MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
277
FONETIK USLUBIYAT
Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsent
Usmonov Farxodbek Faxriddinovich, Filologiya fakulteti talabasi
Abdullayeva Laylo Rasuljon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada fonetik uslubiyat tushunchasi, turlari va
badiiy matndagi o’rni yoritilgan. Til vositalari orasida fonetik uslubiyatning estetik
ifoda yaratishdagi ahamiyati hamda adabiy asarlarda muallif uslubini aniqlashdagi
roli tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: Uslubiyat, fonetika, alliteratsiya, assonans, tovush, talaffuz,
she’riy nutq, ibora, izohli lug’at, qo’sh undosh.
Аннотатция:
В
данной
статье
рассматривается
понятие
фонетического стилистического средства, его виды и роль в художественном
тексте. Особое внимание уделяется эстетической функции фонетических
средств и их значению в раскрытии авторского стиля.
Ключевые слова: Методология, фонетика, аллитерация, ассонанс, звук,
произношение, поэтическая речь, фраза, толковый словар, двойной согласный.
Annotation: This article explores the concept of phonetic stylistic devices,
their types, and their role in literary texts. The aesthetic function of phonetic means
and their importance in identfying the author’s style are emhasized.
Kalit so’zlar: Methodology, phonetics, alliteration, assonance, sound,
pronunciation, poetic speech, phrase, explanatory dictionary, double consonant.
Tilning ifoda imkoniyatlari juda keng. Uslubiyat esa shu imkoniyatlar orasida
muallifning o’ziga xos nutqiy uslubini yaratishga xizmat qiladi. Fonetika bilan
uslubiyatni uzviy bog’liqligi orqali fonetik birliklarning cheksiz imkoniyatlari aks
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
278
etadi. Fonetik uslubiyat - bu tovush vositalari orqali badiiy ta’sir kuchini oshirishga
xizmat qiluvchi uslubiy vositalar tizimidir.
1
Fonetik uslubiyat tushunchasi: Fonetik uslubiyat deganda, asosan, tovush
takrorlari, alliteratsiya, assonans kabi vositalarning adabiy matnda muayyan maqsad
bilan qo’llanishi tushuniladi. Ular o’quvchiga emotsional ta’sir ko’rsatish, estetik zavq
uyg’otish yoki ma’lum bir obrazni kuchaytirish uchun ishlatiladi.
E.Qilichevning fikricha: “So’z, ibora va so’z formalari singari so’zdagi
tovushlarda ham ma’lum uslubiy bo’yoq ifodalanadi. Tinglovchi ham ma’noni
tovushlar yordamida qabul qiladi. Shuning uchun so’z tarkibidagi biror tovushning
talaffuzda o’zgarishi ( cho’ziq aytilishi, almashtirib qo’llanishi, tushirib qoldirilishi,
qavatlanishi ) ma’noga ham ta’sir qiladi.”
2
Fonetik uslubiy vositalar turlari:
1)
Alliteratsiya (lot. “litera” so’zidan olingan ) she’riy nutqdagi har bir misrada
bir xil undosh tovushlarning takror ishlatilishi, ya’ni nutqda tovushlarning mos kelishi.
U takrorning bir ko’rinishi bir ko’rinishi bo’lib, misralar, so’zlar yoki bo’g’inlarning
boshi, ohirida bir xil undosh tovushlarning uyg’un holda qo’llanishi asosida asarga
ohangdorlik baxsh etadi.
Misol uchun:
1.
Tirik-tasvir tushingizni topdingizmi,
Taxtda turib tojingizni topdingizmi.
Tillo to’la tog’ingizni topdingizmi,
Taroziyu toshingizni topdingizmi,
Tundan tonib tongingizni topdingizmi,
Tanlab-tanlab tengingizni topdingizmi?
2.
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab -
1)
1
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati.
