Authors

  • Axunov Rustamjon
  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o’g’li
  • Abdusamadov Humoyun Akmaljon o’g’li

Author Biographies

  • Axunov Rustamjon

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi

  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o’g’li

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi o‘qituvchisi

  • Abdusamadov Humoyun Akmaljon o’g’li

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Yo‘l Harakatini Tashkil Etish

    yo‘nalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118173

Keywords:

Yoʻl transport hodisalari Yoʻl transport hodisalari ishtirokchilari haydovchi piyoda texnik holat mutaxassis.

Abstract

Yildan yilga Yoʻl transport hodisalarining sodir boʻlishi ortib bormoqda. Bu esa, ularning sodir boʻlish sabablari, muammo va yechimlarini topish zaruriyatini vujudga keltiradi. Maqolada Yoʻl transport hodisalarining turlari, ishtirokchilari hamda sodir boʻlishini oldini olish boʻyicha yechimini kutayotgan muammomlar va ularning yechimlari bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

32

TRANSPORT VOSITASINING TEZLIGI SABABLI YO’L

TRANSPORT HODISASI SODIR ETILISHI

Axunov Rustamjon

Andijon Davlat Texnika Instituti

Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Xalimov Javohirbek Abdusamat o’g’li

Andijon Davlat Texnika Instituti

Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi o‘qituvchisi

Abdusamadov Humoyun Akmaljon o’g’li

Andijon Davlat Texnika Instituti

Yo‘l Harakatini Tashkil Etish

yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Yildan yilga Yoʻl transport hodisalarining sodir boʻlishi ortib

bormoqda. Bu esa, ularning sodir boʻlish sabablari, muammo va yechimlarini topish

zaruriyatini vujudga keltiradi. Maqolada Yoʻl transport hodisalarining turlari,

ishtirokchilari hamda sodir boʻlishini oldini olish boʻyicha yechimini kutayotgan

muammomlar va ularning yechimlari bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: Yoʻl transport hodisalari, Yoʻl transport hodisalari

ishtirokchilari, haydovchi, piyoda, texnik holat, mutaxassis.

Yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlishiga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi,

– transport vositalarining piyodalarni urib ketish;

– transport vositalarning oʻzaro toʻqnashuvi;

-transport vositalarining yoʻldan chiqib ketishi va qoʻzgʻalmas toʻsiqlarga

urilishi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

33

Birgina 2023-yilda sodir boʻlgan Yoʻl transport hodisalari taxlil qilsak; (45,5%)

piyodani urib yuborish bilan, (30,2%) transport vositalarining oʻzaro toʻqnashuvi,

qolgan (24,3%) transport vositalarining yoʻldan chiqib ketishi, qoʻzgʻalmas toʻsiqlarga

urilishi, agʻdarilish, velosipedchini urib yuborish, turgan transportga urilish va h.k kabi

boshqa sabablar bilan sodir boʻlgan.

Sodir boʻlayotgan Yoʻl transport hodisalarining 45,5% piyodalar ishtirokida

sodir boʻlayotganligi, piyodalar yoʻlning kesib oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlari

muhim ijtimoiy vazifalaridan biri sifatida koʻrib chiqish zaruriyatini bildiradi. Chunki

yoʻl transport hodisalari nafaqat alohida odamlarga juda katta moddiy va sogʻligiga

zarar keltirmoqda, balki umuman jamiyatga ham. Statistik maʼlumotlar shuni

koʻrsatmoqdaki, avtomobil va piyodalar soni hamda yoʻl harakati jadalligining keskin

oʻsishi yoʻl-transport hodisalari sonining koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Koʻrinib

turibdiki, avtomobil yoʻllarida piyodalar harakatining xavfsizligini taʼminlash hozirgi

kunda eng muammoli masalalardan biri boʻlib kolmoqda. Bu esa, bugungi kunda ushbu

masalaga talab darajasida eʼtibor qaratilmayotganligini bildiradi. Piyodalarning qatnov

qismi orqali oʻtish joylari avtomobil yoʻllarining eng xavfli qismlaridan biri

hisoblanadi. Chunki koʻp hollarda transport vositasi haydovchisi piyodani koʻrgandan

keyingina transport vositasini toʻxtatishga harakat qiladi, biroq transport vositalarining

harakatlanish tezligining yuqoriligi tufayli toʻliq toʻxtashga ulgurmaydi. Buning

natijasida esa transport vositasi piyodani urib yuborishiga sabab boʻlmoqda.

Amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ning 109-115 bandlarida “Piyodalarning

oʻtish joylari va yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari” deb koʻrsatilgan. 109 va

110 bandlarida, Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan

transport vositasining haydovchisi qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni

oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻxtashi shart. Agar tartibga

solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki

toʻxtasa, qoʻshni boʻlaklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport

vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina

harakatlanishni davom ettirishlari mumkin. Shunga koʻra, tartibga solinmagan

piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan haydovchilar yoʻlni kesib oʻtayotgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

34

piyodani koʻrmagan holatda ham boshqa harakatlanayotgan transport vositalari

harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa ham uning harakatiga xavf yuzaga kelishi

mumkinligini inobatga olib harakatlanishi kerak.

