirishdir. Xo‘sh, bu vazifani
qanday uddalasa bo‘ladi? Fikrimcha, dastavval o‘zimiz, ustozlar o‘zgarishimiz kerak.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlash va
ijodiy yondashishga o‘rgatish kabi muhim vazifalarni oldinga qo‘ymoqda. An’anaviy
dars usullaridan farqli o‘laroq, innovatsion metodlar asosida o‘qitish bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Ushbu metod o‘quvchilarga bilimlarni mustaqil
ravishda o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlar orqali tajriba orttirish va jamoaviy
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Shunday ekan,
faoliyatimizni yangi davr avlodining qiziqishlari, yangi davr talablari asosida tashkil
etishimiz, 21- asr o‘quvchisi qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob topishimiz va
unda kerakli sifatlarni shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. 21- asr o‘quvchisi,
yurtboshi aytganlaridek, quyidagi sifatlarga (4k ) ega bo‘lishi lozim:
*kritik fikrlash (critical thinking)
*kommunikatsiya (communication)
*kollaboratsiya(collaboration)
* kreativlik (creativity)
Ushbu maqsadlarga faqatgina yangicha ish uslubi yordamida erishish mumkin.
Bugungi kunda kompyuter texnologiyasi rivojlanishi bilan ta’limga “texnologiya”,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
12
“zamonaviy texnologiya”, “innovatsion texnologiya” tushunchalari kirib keldi vat
a;lim sifatini belgilovchi asosiy mezonlarga aylanib ulgurdi.An’anaviy ta’limdan farqli
ravishda yangi ta’lim texnologiyasi markazida o‘rganuvchi turadi.Mazkur texnologiya
tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik va ijodkorlik, mustaqil o‘rganish, o‘ziga ishonch kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Garchi loyihani individual yoki jamoaviy
tarzda tayyorlash mumkin bo‘lsa-da, ushbu texnologiya ko‘proq kichik guruhlarda
ishlaganda samarali natija beradi deb o‘ylayman. Chunki o‘quvchilar bir jamoa bo‘lib
bir topshiriq ustida ishlaydilar. Topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilarning nafaqat
ilmiy salohiyatlarini, balki ularning dunyoqarashi, muammolarga yondashish,
hamkorlikda ishlay olish, o‘z fikrini bayon eta olish, qarshiliklar bo‘lsa, fikrini himoya
qila olish, o‘zgalarni tinglay bilish, eshitganlarini tahlil qilish va qaror qabul qilish
qobiliyatlarini kashf etish imkonini beradi.Guruhlar ishini nazorat qilayotgan
o‘qituvchi kim loyiha uchun g‘oya beryapti, kim g‘oyani rivojlantiryapti, fikrlarni
yozib borayitgan kim, kim rasm chizyapti, loyihani kim taqdim etmoqchiligiga qarab
o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini, kim nimaga qodir ekani va aksincha, qaysi
ko‘nikmalari yaxshi shakllanmaganini aniqlay oladi. Ayniqsa, bu usulni chet tili,
jumladan, ingliz tili darslariga tadbiq etish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, chet
tilida gapirishdan, to‘g‘rirog‘i xato qilishdan qo‘rqish, tortinish kabi to‘siqlardan xalos
bo‘lishga yordam beradi.
Loyiha o‘zi nima? Loyiha o‘quvchilarning o‘z g‘oyalarini o‘zlari yaratgan
qulay shaklda – posterlar, referatlar, rasmlar, esselar, bukletlar … yordamida og‘zaki
yoki yozma ifoda etish imkoniyatidir. Loyihani amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar
quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadilar:
1. Muammoni aniqlash;
2. Muammoga imkon qadar to‘g‘ri yechim topish usulini o‘ylab topish;
3.Yechim prototipining dizaynini yaratish va rivojlantirish;
4.Mutaxassislar yoki tengdoshlari tomonidan berilgan mulohazalarga
asoslanib, yechimni qayta ko‘rib chiqish
.
