MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
358
“ULUGʻ SALTANAT” ASARIDA AMIR TEMUR SHAXSIYATI
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, 2-bosqich talabasi
Xolmanova Arzigul Norpulat qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk sarkarda va davlat arbobi boʻlgan
bobomiz Amir Temur hayotlari va uning avlodlari haqida gap boradi. Bu maqola
uchun Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” nomli romanidan foydalanildi. Bunda
Temurning yoshlik chogʻidan to vafotiga qadar va bundan tashqari uning avlodlari
bilan boʻlgan voqealar iloji boricha toʻliq aks ettirildi.
Kalit soʻzlar: Oʻrta Osiyo, Takina xotun, oqkoʻngil, shaxs, sodiqlik va mardlik,
Jamshid, Nekoʻz, Hindiston, Bobur, qilichbozlik, dunyo, ota.
Sohibqiron Amir Temur davri va hayoti jahon tarixining eng yorqin va betakror
sahifalaridan hisoblanadi. Oʻzbek xalqi oʻzining ulugʻ farzandini doim qalb qatida
asrab keladi. Zabardast olim va adib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti
laureati Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi katta oʻrin tutadi. XIV asrning
buyuk namoyandalaridan biri Amir Temurdir. U Oʻrta Osiyo va uning atrofidagi
hududlarda kuchli davlat qurgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tanilgan. U
oʻzining ibratli hayoti davomida toʻplagan tajribalarini “Temur tuzuklari” deb nomlab
uni avlodlariga qoldirdi. Bobomizning hayoti va faoliyati faqat oʻz zamonasi uchun
emas, balki keyingi avlodlari uchun ham muhim tarixiy meros qoldirdi.
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzda tugʻilgan. U oʻzining harbiy
qobiliyatlari va davlat boshqaruvidagi mahorati bilan yoshligidan tanilib kelgan. Otasi
Gʻiyosiddin Muhammad, onasi Takina xotun juda xushmuomala va oqila ayol edi.
Temur bobomiz 1370-yildan boshlab siyosiy ishlarda faol qatnashadi. U Oʻrta Osiyo,
Eron, Hindiston va hatto Kichik Osiyo hududlarini oʻz ichiga olgan keng miqyosli
davlatni boshqara boshladi. U oʻzining kuchli armiyasi, maʼmuriy tizimi va maʼnaviy
rivojlanishiga qaratilgan siyosati bilan tarixda oʻz oʻrnini egalladi. Har bir buyuk
shaxsning ortida yana buyuk shaxslar boʻladi. Temur bobomizning ham doimo yonida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
359
turgan kishilari boʻlgan. Bular: ustozi piri murshid Mir Said Baraka,Amir Sayfiddin
Nekoʻz,Amir Dovud Dugʻlat,Amir Muayyad Arlot,Muhammad Bayon Sulduz va
boshqalardir. Ayniqsa, hamma dardini unga aytib yuradigan -bu uning ustozi piri
murshid Mir Said Barakadir. Amir Temur shu yaqin kishilari bilan butun
Movarounnahrni zulm bilan boshqarayotgan Amir Husaynga qarshi turib, oʻz yurtini
ozodlik va hurlikka olib chiqadi. 34 yoshidan boshlab mamlakat poytaxti Samarqand
taxtiga oʻtiradi. Lekin u bolaligida qalbi qashshoq shoh Amir Husaynning qoʻlida
ishlab, yoshligidan qilichbozlik, ot chopdirish va bilim sohasida tajribalar orttirib
yurgan va keyinchalik unga qarshi turib mamlakatda osuda hayot oʻrnatdi. Amir
Husayn xalqdan turli usullarda koʻplab soliqlar undirib, keyinchalik mamlakatni
ichdan yemirilishigacha olib keldi va bunday holatdan bir mard kishi olib chiqib ketishi
kerak edi. Bu mard kishi esa oddiy oilada voyaga yetgan kuchli, shijoatli va navqiron
yigit Amir Temur edi. U har lahza Ollohni eslardi, ko‘nglida doimo Olloh zikri boʻlgan.