Shuning uchun bu hududlargacha va undan keyingi maʼlum hududda transport

vositalarining harakatlanish tezligini kamaytirish orqali piyodalarning xavfsiz

harakatlanish sharoitini shakllantirish mumkin.

Piyodalar oʻtish joylariga va undan keyingi maʼlum hududda transport

vositalarining harakatlanish tezligini kamaytirish orqali piyodalarning xavfsiz

harakatlanish sharoitini shakllantirish mumkin. Tezlik kamaytirilishi natijasida oʻlim

bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalar soni qanchaga kamayishi, tezlik 70 km/soatdan

60 km/soatgacha kamaytirilganda oʻrtacha 10 km masofaga qancha vaqt yoʻqotilishi

(bor yoʻgʻi 6 daqiqa, bunda avtomobil svetofor va tirbandliklarsiz harakatlansa) va h.k.

Masalan 30 km/soat tezlikda harakatlangan transport vositasi piyoda urib yuborganida,

piyoda nisbatan kam miqdorda zarar olsa, tezlik oshirish bilan piyodalarning tan

jaroxati miqdorining ortib borishiga sabab boʻlmoqda 60 km/soat tezlikda piyodaning

oʻrta va ogʻir darajadagi tanjaroxatlari olishiga va 70 km/soatda esa piyoda ogʻir

darajada va oʻlim xolatlarini ortib borayotganligiga sabab boʻlmoqda. Bu esa, transport

vositasining piyodalarni urib ketishi mumkin boʻlgan joylarda harakat tezligi

cheklashni talab etadi.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus

komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar

hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi

soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Kunning yorugʻ vaqtida, koʻrinish cheklanmagan holatda 70 km/soat tezlikda

harakatlanayotgan yengil avtomobilni toʻliq toʻxtatib olish uchun oʻrtacha 45-46 metr

masofa kerak boʻladi. Agar avtomobil tezligi 60 km/soat boʻlganida avtomobilini toʻliq

toʻxtatib olish uchun oʻrtacha 36-37 metr masofa kerak boʻladi. Yaʼni avtomobil

tezligini 10 km/soatga kamaytirilishi toʻxtatish masofasini 9-10 metrga kamayishiga

sabab boʻladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

35

Masalan 30 km/soat tezlikda harakatlangan transport vositasi piyoda urib

yuborganida, piyoda nisbatan kam miqdorda zarar olsa, tezlik oshirish bilan

piyodalarning tan jaroxati miqdorining ortib borishiga sabab boʻlmoqda 50 km/soat

tezlikda piyodaning oʻrta va ogʻir darajadagi tanjaroxatlari olishiga va 70 km/soatda

esa piyoda ogʻir darajada va oʻlim xolatlarini ortib borayotganligiga sabab boʻlmoqda.

Bu esa, transport vositasining piyodalarni urib ketishi mumkin boʻlgan joylarda harakat

tezligi cheklashni talab etadi. Shuningdek, yoʻl transport hodisasi ishtirokchilarini

“Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha savodxonligini oshirishda ommaviy axborot

vositalari orqali (televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar) kuchli

targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalarda

tasvirli targʻibotlarni amalga oshirish, maktab va oʻquv yurtlarida “Yoʻl harakati

qoidalari” hamda transport va yoʻllardan foydalanish boʻyicha dars soatlarini kiritish

lozim. Asosiy maqsad aholini tayyorlash va tegishli tushuntirish berib borish. Aholini

“Yoʻl harakati qoidalari” hamda Qonunlarga soʻzsiz amal qilishlarini taʼminlash.

Piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarning asosiy sabablaridan biri bu

ular tomonidan “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilmasligidir. Shuningdek, piyodalar

oʻtish joylarida koʻrinish masofasining yetarlicha boʻlmasligi bu turdagi halokatlarga

olib kelmoqda. Shu sababli, piyodalar oʻtish joylarida foydalaniladigan texnik

vositalari yaʼni, transport va piyodalar harakatini tartibga soluvchi svetoforlar, kunning

qorongʻi vaqtida va yoʻlning yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida piyodalar oʻtish

joylaridagi yoritish qurilmalari oʻrnatish, piyodalar harakatlanish hududini

koʻrsatuvchi yoʻl chiziqlari va ularning nur qaytarish qobiliyati, haydovchining

diqqatini oshiruvchi “Shovqin chiziqlari”, haydovchining koʻrish maydonida piyodalar

oʻtish joyini koʻrsatuvchi yoʻl belgilarini yetarli darajada oʻrnatish, transport

vositalarning sirpanishiga qarshi piyodalar oʻtish joylari oldidagi maxsus qoplamalar.

