Authors

  • Islomova Zilola Komiljon qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118125

Abstract

Maqola o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan so‘zlarni maktab va universitet ta’lim tizimlarida o‘rgatishning metodik asoslariga bag‘ishlangan. Unda o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishning xalqaro miqyosdagi strategiyalari, ularning kontekstual, etimologik va madaniy integratsiya asosidagi usullari tahlil qilinadi. Maktabda kontekstual va interaktiv metodlar, universitetda esa tahliliy va tadqiqotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘rgatishda leksik mashqlar, lug‘atlardan foydalanish, so‘zlarning kelib chiqishi va madaniy ahamiyatini muhokama qilish kabi usullar orqali o‘quvchilarning til kompetensiyasi, madaniy ong va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Maqola o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishning izchil va tizimli integratsiyasi orqali o‘quvchilarning lug‘at boyligi va til madaniyatini yuksaltirish imkoniyatlarini ta’kidlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

310

MAKTAB VA UNIVERSITET O‘QUV DASTURIDA

O‘ZLASHTIRILGAN SO‘ZLARNI O’RGATISHDAGI YONDASHUVLAR

VA O‘ZLASHTIRILGAN SO’ZLARNI O‘QITISH JARAYONIDA LEKSIK

MASHQLAR VA LUG’ATLARDAN FOYDALANISH

Islomova Zilola Komiljon qizi

Zilolaislomova03@gmail.com

0009-0008-5994-7211

Annotatsiya: Maqola o‘zbek tilida o‘zlashtirilgan so‘zlarni maktab va

universitet ta’lim tizimlarida o‘rgatishning metodik asoslariga bag‘ishlangan. Unda

o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishning xalqaro miqyosdagi strategiyalari, ularning

kontekstual, etimologik va madaniy integratsiya asosidagi usullari tahlil qilinadi.

Maktabda kontekstual va interaktiv metodlar, universitetda esa tahliliy va tadqiqotga

yo‘naltirilgan yondashuvlarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. O‘zlashtirilgan

so‘zlarni o‘rgatishda leksik mashqlar, lug‘atlardan foydalanish, so‘zlarning kelib

chiqishi va madaniy ahamiyatini muhokama qilish kabi usullar orqali o‘quvchilarning

til kompetensiyasi, madaniy ong va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish

masalalari yoritiladi. Maqola o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishning izchil va tizimli

integratsiyasi orqali o‘quvchilarning lug‘at boyligi va til madaniyatini yuksaltirish

imkoniyatlarini ta’kidlaydi.

Annotation: The article is dedicated to the methodological foundations of

teaching borrowed words in the Uzbek language within school and university

education systems. It analyses international strategies for teaching borrowed words,

focusing on contextual, etymological, and culturally integrative methods. The

effectiveness of contextual and interactive methods in schools and analytical, research-

oriented approaches in universities is explored. The article highlights methods such as

lexical exercises, dictionary use, and discussions on the origins and cultural

significance of borrowed words to enhance students’ linguistic competence, cultural

awareness, and critical thinking skills. It emphasizes the potential of consistent and


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

311

systematic integration of borrowed word instruction to enrich students’ vocabulary

and elevate their language culture.

Аннотация: Статья посвящена методическим основам преподавания

заимствованных слов в узбекском языке в рамках школьной и университетской

систем образования. В ней анализируются международные стратегии обучения

заимствованным словам с акцентом на контекстуальные, этимологические и

культурно-интегративные

методы.

Исследуется

эффективность

контекстуальных и интерактивных методов в школах, а также аналитических

и исследовательских подходов в университетах. В статье подчеркивается

значение таких методов, как лексические упражнения, использование словарей

и обсуждение происхождения и культурной значимости заимствованных слов

для повышения языковой компетенции, культурного сознания и навыков

критического мышления студентов. Особое внимание уделяется потенциалу

последовательной и системной интеграции обучения заимствованным словам

для обогащения словарного запаса студентов и повышения их языковой

культуры.