2)
2
Qilichev E. O’zbek tilining praktik stilistikasi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
279
Qilich qotil qaroshing, qiz. (Erkin Vohidov)
2)
Assonans misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligi
bo’lib, “Tilshunoslik terminlari izohli lug’ati”da “aynan yoki yaqin unlilarning
takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik” deb beriladi.
3
Misol uchun:
“A-O” tovushlari uyg’unligi:
Bundan keng olamga taraldi ilk bor
Ozod odamzotning baxtiyor sasi.
Shu yer deb aytsa, ne mubolag’a bor
Kurrai zaminning tayanch nuqtasi.
3)
Gliminatsiya - ikkita bir xil undoshning so’z tarkibida qavatlanishi. Unlini
kuchli talaffuz qilish bilan ma’noni kuchaytirib ifoda etish poetik nutqda eng keng
qo’llanuvchi fonetik usullardan biridir. Professor A.G’ulomov qo’sh undoshlarning
ma’noni kuchaytirish (geminatsiya) talabi bilan yuzaga kelganini va bora-bora qo’sh
undoshlilikning ekspressiv ma’nosi yo’qolib oddiy holga kelib qolganini aytadi.
Shoir Erkin Vohidov quyidagi misralarda tovushlar qo’shoqlanishi usulini
lirik qahramonning dushmanga nafrati, g’azabini ifoda etish, ma’noni kuchaytirish
uchun qo’llaydi:
“ Bu yurtga tig’ olib kirgan har battol
Tig’ning zarbasidan qaddi bukilkgan.
Sening ostonangda Gitlerning qattol
Vahshiy galalari tutday to’kilgan.”
4
Fonetik uslubiyatning funksiyalari:
- Estetik funksiyasi: Tovush vositalari matnga ohangdorlik, ritm va go’zallik
bag’ishlaydi.
- Emotsional ta’sir: O’quvchida muayyan hissiy holatni uyg’otishga xizmat
qiladi.
3)
3
Adizova N. Ona tili umummillat mulkidir.
4)
4
Vohidov E. “Nido” dostoni.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
280
- Obraz yaratish: tovush orqali muayyan tasvir yoki kayfiyatni kuchaytiradi.
- Muallif uslubini aniqlash: Har bir adib fonetik vositalardan o’ziga xos
tarzda foydalanadi.
Bundan tashqari nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari ham bor:
1)
ASIR, DEVON kabi so’zlardagi tovushlarning notog’ri (asr, divan) kabi
talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga yuzaga keladi.
2)
-da, -qa, (yoki q) kabi bo’g’inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan
boshlanadigan so’zlarni keltirish nutqiy g’alizlikni keltirib chiqaradi.
XULOSA:
Fonetik uslubiyat - badiiy matnning ajralmas qismi bo’lib, u
orqali muallif o’z g’oyasini yanada ta’sirchan ifoda etadi. Uning samarali
qo’llanilishi matnning ohangini, obrazini va hissiy rang-barangligini oshiradi.
5
Shu
bois fonetik uslubiy vositalarni o’rganish va to’g’ri tahlil qilish filologlar uchun
ahamiyatga ega. “Mahoratli ijodkor har qanday til birligini ulkan ma’no ifoda e’tish
vositasi sifatida uzukka qo’yilgan olmosdek tovlantira oladi”- kabi jumla bekorga
yozilmagan.
Shoir Erkin Vohidov ham alliteratsiyadan asar jozibasini oshirish, matnni
o’quvchining yodida qolishini osonlashtirish uchun, obrazlilikni ta’minlash uchun
foydalangan. Muallif “ne?”, “nadur?”, “nechun?”, “lek”, “ul”, “bul” kabi ayrim
tovush o’zgarishi va qisqargan shaklda qo’llangan poetik arxaik so’zlarni qo’llash
orqali dostonlariga ajoyib ohangdorlik va ta’sirchanlik baxsh etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1)Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati
2)Qilichev E. O’zbek tilining praktik stilistikasi.
3)Adizova N. Ona tili umummillat mulkidir
4)Vohidov E. “Nido” dostoni
5) Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati
5
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati