Authors

  • Xakimdjanova Kamola Baxadirovna
  • Ravshanova Shahina Juma qizi

Author Biographies

  • Xakimdjanova Kamola Baxadirovna

    Nizomiy nomidagi TDPU,

    Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o’qituvchisi

  • Ravshanova Shahina Juma qizi

    Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabasi

    shaxnoza37833838@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118122

Keywords:

“atlet yengil atletika yugirish yurish mashqlari uloqtirish ko‘pkurash sog‘los turmush tarzi barkamol shaxs” sport musobaqalari.

Abstract

Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi mashqlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yengil atletikaning o‘ziga xosligi haqida so‘z yuritilgan 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

339

YENGIL ATLITIKANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xakimdjanova Kamola Baxadirovna

Nizomiy nomidagi TDPU,

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o’qituvchisi

Ravshanova Shahina Juma qizi

Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabasi

shaxnoza37833838@gmail.com

Annotatsiya:

Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi

mashqlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yengil atletikaning o‘ziga xosligi

haqida so‘z yuritilgan

Kalit so‘zlar: “atlet, yengil atletika, yugirish yurish mashqlari, uloqtirish,

ko‘pkurash, sog‘los turmush tarzi, barkamol shaxs” sport musobaqalari.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda yigit qizlarni XXI asrga to‘liq javob

beradigan har tomonlama rivojlangan sog‘lom va barkamol shaxlar etib voyaga

yetkazish dolzarb vazifalardan biridir. Bu jarayonda esa yoshlarni sport

musobaqalariga jalb qilish va ularga barcha shart sharoitlar yaratib berish muhimdir.

Ayniqsa, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari uchun ulardan yengil atletikaga oid

ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Barchamizga ma’lumki, yengil

atletika yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashiqlaridan iborat bo‘lgan sport

turi hisoblanadi. Qadimgi Yunonistonda “kuch va chaqqonlik bo‘yicha

bellashganlarni atletlar”-deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va o‘z

xoxishiga ko‘ra bajarganlar. Shunga ko‘ra, aynan sportning mazkur turlari ham

qadimgi olimpiada o‘yinlariga kiritilgandi. Zamonaviy yengil atletika ham

yuqoridagi sport turlari yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlarni

qamrab olgan ko‘pkurashdan iboratdir. Qamrab olingan sport turlari hamma bop

bo‘lgani uchun yer sharidagi millionlab odamlar yengil atletika bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

340

shug‘ullanmoqdalar. Mashqlarning turli-tumanligi va ularning nafi katta ekanligi,

jig‘ozlarning murakab emasligi yengil atletikani har bir shaxs shug‘ullanishi

mumkin bo‘lgan ommaviy sport turi bo‘lib qolishiga olib keldi. Shuning uchun ham

yengil atletikani “Sport quroli”-deb ataydilar. Hozirda esa jismoniy kamolatga

yetgan kuchli odamlarni atlet diyiladi. Yengil atletika degan nom shartli bo‘lib

sirtdan qaraganda, yengil atletika mashqlaring og‘ir atletika mashqlariga nisbatan

yengil tuyilishigagina asoslangan. Yengil atletikadagi eng uzoq ya’ni marofoncha

masofa 42 km 195 m ga teng. Aholi yashaydigan joylar oralig‘ida bosib o‘tiladi.

Yengil atletika bilan millionlab dunyoda kishilar shug‘ulladilar. Yengil atletika

mashg‘ulotlarni kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko‘p harakat

malakalarni oshiradi. Irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek ularning

sog‘lomlashtirish ahamiyati katta bo‘lib, jismoniy kamolatga erishiga yordam

beradi. Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi va yurganda, yugurganda va

sakraganda, Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

uloqtirganda

kuch

kelishini o‘zgartirish mumkinligini har xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil

atletika mashg‘ulotlari o‘tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko‘pchiligi

ijro texnikasi jihatidan qiyin emas, o‘rgatish uchun esa oson va ularni oddiy

maydonchalar yoki ochiq joylarda bajaraversa bo‘ladi. Yengil atletikada yurish,

yugurish, sakrash va uloqtirish kabi mashqlar alohida ahamiyatga ega. Yugurish

joydan-joyga ko‘chishning tabiiy usullaridir. Bu jismoniy mashqning ko‘proq

tarqalgan turi bo‘lib, juda ko‘p sport turlari fudbol basketbol, tennis va boshqalar

tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko‘p turlari yengil atletika har xil turlarining

o‘rganish qismi hisoblanadi. Yugurish butun organizmning ish qobiliyatiga

qo‘yilgan talab yugurgandagiga nisbatan anchagina katta bo‘ladi. Yugurish yergil

atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika

muobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari yetakchi o‘rin tutadi, ularga

tomashabinlar ham juda qiziqadilar. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng

yaxshi tashkilot vositalaridan biri hisoblanadi. Sakrash to‘siqlardan o‘tishning tabiiy

usuli bo‘lib, qisqa vaqt ichida asab muskul kuchiga maksimal zo‘r berish bilan

hrakterlidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

341

XULOSA

Shuni ta’kidlash joizki yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi va

yurganda, yugurganda, sakraganda va uloqtirganda kuch kelishini o‘zgartirish

mumkinligini har xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil atletika mashg‘ulotlari

o‘tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko‘pchiligi ijro texnikasi jihatidan

qiyin emas, o‘rgatish uchun esa oson va ularni oddiy maydonchalar yoni ochiq

joylarda bajaraversa bo‘ladi.

Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi va yurganda, yugurganda kuch

kelishini o‘zgartirish mumkinligini har-xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil

atletika mashg‘ulotlari o‘tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko‘pchiligi

ijro texnikasi jihatidan qiyin emas, o‘rgatish uchun esa oson va ularni oddiy

maydonchalar yoni ochiq joylarda bajaraversa bo‘ladi.

FOYLANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

A.Normuradov “Yengil atletika” Tashkent 2002 yil

2.

I.Niyozov “Yengil atletika” Farg‘ona 2005 yil

3.

Normuradov A.N Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi T.2011 yil

4.

Ozolin N.Nastalnaya kiniga trenira M.2004 y

5.

Shakirjonova K.T. Legkaya atletika O‘zbekistane problimi zadachi

dalniyeshigo razvitiya T.2008. 27 s.