Kalit so‘zlar: O‘zlashtirilgan so‘zlar, o‘zbek tili, ta’lim metodikasi, kontekstual

o‘qitish, etimologik tahlil, madaniy integratsiya, leksik mashqlar, lug‘at boyligi, til

kompetensiyasi, interaktiv usullar.

Keywords: Borrowed words, Uzbek language, teaching methodology,

contextual learning, etymological analysis, cultural integration, lexical exercises,

vocabulary enrichment, linguistic competence, interactive methods.

Devid Graddol o‘zining 2006- yil, taxminan o‘n yilcha oldin nashr etilgan bir

kichik kitobda hozirda boshqa tillarga ko‘plab so‘zlari o‘zlashtirilayotgan ingliz tilini

o‘qitish, uni o‘rganish va qo‘llash bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar va ehtimoliy

ssenariylarni keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra dunyo bo‘ylab ingliz tilini o‘rganayotgan

insonlar soni keskin oshib, taxminan 2020-yilda ikki milliardga yetishi kutilayotgani,

ingliz tilini o‘rganayotganlarning yoshi va ehtiyojlari o‘zgarib, murakkablashib

borishi, ingliz tili ko‘plab mamlakatlarda umumiy ta’lim dasturining bir qismiga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

312

aylanganishi sababli, ona tilisi ingliz tili bo‘lganlar davlatlar tilining iqtisodiy

ustunligi pasaygani sari ikki va ko‘p tillilik odatiy holatga aylanib, monolingval (faqat

bitta til biluvchi)so‘zlashuvchilar esa turli qiyin vaziyatlarga uchrashi mumkinligi

haqida ko‘plab ma’lumotlar misollar orqali keltirib o‘tilgan. Shu asosda aytish

mumkinki, davr talabi va turli omillar natijasida o‘zbek tiliga kirib kelib

o‘zlashtirilayotgan so‘zlar ham tilning muhim bir qismi hisoblanadi.

Onlayn suhbatlar mumkin, ammo hozirgi texnik cheklovlar – video va audio

sifatining pastligi, shuningdek, natijaning haqiqiy ahamiyati – ko‘pchilik

o‘rganayotganlar uchun yaxshilanish imkoniyatlarini cheklaydi. Bundan tashqari,

onlayn tajribaga ega bo‘lmagan va texnologik cheklovlarni yengib o‘tish uchun

nisbatan yuqori til darajasiga ega bo‘lmagan o‘rganuvchilar uchun bu yanada qiyin

bo‘lishi mumkin. Turli tadqiqotlar o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘quvchi va talabalarga

o‘qitishda o‘zlashtirilgan so‘zlarni aniqlash, ishlatilish o‘rni, holati va ularning asl

kelib chiqish manbalarini talabalar bilan birgalikda muhokama qilish kabi usullar

sezilarli darajada samarali bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Bu jarayonda

o‘zlashtirilgan so‘zlar o‘zbek tili bilan qiyoslanib, madaniyatlar aro muloqot va aloqani

yanada mustahkamlash uchun o‘zining katta hissasini qo‘shadi. O‘qitish faoliyatini

yanada samarali qilishda turli multimedia materiallardan foydalanib, o‘zlashtirilgan

so‘zlarni ko‘proq amaliyotda ko‘rish va qo‘llash mumkin va ushbu turdagi metodlar

ham davlatlar aro bir biridan farq qiladi. O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘gatishda ularning

tarixiy va lingvistik jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. O‘zlashtirilgan so‘zlar

asrlar davomida til evolyutsiyasining bir qismi bo‘lib, madaniy va iqtisodiy aloqalarni

o‘zida aks ettiradi. Masalan, ingliz tiliga 300 dan ortiq tillardan turli so‘zlar kirib

kelgan bo‘lib, ular orasida fransuz, lotin va yunon tillarining ta’siri boshqalarga

nisbatan ancha yuqoriroq. Xuddi shunday, yapon tiliga ham modernizatsiya va

globalizatsiya tufayli ko‘p tillardan, ayniqsa ingliz tilidan, katta miqdorda so‘lar kirib

kelgan.1991 yilda nashr etilgan lug‘atdagi ma’lumlarga ko‘ra o‘sha davrgacha 33 500

ta boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ro‘yxatga olingan

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitish usullari.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