Shuning uchun ham doimo bobomizning yoʻllari ochiq boʻlganlar. Amir Temurning
butun hayotini turli manbalardan bilib olishimiz mumkin. Masalan, Oʻzbekiston xalq
yozuvchisi Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” nomli roman epopeyasida
bobomizning yoshligidan oʻlimiga qadar hayotlari aks etgan. Asarda Temurning tilidan
janglarda boʻlgan muammolar paytida shunday degan: “Dunyo odam shaklidagi ilon
va chayonlarga toʻla oltin sandiqning naqd oʻzi ekan. Asarda sodiqlik nimaligini
bilmagan kimsalar ham topiladi. Masalan, Amir Muso shunaqa kishilardan edi. U
dastlab Husayn qoʻlida ishlaydi, keyin undan vos kechib Temur yoniga keladi. Lekin
ungayam sodiqlik qilmagani tufayli oʻlim bilan hayotiga nuqta qoʻyiladi. Temur
bunaqa nokas kishilarni necha marotabalab kechirgani sababli afsuslanib qolar edi.
Temur juda kechirimli va oqkoʻngil inson boʻlgan. Bu esa koʻpincha oʻziga jabr
boʻlgan. Bironta insonning besabab qonini toʻkilishiga yoʻl qoʻymagan. Koʻp amirlar
unga vafo qilmaydi, lekin bobomiz oʻta aqlli va zehni oʻtkir boʻlganligi bois
hammasiga yarasha javob qaytaradi.
Tarixda Jamshid, Kaykovus, Kayxisrav, Afrosiyob, Iskandari Zulqarnayn kabi
podsholar oʻtgan boʻlsa-da, oʻzimizning yagona vatanimiz ravnaqi, birlashishi yoʻlida
yagona Ollohni esida saqlagan holda adolat bilan shohlik qilgan Amir Temur
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
360
bobomizdir. Uning toʻrt oʻgʻli: Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo
va Shoxruh Mirzolar boʻlgan. Bular ham otasiga oʻxshab xalqni odillik bilan
boshqargan. Birinchi oʻgʻli Jahongir Mirzoning onasi Turmush oqa begim boʻlgan,
yaʼni Amir Temurning birinchi xotini. Uning Toʻlin Oqa, Mengli bika va dushmani
Husaynning xotini boʻlgan va keyinchalik Amir Temur qoʻliga oʻtgan
Saroymulkxonim kabi bir necha xotinlari boʻlgan. Ularning hammasi ham oqila va
hayotni bilgan ayollardan boʻlgan. Temurbekning hamisha yonida boʻlgan egachisi
Qutlugʻ Turkon ogʻaning ham oʻrni katta boʻlgan. Amir Temur bobomizdan boshqa
ular oilasida uchta: Suyurgʻatmishxon, Olamshayx, Joʼji noʻyon kabi ukalari ham
boʻlgan, lekin maʼlum sabablarga koʻra vafot etganlar. Uchta opa -singillari ham
boʻlgan: Xonzoda begim, Qutlugʻ Turkon ogʻa, Shirin bikalar. Amir Temur
bobomizning hayotini oʻrganib chiqib men juda koʻp hayotiy tajribalarga ega boʻldim.
Amir Temur bobomiz meni hayratga solgani shu boʻldiki, u dilidan hech qachon
Ollohni yiroqlashtirmadi,unutmadi. Menda bu insonga cheksiz muhabbat uygʻondi.
Muhammad Alining “Ulugʼ saltanat” nomli romanini oʻqib chiqqanimizda ham u
insonga cheksiz tahsinlar aytamiz. Chunki ul zotning butun hayotlari juda ibratli
boʻlgan. Aslida bu insonning butun hayotini oʻrganib chiqishning imkoni boʻlmasa
kerak. U oltmish toʻqqiz yillik umri davomida juda koʻp ishlarni amalga oshirdilar. Bu
bobokalonimizning hayotlari goʻyoki bir ummon desak adashmagan boʻlamiz.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki,bobomiz har ikki qoʻlida bir xilda qilich
bilan jang qila olganlar. U bir jangida chap oyogʻidan oʻq yeb umrbod oyogʻini oqsab
yuradigan boʻlib qolgan ekanlar.
