Authors

  • Parpiyev Abdulaziz Nosirjonovich

Author Biography

  • Parpiyev Abdulaziz Nosirjonovich

    Andijon Davlat Texnika Instituti, Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti, Bank ishi va audit yo’nalishi 4-bosqich talabasi

    +998902175662

    abdulazizparpiyev107@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118154

Keywords:

lombard mikromoliya tashkiloti ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada, respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari, mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlar, mikromoliyalashtirishning huquqiy asosi haqida qisqacha yozib o’tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

135

NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH

FAOLIYATI

Parpiyev Abdulaziz Nosirjonovich

Andijon Davlat Texnika Instituti, Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

fakulteti, Bank ishi va audit yo’nalishi 4-bosqich talabasi

+998902175662

abdulazizparpiyev107@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur

ilmiy

maqolada,

respublikamizda

faoliyat

ko’rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari, mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi

munosabatlar, mikromoliyalashtirishning huquqiy asosi haqida qisqacha yozib

o’tilgan.

Kalit so’zlar: lombard, mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta

moliyalashtirish tashkiloti.

Аннотация: Данная научная статья написана о связанные с

деятельностью небанковских кредитных организаций, работающих в нашей

республике, а также правовая основа микрофинансирования.

Ключевые слова: ломбард, микрофинансовая организация, ипотечное

рефинансирование организация.

Abstract: This scientific article briefly discusses the relationships in the field

of microfinance activities, the non-bank credit institutions operating in our republic,

and the legal basis of microfinance.

Keywords: lombard, microfinance organization, mortgage refinancing

organization.

Keyingi yillarda mamlakatimizda mikromoliyalashtirish sohasida amalga

oshirilayotgan islohotlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan

mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga ijobiy ta’sir

ko‘rsatmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

136

Shu bilan birga nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga nisbatan belgilangan

ayrim cheklovlar, shu jumladan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati

cheklanganligi ushbu tashkilotlar tomonidan keng doiradagi iste’molchilarga

mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shuningdek yetarli salohiyatga ega bo‘lgan mikromoliya tashkilotlarining

tijorat banklari darajasiga bosqichma-bosqich “o‘sishi” uchun imkoniyatlar mavjud

emasligi ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarining qayta ko‘rib chiqilishini

talab etmoqda.

Shuningdek yetarli salohiyatga ega bo‘lgan mikromoliya tashkilotlarining

tijorat banklari darajasiga bosqichma-bosqich “o‘sishi” uchun imkoniyatlar mavjud

emasligi ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarining qayta ko‘rib chiqilishini

talab etmoqda.

Shu munosabat bilan mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari o‘rtasida

ularni bog‘lovchi “zanjir”ni shakllantirish, shuningdek mikromoliya tashkilotlari

uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni, shu jumladan depozitlar jalb etish

imkoniyatini yaratish maqsadida, mazkur Qonun bilan bank xizmatlarini ruxsat etilgan

shartlar asosida ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan mikromoliya banki institutini joriy etish,

shuningdek mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya

banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos

yaratilmoqda.

O’zbekisyon

Respublikasining

“Nobank

kredit

tashkilotlari

va

mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun hududlarda bank xizmatlaridan,

shu jumladan mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish ko‘lamlarini kengaytirishga,

shuningdek aholi keng qatlamlarining tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga

xizmat qiladi.

Ushbu Qonunning maqsadi nobank kredit tashkilotlari faoliyati va

mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning

ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit

tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

137

mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi,

shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik

shaxs;

lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning

(ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli

mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb

qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha

faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.

Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati

Mikromoliya tashkilotlari:

mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;

to‘lov agenti (subagenti) yoki banklarning, sug‘urta va boshqa moliya

tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga;

o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bog‘liq maslahat va axborot

xizmatlarini ko‘rsatishga;

tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda

kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga

oid xizmatlar ko‘rsatishga haqli.

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni

amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb

yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar

tushuniladi.