313

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishning xalqaro miqyosda juda ko‘p usullari

mavjud bo‘lib, ular bir nechta asosiy strategiya hamda uslublarga bo‘linadi va har biri

turli ilmiy tadqiqotlar, amaliyotlari bilan tastiqlanib o‘qitish jarayonida asosli

manbaalar bilan qo‘llab quvvatlanadi. Quyida bir nechta usullar misollar yordamida

izohlab, yoritilib o‘tiladi.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni nutqada aniqlash va ularni saralash.

O‘qituvchilar o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘quvchi va talabalarga o‘rgatish

jarayonida ularning tilshunoslik bilish bo‘yicha darajalariga mos keladigan, imkoni

bo‘lsa o‘zbek tilda allaqachon ekvivalanti bo‘lgan, yoki lug‘at tarkibiga kiritilgan

o‘zlashma so‘zlarni tanlashi va ular asosida dars jarayonini tashkil etishi lozim.

Progress

(lat. “progressus” – oldinga harakatlanish) Rivojlanishning quyi

darajadan yuqoriga qarab yo‘nalishi; rivojlanishning yanada yuqoriroq bosqichiga

o‘tishi; yaxshi tomonga o‘zgarish. Texnika progressi.

Umuman, men fanni “ilg‘or,

taraqqiyot, progress” degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. (Gazetadan.)

1

Progressiv

-Progressga, rivojlanishga oid, taraqqiyotga olib boruvchi, unga

yordam beruvchi; ilg‘or, taraqqiyparvar. “Progressiv yozuvchi. Progressiv insoniyat.

Progressiv harakat”.

Bir vaqtlar kamtar bir muallim, progressiv intellektual, bir necha

yoshlarni ziyofatga taklif etgan ekan. (Oybеk, “Nur qidirib.”)

Muntazam ravishda

o‘sib boradigan, tobora rivojlanadigan

.Islohotlarning ikkinchi bosqichidagi vazifa...

chuqur progressiv siljishlarga erishishdir .(Gazetadan.)

2

O‘zlashtirilgan so‘zlarni ma’lum bir kontekstda taqdim etish.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘rganish jarayoni o‘quvchilarga yanda aniq va

tushunarli bo‘lishi uchun ularni turli kontekstlarda, masalan, ma’lum mavzuga doir

matnlar, dialoglar yoki real hayot duch kelish mumkin bo‘lgan qiziqarli hodisalar

orqali taqdim etish samarali va qiziqarli usul hisoblanadi.

Masalan:

Ekskursiya

(lot. “excursion” – biror joyga safar, sayohat) Muzey,

ko‘rgazma, shahar va shu kabi joylarga jamoaviy tashrif, shunday maqsaddagi safar.

“Ekskursiyaga chiqmoq. Ekskursiya avtobusi”.

Muallimlari

boshchiligida

1

O‘zb.I.L.”P”.311-bet

2

O‘zb.I.L.”P”.311-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

314

geografiyadan ekskursiyaga kelishgan edi. (S. Karomatov, “Oltin Qum.”) Ekskursiya

vaqtida u o‘zini juda erkin tutib, suhbatni tarixiy voqealarga bog‘lab, qiziqarli

o‘tkazdi. (Gazetadan.)

3

-sayohat kontekstida;

Server

(ingl. “server”) tex. Ma’lum dasturlar to‘plami bilan ta’minlangan va

umumkompyuter tarmog‘ida dispecherlik, taqsimlash va boshqarish vazifalarini

amalga oshiruvchi kompyuter yoki kompyuterlar guruhi

4

kabi texnik konteksda

o‘zlashtirilgan so‘lar o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. Bu usul o‘zlashtirilgan so‘larni

tez eslab qolish hamda nutqda foydalanish doirasini yaxshilashga yordam beradi va

samaradorligi tilshunos olimlar tomonidan o‘tkazilgan turli tadqiqotlar orqali

isbotlangan.

O‘zlashtirilgan so‘zlar etimologiyasi va kelib chiqish manbalarini tahlil qilish.

O‘zlashtirilgan so‘zlarning etimologiyasini aniqlash va uni tahlillar asosida

chuqur o‘rgatish o‘quvchilarga ularning ma’nolari, madaniy ahamiyati kabi muhim

jihatlarini tushunishga yordam beradi.

Jasmin

-bu so‘z “O‘TIL”da (II, 488) arabcha deb belgilangan, biroq “ARS”da

mustaqil ravishda “yasmin(un)” va “yasmin(un)” shakllarida (915, 918-betlar)

keltirilgan. Ushbu shakllarning mavjudligi bu so‘zning aslida arabcha emasligini

ko‘rsatadi. “Ushakov lug‘ati” da (I, 848) bu so‘z “forscha” deb qayd etilgan. “TjRS”da

esa “jasmin” so‘zi mavjud emas, balki uning o‘rniga “yosuman” shakli berilgan (146-

bet). “PRS”da (601-bet) “yasaman” shakli keltirilib, u “yas” so‘ziga bog‘langan. PRS

bo‘yicha, bu so‘zning “yas” va “yasaman” shakllari mavjud. Demak, bu so‘z “eroniy”

kelib chiqishga ega bo‘lib, uning asl shakli “yasaman”. Tojik tilida bu so‘z tovush

o‘zgarishiga uchrab, “yasuman (yosuman)” shakliga o‘tgan va shu holatda o‘zbek

tiliga o‘zlashgan. “PRS” asosida bu so‘z “yas” ildiziga “-man” qo‘shimchasi

qo‘shilishi orqali hosil qilingan deb taxmin qilish mumkin. “Yas” so‘zi dastlab o‘tkir

“xushbo‘y hid” ma’nosini anglatgan, “-man” qismi esa “-mand” shakliga ega bo‘lib,

keyinchalik uning oxiridagi “a” tovushi talaffuzdan tushib qolgan bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, “O‘TIL”ga “Yasmin” so‘zini kiritmaslik lozim edi, chunki bu

3

O‘zb.I.L.”E”.26-bet

4

O‘zb.I.L.”S”.483-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

315

so‘z “tojikcha yosuman” so‘zining “Ruscha” talaffuz shaklidir. O‘TILga “yosuman”

so‘zining o‘zi kiritilishi kifoya. Ushbu so‘z “xushbo‘y, oq to‘pgulli manzarali buta”

ma’nosini anglatadi (O‘TIL, I, 263)

5

.

Rahnamo

-bu so‘z tojikcha ot bo‘lib, “rohnamo” shakliga ega (TjRS, 328).

O‘zbek tiliga birinchi bo‘g‘indagi “o (a)” tovushi “a” tovushiga o‘zgargan holda

“rahnamo” shaklida o‘zlashgan (TjRS, 323). Leksik jihatdan so‘z “yo‘l” ma’nosini

anglatuvchi “roh” (TjRS, 328) otiga “ko‘rsat” ma’nosini ifodalovchi “namudan”

fe’lidan olingan “namo” hozirgi zamon asosining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan

(TjRS, 257). Natijada, “yo‘lboshchi” ma’nosini bildiruvchi ot paydo bo‘lgan (O‘TIL,

I, 618). Bu so‘zdan o‘zbek tilida “rahnamolik” mavhum oti hosil qilingan bo‘lib,

“rahnamolik qil-“ fe’l tarkibida ishlatiladi

6

.

Ushbu usul yosh avladni tarixiyni qadrlash uni chuqurroq o‘rganishga

yo‘naltirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘zbek tili bilan qiyoslash.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘zbek tili bilan qiyoslash usuli tilshunoslikda juda

muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu jarayon orqali jahon tillari va ona tilimiz

o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, turli o‘zgarishlar: so‘z boyligi, talaffuz, fonetik, fonologik,

sintaklik, morfologik yozuvdagi o‘zgarishlarni yanada aniqroq tahlil qilsh va

chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. O‘zlashtirilgan so‘zlarning o‘zbek tiliga qanday

qilib kirib kelganligi, qanday o‘zgarishlarga uchrab, hozirda nutqda qay holatda

ishlatilinayotganini atroflicha tahlil qilish bu usulning asosidir.

Talaffuz va yozuvdagi o‘zgarishlar.

O‘zlashtirilgan so‘zlar o‘zbek tiliga kirib kelganda tilimizda ayrim harflar yoki

tovushlar boshqa tillarda mavjud bo‘lmaganligi yoki aksincha boshqa tillardagi ba’zi

harf va tovushlar o‘zbek tilida mavjud bo‘lmaganligi sababli talaffuz va yozuv jihatdan

turli o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.

5

Shavkat rahmatullayev, “O’zbek tilining etimologik lug’ati”, II bob,”Universitet” nashri,2009.124-

125-betlar

6

Shavkat rahmatullayev, “O’zbek tilining etimologik lug’ati”, III bob,”Universitet” nashri,2009.200-

bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

316

Taksi

-(fr. “taxi”) Kirakash yengil avtomobil yoki yuk avtomobili. “Yengil

taksi”. Yuk tashuvchi taksi. Uyga taksida qaytmoq.

Bino yoniga taksi kelib to‘xtadi,

ichidan Iroda tushdi... (F. Musajonov, “Himmat”).

7

Fundament

(lot. fundamentum – asos, poydevor) biror bino devori, inshoot,

dastgoh va shu kabilarning pastki, mustahkam qismi; poydevor.

Uch yil ilgari qurila

boshlangan binolarning hali fundamenti ham bitmabdi. (“Mushtum”)

Ko‘chma

ma’noda – biror narsaning asosi; ishonchli tayanchi, bazasi.

Yoshlik – fundament.

Uning g‘ishtini to‘g‘ri qo‘yish kerak. (Mirmuhsin, “Ajrim”)

8

Ma’nodagi o‘zgarishlari.

So‘zlar boshqa tillarga o‘zlashtirilganda nafaqat shakl, ba’zan ma’no jihatdan

ham turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘zlashayotgan tilda

so‘zlashuvchilar tomonidan so‘zning noto‘g‘ri tushunilishi, yangi madaniy kontekst va

boshqa til me’yorlariga moslashtirilish kabi turli ta’sirlar natijasida yuzaga keladi.

Ma’no o‘zgarishlari quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

Ma’no torayishi – asliyatda ko‘p ma’noli bo‘lgan o‘zlashma so‘zning

yangi tilda faqat bitta ma’noda qo‘llanilishi.

Ma’no engayishi - asliyatda bir ma’noli bo‘lgan o‘zlashma so‘zning,

yangi tilda qo‘shimcha ma’nolari hosil bo‘lishi.

Ma’no o‘zgarishi (semantik) - o‘zlashma so‘zning yangi tilda boshqa bor

ma’noni anglatishi.

Tarix

-bu arabcha so‘z tarix(un) shakliga ega (ARS, 30); o‘zbek tiliga cho‘ziq

ā unlisini a unlisiga, cho‘ziq ī unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: tārīx →

tarix; arraxa fe’lining “o‘t-mishni yozdi” ma’nosi bilan (ARS, 30) hosil qilingan I bob

masdari bo‘lib (ARS, 30), arab tilida “sana”, “solnoma”, “o‘tmish” ma’nolarini

anglatadi (ARS, 30); o‘zbek tilida asosan “ijtimoiy taraqqiyotning avvalgi davri”

ma’nosini angl-atish uchun ishlatiladi (O‘TIL, II, 126). Bu so‘zdan o‘zbek tilida

tarixchi oti yasalgan

9

. Bu so‘ ma’no kengayishining natijasidir.

