MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
44
MARKAZIY KO‘CHALARDA TRANSPORT VOSITALARINING
OQIMINI O‘RGANISH VA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARINI
QO‘LLASH
Axunov Rustamjon
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xalimov Javohirbek Abdusamat o’g’li
Andijon Davlat Texnika Instituti
Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi o‘qituvchisi
Abdullayev Sirojbek Xamid o’g’li
Andijon Davlat Texnika Instituti
Yo‘l Harakatini Tashkil Etish
yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Annotatsiya: Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi
kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning
atrofmuhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda, eng
asosiysi esa, yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab
insonlarning jabr ko‘rishlari va hayotdan ko‘z yumishlaridir.
Kalit so‘zlar: yo’l, transport vositasi, tahlil, yo‘l, avtomobil transporti
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator
tadbirlarga qaramasdan ularning miqdorlarini kamayishiga erishib bo‘lmayapti. Bu
esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga o‘ta jiddiy yondashish zarur ekanligini
mutaxassislar oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun
unga ilmiy yondashish, uning barcha serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur. Buning
uchun yo‘lharakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar yo‘l harakatining asosiy
ko‘rsatkichlarini, yo‘llardagi sharoitlarining transport oqimlarining harakatlariga
qanday ta’sir ko‘rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning texnik vositalari
orqali yo‘l harakatini boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari zarur
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
45
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq
masofasining kamayishi, tеzlikning pasayishi, haydovchilarning psixologik ish
rеjimining qiyinlashishi umumiy yo‘l harakatining noqulayligiga olib kеladi. Engkatta
transport oqimining zichligi transport vositalarining to‘xtab qolish holatida kuzatiladi.
Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin
𝑞
= N /
𝑉
avt/km;
bu yerda: N – bitta polosadagi harakat miqdori, avt/soat,V – transport
oqiminingtezligi, km/soat. Bu ko‘rsatkich harakat miqdori “N” va yo‘l sharoiti
o‘zgarishiga bog`liq,chunki yuqorida aytib o‘tganimizdеk, “N” ko‘rsatkichi
o‘zgaruvchan
Kеltirilgan formuladagi biror-bir ikki ko‘rsatkich ma’lum bo‘lsa, uchinchi
ko‘rsatkichni topish oson. Transport oqimining harakat tartibini kuzatishda bunday
bog`lanish qulaylik bеradi. Yo‘l bo‘laklari yoki umuman yo‘l bo‘yicha transport
oqimining holatini tavsiflashda zichlik ko‘rsatkichi orqali baholash ob’yеktiv natija
bеradi. Zichlikni bilgan holda “harakat miqdori-zichlik” grafigini qurish mumkin ,
uning yordamida esa yo‘l bo‘lagining o‘tkazish qobiliyati va harakat tеzligi aniqlanadi.
Transport oqimining zichligini aerofotos`еmka yoki yo‘lning yon tarafidan baland
joydan kinos`еmka qilish orqali aniqlanadi. Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati - vaqt birligi
ichida yo‘lning ma’lum kеsimidan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan avtomobillar soni, u
avt/soatda yoki avt/sutkada aniqlanadi. Yo‘lning o‘tkazish qobiliyati harakat tеzligiga
va harakatni tashkil etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘tkazish qobiliyatini quyidagi
turlarga ajratish mumkin: - maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati – yengil turdagi
avtomobillarni qulay yo‘l sharoitidan idеallashtirilgan tartibda o‘tkazishi mumkin
bo‘lgan soni. Uni transport oqimining dinamik formulasi yordamida aniqlanadi;
- amaliy o‘tkazish qobiliyati
- qulay ob-havo sharoitida aniq yo‘l bo‘lagidan ma’lum harakat tartibiga ko‘ra
avtomobillarni maksimal o‘tkazish mumkin bo‘lgan soni.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
46
Avtomobil yo‘lining maksimal nazariy o‘tkazish qobiliyati quyidagi
empirik formula orqali aniqlanadi:
P=1000*V/Ld
bu yеrda: V - tasmada harakatlanayotgan avtomobillarning tеzligi, km/soat; Ld-
avtomobillarning dinamik gabariti, m. Dinamik gabaritni quyidagi formula yordamida
aniqlanadi.