Avtomobil yoʻllarini loyihalash jarayonida yoʻlning texnik ekspluatatsion

koʻrsatkichlarini, yoʻlning toifasi, oʻtkazish koʻrsatkichi, ruxsat etilgan texnik

tezliklarini inobatga olgan holda xavfsiz harakatni taʼminlovchi texnik vositalarni

yetarli darajada oʻrnatish. Piyodalar oʻtish joylarida kunning qorongʻu vaqtlarida,

sunʼiy yoritish qurilmalari oʻrnatish yuqori samara beradi. Shuningdek, yoʻl


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

36

belgilarida yorugʻlik qaytaruvchi boʻlishi hamda piyodalar oʻtish joyiga yetmasdan

oʻrnatilgan yoʻl belgilarni koʻrinishi yaxshilash lozim.

Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismidan harakatlanayotgan

piyodani haydovchi koʻrmaydi va buning natijasida uni urib ketishi extimoli oshadi.

Shuning uchun yoʻllarda harakatlanayotgan piyodalar kiyimlariga fosforli lentalarni

yopishtirib olishlari yoki tunda nur qaytarish qobiliyatiga ega vositalaridan foydalanib

harakatlansa haydovchilar tomonidan ularni koʻrish imkoniyati yaratiladi.

Piyodalar kesib oʻtishi koʻzda tutilmagan joylardan piyodalarning yoʻlni kesib

oʻtishi natijasida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalari ham ortib bormoqda. Bu

esa, piyodalarning “Yoʻl harakati qoidalari”ni yaxshi bilmasligi yoki unga amal

qilmasligini bildiradi. Bu kabi holatda bozorlar, aholi gavjum savdo majmualari kabilar

oldida koʻplab uchramoqda. Bu esa, ogʻir oqibatlarga olib kelmoqda. Shu sababli,

bozorlar va aholi gavjum hududlarni oʻrganib, piyodalar uchun qulay boʻlgan joydan

yoʻlning qatnov qismi satxidan farq qiluvchi yer osti va yer usti piyodalar oʻtish

joylarni qurish, aholining “Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha savodxonligini oshirish

hamda piyodalarga nisbatan ham jazo choralarini qoʻllashga eʼtiborni oshirishni talab

qiladi.

Transport vositalarning oʻzaro toʻqnashuvi taxlil qiladigan boʻlsak, bir

yoʻnalishdan harakatlanayotgan avtomobillarning toʻqnashuv, qarama- qarshi

yoʻnalishdan harakatlanayotgan avtomobillarning toʻqnashuv hamda chorraxadan

harakatlayotgan

transport

vositalarining

toʻqnashuvi.

Bir

yoʻnalishdan

harakatlanayotgan transport vositasining toʻqnashuvi, harakat yoʻnalishini oʻzgartirish

va oraliq masofani saqlamaslik oqibatda kelib chiqishi mumkin. Yoʻnalishini

oʻzgartirayotgan transport vositasining haydovchisi “Yoʻl harakati qoidalari”ning 53

bandi talablariga koʻra, yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlayotgan transport

vositasiga yoʻl berishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev tomonidan 2022 yilning 4

aprel kunidagi “Avtomobil' yo‘lllarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o‘lim

holatlarini keskin kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-190-sonli qarori.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

37

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-

sonli qarori.

3.

Taxirjanovich I. S., Jo’rayevich Z. S. AVTOMOBILLARNING

TORMOZLANISH XUSUSIYATLARINI NAZARIY VA EKSPERIMENTAL

TADQIQOTLASH //Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish

istiqbollari. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 268-271.

4.

Zingirov S., Ikromov N., Mamasoliyeva O. ENSURING SAFE MOVEMENT

BY DESIGNING THE OPERATING MODE OF DRIVERS WITH THE HELP OF A

CAR KEY IN THE ORGANIZATION OF INTERNATIONAL TRANSPORT

//IMRAS. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 55-60.

5.

Jorayevich Z. S. ANDIJON VILOYATI PIYODALAR ISHTIROKIDAGI YO

‘L TRANSPORT HODISALARINI ORGANISH VA TAHLIL QILISH (ANDIJON

TUMANI MISOLIDA) //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 13-

17.

6.

Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes

//E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.

7.

Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ

КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ

ИССЛЕДОВАНИЯМИ INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE

STUDENT KNOWLEDGE OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH

//Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по естественным наукам.

Подробнее на www. t. – Т. 2. – С. 118.

8.

Asliddin P. et al. PORSHEN HALQASINING ISHIGA

TA’SIR QILUVCHI OMILLAR //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С.

611-620.

9.

Xusniddin o’g’li P. A. PORSHEN HALQANING UZOQ

ISHLASHINI BELGILOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR //Научный Фокус. –

2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 680-685.