7

O‘zb.I.L.”T”.646-bet

8

O‘zb.I.L.”F”.366-bet

9

Shavkat rahmatullayev, “O’zbek tilining etimologik lug’ati”, II bob,”Universitet” nashri,2009.422-

bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

317

Grammatik jihatdan o‘zgarishlar.

Boshqa tillardan o‘zbek tiliga so‘z o‘zlashtirilib, nutq jarayonida

qo’llanilayotganda, o‘zbek tilining grammatik qoidalariga moslashtiriladi.

Muvaffaqiyat

- bu arabcha so‘z “muvaffaq” so‘zidan (f.) “-iyyat” (un)

qo‘shimchasi bilan yasalgan mavhum ot bo‘lib (ATG, 370), “biror ishda erishilgan

ijobiy, yaxshi natija” ma’nosini anglatadi (O‘TIL, I, 474). Bu so‘zdan o‘zbek tilida

“muvaffaqiyatli”,

“muvaffaqiyatsiz”

sifatlari,

keyingi

sifatdan

esa

“muvaffaqiyatsizlik” mavhum oti yasalgan.

10

Bu muvaffaqiyatlarimning eng asosiy

sababchisi onamdir.

Ushbu misolda arab tilidan o’zlashtirilgan

muvaffaqiyat

so‘zi

ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib, grammatik jihatdan o‘zgargan.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni faol amaliyotda qo‘llash

Bu jarayonda o‘quvchilar o‘zlashtirilgan so‘zlarni qatnashtirib dialoglar olib

borish yoki ular ishtirokida turli xil kontekstda gaplar tuzish orqali ularga

o‘zlashtirilgan so‘zlarni nutqda faol ishlatishga zamin yaratilib beriladi.

O‘zlashtirilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy integratsiyani muhokama

qilish.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitishda ular mansub bo‘lgan til va o‘zbek tili

o‘rtasidagi madaniy almashinuvlarni muhokama qilish juda muhimdir. Ushbu usul

ayni shu jihatni amaliyotda qo‘llash va mustahkamlash imkonini beradi.

O‘rganilgan o‘zlashtirilgan so‘zlarni mustahkamlash.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni yuqoridagi usullar asosida o‘rganib bo‘lgach uni

amaliyotda ko‘proq foydalanib, turli nutq uslublarida qo‘llash orqali o‘quvchilar ularni

yanada yaxshiroq va mustahkamroq eslab qolishadi va tushunishadi.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni maktab yoki universitetlarda o‘qitish usullari

kontekstli, etimologik va madaniy integratsiya kabi asoslardan tarkib topib, ular

ma’lum darajada milliy ta’lim me’yorlariga moslashtiriladi. Yo‘nalishlar o‘zaro farq

qilsa-da, maqsad bitta o‘zlashtirilgan so‘zlarni samarali yo‘l bilan o‘rgatishdir.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni chuqur o‘rganish nafaqat o‘quvchining lug‘at boyligini

10

Shavkat rahmatullayev, “O’zbek tilining etimologik lug’ati”, II bob,”Universitet” nashri,2009.280-

bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

318

oshiradi, balki ularning xalqaro tilshunoslik va davlatlar aro madaniy aloqalar

to‘g‘risidagi dunyo qarashlarini kengaytiradi.

O‘zlashtirilgan so‘zlar bugungi globallashib borayotgan hayotimizning bir

qismi hisoblanadi. Ular ko‘pincha texnologiya, ilm-fan, moda, media sohalarida faol

ishlatilib, asta-sekin kundalik so‘zlar qatoriga kirmoqda. O‘zlashtirilgan so‘zlarni

o‘rgatish jarayonini leksik mashqlar va lug‘atlardan foydalangan holda tashkil etish:

O‘zlashtirilgan so‘zlar va real voqeliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni

mustahkamlash

O‘quvchining leksik til boylikni oshirish

Nutqdagi faollik va uning ifodaviyligini kuchaytirish kabi muhim

jihatlarni mukammal holatda mustahkamlash uchun juda zarurdir.