Lombardlar:

shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat

tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar

berishga;

jismoniy shaxslardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni

(ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

138

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari:

1) quyidagilar orqali ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga

oshirishga:

a) banklarga ular tomonidan berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga

moliyaviy mablag‘lar taqdim etishga;

b) banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha talab qilish huquqini

olishga;

v) pul mablag‘larini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli

qog‘ozlariga joylashtirishga;

2) ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bilan bog‘liq maslahat va axborot

xizmatlarini ko‘rsatishga haqli.

Nobank kredit tashkilotlari xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar)

ko‘rsatishga, O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini, yuridik

shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli

qog‘ozlarini sotib olishga, bo‘sh pul mablag‘larini bankka omonatlar (depozitlar)

sifatida kiritishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega

bo‘lishga haqli.

Mikromoliyalashtirish faoliyati

Yuridik shaxslarning quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga doir faoliyati

mikromoliyalashtirish faoliyati deb e’tirof etiladi:

jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish

shartlari asosida yuz million so‘mdan oshmaydigan miqdorda pul mablag‘larini —

mikroqarz berish;

tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga

to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda

muayyan maqsadlar uchun foydalanish shartlarida uch yuz million so‘mdan

oshmaydigan miqdorda pul mablag‘larini — mikrokredit berish;

jismoniy shaxslarga mikroqarz summasidan oshmaydigan miqdorda kreditlar

va kafolatlar berish, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

139

tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshmaydigan miqdorda

lizing va kafolatlar berish, faktoring xizmatlari hamda islomiy moliyalashtirishga oid

xizmatlar ko‘rsatish.

Banklar, mikromoliya va to‘lov tashkilotlari, shuningdek mikroqarzlar

berishga oid qism bo‘yicha lombardlar mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga

oshirishga haqli.

Fikrimizcha barcha turdagi nobank kredit tashkilotlari o'ziga xos mijozlarga

xizmat ko'rsatishga qaratilgan. Kredit berishni ma'lum darajada soddalashtirish nobank

kredit tashkilotlariga har xil turdagi tadbirkorlar uchun qo'shimcha jozibadorlikni

berishi kerak. Lekin asosiysi, bularning barchasi milliy qonunchilik tomonidan

yaratilgan tegishli huquqiy tomonlariga e’tibor qaratishlari zarur. Nobank kredit

tashkilotlari iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi, chunki ular kichik va o‘rta biznes

sub’ektlari, shuningdek, an’anaviy bank tizimlaridan chetda qolishi mumkin bo‘lgan

aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu tashkilotlar

kreditlashning turli turlarini, jumladan, iste'mol kreditlari, mikrokreditlar va kichik

biznes kreditlarini taklif qilishadi. Ular odatda moslashuvchan kredit shartlariga va

qarz oluvchilarga nisbatan kamroq talablarga ega bo'lib, ko'proq odamlarga

moliyalashtirishdan foydalanishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, bankdan tashqari

kreditorlar ko'pincha ma'lum iqtisodiy tarmoqlar yoki iste'molchilar guruhlari bo'yicha

ixtisoslashgan bo'lib, bu ularga o'z mijozlarining ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va

ko'proq mos xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Ushbu tashkilotlar kichik va

o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llabquvvatlash va maslahatlar berish orqali mintaqaviy

iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda ham o‘z hissasini qo‘shishi

mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.04.2022 yildagi O‘RQ-765-son.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-2025 yillarga mo’ljallangan

“O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi

2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoni. www.lex.uz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

140

3.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Nobank

kredit

tashkilotlari

va

mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2022 yil 17 mart.

www.lex.uz

4.

Лаврушин О.И. Денги, кредит, банки // Москва: Финансы и статистика,

2000. – С 16

5.

Хакимов Ш.Х. Развитие микрофинансирования в Узбекистане. – Тошкент,

2005.; С.

6.

Таджибаева. Д.А, Муминов. И.О. Микрофинансирвание: руководство для

микрофинансовых организаций.- Тошкент: МОЛИЯ, 2009. – С. 11