MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
69
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANINI O’QITISHDA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Jumanov Shokir Eshimovich
Qarshi davlat universitetining nazariy va eksperimental fizika kafedrasi
oʻqituvchisi.
Annotasiya: Maqolada oliy ta'limda fizika oʻqitish jarayoniga axborot-
kommunikasiya texnologiyalarining ta'siri tadqiq etilgan. 2021 yil 19 martdagi PQ-
5032-son «Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorlari hamda, «Oʻzbekiston
Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida»gi farmonlari, vaunga ilgari surilgan gʻoyalarning maqsadi –
AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanib, ta'lim sifatini oshirishdir.
Kalit soʻzlar: Kompetensiya, integrative, prinsip, didaktik-metodik,
modernizasiya, kognitiv, component, empiric, Competence, psixologik, pedagogic,
kompetensiya, professional, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, raqamli
texnologiyalar.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim tizimida soʻnggi yillarda yuz berayotgan
islohotlar, malakali xodimlarga boʻlgan talablar ta'lim kompetensiyalarini har bir oʻquv
fanini, jumladan, fizika oʻqitish jarayonida shakllantirib borish zaruriyatini yuzaga
keltirmoqda. Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi «...oliy ta'lim muassasalarida fizika
oʻqitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta'lim bozorida talab yuqori
boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish orqali
yoshlarning fizika ta'limi bilan qamrab olish darajasini oshirish» kabi ustuvor vazifalar
belgilangan. Bu borada zamonaviy didaktik-metodik talablar asosida fizika fanining
amaliyot bilan aloqasini ta'minlash va bu aloqani yanada mukammal oʻrganishni
jadallashtirish, fizika fanini chuqurlashtirgan holda oʻrganishda oʻqitish vositalari
imkoniyatlarini kengaytirish masalalari zaruriyatga aylanmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
70
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son
«Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida», 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «Oʻzbekiston Respublikasi oliy
ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlan- tirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi
farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta'lim tizimini yanada
rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida», 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy
ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida», 2021 yil 19 martdagi PQ-5032- son «Fizika
sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida»gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi.
Zamonaviy ta'limni modernizasiya qilish ta'lim jarayonining maqsadini
belgilab beradi. Ta'lim tizimi – bu voqeylikni idrok etishning etakchi usuli ommaviy
ong darajasiga etkazishning oʻziga xos mexanizmi boʻlib, u shaxsda dunyoqarashni
shakllantirishni ta'minlaydi.
Dunyoqarash – bu nafaqat mazmun, balki haqiqatni anglash usuli, shuningdek
faoliyatning mohiyatini belgilaydigan hayot tamoyillari boʻlib olam haqidagi
gʻoyalarning tabiati ma'lum maqsadlarni belgilashga yordam beradi, ularni
umumlashtirishdan umumiy hayot rejasi, dunyoqarashga ta'sirchan kuch beradigan
gʻoyalar shakllanadi. Dunyoqarash juda katta amaliy hayotiy ma'noga ega. Bu xulq-
atvor normalariga, insonning mehnatga boʻlgan munosabatiga, boshqa odamlarga,
hayotiy intilishlar tabiatiga, uning hayotiga, didi va manfaatlariga ta'sir qiladi.
Dunyoqarash masalalarini tadqiq qilish boʻyicha bir qancha tadqiqotlarning
olib borishiga qaramasdan, bugungi kunda ilmiy dunyoqarash muammolari oʻzining
dolzarbligini yoʻqotganligicha yoʻq. Mazkur muammo bugungi kunda jadallik bilan
oʻzgarayotgan olamda nafaqat tabiat haqidagi bilimlarni ma'lum bir qolipga keltirib
qolmasdan, balki insonning zamonga moslashtirishda dunyoqarashni kompetentlik
darajasida shakllantirilishini talab qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
71
Ilmiy dunyoqarashni kompetentlik darajasida shakllantirish jarayonidagi
asosiy rol bilimlarni umumlashtirishga qaratiladi. Ilmiy dunyoqarash - bu ijtimoiy va
individual ongning murakkab, umumlashgan ta'limidir. Shu bois umumlashtirish fikriy
faoliyat natijasi sifatida bilish jarayonini amalga oshirishda tashkil boʻladi va
tasavvurlar, ilmiy faktlar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, olamning ilmiy
manzarasi shaklida ifodalanadi. Faylasuflar erishilgan bilimlarni umumlashtirish
jarayoniga umumiy tushunchalarning paydo boʻlishi sifatida qaraydilar. Boshqacha
aytganda, umumlashtirish – bu jamiyat va tabiat qonuniyatlari haqidagi xulosaga
kelishdir. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bilan bogʻliq bilimlarni umumlashtirish
masalalari T.Lixachev, V.N.Meshanskiy, V.G.Razumovskiy va boshqa olimlarning
ishlarida qarab chiqilgan.
Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tuzilmasi asosiy toʻrtta
komponentni ajratib koʻrsatish mumkin: kognitiv komponent (bu umumlashtirilgan
bilimlarga asoslanadi - kundalik, kasbiy, ilmiy va boshqalar); qadriy komponent
(qadriyatlar, gʻoyalar, e'tiqodlar, me'yorlar va boshqalar); hissiy-irodaviy komponent
(shaxsiy qarashlar, e'tiqodlar va boshqalar); amaliy (bilimlarni muayyan sharoitlarda
odamning ma'lum bir xatti-harakat turiga haqiqiy tayyorligini umumlashtirish).
Ilmiy bilimlar tuzilishi ikki darajada boʻladi: empirik va nazariy.