O‘quvchilar ushbu to‘rt bosqichni loyiha maqsadi va ko‘lamidan kelib chiqib,
butun kurs davomida yoki birgina dars jarayonida amalga yakunlashlari mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
13
Loyihadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ularni murakkablashtirmaslik
maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, loyihalarni turli shakllarda amalga oshirish
mumkin. Men ko‘proq posterlarni afzal ko‘raman. Fikrimcha, referat, rasm yoki
esselarda plagiarism, ya’ni tayyor manbadan ko‘chirib olish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Poster tayyorlashda esa o‘quvchilar o‘z tasavvurlariga tayanadilar. O‘zlari dizayn
tanlaydilar, o‘zlari qo‘ldan kelganicha rasmlar chizadilar, matn yaratadilar. Yana bir
muhim jihati, posterlarni uy vazifasi sifatida , sinfda esa mustaqil ish sifatida bersa
ham bo‘ladi. Ayniqsa, mavzuni mustahkamlash bosqichida qo‘llash dars mavzusining
o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlash imkonini beradi. Sinfda
posterlar tayyorlash uchun doimo markerlar, rangli qalamlar, o‘chirgich va albatta,
qog‘oz bo‘lishi shart. Loyiha mavzusi o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan dars mazmunidan
kelib chiqib berilishi mumkin yoki o‘quvchilar o‘zlari xohlagan mavzuni tanlashlari
ham mumkin. Loyiha texnologiyasini qo‘llashda kichik guruhlar bilan ishlash
qiziqarliroq va samaraliroq bo‘ladi. Bu texnologiyadan o‘z faoliyatimda ko‘p
foydalanaman va loyihadan loyihaga o‘quvchilarning og‘zaki nutqining o‘sgani,
o‘zlariga bo‘lgan ishonchning ortganini ko‘raman. Masalan, akademik litseylar 1-
bosqich o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
Prepare
darsligida “
Respecting the
environment
” mavzusi bo‘lib, mavzuga oid lug‘at, matn va mashqlar ustida
ishlangach, o‘rganilganlarni mustahkamlash va baholash maqsadida o‘quvchilarga
“Local ecosystem and health (Mahalliy ekosistema va salomatlik)”
mavzusida
loyiha tayyorlash topshirig‘i berildi. Dastavval, guruh 2 ta kichik guruhga ajratildi.
Poster tayyorlash uchun vaqt belgilandi. Belgilangan vaqt davomida guruhning har bir
a’zosi loyihaga qo‘lidan kelganicha o‘z hissasini qo‘shdi. Natija esa tasavvur qilgandan
ham ziyoda bo‘ldi. Tasviriy san’at, biologiya, tibbiyot va ingliz tili fanlarining ajoyib
uyg‘unligiga guvoh bo‘lindi. Eng hayratlanarlisi, guruhning har bir a’zosi o‘zi yashab
turgan joyining tabiati, ekologik muammolaridan xabardor ekanliklaridir. Har bir
guruh o‘z loyihasini taqdim etar ekan, qolgan guruhlarga nisbatan yaxshiroq javob
berishga harakat qildilar va o‘zlari sezmagan holda raqobatga kirishib ketdilar.
Raqobat esa, ma’lumki, har qanday muvaffaqiyatning g‘ildiragidir. Bundan tashqari,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
14
loyiha tayyorlash o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, ijogkorlik, hamkorlik
, muammoga birgalikda ijobiy yechim topish, bir-birining fikrini tinglash, o‘zaro
hurmat va ishonch kabi sifatlarning shakllanishiga turtki bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, chet tillarni o‘qitishdan maqsad uni
muloqot vositasi sifatida o‘rganish ekan, loyihaga asoslangan ta’lim eng maqbul
texnologiyalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. H.Hamidah. Project based learning, 2020
2. JW Thomas. A review of research on project based learning. 2000
Internet saytlari:
3. https:www.bu.edu
4. https://www.pblworks.org