Amir Temur bobomizning doimo yonida boʻlgan Muhammad Churogʻa-
dodxoh bilan koʻp suhbatlar qurgan haqiqiy dilga yaqin doʻsti edi. Ular qayerga jangga
bormasin mashvarat qilishidan oldin oʻzlari yolgʻiz ancha vaqtgacha suhbat qurib
oʻtirardi. Temur bobomiz haqiqatni yoqtirardi. Yolgʻon bor joyda turgisi kelmas,hech
kimga yolgʻon aytishga yoʻl qoʻymasdi. "Ulugʻ saltanat" asarida Temur tomonidan
aytilgan ulugʻ soʻzlar ham bu soʻzlarni isbotlaydi: __"Ha,yondirib yuborgʻondim...
Risolalarni emas, borib turgʻon choʻpchaklarni yondirgʻondim. Doim toʻgʻri soʻzni
yoqtiramen, yolgʻonga toqatim yoʻq! Yolgʻonni bugun yashirasen,ertaga,indingacha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
361
saqlay olasen. Yolgʻon bamisli pufak, suvning tagiga kuch bilan botirib yashirganing
sari otilib yuzaga chiqishni istaydur! Ana ochilib qoladi bu sir, mana ochilib qoladi,
deb hadiksirab yurgʻoning ortiqcha! ". ["Ulugʻ saltanat" ,4-qism, 191-bet.] Yana aytish
mumkinki, Temur bobomiz oʻziga berilgan taʼriflardan qoʻrqardi. Yaʼni kim uning
saltanati haqida, oʻzi haqida birorta ortiqcha gap, soʻz aytilishini yoqtirmasdi. Asarning
eng yaxshi tomoni shundaki, bu asarning har bir nuqtasidan bir ibrat topsak boʻladi.
Kungillarni gʻuborlardan tozalovchi, yayratuvchi, ajoyib tuygʻular girdobiga otuvchi
yagona asar deb hisoblayman.
“Ulugʻ saltanat” asarida shunday deyilgan: Alqissa,771-hijriy, it yili, Qurʼoni
karim nozil qilingan, ramazon oyi oʻn ikkisidan eʼtiboran tarixda salkam 500yil hukm
surgan, bu borada tengi kam sulola jahon maydoniga kirib keldi. Sulola Sohibqiron
Amir Temur hazratlari nomi bilan boshlanadi."[" Ulugʻ saltanat",1-qism, 198- bet.]
Oʻttiz toʻrt yoshida Balxda oʻz taxtiga chiqqan Temur tarixda oʻchmas iz
qoldirdi. Uning nevarasi boʻlgan Bobur Mirzoning hayotlari ayniqsa, xuddi
Temurnikiga oʻxshamasada, juda ibratlidir. U sheʼriyatga oshno, mohir qilichboz,
qoʻrqmas jangchi sifatlarini oʻzida mujassamlashtirgan.
Temur yonida qoʻynidagi ilon yangligʻ insonlar ham boʻlgan. Bular
Zindachashm Opardiy, Qamariddin, Amir Muso, Xuttalon hokimi Kayxisrav va
boshqalar va boshqalarsir. sulola yonida doim hamroh kishilar ham talaygina edi.
Bular:Jabbor Bahodir, Tohir ismli yigit, Qosimbek qavchin va boshqa dili pok
insonlardir. Amir Temur va uning avlodlarining hayotini oʻrganish bu bizning
burchimizdir. Har bir shaxs bu sulolaning kechirgan hayotining har lahzasidan ibrat
olsa boʻladi. Ulugʻ bobokalonlarimiz vafot etsalar hamki nomlari oʻchmaydi,ulugʻ
ishlari unutilmaydi. Ular doimo qalbimizda, yuragimizdadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Muhammad Ali. Ulugʻ saltanat: Jahongir Mirzo. — Toshkent: Yozuvchi, 2019.
— 224 b.
2.
Muhammad Ali. Ulugʻ saltanat: Umarshayx Mirzo. — Toshkent: Yozuvchi,
2019. — 218 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
362
3.
Muhammad Ali. Ulugʻ saltanat: Mironshoh Mirzo. — Toshkent: Yozuvchi,
2019. — 216 b.
4.
Muhammad Ali. Ulugʻ saltanat: Shohrux Mirzo. — Toshkent: Yozuvchi, 2019.
— 230 b.