Leksik mashq va lug‘atlar orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘rganish

o‘quvchilarga so‘zning mazmunini yaxshiroq anglash ularni turli kontextlarda

qo‘llash, turli sohalarda o‘z fikrini ifoda qilish uchun zamonaviy va ommabop bo‘lgan

so‘z boyligiga ega bo‘lish imkonini beradi. Ushbu jarayonda o‘zlashtirilgan

so‘zlarning semantik aniqligi, fonetik shakli, qanday kontekstda qo‘llanilayotgani va

tillar aro tafovuti kabi muhim jihatlariga qattiq e’tibor berilishi kerak. Chunki

o‘zlashtirilgan so‘zlardagi ma’noviy chalkashliklar, orfografik va fonetik tafovutlar,

ona tili bilan solishtirgandagi talaffuz bilan bog‘liq farqlar ba’zan o‘quvchilarda bu

so‘zlarni o‘zlashtirma so‘z emas, oddiy o‘zbekcha deb qabul qilishilariga olib keladi.

Quyidan bir nechta leksik mashqlar va ularning o‘tkazilish tartibi keltirib o‘tiladi.

1.

“O‘zlashtirilgan so‘zlar lotereyasi”

Ushbu leksik mashqning maqsadi o‘zlashtirilgan so‘zlarni kontekstda tanib

olish va qayta eshitish orqali yanda kegnroq chunish hamda mustahkamlashga

qaratilgan.

Jarayonni amalga oshirish uchun 20 ta keng qo‘llaniladigan yoki yaqinda kirib

kelgan o‘zlashtirilgan so‘zlar yozilgan kartochkalar tayyorlanadi va har bir o‘quvchiga

radom shaklda 5 tadan kartochka beriladi.

O‘yin paytida o‘qituvchi har bir o‘zlashtirilgan so‘z uchun o‘sha so‘z

qatnashgan bir gap o‘qiydi va u o‘qibtugatishi bilan shu so‘z yozilgan to‘g‘ri kartani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

319

ko‘rsatgan o‘quvchi 1 ball oladi. Barcha gaplar o‘qib bo‘lingach, eng ko‘p ball

to‘plagan o‘quvchi o‘yin g‘olibi deb e’lon qilinadi.

2.

So‘lar bilan fantamima

Bu o‘yindan maqsad o‘zlashtirilgan so‘z ma’nosini tushunish va obrazli

ifodalash shu bilan bir qatordan o‘quvchinining jodiy fikrlashni rivojlantirishdir.

3.

Bu so‘zni kim ixtiro qilgan?

Ushbu leksik mashq orqali o‘quvchi o‘zlashtirilgan so‘zning etimologiyasini

o‘rganish bilan bir qatorda o‘zining tarixiy bilimlarini lug‘atlarga bog‘lash

ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Mashq jarayonida guruhlarga bo‘lingan o‘quvchilarga

3–4 ta ning o‘zlashtirilgan so‘zning kelib chiqishi haqida savol beriladi:

- “Kompyuter” so‘zi qayerdan kelgan? (lotincha “computare” – hisoblash)

- “Marketing” birinchi marta qachon ishlatilgan?

- “Blog” nima so‘zlarning qisqartmasi, kabiva guruhlar oldindan

tayyorlangan material yoki internetdan (agar ruxsat berilsa) izlanib, shu savollarga

to‘liq javob berishlari talab qilinadi. Bu leksik mashq natijasida o‘quvchilar so‘zlar

ustida chuqur fikrlash va ularning etimologik hamda madaniy jihatlarini o‘zbek tili

bilan o‘zaro bog‘lash ko‘nikmasini shakllantiradilar.