Ld =la+lt +St+lx m;
bu yеrda: la - avtomobilning statik uzunligi; lt- haydovchining rеaksiya vaqtida
o‘tadigan masofasi; St- avtomobilning tormoz yo‘li; lx- xavfsizlik masofasi;
dxavfsizlik oralig‘i.
Ushbu yuqoridagi transportlar oqimini tratibga solish va tirbandliklari oldini
olish uchun Yevropa davlatlarda qollaniladigan Urban Traffic Control (UTC) tizimini
joriy etishni taklif etmoqdaman. Urban Traffic Control (UTC) — bu shaharlar va
urbanizatsiyalangan hududlarda transport harakatini boshqarish va optimallashtirish
tizimidir. UTC tizimlari yo‘l harakati, transport oqimlarini nazorat qilish va
boshqarish, shuningdek, transport infratuzilmasining samaradorligini oshirish
maqsadida turli xil texnologiyalar va metodlardan foydalanadi. UTC tizimlarining
asosiy maqsadlari quyidagilar: 1. Harakatni optimallashtirish: Yo‘l harakatini nazorat
qilish orqali tirbandliklarni kamaytirish va transport oqimini yaxshilash. 2.
Xavfsizlikni oshirish: Harakat xavfsizligini ta'minlash uchun muhim joylarda
signalizatsiya tizimlarini boshqarish. 3. Atrof-muhitni himoya qilish:
Transport oqimining samaradorligini oshirish orqali uglerod chiqindilarini
kamaytirish. 4. Ma'lumotlarni to‘plash: Harakat tahlili va rejalashtirish uchun zarur
bo‘lgan statistik ma'lumotlarni to‘plash. UTC tizimlari sensorlar, kameralar, signallar
va boshqa texnologiyalar orqali real vaqt ma'lumotlarini to‘playdi va ularni tahlil qilib,
harakatni boshqarish uchun strategiyalar ishlab chiqadi. Ushbu tizim haqida umumiy
ma’lumotlarga to‘laligicha to‘xtaldik bu tizim qator tajribalar natijasida Yevropa
davlatlarida o‘zini to‘la oqlagan va bizni yurtimizda ham to‘la o‘zini oqleydi. Shahar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
47
markaziy ko‘chalarida va chorrahalarida yo‘l harakatini nazorat qilish orqali
tirbandliklarni kamaytirish va transport oqimini yaxshilash, harakat xavfsizligini
ta'minlash uchun muhim joylarda signalizatsiya tizimlarini boshqarish , transport
oqimining samaradorligini oshirish orqali uglerod chiqindilarini kamaytirish, harakat
tahlili va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan statistik ma'lumotlarni to‘plash transport
vositalarining tirbandligini kamaytirish maqsadida qo‘laniladi. Ushbu tizim yuqoridagi
xususiyatlari tufayli ushbu tizimni qo‘llash juda ham yuqori samara beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev tomonidan 2022 yilning 4
aprel kunidagi “Avtomobil' yo‘lllarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o‘lim
holatlarini keskin kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-190-sonli qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-
sonli qarori.
3.
Taxirjanovich I. S., Jo’rayevich Z. S. AVTOMOBILLARNING
TORMOZLANISH XUSUSIYATLARINI NAZARIY VA EKSPERIMENTAL
TADQIQOTLASH //Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish
istiqbollari. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 268-271.
4.
Zingirov S., Ikromov N., Mamasoliyeva O. ENSURING SAFE MOVEMENT
BY DESIGNING THE OPERATING MODE OF DRIVERS WITH THE HELP OF A
CAR KEY IN THE ORGANIZATION OF INTERNATIONAL TRANSPORT
//IMRAS. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 55-60.
5.
Jorayevich Z. S. ANDIJON VILOYATI PIYODALAR ISHTIROKIDAGI YO
‘L TRANSPORT HODISALARINI ORGANISH VA TAHLIL QILISH (ANDIJON
TUMANI MISOLIDA) //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 13-
17.
6.
Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes
//E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.
7.
Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ
КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ
ИССЛЕДОВАНИЯМИ INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
48
STUDENT KNOWLEDGE OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH
//Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по естественным наукам.
Подробнее на www. t. – Т. 2. – С. 118.
8.
Asliddin P. et al. PORSHEN HALQASINING ISHIGA
TA’SIR QILUVCHI OMILLAR //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С.
611-620.
9.
Xusniddin o’g’li P. A. PORSHEN HALQANING UZOQ
ISHLASHINI BELGILOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR //Научный Фокус. –
2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 680-685.