MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
20
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI
Mexmonaliyev Ulug’bek Erkinjon o’g’li
Qo‘qon Universiteti
“Xalqaro turizm va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi
+998999972326
Berdaliyev Olimbek Ulug’bek o’g’li,
Farg‘ona davlat texnika universiteti “91-23 BI va A’’ guruhi talabasi
+998934842020
Xalilova Zarnigor Lutfullo qizi
Farg‘ona davlat texnika universiteti El 89-23 M va MT guruh talabasi
Email:
zarnigorxalilova10@gmail.com
+998886624757
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi,
uning asosiy turlari, soliq siyosati hamda ma’murchiligi haqida batafsil ma’lumot
beriladi. Shuningdek, soliq tizimining dolzarb muammolari va istiqboldagi islohotlar
muhokama qilinadi. Soliq tizimining soddalashtirilishi, elektron xizmatlarning joriy
etilishi hamda kelajakdagi rejalashtirilgan islohotlarning iqtisodiy ahamiyati
yoritilgan.
Kalit so'zlar: Soliq tizimi, Soliq siyosati, Davlat soliqlari, Mahalliy soliqlar,
Soliq ma’murchiligi, Yashirin iqtisodiyot, Soliq stavkalari, Davlat budjeti, Investitsion
muhit, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
Аннотация: В данной статье представлена подробная информация о
налоговой системе Республики Узбекистан, ее основных видах, налоговой
политике и администрировании. Также рассматриваются актуальные
проблемы налоговой системы и будущие реформы. Освещаются вопросы
упрощения налоговой системы, внедрения электронных услуг и экономическое
значение запланированных реформ.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
21
Ключевые
слова:
Налоговая
система,
Налоговая
политика,
Государственные налоги, Местные налоги, Налоговое администрирование,
Теневая экономика, Налоговые ставки, Государственный
бюджет,
Инвестиционный климат, Налоговый кодекс Республики Узбекистан.
Abstract: This article provides detailed information about the tax system of the
Republic of Uzbekistan, its main types, tax policy, and administration. Additionally, it
discusses the current issues of the tax system and future reforms. The article highlights
the simplification of the tax system, the introduction of electronic services, and the
economic significance of the planned future reforms.
Keywords: Tax system, Tax policy, State taxes, Local taxes, Tax administration,
Shadow economy, Tax rates, State budget, Investment climate, Tax Code of the
Republic of Uzbekistan.
O'zbekiston
Respublikasining
soliq
tizimi
mamlakatning
iqtisodiy
taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra, soliq tushumlari
davlat budjetining 80% ga yaqin qismini tashkil etgan. Bu tizim davlat budjetini
shakllantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tadbirkorlik muhitini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
22
Mаnbа: 20023-yil ijrosi hisoboti.
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi. O'zbekiston Respublikasida
soliq tizimi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Soliqlar davlat budjetiga
tushumning asosiy manbai hisoblanadi va ular quyidagi turlarga bo'linadi:
Davlat soliqlari
: foyda solig‘i (15%), qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
(12%), aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%).
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
: yer solig‘i, mulk solig‘i, suv
resurslaridan foydalanish solig‘i va boshqa yig‘imlar.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchisi bo‘lib O‘zbekiston
Respublikasi soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar
yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi.
Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori asosida belgilanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
23
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy
shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
davlat hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari
tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori
miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida ayrim mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumiy, qat’i
stavkalarda belgilashi mumkin.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari soliq to‘lovchilarga
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan
tartibda yetkaziladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy
shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlarning miqdorlari, ularni undirish
tartibi, ular bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish Qoraqalpog‘iston
Respublikasi davlat hokimiyati organlari va viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq
deputatlari kengashlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
2024-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, davlat budjetiga jami 118,702.0 milliard
so‘mdan ortiq soliq tushumlari kelib tushgan. Soliq tushumlarining asosiy qismini
QQS (taxminan 22.2%) va foyda solig‘i (taxminan 25.3%) tashkil etadi.