Ilmiy bilim darajalarining oʻzi bir qator parametrlar bilan farqlanadi:
-
tadqiqot mavzusi boʻyicha. Empirik tadqiqotlar hodisalarga, nazariy
mohiyatga yoʻnaltirilgan;
-
bilish vositalari va yoʻllari boʻyicha;
-
tadqiqot usullari boʻyicha. Empirik darajada bu kuzatish, tajriba, nazariy
darajada-tizimli yondashuv va h.k.;
-
olingan bilimlarning tabiati boʻyicha. Birinchi holda, bular empirik
faktlar, tasnif, empirik qonunlar, ikkinchidan-qonunlar, muhim aloqalarni ochib berish,
nazariyalar.
Kelajakda haqiqatni oʻzining muhim aloqalari va qonuniyatlarida har
tomonlama oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan empirik daraja ustida nazariy daraja
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
72
quriladi. Bu erda, har ikkala tadqiqot turi bir-biri bilan uzviy bogʻliq va ilmiy
bilimlarning ajralmas tarkibida bir-birini oldindan belgilab beradi.
Ma'lumki, ilmiy dunyoqarash shakllanishida fanning oʻrni beqiyosdir, ayniqsa
fundamental fanlarning. Fan–inson madaniy taraqqiyotining ham mahsuloti, ham
uning rivojlanish sharti hisoblanadi. Fan yordamida inson moddiy ishlab chiqarishni
rivojlantiradi, jamiyatdagi munosobatlarni mukammallashtiradi, kishilik jamiyatining
yangi avlodiga ta'lim beradi va tarbiyalaydi, oʻz tanasini davolaydi, ekologik
muammolarni hal qiladi. Tabiiy-ilmiy bilimlar va texnika taraqqiyoti sezilarli darajada
turmush tarzini oʻzgartiradi, inson farovonligini oshiradi, insonlarning turmush
sharoitlarini mukammallashtiradi.
Inson tabiat qonunlarini bilishligi tufayli tabiatdagi narsalar va jarayonlarni oʻz
ehtiyojlarining qanoatlantirilishiga qarab oʻzgartirishi va oʻziga moslashtirishi
mumkin. “Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga
koʻtarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz
echish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash
davlatimizning ustuvor vazifalaridandir” [10].
Bugungi kunda turli mamlakatlarda
ta'lim tizimida kompetentlik,
kompetensiyaviy yondashuvni joriy qilish boʻyicha koʻpgina ilmiy-tadqiqot ishlar olib
borilmoqda. Mutaxasislarning ta'kidlashlaricha, kompetensiyaviy yondashuv deganda,
"Competence" soʻzi "to compete" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "raqobatlashmoq",
"musobaqalashmoq", "bellashmoq" degan ma'nolarni bildiradi. Soʻzma-soʻz tarjima
qilinsa, "musobaqalashishga layoqatlilik" ma'nosini beradi. Ilmiy psixologik,
pedagogik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlik koʻp qismli, oʻta
murakkab, koʻpgina fanlar uchun mushtarak boʻlgan tushunchalar. Shu bois uning
talqinlari hajmiga, tarkibiga koʻra, ma'no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman
[126]. Atamaning mohiyati “moslashuvchanlik”, “samaradorlik”, “muvaffaqiyatlilik”,
“yutuqlilik”, “tushunuvchanlik”, “uquvlilik”, “natijalilik”, “xocca”, “xususiyat”,
“miqdor”, “sifat” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanadi. Shunday qilib
“kompetentlik”, “kompetensiya” tushunchalarining ma'nosi bilimlar majmuining
amalda qoʻllanilishi, shaxs uquvi, xislatlari, fazilatlari, amaliy faoliyatga tayyorgarlik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
73
oʻlchovi, muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qoʻlga kiritish layoqati,
shaxsning professional faoliyatini ta'minlovchi bilim, koʻnikma, malakalar yaxlitligi,
faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) oʻquv, bilim, tajribalar majmui, shaxsning
maqsadli yoʻnaltirilgan hissiy iroda kuchini anglatadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, talabalarni tayyorlashda fizikaviy hodisa va
jarayonlarni bajarish uchun fizika oʻquv kursining bilimlaridan foydalanish, ta'lim
jarayonini tashkil etishda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bosqichlardan foydalanib amalga
oshirish muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Одилов Ё.Ж. //Чизиқли вa визуaл дacтурлaш acocидa физикa ўқитиш
метoдикacини тaкoмиллaштириш” диccертaция.// Чирчиқ-2022
2. Одилов Ё.Ж. //Физика ўқитиш асосида талабаларни лойиҳавий-
конструкторлик фаолиятига тайёрлаш.// Ўзбекистон миллий университети
хабарлари 1 (11). 2022 йил
2. Odilov Yo.J. //Informatsionno-kommunikatsionniye texnologii (ikt) v obrazovanii.
Ikt kompetentnost v professionalnom razvitii kadrov.// Scienceweb academic papers
collection, 2181-1784.b
3. Odilov Yo.J. //Methods of preparing students for professional activity on the basis
of teaching physics // O ‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari 2021. - № 1 (11)
4. Yo.J.Odilov. //Fizika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish // Namangan davlat universiteti ilmiy axboroti. – Namangan, 2021. – №
11. – B. 22-24 (13.00.02. № 30).
5. Одилов Ё.Ж. //Физика фанини ўқитиш асосида талабаларнинг лойиҳавий-
конструкторлик фаолиятини ривожлантириш.// Муғәллим ҳәм үзликсиз
билимлендириў. Илмий-методикалық журнал.–Нөкис, 103-106
6. Одилов Ё.Ж //Физика фанини ўқитишда замонавий педагогик
технологиялардан фойдаланиш.// Наманган давлат университети илмий
ахбороти 11, 22-24