O‘zlashtirilgan so‘zlarni leksik mashqlar va lug‘at ishlari orqali o‘qitish

o‘quvchiga

o‘zlashtirilgan so‘zlarni oson va samarali usluda o‘rgatish,

interaktiv,zamonaviy dars muhitini yaratish hamda o‘zlashtirilgan so‘zlarni to‘g‘ri

foydalana olishni mustahkamlash uchun juda ham qo‘l keladi, biroq bu jarayonda

ma’noviy, talaffuz doir va didaktik muvozanatga e’tibor qaratilmasa, bu o‘zlashtirilgan

so‘zlarning noto‘g‘ri o‘zlashtirishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi

har bir mashqni maqsadli, tushunarli va madaniy kontekstdan kelib chiqib tashkil

qilishi zarur.

Xulosa qilib aytganda o‘zlashtirilgan so‘zlarni maktab va universitet ta’lim

tizimida o‘rgatishning metodik asoslari va olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ularni

o‘rgatish jarayoni ta’lim bosqichlariga qarab turlicha yondashuvlarni talab etadi:

maktabda bu jarayon ko‘proq kontekstual va interaktiv metodlarga asoslangan bo‘lsa,

universitetda tahliliy, ilmiy va tadqiqotga yo‘naltirilgan yondashuvlar ustuvor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

320

hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari bilan olib boriladigan o‘qitish jarayonida ijodiy

yondashuv, o‘yinli mashqlar, kontekst asosida ishlash orqali ularda qiziqish va eslab

qolish samaradorligi ortadi. Universitetda esa o‘zlashtirilgan so‘zlarning kelib chiqishi,

semantik o‘zgarishlari va funksional imkoniyatlari chuqur tahlil qilinib, shu tariqa, har

bir bosqich o‘zining psixologik-pedagogik xususiyatlariga mos metodikadan

foydalangan holda tashkil etiladi. Eng muhimi bu o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘qitish

maktab va universitet bosqichlarida izchil va tizimli integratsiyalashgan holda olib

borilishi va o‘quvchilarning til kompetensiyasi, madaniy ong va tahliliy fikrlash

qobiliyatlari barqaror shakllantirishdadir. Shu orqali ularning umumiy lug‘at boyli va

til madaniyatini yuksaltirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

4.

O‘zb.I.L.”E”.26-bet

5.

O‘zb.I.L.”F”.366-bet

6.

O‘zb.I.L.”P”.311-bet

7.

O‘zb.I.L.”S”.483-bet

8.

O‘zb.I.L.”T”.646-bet

9.

Shavkat Rahmatullayev, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, II bob,

“Universitet” nashri, 2009, 124-125-betlar

10.

Shavkat Rahmatullayev, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, II bob,

“Universitet” nashri, 2009, 280-bet

11.

Shavkat Rahmatullayev, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, II bob,

“Universitet” nashri, 2009, 422-bet

12.

Shavkat Rahmatullayev, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, III bob,

“Universitet” nashri, 2009, 200-bet

13.

Islomova Zilola Komiljon qizi. (2024). “O‘zbek tiliga o‘zga tillardan o‘zlashgan

so‘zlar va ularning tarixi”. PEDAGOGS, 72(2), 161–168.

14.

Nosirova Zahroxon Latibjon qizi. “O‘zbek tilshunosligida o‘zlashma so‘zlarning

roli va ahamiyati”. ADU magistranti.

15.

1.https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-

zlarning-roli-va-ahamiyati


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

321

16.

https://cyberleninka.ru/article/n/tilshunoslikda-o-zlashmalar-tadqiqi-ingliz-

tilida-arabiy-o-zlashmalar-tadqiqi-masalasi

17.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkum:Internet_madaniyati

18.

https://ru.wikipedia.org/wiki/3D%D0%BF%D1%80%D0%B8%D0%BD%D1

%82%D0%B5%D1%80

19.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%80%D0%B8%D0%BF%D1%82

%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D0%BB%D1%8E%D1%82%D0%B0

20.

http://sjifactor.com/passport.php?id=22257