Soliq siyosati – davlatning soliqqa tortish tizimi borasidagi farmon, qonun va
qarorlarini davlat iqtisodiy siyosatiga mos ravishta ishlab chiqish va qabul qilish,
ularning ijrosini ta’minlashni tashkil qilish bilan bog’liq chora tadbirlar, faoliyatlar
yig’indisidir.
Soliq siyosati tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish,
joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to'lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini
shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
24
organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig'indisidir.
Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo'nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi,
ular o'rtasidagi nisbatni ta'minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.
2019-yildan boshlab O‘zbekistonda soliq kodeksi isloh qilindi va yangi kodeks
joriy etildi. Natijada soliq stavkalari kamaytirilib, soliq to‘lovchilar uchun qulay
sharoitlar yaratildi.
O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi avtomatlashtirilgan bo‘lib, ko‘plab
jarayonlar elektron shaklga o‘tkazilgan. Soliq to‘lovchilar uchun my.soliq.uz portali
orqali soliq hisoboti topshirish, soliq yukini hisoblash va onlayn to‘lov qilish
imkoniyati mavjud. 2023-yilda ushbu portal orqali 1 milliondan ortiq soliq to‘lovchilar
o‘z hisoblarini yuritgan. Bu esa korruptsiyaning oldini olishga hamda soliq yig‘imlarini
oshirishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda soliq tizimida hal qilinishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar
mavjud. Xususan, ayrim tadbirkorlar uchun soliq yukining og‘irligi, yashirin
iqtisodiyotning keng tarqalganligi va soliqlarning to‘liq yig‘ilmasligi muammolari
kuzatiladi. 2022-yilgi statistikaga ko‘ra, yashirin iqtisodiyot darajasi 20-25% atrofida
baholangan. Shu sababli, kelajakda soliq to‘lovlarini yanada soddalashtirish, soliq
imtiyozlarini adolatli taqsimlash va soliq nazoratini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
2024-yildan boshlab kichik biznes va startaplar uchun soliq imtiyozlarini
kengaytirish bo‘yicha hukumat tomonidan farmon qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu islohotlar soliq tushumlarini oshirish va yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga
yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi davlat iqtisodiyotining muhim
tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan soliq islohotlari biznes muhitini yaxshilash,
investitsiyalarni jalb qilish va soliq tushumlarini oshirishga qaratilgan. 2023-yilda jami
10 mingdan ortiq tadbirkorlar soliq tizimining soddalashtirilgan variantidan
foydalangan. Kelajakda bu sohadagi islohotlarning yanada takomillashtirilishi
mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Vahobov A.V, Jo‘rayev A.S (2009). SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH. 52-
54
2.
Turg’unov O.K, Xayitov X.S (2022). SOLIQ HUQUQI. 105-106
3.
Mexmonaliyev, U. (2024). ICHKI AUDITNI RIVOJLANTIRISHNING
ASOSIY OMILLARI.
University Research Base
, 277–279. Retrieved from
https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/515
4.
Mexmonaliyev Ulug‘bek Erkinjon o‘g‘li. (2024). ICHKI AUDITNI
RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI.
University Research Base
,
810–811. Retrieved from
https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/228
5.
Mexmonaliyev
U.E.
(2024).
ICHKI
NAZORATINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USULLARI. Экономика и социум, (8 (123)), 135-
138.
Mexmonaliyev
U.E.
(2024).
ICHKI
NAZORATINI
TAKOMILLASHTIRISHNING USULLARI. Экономика и социум, (8 (123)), 135-
138.
6.
Mexmonaliyev, Ulug‘Bek Erkinjon O‘G‘Li (2024). ICHKI AUDITNI
RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 4 (7), 15-21.
7.
Omonjon, U. (2024). O'ZBEKISTONDA BARQAROR TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.
Universitet tadqiqot bazasi
, 544–548.
8.
Umarov,
O.
(2024).
O‘ZBEKISTONDA
MADANIY
TURIZM
ISTIQBOLLARI.
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
,
13
, 123–125.
https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1039